Hadisi Sharif. Tib kitobi  ( 29669 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Zamiraxon  11 Aprel 2009, 09:44:49

 21-bob. Bemor og'zining bir chekkasidan dori tomdirish haqida
 Ibn Abbos va Oisha raziyallohu anhumo rivoyat qiladirlar: "Janob Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafot etganlaridan keyin Abu Bakr (ul zotning) yuzlaridan o'pdilar. Oisha onamiz bunday deydilar: "Janob Rasulullohninh, xastalik vaqtlarida, og'izlarining bir chekkasidan dori tomizgan erdik, ul kishi "Bunday qilmangizlar!" degan ma'noda ishora qildilar. Biz: "Bemor odam, odatda dori iste'mol qilmoqni yoqtirmaydi", - deb o'yladik. Hushlariga kelganlaridan so'ng: "Men sizlarga og'izga dori qo'ymangizlar, demabmidim?!" - dedilar. Biz: "Kasal. odatda dori iste'mol qilmoqni yotirmaydi, deb o'yladik", - dedik. Janob Rasululloh: "Shu uyda turganlar orasida og'ziga dori tomizilmagan birorta ham kishi qolmaydi. Ko'rib turibmanki, Abbos sizlarning qilgan bu ishlaringizda ishtirok etmagan", - dedilar".
Ummu Qays rivoyat qiladirlar: "O'g'ilchamni olib Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim, tomog'i og'rib, (murtagi) yiringlab ketgan erdi. "Nega bolalaringizni qiynaysizlar? Qusti hindiydan iste'mol qildiringiz, chunkim unda yetti dardga davo mavjuddir. Jumladan (qusti hindiy) zotiljamga ham davo bo'lib, uni bemorni yon boshiga yotqizib qo'yib, og'ziga quyiladi", - dedilar. Az-Zuhriydan eshitdimki, Janob Rasululloh (qusti hindiy) davo bo'ladigan yetti darddan ikkitasini aytib, beshtasini aytmabdilar".
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: "Janob Rasululloh sallollohu alayhi va sallam, dardlari og'irlashgach, tuzalganlaricha mening uyimda yotmoqchi ekanliklarini aytib hamma xotinlaridan ijozat so'radilar. Ular rozi bo'lishdi. Keyin, Janob Rasululloh ikki kishi yordamida oyoqlarini zo'r-bazo'r bosib mening uyimga chhiqdilar. Bir qo'ltiqlaridan Abbos va ikkinchi qo'ltiqlaridan yana bir kishi ushlab olib chiqishdi". "Oisha onamiz aytib bergan hadisni Ibn Abbosga hikoya qilib berdim, - deydilar Ubaydulloh, - u mendan: "Oisha onamiz tilga olmagan o'sha kishining kim ekanligini bilurmisen?" - deb so'radi. Men: "Yo'q", - dedim. Abbos: "U - Ali ibn Abu Tolib erdilar", - dedi".
Oisha onamiz bunday deydilar: "Janob Rasululloh sallollohu alayhi va sallam uyga kirgach, dardlari yana ham og'irlashdi. Shunda ul zot: "Og'zi bog'liq yettita meshda ustimga suv quyingiz, toki men odamlarga vasiyat qilib olay!" - deb amr qildilar. Biz Janob Rasulullohni tog'oraga o'tqazib, to "Bo'ldi yetarli!" demagunlaricha ustlaridan meshlarda suv quydik. Shundan so'ng, Janob Rasululloh odamlar huzuriga (masjidga) chiqib, birgalikda namoz o'qidilar va amr ma'ruf qildilar".

Qayd etilgan


Zamiraxon  11 Aprel 2009, 09:45:21

22-bob. Murtak dardi (angina) haqida
Ummu Qays birinchi muhojirlardan bo'lib, Janob Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga bay'at qilgan erdi. (Bir kuni) u tomog'i og'rib qolgan o'g'lini ul kishining huzurlariga olib keldi. Janob Rasululloh unga: "Nechun bolalaringizni qiynab murtagini ip bilan bog'lab qo'yasizlar?! Buning o'rniga qusti hindiy bilan davolangiz!" - dedilar.
 

Qayd etilgan


Zamiraxon  17 Aprel 2009, 08:19:54

 23-bob. Qorni og'rigan bemorni davolash hususida
Abu Sa'id (al-Xudriy) rivoyat qiladilar: "Bir kishi Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: "Inimning ichi ketmoqda", - dedi. Janob Rasululloh sallollohu alayhi va sallam unga: "Asal ichirg'il!" - dedilar. u borib asal ichirdi. Keyin, yana qaytib kelib: "Asal ichirsam ham bo'lmadi", - dedi. Janob Rasululloh: "Olloh taolo rost aytgan, iningning qorni yolg'on so'zlaydir", - deb javob qildilar".

Qayd etilgan


Zamiraxon  17 Aprel 2009, 08:20:18

24-bob. Ichki kasallik bo'lmish safar (sarig') kasalligi safar oyiga bog'liq emas!
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Olloh taoloning irodasiz birovning kasali birovga (o'zicha) yuqmaydi, boyqush falokat keltirmaydi, safar (oyi) bexosiyat bo'lmay, safar kasalligi unga bog'liq emas", - dedilar. Bir badaviy: "Yo Rasulalloh, tuyalarimizga nima bo'lgan o'zi? (Avvaliga) ular ohudek soppa-sog' yurishadi, keyin esa oralariga bir qo'tir tuya kelib qo'shildi deguncha barchasi qo'tir bo'lib qoladi", - dedi. Janob Rasululloh: "(O'sha) dastlabki qo'tir bo'lgan tuyani kim qo'tir qilgan?" - dedilar (ya'ni Olloh taoloning irodasi bilan kasalga chalingan).

Qayd etilgan


Zamiraxon  17 Aprel 2009, 08:20:41

25-bob.Zotiljamning davosi haqida
Ummu Qays binti Mihsan birinchi muhojirlardan bo'lib, Janob Rasululloh sallollohu alahhi va sallamga bay'at qilgan erdi. (Bir kuni) u o'g'lini tomog'idagi murtagi ip bilan bog'langan holda Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga olib keldi. Janob Rasululloh unga: "Nega bolalaringizni (murtagini) ip bilan (bog'lab) qiynaysizlar?! Udi hindiy (qusti hindiy) iste'mol qildiringizlar, unda yetti xil dardga, jumladan zotiljamga ham davo bordir", - deb aytdilar.
Hammod raziyallohu alayhi rivoyat qiladirlar: "Abu Talha va Anas ibn an-Nazr zotiljamdan davolamoq maqsadida Anasning badaniga tamg'a qizdirib bosdilar. Bu ishni Abu Talha shaxsan o'z qo'li bilan qildi.
Anas ibn Molik aytadilarki, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ansorlarga mansub xonadonlardan birining ahliga (biror narsa) chaqqanda va quloq og'riganda dam solishga izn beribdilar.
Anas bunday deydilar: "Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallam hayotliklarida zotiljamdan davolamoq uchun tamg'a qizdirib bosgan edim. Buni Abu Talha, Anas ibn an-Nazr va Zayd ibn Sobit ko'rgan edi. Keyinchalik esa Abu Talha (kasal bo'lganimda) menga tamg'a qizdirib bosdi".

Qayd etilgan


Zamiraxon  13 Iyun 2009, 10:59:29

26-bob. Qon oqishni to'xtatish uchun bo'yrani kuydirib bosish lozimligi haqida
Sahl ibn Sa'd as-So'idiy raziallohu anhu rivoyat qildilar: "Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning boshlaridagi dubulg'alari majaqlanib, yuzlariga qon oqib tushganda hamda tishlari singanda Ali raziyallohu anhu qalqonlarida suv keltirdilar. Fotima esa, payg'ambar alayhissalomning yuzlaridagi qonni yuvib qo'ydilar. Lekin payg'ambar a;ayhissalomning qonlari suvdan ham ziyoda oqayotganini ko'rib, bir bo'yrani kuydirdilarda, kulini jarohatiga yopishtirib qo'ydilar, shundan keyingina qon ketishi to'xtadi".
Ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: "Isitma jahannam alangasi yanglig'dir, uni suv bilan o'chiringlar!" - dedilar".
Nofi' raziyallohu anhu aytadilar: "Abdulloh ibn Umar isitmalaganda: "Bizni bu azobdan qutqarg'il!" - der edi".
Asmo binti Abu Bakr, huzurlariga isitmalab qolgan biror ayolni olib kelishsa, uning haqqiga duo qilar hamda ko'ylagi yoqasini yechib, badaniga suv purkar erdilar va: "Rasululloh sallollohu alayhi va sallam shunday qilmoqni buyurganlar", - der erdilar.
Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladilarki, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: "Isitma - jahannam alangasi yanglig'dir, uni suv bilan sovutinglar!" - der ekanlar.
Rofi' ibn Hudayj: "Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning: "Isitma - jahannam alangasi yanglig'dir, uni suv bilan sovutinglar!" - deganlarini eshitganman", - deydilar.

Qayd etilgan


JaviK  28 Iyun 2010, 17:21:01

27-bob. Ob -havosi yoqmagan yerdan chiqib ketganlar haqida.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar:

"Ukl va Urayna qabilasiga mansub bir necha kishilar Rasululloh Sallallohu alayhi va sallamning  huzurlariga kelib : "œYo Rasululloh, biz chorvadorlarmiz, qishloq ahli emasmiz  ",- dedilar va Madina ob havosining yoqmaganligidan shikoyat qildilar, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir to`da tuyalarni tuyaboni birlan ularning tasarrufiga topshirdilar-da, sahroga chiqib  tuya suti va siydigidan davo tariqasida iste`mol qilmoqni buyurdilar.  Ular Harra tarafiga  borgach, qayta kofir bo`ldilar   (Islomdan qaytdilar  ) va  Janob Rasulullohning tuyaboqarlarini o`ldirib, tuyalarini haydab ketdilar. Sallallohu alayhi va sallam bu haqda habar topgach, ularning ortidan odamlarini yuborib, ko`zlariga mil tortmoqni, qo`llarini kesmoqni amr qildilar. Ularni Harrada o`z hollariga tashlab kelishdi, o`sha yerda o`lib ketdilar.  "

Qayd etilgan


JaviK  28 Iyun 2010, 17:23:54

28- bob.  Toun (vabo, o`lat) ga doir hadislar hususida.

Usoma ibn Zayd aytadilarki:

Rasululloh Sallallohu alayhi va sallam: "œBiror joyda vabo borligini eshitsanggiz u yerga kirmanggiz va biror joyda turganggizda vabo boshlanganini  eshitsanggiz, u yerdan chiqmanggiz! " — degan ekanlar.

Qayd etilgan


JaviK  08 Avgust 2010, 14:25:23

29-боб. Вабо таркаганда сабр килганларга тегадиган савоб хусусида

А асулуллох  саллаллоху алайхи ва салламнинг заифалари — Оиша онамиз хабар берадиларки, ул зот пайгамбаримиздан вабо хусусида сураганларида бундай деб жавоб килган срканлар:

«У (вабо) Оллох, истаган бандасига юборадиган азоб булган. (А­ндиликда) сса, Оллох, уни мумин бандаларга узининг бир рахмати сифатида юборадиган булди. Бирор бандага вабо теккан булсаю, у Оллох; пешонасига ёзганидан узгаси булмаслигига ишониб, уз шахрида сабр килиб колса, албатта унга Оллох. йулида жанг килиб шахид булган бандага канчалик савоб булса, шунчалик савоб булгусидир».

Qayd etilgan


JaviK  08 Avgust 2010, 14:26:25

30-боб. Куръон ва муаввизотни укиб дам солиш хакида

Оиша разисллоуу анхо ривост киладилар: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам вафот стмасларидан олдин бетоб булганларида муаввизотни укиб узларига  узлари дам  солар срдилар. Дардлари огирлашиб  колганда сса, ул зотга мен узим дам солар, баракаси тегсин деб узларининг куллари билан силар срдим».
Маъмар: «Кандай килиб дам солар срдилар? »— деб Зухрийдан сурасам, у: «Иккала кулларига дам солиб, сунг юзларини силар срдилар»,— деб айтди»,— дейдилар

Qayd etilgan