Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!  ( 332955 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 82 B


Muslima_subh  14 Iyun 2006, 20:01:50

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzu orqali bir-birimizga yordam beramiz!
Komputer sohasidami, ish sohasidami, internet va boshqa mavzularda, bilmagan savollaringizni shu mavzuda qoldiring.
Bilganlar bilmaganlarga javob beradilar.
Yordam berishga qodirlar yordam istaganlarning hajatini chiqaradilar.

Yordamlashishga shohiling.

Bilmaganni so'rab, o'rgangan - olim,
Orlanib so'ramagan - o'ziga zolim, - degan edilar Navoiy hazratlari.

Shunday ekan, bilmasangiz, so'rang. Yordam beramiz!

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2006, 23:02:05

Assalomu alaykum!
Ziyo Uz forumida Ramazon oyi munosabati bilan xayrli ishga qo'l urilmoqda.
Ushbu yumushda hamkorlikka chaqiramiz.

Maslak: Islomiy kitoblarni forumga joylash.
Maqsad: Birodarlarimizga Islomni tushuntirish.
Ishtirokchilar: Bunda har bir forum a'zosi ishtirok etishi mumkin.
Tartib: Islomiy kitoblar bo'limiga ma'lum mavzu bo'yicha kitoblar kiritiladi.
Mas'ul: Birodarim Doniyorni ushbu ishga mas'ul etib tayinladim. U bilan ham maslahat qilsangiz bo'ladi.
Kitoblar: Hozircha ushbu kitoblarni kiritishni boshlaymiz:
     - Al-jome' as-sahih. Al-Buxoriy
     - Al-Azkor. Al-faqih an-Navaviy
     - Islom ensiklopediyasi.
     - Payg'ambarlar tarixi.
Agar sizlarda boshqa kitoblar bo'lsa taklif qilishingiz mumkin. Yuqoridagi kitoblarni tayyorlash va forumda chop etishga ko'maklashuvchilarni AbdulAziz va Doniyor bilan bog'lanishlarini so'raymiz.

Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Doniyor  24 Sentyabr 2006, 06:57:13

Assalomu alaykum!
Tashakkur, Judayam xayrli tadbir bo'libdi. Boshqa birodarlarimiz ham ishtirok etishsa yaxshi bo'lardi.
    - Al-Azkor kitonining davomini kiritishga talabgorlar bo'lsa, marhamat.
    - Sahihi Buxoriy ham davom etmoqda. Muslimasubh va Laylo Sahihi Buxoriyga yordam berishyapti.

Qayd etilgan


shoir  24 Sentyabr 2006, 07:04:21

Assalomu alaykum!
Juda yaxshi taklif bo'libdi.
Savobga men ham sherik bo'lay.
Menga nima xizmatlar?

Qayd etilgan


Nodi  24 Sentyabr 2006, 11:08:17

Assalamu alaykum!
Manga ham biron qismini bersangiz, albatta chiroyli qilib joylashga harakat qilaman.

Qayd etilgan


Laylo  24 Sentyabr 2006, 14:45:39

Assalamu alaykum!
Abdulaziz, Doniyor, Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Jo'natilgan fayllarni oldim.
Inshalloh tayyorlab, saytga kiritishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


Shahina  24 Sentyabr 2006, 17:50:12

Assalomu alaykum!
Manda ham bir necha kitoblar bor. islom ensiklopediyasi ham bor. Skaner qilib joylashtirishim mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:13:51

Shoir, Nodi, laylo, Shahina tashakkur sizlarga!
E-mailllaringizga bizda bor kitoblarni jo'natishga harakat qilaman.
tayyorlab, forumda chop etaverasizlar.

Shahina, skaner qilib bizga jo'nating, keyin tahrir qilib sizga yuboramiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:55:20

Assalamu alaykum!
Kitoblarni kiritish tartibini ham bayon etsam. Shunga ko'ra kiritilsa maqsadga muvofiq bo'ladi:
- Mavzu nomida kitob nomi va muallifi ko'rsatiladi
- Mavzuning birinchi postida shu kitob haqida izoh va muallif nomi kiritiladi.
- Sarlavhalar жирный harfda beriladi.
- Har bir abzatsdan so'ng bir qator tashlanadi.
- Mualliflar nomi ham жирный harfda beriladi.
- Qur'oni karim oyatlari жирный harfda beriladi.
- Muhim eslatmalar курсив harfda beriladi.

Qayd etilgan


Muslima_subh  25 Sentyabr 2006, 00:20:58

As-Salamu Alaykum va Rahmatulloh!
Alloh qodir etganicha harakat qilamiz! Alloh hammamizning amallarimizni ziyoda qilsin!!!

Qayd etilgan