Hadisi Sharif. Tib kitobi  ( 37830 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 00:46:22

 :as:
Bismilillahir Rohmanir Rohiym.
                           
                     Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buhoriy
 
                                    Hadis

Tib kitobi  55bob


  1-bob. Olloh taolo dard yuborganda uning davosini ham yuborganligi haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Olloh har qanday dard yuborganda uning davosini ham yuborgandir", - deganlar", - deb rivoyat qiladilar.



Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 00:50:48

  2-bob.Erkakning ayolni, ayolning erkakni davolamog'i  xususida
Rubayya' binti Muavvid ibn Afro' bunday deydir: "Biz Rasululloh sallalohu alayhi va sallam birlan birga g'azavotga chiqqanimizda askarlarga suv keltirib berar, ularning yaralarini bog'lar, o'lganlar va yaradorlarni Madinaga tashir erdik".

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 00:56:38

  3-bob. Uch narsada dardga davo borligi haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladilar: "Uch narsada dardga davo mavjuddir - asal ichmoq, qon oldirmoq hamda yaraga tamg'a qizdirib bosmoq. (Ammo), Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Men ummatimga yaraga tamg'a qizdirib bosmoqni man qilg'ayman", - deganlar".
Mujohidning ibn Abbosdan hikoya qilishlariga ko'ra, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Asal (ichmoq) va qon oldirmoq dardga davo bo'lg'usi", - degan ekanlar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 01:09:38

  4-bob. Asal bilan davolash haqida
Olloh taolo: "Unda (asalda) odamlar (dardiga)ga davo mavjuddir", - degan.
Oisha onamiz raziyallohu anho: "Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam halvo bilan asalni yoqtirar erdilar", - deganlar.
Jobir ibn Abdulloh aytadirlar: "Janob Rasululloh sallallahu alayhi va sallam: "Dori-darmonlaringiz ichida eng nafi tegadirgani qortiqchining qortig'i yokim asaldir! Men (jarohatga) tamg'a qizdirib bosmoqlikni xush ko'rmag'aymen", - deb aytganlar".
Abu Sa'id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: "Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: "Mening inim qorni (og'riyotgani)dan shikoyat qilayotir", - dedi. Janobi Rasululloh: "Asal ichirg'il!" - dedilar. Boyagi kishi qaytib kelib, asal ichirsa ham inisi tuzalmaganini ma'lum qildi. Janob Rasululloh bu gal ham: "Asal ichirg'il!" - dedilar. Boyagi kishi yana qaytib kelib, inisi tuzalmaganini aytdi. Janob Rasululloh: "Olloh taolo (asalda odamlar dardig'a davo mavjuddir, deb) rost aytgan, ining qorni ersa yolg'on so'zlaydir!" - deb javob qildilar. Shundan so'ng inisi dardig'a shifo topdi".
 

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 01:25:18

  5-bob. Tuya suti bilan davolanish xususida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: "(Urayna qabilasiga mansub) bir guruh odamlar betob erdi. Ular: "Ey, Rasulalloh, bizga shahar (Madina) havosi hush kelmadi, boshqa boshpana berib, ham taom birla ta'minlasangiz!" - deb iltimos qilishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni Harra degan yerga joylashtirib, ixtiyorlariga bir qancha tuyalarni ham berib qo'ydilar-da, "Bularning sutidan ichib turinglar!" - dedilar. Ular, kasallari arib, darmonga kirganlaridan so'ng, Janobi Rasulullohning tuyaboqarlarini o'ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning ortidan odam yubordilar, tutib kelishgach, qo'l-oyoqlarini kesib, ko'zlariga mil tortishdi, so'ng oftobga tashlab qo'yishdi, (og'riqdan) tosh g'ajib yotishdi".
Sallom aytadirlar: "Menga aytishlariga qaraganda, Hajjoj Janob Rasulullohning hayotlari davomida jinoyatchilarga qarshi qo'llagan eng qattiq choralari haqida so'zlab berishni Anasdan iltimos qilganida u mazkur voqeani rivoyat qilgan erkan. Bu gap Hasan (al-Basriy)ga yetganida "Ushbu hadisni unga aytmagani yaxshi erdi," - debdilar".

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 02:20:35

  6-bob. Tuya siydigi bilan davolanish haqida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: (Urayna qabilasiga mansub) bir guruh odamlarga Madina havosi yoqmay (betob bo'lib qolishdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni o'z tuyaboqarlari huzuriga yuborib, tuya suti va siydigidan davo sifatida tanovul qilib turmoqlari lozimligini tayinladilar. Mazkur odamlar, tuya suti va siydigidan ichib badanlari sihat topgach, tuyaboqarni o'ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Bu xabar Janobi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetgach,  ularning ortidan odam yubordilar, ushlab kelishdi, so'ng qo'l-oyoqlari kesilib, ko'zlariga mil tortildi".
Muhammad ibn Sirin: "Bu hodisa hadd urish haqidagi hukm nozil bo'lmasdin burun sodir bo'lgan erdi", - deydilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 02:34:59

  7-bob. Sedana haqida
Xolid ibn Sa'd aytadirlar: "Biz G'olib ibn Abjar birlan birga safarga chiqqan erdik, u yo'lda kasallanib qoldi. Madinaga yetib kelganimizda ham hanuz tuzalmagan erdi. Shunda, Ibn Abu Atiq (Abu Bakr Siddiqning nabiralari): "Siz sedana iste'mol qiling. Besh yoki yetti dona sedanani ezib, yog'ini dimog'ingizga tomizing, chunkim, men Oisha onamizning "Rasululloh  :sw: "Sedana somdan bo'lak barcha dardga davodir" deb aytganlar deganlar eshitganman", - dedi. "Som nedur?" deb so'raganlarida, "U o'limdir!" - deb javob berdi.
Abu Hurayra bunday deb xabar qiladirlar: "Rasululloh :sw: : "Sedana somdan bo'lak barcha dardga davodir"  - deganlar. "Som - o'limdir" - deb aytganlar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 19:58:07

  8-bob. Bemorga sutli xo'rda qilib berish xususida
Urva ibn Zubayr Oisha onamiz raziallohu anho haqlarida rivoyat qiladirlarki, Ul zot kasalga, yokim biror yaqin kishisi vafot etgan kimsaga sutli xo'rda ichirishni buyurar erkanlar, chunkim, Rasululloh sallallonu alayhi va sallam: "Sutli xo'rda bemorning diliga orom berib, azador kimsaning qayg'usini yengillashtirg'aydir", - der erkanlar".
Hishom o'z otalari (Urva ibn Zubayr) dan naql qilib bunday deydirlar: "Oisha onamiz raziyallohu anho bemorga sutli xo'rda ichirmoq ko'p manfaatli ekanligi haqida gapira turib: "Sutli xo'rda, bemor yoqtiradimi, yo'qmi, dardiga davodir!" - deb aytganlar".

Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Mart 2009, 15:46:49

 9-bob. Burunga dori tomizmoq xususida
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: "Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qortiq soldirgach, qortiqchiga haq to'ladilar, so'ng burunlariga dori tomizdilar".

Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Mart 2009, 15:52:57

 10-bob. Burunga qusti hindiy va qusti bahriy tomdirish xususida
Ummu Qays Mihsan aytadilar: "Janob Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: "Mana shu hind yog'ochidan foydalaningiz, chunki unda yetti xil shifobaxsh modda bor, undan (tayyorlangan dorini) tomoq og'riganda hamda zotiljam bo'lganda ichmoq mumkindir", - dedilar. (O'shanda) men emizikli o'gilchamni olib, Janob Rasulullohning huzurlariga kirgan edim, kiyimlariga siyib qo'ydi. Shunda payg'ambarimiz suv keltirtirib siydik tekkan joy ustidan quydilar".

Qayd etilgan