Oxirgi marotaba qachon qabrlarni ziyorat qildik?  ( 17631 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


UzMuslim  11 Iyul 2010, 19:29:34

oxirgi Martda Rahmatli Buvijonimni qabrlarini Ziyorat etgani Bordim Iyulni Boshida,qabrlari yonini Ohlab,Atrofini Tozalab Keldim.Alloh Ulardan Rozi Bo'lsin.

Qayd etilgan


ibnUyayna  08 Mart 2011, 05:45:34

 Ohirgi marta qachon qabrlarni ziyorat qilganimni eslay olmayman.
 Shu mavzuni o`qib esimga keldi.Yosh bola edim oyim bn qabristondan o`tgan edik shunda oyim 1 ho`rsinib bir kun biz ham kelamiz bu yerlarga degan edi.
 

Qayd etilgan


muxlisa  08 Mart 2011, 09:26:13

 :as:

Oxirgi marta qachon borganim esim yoq, lekin qabriston man u-n tez-tez ziyorat qiladigan joyim... musibat yetsa, tushkunlikka tushib qolsam, qabristonga boraman... negadir. qabriston ichkarisiga kirib ko'rmaganman, doim tashqaridan, ko'rsa bo'ladigan joydan qarab turaman.. to charchagunimcha...
hayotimdagi hamma narsani, quvonchli damlaru, hafaliklarimu, umuman dunyo esimdan chiqib qoladi shu paytlarda... bu qabrlarda yotgan odamlarning ahvoli qanday ekan hozir? man shu yerga kirganimda, mani ahvolim qanday bo'ladi bu yerda? shu savollar mani butun ruhiy holatimni o'zgartiradi... yig'lamaslikdan o'zimni tutolmiman..
qabrlarni ziyorat qilishlik man u-n katta narsa.. xursandligimni kamaytiradi.. qiyinchilika sabr qilishlishimni osonlashtiradi.. ibodatlarimda ixlosimni oshiradi.. dunyoda bo'lgan havaslarimni so'ndiradi..
silar ham o'sha yerga tez-tez boring... dunyo tashvishlaridan charchasangiz yoki qalbingiz og'irlashganini sezsangiz, qabristonga boring. albatta boring.  

Qayd etilgan


Bonuxon  07 May 2011, 07:26:10

2 yil oldin xar Juma kuni qabriston borardim! Keyin4alik ba'zida boradigan buldim! Ohirgi marta 15, 20 kun buldi qabriston borganimga! Man nmagadir qabrlani ziyorat qilsam yengil tortaman. . .

Qayd etilgan


ummugulsumm  07 May 2011, 08:49:44

Nafsni jilovinga olmoq bulsang gar,
Qorning tuymasidan taomga tuygin.
Gullarni hidlashga tuhta,birodar,
Qabr kavlashni ham urganib quygil!

Ajal uqi aniq, bir kun etgusi,
Shoshmasdan,hotirjam halok etgusi,
Otang bor,onang bor-ertan ketgusi...
Qabr kavlashni ham urganib quygil!

Bitgan gulzorlaring sular ertaga,
Umr kosasi ham tular ertasi,
Baland minoralar qular ertaga,
Qabr kavlashni ham urganib quygil!

Birov horma demas,tolsang yugurib,
Yordam ham berolmas ahvoling kurib,
Mard bul-da,urningdan bir sapchib turib,
Qabr kavlashni ham urganib quygil!

Mayli,kuchat ekkin ertani kuzlab,
Mayli,hosilin ham totgin yolgizlab,
Lek qolmayin desang qabrda buzlab,
Qabr kavlashni ham urganib quygil!

Kurding,dosh berolmas ming-minglab tuzum,
Bir shamol uchirdi barisin yuzin.
Elga suv chiqargan mahaling bir zum.
Qabr kavlashni ham urganib quygil!

Duolar tilagan qullaring ila,
Elaklar elagan qullaring ila,
Ayoling silagan qullaring ila
Qabr kavlashni ham urganib quygil!

Otang er chopganda,qarashib yubor
Uning yuragidan yuqolsin gubor,
Shunda ham birodar, aytaman takror
Qabr kavlashni ham urganib quygil!

Qayd etilgan


azizbek_mx  07 May 2011, 09:30:33

Ayollarga qabristonga borishlari yaxshi emas, deb eshitdim. Borsalar kamdan kam, faqat ibrat uchun bormoqlari mumkin, marhum oldiga, arafa kunlari kabilarda bormasliklari kerak ekan. Chunki har qancha yopinishmasin, marhumlarga kiyimsiz holda ko'rinishar ekan. Yana vallohu a'lam. Menimcha qabristonga kirmasdan, uzoqroqdan ziyorat qilib, qur'on tilovat qilganlari yaxshi deb o'ylayman...

Qayd etilgan


Sadulla  31 May 2011, 15:08:35

 :asl3:

Kechagina bir do'stimning buvasini qabrga qo'ydik.Saharda yaxshi yurgan odam to'satdan jon taslim qilganlar.Ko'pchilik bo'lib janoza nomozidan keyin qabristonga bordik.Qabrga qo'yishga olib ketayotganda qabrlarni bosib o'tilganimiz menga sal yoqmadi.Ustilaridan turpoq tashlab,ularni inson hayotidagi 3-bosqichiga qo'yib keldik.Domla aytganlaridek inson umri 4 bosqichdan iborat.Ona qornidagi hayot,bu dunyoda o'tkazgan hayoti,qabr hayoti va oxirgi manzil qiyomatdan keyingi hayotdir.Bular orasida qabr hayoti eng mushkullaridan biri,chunki qabrda bir o'zingiz bo'lasiz.Qabr bu dunyoda qilgan amallaringizga qarab jannat bog'laridan bri bog',do'zox chog'laridan bir chog' bo'lishi mumkin.Shunday ekan vaqtimiz borida qilayotgan ishlarimizga e'tibor beraylik,faqatgina qilayotgan amallarimiz bizga yo foyda bo'ladi,yo zarar.Yaxshi amallarimizni ko'paytiraylik.Vaqt esa o'tib bormoqda...

Qayd etilgan