Oxirgi marotaba qachon qabrlarni ziyorat qildik?  ( 17632 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abdurauf  22 Fevral 2009, 23:28:43

Ohirgi marta qachon qabrlarni ziyorat qildik do'stlar
Faqar hayit kunlargina qabristonga chiqamiz
Mayli hayit kunlaridan boshqa kunlari ham ziyorat qilib turayluk
Ahir Usmon (r.a.) jahannam azobi bilan qiyomat haqida gapirilganda jim o'ltirib qabr haqida gapirilganda soqollari ho'l bo'lgunchi yig'laganlar
Nega bunday qilaganlarini so'ralganida
Ular: "Do'zaxda va qiyomatda odam bir o'zi bo'lamaydi, boshqarlar ham bo'ladi.
Ammo qabrda yog'iz bo'lamiz" degan ekanlar.
Shuning uchun o'limni eslab turish turish maqsadida qabrlarimiz ziyorat qilib turaylik

Shoxlar o'z taxtidan tushganing ko'rdik
Harobaga do'nmish bog'lar ham so'lim.
Oxiri barchamiz xulosa qildik:
"Eng katta mav'iza aslida o'lim!"
Etiboringiz uchun rahmat Assalomu aleykum va rahmatullohi va barakatu

Qayd etilgan


Abdurauf  25 Fevral 2009, 13:23:36

Assalomu aleykum
Payg'ambarimiz(s.a.v.) aytdilar:" Qiyomat yaqinlashdi
Odamlar dunyoga tobora sho'ng'imoqdalar
Allohdan esa tobora uzoqlashib bormoqdalar".

Qayd etilgan


salsabila  26 Fevral 2009, 16:17:24

ohirgi marta bir yil oldin haj safarida jannatul baqiyni

Qayd etilgan


Abdurauf  27 Fevral 2009, 00:46:08

Assalomu aleykum
Janozaga borishning fazilati
Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu: «Janoza o‘qisang, zimmangdagi vazifani bajaribsan»
,— deydilar. Humayd ibn Hilol: «Janoza o‘qib bo‘lgandan so‘ng, janoza egalaridan uyga qaytmoqqa ijozat so‘rashning sunnat ekanligini bilmasmiz-u, biroq kimki janoza o‘qib uyiga qaytsa, unga bir qiyrot savob tegmog‘ini yaxshi bilurmiz»,- deydilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra: «Kimki janoza namoziga qatnashg‘aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir»,- dedilar. Keyin u kishi bizga yana judako‘p hadislar ham aytib berdilar. Shunda Oisha onamiz Abu Hurayraning so‘zini tasdiqlab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shundoq deganlarini men ham eshitgandirmen»,- dedilar. Men: «Unda, juda ko‘p qiyrot savoblarni boy beribmiz-da!»- dedim».
Barchamizga Alloh yordam bersin!!!!!!

Qayd etilgan


Abdurauf  27 Fevral 2009, 01:43:04

Assalomu aleykum
Alloh taolo aytadaki"Qayerda bo'lsangiz, hatto mustahkam qal'alar ichida bo'lsangiz ham o'lim sizlarni topib olur."
Shunday ekan ohir boradigan joyimiz Alloh oldida qilgan gunohlarimiz uchun javob beradigan kunni eslaylik.

Qayd etilgan


Abdurauf  27 Fevral 2009, 01:49:13

Assalomu aleykum
Quron karimda aytiladiki:" Ayting:" Sizlar qochayotgan bu o'lim albatta sizlarga yo'liqquvchidir. So'ngra sizlar g'aybu shaxodatni bilguvchi Allohga qaytarilursizlar. Bas U zot sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini berur!"

Qayd etilgan


Abdurauf  27 Fevral 2009, 09:30:14

Dunyoda uch jumboq bor emish: biri-o'lim, ikkinchisi osmon sirlari yechmoqqa odam zotining tishi o'tmaydigan, tishni sindiradigan uchinchi jumboq esa, ayol muhabbati ekan.

Qayd etilgan


Abdurauf  27 Fevral 2009, 09:51:16

Bu kunga chidam yo'q, yo'q erur sabr,
Tushimda qiynoq bor, o'ngimda jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr,
Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?!

Talay odamlarga yo'liqdim, ular
Katta va'dalar-la do'stlarim bo'lur,
So'ng tinmay pinxona g'iybat qilar,
Meni bu kulfadan qutqarurmisiz?

Ahlimga boqaman, nigohi yomon
Qalbidan sizilib chiqqanda gumon...
Axdlasha olmasak, bu qanday zamon,
Meni bu ofatdan qutqarurmisiz?

Jujuqlarim yig'lar istabon saboq,
Men ular oldiga qo'ygum qo'girchoq...
Shaytonning aytgani qolibdir bu chog',
Meni bu da'vatdan qutqurarmisiz?

Oxirat qayg'usi yo'qolib qolsa,
Go'zal sanamchalar ko'nglimni olsa,
Dunyoning ishlari ajabga solsa,
Meni bu hayratdan qutqarurmisiz? 

Eng so'nggi ishonchim qaygadir tashib,
Iymon qochib ketsa tog'lardan oshib,
Uning ortidan zor ketsam ergashib,
Meni bu hayratdan qutqarurmisiz?!

Hayot davomiga yetmasa ko'zim,
Tig'dek botmasa gar aytilgan so'zim
Boshqara olmasam o'zimni o'zim
Meni bu hasratdan qutqarurmisiz?

... Bu kunga chidam yo'q, yo'q erur sabr,
Tushimda qiynoq bor, o'ngimda jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr,
Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?!


Qayd etilgan


Abdurauf  28 Fevral 2009, 11:42:13

Assalamu aleykum
Rasululloh s.a.v. aytadilarki:"Mayitga uchta narsa ergashib boradi, ikkitasi qaytib keladi, bittasi qoladi. Uning axli, moli va amali ergashib boradi. Axli va moli qaytib keladi, amaligina u bilan birga qoladi".
Rasululloh s.a.v. dedilar:"Inson vafot etgach, uning amali uziladi(ya'ni amal daftari yopiladi.) Faqat uch joydangina(unga savob yetib turishi mumkin):
1) Qilgan davomiy sadaqasidan.
2) Bergan manfaatli ilmidan
3) Uning haqqiga duo qilguvchi solih farzandidan.

Qayd etilgan


zuhrahon  01 Mart 2009, 12:43:49

Assalomu  alaykum  Ollho  barchamizni  o'zi  hohlaganidek  tarbiyat  qilsin.avvallambor  sizga  rahmat  ayataman  shunday    mavzuni  tanalab  ochganiz  uchun  juda  hursand  bo'ldim  o'qib  Ollho  barchamizdan  rozi  bo'lsin.Ha  qabristonllarga  boruvchillar  soni  juda  oz  lekin  Qabristonga  ko'proq  borib  tursangiz imoniz  bundanda  ziyoda  bolad.O'zimga  kelsak  mozorga  borishni  yoshligimdan  juda  yaxshi  ko'rardim  bilmadim  Ollohim  shunchalik  qlabimga  solganimi  borsam  dunyodan  dunyoning  mayda  chudallaridan  dam  olardim  sukunat  jim  jitlik  sokinlik  mozordan  chiqsangiz  yana  dunyoga  berilib  ketishlik  anachayillardan  beri  Qabristonga  borib  turardim  maktabimiz  yaqin  bo'lganligi  uchun  kun  ora  chiqb  turardim  osha  yerga  borsam  koynim  taskin  toppar  ichimdan  qalban  Ollohim  bilan  muloqat  qialrdim  qabirda  yotgan  isonllarga  qabir  toshllariga  bir  bir  qarab  o'tirar dim.juda  qiziq  voqeyallar  ham  bo'llardi.Qabristonga  yolg'iz  borardim  doyim  ertaroq  borardim  bir  kuni  peshinga  to'g'ri  kelib  qolibdi  Qbristonda  hehc  kim  yo'q  men  esa  skamekada  o'\z  xayollarim  bilan  o'tirgan e dim  uzoqdan  odammallrning  ovozllari  eshtilib  qoldi  ne  ko'z  bilan  ko'riykiy  bir  inson  qazo  qilib  qolgan  ekan  ko'mgani  olib  kelishyotgan  ekan  tumonat  erkkallar  nima  qilishimni  bilmiy  qoldim  shunday  g'allati  bo'lib  ketim  ullar  o'tib  ketgunicha  qanday  otirganimni  bilamyman o'rnimdan  turib  endi  ketmoqchi  bo'lib  tursam  ko'zim  oyog'im  ostidagi  bir  kichkin  qabirga  ko'zim  tushdi  ustida  yangi  chiqan  nihol  kabi  endigina  ochilgan  chiroylik  bir  gul  turardi  qabir  toshiga  qaradim  1  yoshlik  godak  ekan  shunda  ichimdan  nimadir  uzilgande  bo'ldi  juda  ga'allati  bo'lib  ketim  osha  turib  Ollohim  biz  xam  shu  sovuq  qabir  ichiga  kiramizaa  biz  xam  bir  kun  shullar  bilan birga  yotamiza   shunda  juda  qo'rqib  ketib  Ollhimdan  chin  dilimdan  ichimdan  qo'rqib  Ollohim  qabirda  o'zing  bizani  yolg'iz  tashallab  qo'yma  biz  gunohkor  bandallaringni  kehir  deb  duvo  qildim.Insha  Olloh  Robimizning  rahmatidan  umidvormiz  qabrimiz  jannat bog'challaridan  biri  bo'lishni  Robbimizdan  so'rab  qolami  barchamizga  omin.Ohirgi  marotaba  Mozorga 3  hafta  oldin  borgan  edim. :)

Qayd etilgan