Oxirgi marotaba qachon qabrlarni ziyorat qildik?  ( 12525 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Munira xonim  02 Mart 2009, 09:12:30

Assalamu alaykum.
Ayol qizlarimizni qabristonga borishlaridan bormaganlari afzal menimcha. Vallohi a'lam.
O'limni eslash uchun qabristonga borish shart emas, ayniqsa ayollar. O'limni his qilishimiz uchun o'tayotgan har bir kunimiz, soatimiz, daqiqalarimiz kifoya.
Bir hikoya eshitgandim. Hazrati Umar  bir kishiga debdilar:"Mening huzurimga har kuni kelib:"O'lim bor, ey Umar", deb turasan, evaziga men senga har kuni bir chaqadan beraman".
Haligi kishi ko'p yillar mobaynida Umar r.a. huzurlariga kelib:"O'lim bor,ey Umar", der ekan va o'z haqqini olib ketarkan.
Alhol bir kuni u kishi kelib, shunday deganidan keyin, Umar r.a. haqqini beribdilar va ertadan boshlab kelmagin, debdilar. U kishi:"Nima uchun" deb so'rabdi. HAzrati Umar:"Mening soqolimga ilk oq tushdi, endi u menga har kuni o'limni eslatadi", degan ekanlar.
Alloh barchamizni oxirimiz go'zal qilsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Mart 2009, 09:29:07

Qabr ziyorati odoblari

Har bir amalning tartib-qoidalari bo‘lganidek, qabrlarni ziyorat qilishning ham bir qancha odob-tartibotlari bor. Eng avvalo qabristonga borishdan oldin niyatni o‘nglash, qabr ziyorati faqat Alloh taolo rizosi uchun bo‘lishini niyat qilishi kerak. Ibratlanish uchun qabrlarni ziyorat qilish mustahab amallardan sanaladi. Payg‘ambar alayhissalom: «Qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki u sizlarga oxiratni eslatadi», deganlar.

Qabr ziyoratiga boruvchi kishi g‘uslli va tahoratli bo‘lishi, ochiq-sochiq, behayo kiyimlarda, ba'zi erkaklarga o‘xshab kalta shim (shorti)da bo‘lmasligi kerak. Qabristonda go‘yo tirik kishilar orasida yurgandek tavoze' va odob bilan yuriladi, qabrlar oralab yoki ular ustidan o‘tilmaydi. Ulug‘ zotlar «Qabrni bosganimdan ko‘ra otash-cho‘g‘ni bosganim yaxshiroqdir», deyishgan.

Qabristonga borilganida barcha qabr ahliga quyidagicha salom berish kerak: «Assalomu alaykum, ya ahlad-diyar. Va inna inshaallohu bikum la hiquvna va yarhamullohul mustaqdimiyna minna va musta'xiriyna. As'alulloha lana va lakumul ‘afiya» («Sizlarga salom bo‘lsin, ey diyor-qabriston ahli! Biz ham Alloh xohlasa, (bir kuni) yoningizga kelamiz. Bizdan oldin o‘tganlarni Alloh rahmat qilsin! Allohdan o‘zimizga va sizlarga ofiyat tilaymiz»).

Ziyorat chog‘ida qabrdagilardan yoki aziz-avliyolardan madad, shifo, farzand, hojat barorini so‘rash, qabrga qarab sajda (ta'zim) qilish, qabr tuprog‘ini yuz-ko‘zga surtish, avliyolar maqbarasini o‘pish va atrofini tavof qilish, yosh bolalarni qabr ustida yumalatish, qabrda yotgan ulug‘larga atab jonliq so‘yish Islom shariati qaytargan amallardandir, uni qilganlar mushriklardan hisoblanib qolishadi, Alloh asrasin. Shuningdek, qabristondagi daraxtlarga latta bog‘lash, qabrlar ustiga olov (sham) yoqish dinimizda yo‘q, bular qadimgi xurofiy aqidalarga bog‘liq.

Qabr ziyoratiga borgan kishi Qur'oni karimdan Fotiha, Yosin, Mulk, Takosur, Ixlos, Falaq, Nos suralaridan xohlaganini tilovat qilib, savobini marhumlar ruhiga bag‘ishlab duo qiladi. Manba

Qayd etilgan


siddiqa  05 Mart 2009, 06:39:21

Assalamu aleykum ,
har kuni o'qishga ketayotganimda qabriston oldidan o'taman ,insonni yuragi bir qalqiydi ,ahli qubur va biz ,ularda ne gaplaru bizlarda ne ,yaqinda yana qabristonga etibor berdim ,u yerga bahor ertaroq kelibdi ,hali gullagan darahtni ko'rmagan edim ,qabristonda bir daraht juda chiroyli gullagan edi ,ahli quburga uzoqdan bo'lsa ham salom berdim ,Assalamu aleykum ey ,ahli Qubur ..............

Qayd etilgan


Muhseena  05 Mart 2009, 07:02:44

U yerdagi chumolilarni ko'rganimda hushimni yo'qotay deganman.Lekin chumolilardan tashqari yana qanday qurt-u qumursqalar bor ekan.Bir kuni biz ham unga qaytamiz.Men Rabbimga doim duo qilaman:Rabbim men yerning ustida qanchadan qancha hatolar qilaman,unga qaytganimda mendan o'ch olishidan panoh so'rayman.Gunohlarimmi mag'firat qil..Qabrimni nuring bilan yoritgin-deb. Allohim berchamizni qabrlarimizdan "Ahli jannat" bo'lib uyg'onishimizni nasib qilsin.

Qayd etilgan


imlaah  05 Mart 2009, 08:44:42

Qabriston haqida o'ylasam Toshkent markazidagi "CHig'atoy" qabristoni eshigi tepasiga yozib qo'yilgan yozuv fikrlarimni tarqatib yuboradi.Eshik tepasiga " Marhum birodarlarimiz oromgohi" deb yozib qo'yilgan.Bu yozuvni o'sha yerga ravo ko'rganlar hech fikr qilib ko'rgan ekanmilar qabr kimga "oromgoh"ki bu yerdagilarga "oromgoh" bo'lgani?
Munirahonim ning fikrlariga qo'shilgan holatda yana qo'shimcha qilmoqchiman Toshkent qabristonlaridan qiyomat va ohiratni eslatguvchi ibratni qidirgan inson bekorga ovora bo'ladilar.Deyarli barcha qabristonlar nosorolar qabristonlariga o'hshash but va sag'analar bilan to'lib toshgan...
O'limni eslash va o'lim haqida tadabbur qilishlik uchun Quroni Karimni payg'ambar s.a.v. soqollariga oq tushishiga sabab bo'lgan suralarini diqqat bilan o'qisinlar.Nabiy alayhissalomning vafotlari haqidagi mavezani eshitsinlar va o'qisinlar.Bundan yuksak ibrat yoq bo'lsa kerak vallohu a'lam.

Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  11 Mart 2009, 18:31:02

asalomu alekum juda yaxshi savol beribsiz bilasmi man 15 kuncha oldin ko'kcha dagi mozorga bordim usha kuni juma edi qabiristoni aylaib yurganimda ikkta qabrni kavlashvotganakan sekin borib qaradim  ayol kishi bo'lganimga  qabirni ichini ko'rmaganidim. qabrga qarab  shuni aglab etimki isoni bu dunyodigi qilgan ko'p ishlari befoydekan va kechalari tahajut namoziga turganimda har doyim usha kundi ko'rgan qabrimni esliman  va ibodatda kuchli bo'lishga Allohdan madat so'rima. va qabiristonga borganda qalbim ancha mayuslashadi qanidi shu erda yashasam diman bilmadim bu  mani o'z fikirlarim savolingiz uchun  kotakon rahmat Alloh hammizni qalbi oqibatlik mehribon ko'ngli shikasta aylasin amin. asalomu alekum

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 15:08:30

O'tgan yili ayamlar bilan Ayyub Sulton al Ansoriy Hazratlarini maqbaralarini ziyorat qilgandik, shunda bu yerda joylashgan katta qabristonda duo qilgandik. Bu qabristonda juda ulug' zotlar yotishibdi.

Naqshibandiya tariqatining ustozlaridan Rahmatli Asad Jo'shon ham shu yerdalar.

Qayd etilgan


XALIF  22 May 2010, 16:15:50

Va alaykum assalom Allox rozi bulsin sizdan Abdurauf. Man oxirgi marta qachon qabirlarni ziyorat qilganim xaqida emas balki man uchun tasirli bulgan kun xaqida gapirmoqchiman. Bir kuni qabiristonni ziyorat qilgani bordim va xar doim kimnidir dafin etishayotgan buladi yoki qabir qazishayotgan buladi xamisha bir xis qilish uchun tayor qabirga yotib kurishni niyat qilardim 1-2 marta borganimda aytishga tortindim tugrirogi, xullas aylanib yurganimda bitta gurkov bir uzi qabir qazib yotganiga kuzim tushdi va suxbatini olish uchun oldilariga yaqinlashdim rosa savollarga kumib tashladim u kishi xam xamma savolimga erinmasdan javob qaytardilar xullas ancha fikir almashdik va yordam berishga qaror qildim va ketmonni olib man xam qabir qazishga yordam bera boshladim. laxatni anchagina ochganlaridan kegin laxatni ichiga kirishga qiziqib urin almashaylik dedim u kishi uchun oddiy xolat edi xullas joy almashdik laxatga tushishim bilan qandaydir titroq bosdi nafsim shu shatmidi desa iymonim bunga moslashish kerak der edi orqa elkamdan sovuq titroq boshlandi va ayoqlarim uchigacha titray boshladim birozdan sung moslashib olgach asta laxat ichiga nazar sola boshladim qurqa-qurqa. Laxat ichi xaqida gapiraydigan bulsam u dim, buk, xavo qumursqalar urmalar bu mani ojiz kuzim kurgani asil egasi kelganda qay xolatda bulishini yolgiz allox biladi xulas umuman boshqa olam ekan. Qabiriston darchasidan kuchaga chiqar ekanman xamma dunyo tashvishi bilan shoshar texnikalar zuv-zuv u yoqdan buyoqa qatnar kimdir kimdirbilan savdolashar kimdir kimnidir allar guyoki ulmaydiganday yurushar edi.Qabiriston ziyoratiga borsam anchagina dunyo ishlarini unutaman Allox xamisha toat ibodatda ilim izlashda xammamizni mustaxkam qlsin safimzni bundanda ziyoda qilsin amin.   

Qayd etilgan


Muhseena  23 May 2010, 04:43:32

 :as:
Yaqinda qabristonni ziyorat qilgandim.Ibrat olish maqsadida.To'g'risi gangib,hushimni yo'qotay dedim.Hamma narsani unutayozdim.Qabrlar shunchalar ko'p edi atrofimda.Orasidan yuramanu,oyog'im qaltirardi.O'lim haq deb o'zimni qo'lga olishga urindim.Yonimda qarindoshhlar bor uchun ko'z-yoshlarimni ichimga yutdim.Bo'g'zimga tiqilgan bir alam qalbga tasirini o'tkaza boshladi.Qabrlarni hammasiga sinchiklab qaradim.Ular kim edi?Birontalarini tanimayman.Faqatgina Alloh rahmat qilgur buvamni hayotini elas-elas eslashim mumkin.Ular ham vafot etganda 12 yoshlarda edim.Tinmay savol qiynadi.Ular hayotini qanday o'tkazgan ekan?Allohning roziligi uchun yashashgan edimi?Yohud bu dunyoning fitna va aldovlariga burkanib o'tib ketishganmi?Albatta,hech kim javob berolmaydi.Yolg'iz Allohgagina ayon.Oldinlari qabr ziyoratiga bormas edim,qo'rqardim.U yer shunchalar tinch,sokin...Lekin bir tomondan Allohninng roziligi uchun yashashni niyyat qilganimdan baxtliligimmi his qildim.Agar unga bo'yin egsam,zora rahmi kelib,tor qabrimni keng qilishiga umid bog'layman.Yaqinda bir ko'rsatuv ko'rgan edim.Bir ayol o'lganidan keyin tanasi bo'lmasligini orzu qilar ekan,sababi qurt-qumursqa ilonlarga yem bo'lishni istamas ekan.Shuni niyyat qilgan ayolning samalyoti halokatga uchrab,tanasi umuman topilmaydigan darajada yo'q bo'lib ketibdi,astag'firulloh.Albatta,amallar niyatlarga qarab bo'ladi.Nima bo'lishidan qat'iy nazar,Allohdan oxirimni baxayr bo'lishini so'rayman,uning rahmatiga muhtojman.Dunyo ko'zimga tor ko'rinadi gohida,lekin shu vaqt qabrni eslayman.Uni keng ko'rish kifoya qilar-deya ovunaman.Allohim barchalarimizni oxiratimizni obod qiluvchi amallarga mashg'ul qilib,O'zi rozi bo'ladigan bandalardan qilsin. :amn:

ҚААДАЙ БЎЛАА КИА?     

Вақтинг бслса агар жуда бемалол
Кел, мен бирла ғамгин бслиб сур хаёл.
Ҳар дақиқа сйлаганим бир савол:
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

Туш ксраман, уйғонаман ҳар куни,
Уйқуларда тслғонаман ҳар куни,
Ааҳот лойга булғонаман бир куни
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

Йиғлаганда ҳижолатни биламан,
Душман босса, бу ҳолатни биламан,
Аафас олар ҳар соатни биламан,
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

Тирик зотлар, тирикликка тупуринг,
Дунё деган чанг-тсзонни супуринг,
Аҳли қубур, нега жимсиз, гапиринг
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

У кун недир, очиқ қолган туйнукми?
А безовта қуш мисоли сйликми?
Келган меҳмон гсзалмикан, ҳунукми,
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

Тинмай А оббул ъаламийнни зикрланг,
Аеъматини йиғлаб-йиғлаб шукрланг.
Инсоф қилинг, бир бор бслсин фикрланг
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

Фахрланманг тоза стган насабдин,
Ундан ксра адаб олинг адабдин.
Юрагингиз ёрилмас не сабабдин:
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

Ксзи очиқ, қалби юмуқ инсонлар,
Қаранг бир-бир сафардадир ҳар жонлар,
Секин стар схтимол минг-минг онлар,
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

Хомиладор бир кун келиб туққандек,
Кскка учган ғубор барбир юққандек,
Дор арқони бсғизни бир буққандек,
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

А об каломи Қуръон бизга сслатма,
Ажратгувчи Фурқон бизга сслатма,
А­й ёронлар, бул он бизга сслатма
Ўлим деган соат қандай бсларкин?

Ссз охири: бир ҳақни мен ссйлагум,
Истасангиз, ғамгин совтда куйлагум,
Минг йил умр берсалар ҳам сйлагум:
Ўлим деган соат қандай бсларкин?
(Xayrulla Hamidov :'()

Qayd etilgan


Lu`lu`  10 Iyul 2010, 01:22:55

  Qorong`u  kecha, to`fon  ehtimoli, xavflidir girdob,
  Qayerdan bilsin ul yengil yuki bor ahli sohillar.

  Ishim bori o`jarlig`din,  bo`lub  sharmandalar oxir,
  Ne yanglig`  yoshururman, so`zlar, ondin barcha mahfillar(юк кутарувчилар)

Qayd etilgan