Birinchi tibbiy yordam  ( 50919 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Chustiy  21 Fevral 2009, 22:22:07

 :as:


Bu mavzuda birinchi tibbiy yordam hususda so'z yurtilsa yaxshi bo'lardi inshaAlloh.

Qayd etilgan


Munavvara  21 Fevral 2009, 22:26:02

Teri shikastlanganda birinchi tubbiy yordam

Terining timdalanishi, qirilishi, tilinishi. Bunda jarohat toza sovuq suv bilan, keyin kaliy permanganatning och pushti rangli
(1:1000) eritmasi bilan yuviladi; so'ngra atrofiga yod eritmasi yoki yashildori (zelyonka) surtib, sterillangan bint bilan bog'lab qo'yiladi. Agar jarohat kattaroq bo'lsa, yuqoridagi birinchi yor¬dam berilgandan so'ng jarroh yoki travmatolog shifokorga mu rojaat qilinishi kerak. Jarohatga tuproq, qozonkuya kabilarni sepish mutIaqo mumkin emas, chunki ularda har xii mikroblar bo'lib, jarohat yiringlashi mumkin.

Qayd etilgan


Munavvara  21 Fevral 2009, 22:26:44

ICHKI QОN KЕTISHIDА VRАCH KЕLGUNICHА YORDАM KO`RSАTISH

Ichki qоn kеtishidа qоn оqishini vаqtinchа o`xtаtishning sаmаrаli usullаri yo`q. Аmоо bir qаtоr chоrаlаr ko`rish uning kuchini kаmаytirishi vа jаrоhаtlаngаn kishini xirurgiya bo`limigа tеz yordаm ko`rsаtish uchun оlib bоrishgаchа kеtgаn vаqtni yutishgа imkоn bеrаdi. bu chоrа-tаdbirlаrgа quyidаgilаr kirаdi: 1) qоnаyotgаn gаvdа qismini bаlаndrоko`tаrib, zаmbilning bоsh qismini tushirgunchа hеch bir qimirlаtmаslik; 2) sоvutish usulini qo`llаsh; 3) qоn ivishini kuchаytirаdigаn dоrilаrni qo`llаsh: kаlsiy 10% li eritmаsidаn 5-10 ml vеnа tоmirigа yubоrish. Kаlsiy xlоrid eritmаsining tеri оstigа tushishi xаvflidir. Bundа dаstlаb qаttiоg`ripаydо bo`lаdi, so`ngrа ukоl qilingаn jоydа to`qimа nеkrоz ro`y bеrаdi. mаbоdо bu xаtаrli hоl ro`y bеrgаn bo`lsа, dоri qo`yishni dаrhоl to`xtаtib, shu jоyning o`zigа tеzlikdа nаtriy xlоridning izоtоnik eritmаsidаn 30 ml tеri оstigа kiritish zаrur ki nоvоkаinnning 0,5% li eritmаsidаn 30 ml yoki mаgniy sulfаtning 25% li eritmаsidаn shunchа miqdоrini 5% li eritmаsidаn 100 ml miqdоrdа vеnа tоmirigа minutigа 50-60 tоmchi tеzligidа qo`yish. Bа`zаn vikаsоlning 1% li eritmаsidаn 4-5 ml muskul оrаsigа yubоrish yanа hаm sаmаrаli bo`lаdi. Mе`dаdаn qоn kеtishidа аtrоpinning 0,1% li eritmаsidаn 1-2 ml muskul оrаsigа yubоrish tаvsiya qilinаdi. O`n ikki bаrmоichаkdаn qоn kеtishidа esа trаsilоl dоrisidаn оz-оzdаn ichishgа bеrilаdi.

Qayd etilgan


Munavvara  21 Fevral 2009, 22:27:21

Gemostaz (Qon oqishi vaqtida birinchi yordam)

Qоn оqshi sаbаbаlri vа kuchi. Qоn оqshi, ko`pinchа, qоn tоmir dеvоrining mеxаnik tа`sir tufаyli shikаstlаnishidаn yuzаgа kеlаdi, shuningdеk uning bа`zi bir kаsаlliklаridа pаtоlоgik o`zgаrishlаrgа uchrаshi hаm sаbаb bo`lаdi. Bundаn tаshqаri, qоn оqishi qоnning ivish xususiyati buzilgаnidаn, mаsаlаn, gеmоfiliya xаstаligidа kuzаtilishi mumkin. Qоn tоmirdаn оqаyotgаn qоn оqimining kuchi o`shа tоmir turigа, kаttа-kichikligigа, qаysi to`qimа shikаstlаngаnligigа, jаrоhаt xаrаktеrigа, qоn оqаyotgаn gаvdа qismining hоlаtigа bоg`libo`lаdi.
Qоn оqishining turlаri. Qоn tаshqаrigа оqаyotgаn bo`lsа tаshqi, bo`shliqаrgа yoki gаvdа to`qimаlаrigа quyilаyotgаn bo`lsа, ichki yoki yashirin qоn kеtishi dеyilаdi.

emedic.uzdan olindi

Qayd etilgan


Muslim_4101  27 Fevral 2009, 19:09:52

Qo'l, oyoq qattiq shikast yetganda birinchi tibbiy yordam

Qo'l yoki oyoq qattiq jarohat tufayli uning sinish extimoli mavjud.
Quyidagi holatda vrach kelgunicha birinchi tibbiy tez yordam quyidagicha Qo'l yoki oyoq singan bo'lsa darhol singan joyiga shina (qattiq, tekkis bo'lgan jism) qo'yiladi va ustidan toza bint yoki mato bilan o'rab bog'lab qo'yiladi. Singan joyidan katta jarohat bo'lib to'xtovsiz qon kelayotgan bo'lsa shu jarohat tepasidan tahminan bir qarich tepasidan qo'lni yoki oyoqni mato bilan qattiq bog'lab qo'yiladi, bog'lab qo'yish natijasida qo'lga yoki oyoqga qon borishini to'xtatib turamiz, faqat bog'lab qo'ygan joyizga qachon bog'lab qo'yilgan vaqtingizni yozishni unutmang.
ILTIMOS Aziz birodarlar ko'cha-kuyda biron bir odam sizning yordamingizga muhtoj bo'lsa yordamingizni ayamang.               

Qayd etilgan


gayrat17  01 Mart 2009, 05:08:55

yaqinda furbolda yiqilib. qo'lim lat yedi, keyin kimningdi maslaxati bilan sho'r paxta qo'ydim, keyin "kitonal"mi degan maz surttim. 2-3 kunda yaxshi bo'lib ketti, lekin kecha yana xuddi o'sha joyim jarohat olib battar og'riyapti. 2-yordamni qilmasam bo'lmasa kerak endi

Qayd etilgan


ikbaljohn  05 Mart 2009, 18:30:11

yaqinda furbolda yiqilib. qo'lim lat yedi, keyin kimningdi maslaxati bilan sho'r paxta qo'ydim, keyin "kitonal"mi degan maz surttim. 2-3 kunda yaxshi bo'lib ketti, lekin kecha yana xuddi o'sha joyim jarohat olib battar og'riyapti. 2-yordamni qilmasam bo'lmasa kerak endi
Bitta yosh bolani topib,rosa suv ichdir.Keyin bitta baklashkaga san uchun alohida "suv"idan bersin.O'sha "suv"ni paxta yordamida jarohatingga surtsen,yaxshi bo'p ketsang kerak ;D

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 12:56:55

yaqinda furbolda yiqilib. qo'lim lat yedi, keyin kimningdi maslaxati bilan sho'r paxta qo'ydim, keyin "kitonal"mi degan maz surttim. 2-3 kunda yaxshi bo'lib ketti, lekin kecha yana xuddi o'sha joyim jarohat olib battar og'riyapti. 2-yordamni qilmasam bo'lmasa kerak endi

 :as: Maslahatim doktorga murojaat qiling InshaAlloh tuzalib ketasiz va yana duo qiling :)

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:07:12

Birinchi yordam vositalari

Tez tibbiy yordam ko‘rsatishda birinchi yordam vositalari qo‘llaniladi. Ular tabel va qo‘l ostidagi vositalarga bo‘linadi. Birinchi yordam tabel vositalariga bog‘lov materiallari, bintlar, tibbiy bog‘lov paketi, steril bog‘lov materiallari, salfetkalar, paxta va boshqalar kiradi. Qon ketishini to‘xtatishda qon to‘xtatuvchi jgutlar, immobilizatsiya uchun fanerli, narvonsimon, to‘rsimon shinalar kabi tabel vositalari qo‘llaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlar ham qo‘llaniladi: yodning 5 % spirtli eritmasi, brilliant ko‘ki (zelyonka)ning 1—2 % spirtli eritmasi, validol tabletkasi, valeriana tindirmasi, navshadil spirti, natriy gidrokarbonat tabletkasi yoki poroshogi, vazelin va boshqalar. Odatda birinchi tibbiy yordam tabel vositalari jamoat transporti yoki shaxsiy transport haydovchilari aptechkasi tarkibiga kiradi hamda ommaviy dam olish joylarida ham bo‘ladi.
Birinchi yordam ko‘rsatish vaqtida tabel vositalari bo‘lmasa, qo‘l ostidagi vositalardan foydalaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda bunday vositalar sifatida toza choyshab, ko‘ylak, mato (oq mato), karton, faner, taxta, yog‘och va boshqalarni qo‘llash mumkin.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:09:13

Jarohatlanganlarni transportda tashish

Jarohatlangan va kasallarni transportda tashishda asosan yo‘l transporti (avtomobil, temir-yo‘l transporti), havo (samolyot, vertolyotlar), suv (daryo va dengiz transporti), shuningdek sanitar va moslashtirilgan transport vositalari qo‘llaniladi. Jarohatlangan shaxs yoki kasallarni tashish zambilda, qo‘lda, orqada, yelkada hamda qo‘l ostidagi vositalardan foydalanib amalga oshiriladi. Jarohatlanganlar bir kishi yoki bir-necha kishi yordamida tashiladi. Eng maqbul, og‘riq chaqirmaydigan va avaylab tashish usuli zambil yordamida tashishdir. Bemor yoki jarohatlanganlarni tashishda iloji boricha ehtiyot qiladigan sharoit yaratish kerak. Ularni qulay va to‘g‘ri holda yotqizish lozim.
Tashish va transportda tashish jarayonida noto‘g‘ri harakat qilish jarohatlangan yoki bemor ahvolining yomonlashuviga, qo‘shimcha jarohatlarning kelib chiqishiga, qon ketishining kuchayishiga, suyak bo‘laklarining joyidan siljishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin.
Oyoqlar va bosh suyagining shikastlanishida jarohatlanganlarni chalqancha, umurtqa pog‘onasi suyaklari singanda esa, aksincha, qoringa yotqizish lozim. Agar umurtqa pog‘onasi suyaklari jarohatlangan kishi zambilga chalqancha yotqizilsa, unda, albatta, zambilga yog‘och shit yoki keng taxta qo‘yilishi kerak.
Qorin va tos suyaklari shikastlanganda jarohatlanganlar chalqancha yotqizilib, oyoqlar bir oz tashqariga kengaytiriladi, tizza va son bo‘g‘imlari bukiladi. Bunda tizza bo‘g‘imlari tagiga kiyimdan yostiqcha qo‘yiladi.
Shikastlanganlarni zambilda va transportda tashishda ularning umumiy holatini, bog‘lam yoki immobilizatsiya shinasining to‘g‘ri qo‘yilganligini ko‘zdan kechirish lozim. Agar jarohatlanganlarni tashish uzoq davom etsa, ularning holatini o‘zgartirish, boshlari tagidagi yostiqchalarni to‘g‘rilab turish kerak.
Gorizontal tekis yerda tashishda jarohatlanganlarning oyoq sohasi oldinda bo‘ladi. Agar jarohatlangan hushini yo‘qotgan bo‘lsa, bosh tomoni oldinda bo‘ladi. Chunki bunda uni kuzatib borish imkoni bo‘ladi. Yuqoriga olib chiqilayotganda yoki pastga tushirishda esa uni gorizontal holda ushlash kerak. Yuqoridan pastga tushirilayotganda shikastlanganning oyoq sohasi oldinda, ko‘tarilayotganda esa, aksincha, bosh sohasi oldinda bo‘ladi.
Jarohatlangan yoki bemorlarni transport vositasiga joylashtirishda avval zambil yuqori qatorlarga qo‘yiladi, keyin esa pastki qatorlarga joylanadi, tushirilayotganda esa, aksincha, avval pastki qatorlardan, so‘ngra esa yuqorigi qatorlardan zambil olinadi.
Bosh suyagi, umurtqa pog‘onasi, qorin sohasi jarohatlanganlar hamda og‘ir yaralanganlar pastki qatorlarga joylashtiriladi, chunki yuqoriga nisbatan pastki qatorlarda kamroq chayqalish kuzatiladi.

Qayd etilgan