Tilanchi (hikoya). Somerset Moem  ( 4606 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 19:05:55


Men Vera Kruzga Yukatonga boradigan kemaga ilinish uchun Mexikodan kelgan edim. Lekin bir kun avval dokerlarning ish tashlashi bo‘lib, kema portga chiqa olmasligini eshitdim. Xullas, Vera Kruzda qolib ketdim. "œDalijensiz" mehmonxonasidan derazalari maydonga qaragan bo‘lma olib, tongni shaharni kezish bilan o‘tkazdim. Jinko‘chalarda tentirab, chiroyli hovlilarni tomosha qildim. Jimjimador qilib bezatilgan ibodatxonaga kirdim. Keyin esa ko‘rishga arziydigan narsani ko‘rib bo‘lganimni tushunib, kungurali panjara devorlar bilan o‘ralgan maydondagi salqin bir joyga o‘tirdim va viski buyurdim. Quyosh nurlari maydonni, u yerdagi chang bosgan daraxtlarni ayovsiz qizdirardi. Ulkan qora qarg‘alar daraxtlarga qo‘nib, yerga tushishardi-da, to‘kindilarni titkilab, ibodatxona tomiga uchib chiqardilar.

davomi >>>

Qayd etilgan