Birinchi marta yoki birinchi....  ( 194616 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 B


_IYMONA_  06 Sentyabr 2013, 22:17:43

Qizalog'imning birinchi tishchalari chiqishini intizorlik bilan kutgandik. Va nihoyat necha necha mashaqqatlar bilan qiynaliiib yorib chiqqandi. Mana endi ketma-ket qolganlariyam yorib chiqa boshladi.
Ammo bu jarayon bunchalik qiyinligini ona bo'lib tushundim  :5

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2013, 12:20:57

Assalomu alaykum.


Bugun o'g'lim birinchi marta bohchaga bordi:) 2 soat bo'ldi hozircha telefon yo'q bohchadan  ;D eson-omon o'rganib ketsa bo'lgani, duo qilib qo'yarsizlar:)

Qayd etilgan


Muxsiya  16 Sentyabr 2013, 13:15:35

Iwqilib bog'chadan yig'lab qaytmadizmi ko'pchilik birinchi marta bog'chaga berganda wunde bo'larkan. Xudo xoxlasa bolalar bn taniwib olsin meni jiyanimga o'xwab ertalab turvolib bog'chamga oboring deb turvoladi

Qayd etilgan


Safida  03 Yanvar 2014, 19:04:05

Assalomu alukum! Forum ahli 2014-yilda birinchi post qoldirish manga nasib bo'libdi  ;) :D

Qayd etilgan


Muxsiya  20 Mart 2014, 15:55:41

Birinchi marta butun qishni uyda o'qish yoki ishga bormay o'tkazdim

Qayd etilgan


Muxsiya  20 Mart 2014, 16:03:25

Birinchi marta  instituda kitob yo'qotganimda stipendiyamni yarmini jarima qilib to'laganman. Keyin esa bu har bir kurs oxiri uchun odat bo'lib qolgan.

Qayd etilgan


Muhojira  24 Dekabr 2014, 09:50:23

Birinchi marta maktabdi tugatib diplom olishimdagi "hayajon" ehh yillab o'qib, dodd deb o'qib, jonimga tegdi bu maktab, o't tushib, yer yutib ketsin deb o'qigan maktabimdan "qutilish" hayajoni, baxti ehh birinchiisi edi :D

PS: O'lgude yomon ko'rardim maktabni bitirib sog'inasan deyishardi men maktabni hayotta sog'inmiymannn derdim aytganimdek maktabni umuman sog'inmadim!

Qayd etilgan


Lu`lu`  24 May 2015, 22:57:13

Аэропортга 1-марта кеччиканимда эскалаторли йулу зинасидан югуриб, нафасимни ростлолмий, хизматчига узокдан  "I do not speak English " дебман. Уям: "You speak good English, good" (яхши гапирвоссан) деди.
"No, I do't know"(йук, ман билмайман) десам, гапимни огзимдан олиб "You know"(биласан) десая.
Одам уйласа, бошга нималардир келаркан.
"Where do check in?"(регистрация каерда?) деб тушуниб сурадим. У йулни курсатиб, тушунтирди. Чопиб кетдим. Кетимдан "She is understands" (у тушунади) деганини эслайман. Бу 1-марта инглизчани умуман билмай гаплашганим эди ))

Qayd etilgan


Muxsiya  13 Iyul 2015, 23:10:30

Farzandingiz birinchi qadamlarini bosganidagi quvonch soz bilan tariflay olmayman



Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  12 Mart 2016, 19:17:31

Sarfdan ta'lim bergan ustozim uy vazifasini yaxshi yozganim uchun 1-marta besh baho qo'ygandila. Qizig'i shundaki u zot birorta daftarga baho qo'ymasdilar. Bu ishlari esa yanayam ilmga qiziqishimga sabab bo'ldi.

Qayd etilgan