Hadisi Sharif. Tib kitobi  ( 37823 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Zamiraxon  14 Mart 2009, 15:55:24

 11-bob. Qon oldiradigan vaqt xususida
Abu Muso tunda qon oldirgan erdi.
Ibn Abbos: "Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ro'zador bo'lsalarda qon oldirdilar", - deydilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Mart 2009, 16:07:15

 12-bob. Safarda va ehromdalik chog'ida qon oldirmoq haqida
Ibn Buhayna buning joizligi haqida Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan erkan.
Ibn Abbos: "Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ehromdalik chog'larida ham qon oldirdilar", - deydilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  17 Mart 2009, 10:30:06

13-bob. Kasallik chog'ida qon oldirmoq haqida
Anas raziallohu anhu rivoyat qiladilar: "Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan qortiqchiga haq to'lamoq borasida so'ragan erdim, o'l zot Abu Tayyibag'a qon oldirdilarda, haqiga ikki so xurmo berdilar va mavlo (ozod qilingan qul)lariga uning qabilasidan olinadirgan xirojni biroz kamaytirishni tayinladilar. So'ng: "Hijomat qildirmoq (qortiq soldirmoq) eng yaxshi davodir, qusti bahriy iste'mol qilmoq ersa, undin ham afzaldir. Tomoq bezlarini ezib, bolalaringizni qiynamangiz!" - dedilar".
Jobir ibn Abdullohning rivoyat qilishlaricha, ul kishi Muqanna' (ibn Sinon at-Tobi'iy)ni ziyorat qilmoq niyatinda, huzuriga boribdirlar va: "Tokim menga qortiq solmas erkansiz, hech yerga jilmasmen, chunkim, men hijomat qoldirmoqda (qortiq soldirmoqda) shifo mavjud erkanini Janob Rasulullohdin eshitgandirmen", - deb aytibdirlar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  17 Mart 2009, 10:30:23

14-bob. Boshga qortiq soldirmoq xususida
Abdulloh ibn Buhaynaning aytishlaricha, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Lahyu Jamal degan joyda boshlarining qoq o'rtasiga qortiq soldiribdilar. Ibn Abbos ham: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlariga qortiq soldirdilar", - deydilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  17 Mart 2009, 10:30:41

15-bob. Bosh og'riganda yokim shaqiqa (migren) bo'lganda qon oldirmoq haqida
 Ibn Abbos aytadirlar: "Rasululloh sallollohu alayhi va sallam boshlari og'riganda, ehromda bo'laturib boshlariga qortiq soldirdilar. Bu Lahyu Jamal degan joyda bo'lgan erdi".

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:43:29

16-bob. Soch (illatni yo'qotmoqqa) halal berganda oldirib tashlamoq xususida
Ka'b ibn Ujra bunday deydilar: "Xudaybiya (jangi) vaqtida Janob Rasululloh sallolohu alyhi va sallam bizning oldimizga keldilar, men qozon tagiga o't yoqayotgan edim, boshimdan bitlar to'kilib turgan edi. Janob Rasululloh nuni ko'rib, "Hasharotlaring ozor beryaptimi?" - deb so'radilar. Men: "Ha, shunday", - dedim. Janob Rasululloh: "Sochingni oldirib, kafforatiga uch kun ro'za tutg'il, yokim olti miskinni to'yg'azgil, yohud qurbonlik qil!" - dedilar. Abu Ayyub: "Ka'b bularning qaysi birini ado etganligini bilolmadim", - deydilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:44:09

17-bob. Tamg'a qizdirib bosishni yoqtirmagan kishi haqida
Jobir ibn Abdulloh aytadirlar: "Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: "Dori-darmonlaringizdan eng nafi tegadirgani, u ham bo'lsa, qortiqchiga qortiq soldirish yoki o'tda kuydirishdir, ammo men tamg'a bosishni xush ko'rmayman", - dedilar".
Imron ibn Husayn: "Faqat ko'z tekkanda yoki chayon chaqqandagina dam soldirish mumkin", - deb aytibdirlar. Buni eshitgan Sa'id ibn Jubayr bizga: "Rasululloh (sav) bu xususda quyidagilarni aytganlar", - dedilar: "(Olloh taolo) menga barcha ummatlarni ko'rsatdi. Ba'zi payg'mabarlar o'z ummatlarini ergashtirib, ayrimlari ersa, birorta ummatsiz yolg'iz o'zlari (oldimdan) o'tdilar. Nogahon, ko'zimga katta bir olomaon ko'rindi. Men: "Bular kim?" - deb so'raganimda, "Bular Muso va uning ummatlaridir" - deb aytildi. So'ng, "Ufqqa qara!" - deb amr qilindi. Bir vaqt qarasam, ufqni to'ldirib xalqlar kelayotir. Keyin, "Endi bu yoqqa qara!" - deb buyurildi. Shunda o'girilib, bu yoqda ham ufqni to'ldirib tumonat odamlar kelayotganini ko'rdim. So'ng, "Bular sening ummating bo'lib, yetmish minggi savol-javobsiz to'ppa-to'g'ri jannatga kiradi", - deyildi".
 Janob Rasululloh ana shu gaplarni aytdilar-da, hujralariga kirib ketdilar. Sahobalar: "Biz johiliya davrida tug'ilib, so'ng Olloh taolo va uning rasuliga iymon keltirganmiz, biz o'shalar qatorida bo'lamizmi yoki islom davrida tug'ilgan avlodlarimiz bo'ladimi?" - deya payg'ambarimiz hujralari tomon yurdilar. Rasululloh tashqarida bo'layotgan g'ala-g'ovurni eshitib, hujralaridan chiqdilar va bunday dedilar: "Ular dam soldirmaydiganlar, irim-sirimlarga ishonmaydiganlar, badanlariga tamg'a qizdirib bosmaydiganlar hamda Olloh taologa tavakkal qilg'uvchilardir". Shunda Ukkosha ibn Mihsan: "Yo, Rasululloh, men o'shlardanmanmi? - deb so'radilar. Janob Rasululloh: "O'shalardansan" - dedilar. Boshqa bir sahoba: "Menchi?"- dedi, Payg'ambarimiz: "Ukkosha sendan oldin so'radi", - deb javob qildilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  08 Aprel 2009, 09:56:48

 18-bob. Ko'z og'riganda surmadan davo sifatida foydalanishning joizligi haqida
Ummu Salama rivoyat qiladirlar: "Bir ayolning eri vafot qilgan erdi, ko'p yig'laganidan ko'zi og'rib qoldi. Bu haqda Janob Rasululohga birdirgan erdik, ayolning davo sifatida surmadan foydalanishi kerakligini, aks holda ko'zga zarar yetishini aytdilar (aslida eri o'lgan ayolning motam davrida o'ziga oro berishi man qilinadi, ammo bu erda surmadan davo tarzida foydalanish haqida gap borayotir).
  Rasullulloh sallallohu alayhi va sallam (ayolning motam davrida o'ziga oro berishi xususida ) bunday deganlar:"Johiliya davrida birontangizning eringiz o'lsa, eski tuski kiyib, eng xarob uyga kirib olib motam qilar erdingiz. Endi bo'lsa (azador ayol to'rt oy-u o'n kun davomida ko'ziga surma qo'ymasin!).

Qayd etilgan


Zamiraxon  08 Aprel 2009, 09:58:02

19-bob. Juzom (moxov) haqida
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: "Kasallik o'zicha yuqmaydi, tungi qushlar, jumladan boyqush falokat keltirmaydi, safar(oyi) bexosiyat bo'lmay, safar(sarig') kasalligi unga bog'liq emas. Juzom(moxov) dardida mubtalo bo'lgan kimsadan arslondan qo'qqandek qochingiz!" 

Qayd etilgan


Zamiraxon  08 Aprel 2009, 10:00:14

20-bob. Qo'ziqorin suvining ko'zga davo ekanligi xususida
  Sa'id ibn Zayd: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdimki, quziqorin Ollohning ne'mati bo'lib uning suvi ko'zga davo erkan",-deydilar.

Qayd etilgan