Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!  ( 465234 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 82 B


azizbek_mx  11 Yanvar 2011, 22:27:12

Butun forum oldida iymonini, ibodatini ko'z ko'z qilib, bir bechora, mehrga muhtoj muslimaning alamli hasratidan bir tuki ham qimirlab qo'ymaydiganlar safimizda mavjudligi meni qayg'uga soladi. Postlarimizni sal mushohada bilan, birovga botmaydigan qilib qoldiraylik birodarlar... Yana bir narsa, bu yer reklamaxona ham emas.

Opam, singlim, ko'ngilga olmang, hammasi ortda qoladi. Niyatni xolis qiling! Duo qiling. Safimizda xolis niyatlilar talaygina, allbatta yordamga oshiqishadi. Biz ham qarab turmaymiz, duodamiz! Mo'minning mo'minga qilgan duosi eng tez ijobat bo'lguchidir. InshaAlloh, akangiz shifo topadilar... Siz ham matonatli bo'ling. Baraka toping, akangiz uchun shunchalik qayg'urar ekansiz, shunchalik suyar ekansiz, sizni ham OLLOH shunchalik suysin...

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Yanvar 2011, 22:33:24

Albatta Allohdan Akangizga Shifoyu Komil Berishini so'rab Duodamiz... Singlim Siz ham Siqilib O'zizi Oldirib Qo'ymang,Inshalloh Hammasi YAxshi Bo'b ketadi,Qo'limizdan Kelgancha Yordamga tayyormiz...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  11 Yanvar 2011, 22:44:42

Assalomu alaykum. Oishahon akangizni doktorga ko'rsatgan bilan foydasi yo'qdir, chunki siz buni o'pka shamollashiga yaqin turibdi deyapsiz, bu adashmasam bronxit.
Isitma ko'tarilgani yaxshi, organizm o'zi qizib shamollagan a'zodan sovuqni quvmoqda. Biz organizmning bu tabiiy davolash ishiga aralashib, isitma qoldiruvchi dori bersak bu organizmga zulm qilgan bo'lamiz, kasal ham tuzalmaydi. Isitma chiqsa, ishtaha qochsa hafa emas, aksincha hursand bo'linglar. Akangiz tuzalyapti, buni organizm o'zi davolamoqda. Sizlar issiq damlamalar ichirib turinglar(zanjabil damlamasi). Bemorning ishtahasi bo'lmasa taomga majburlamanglar. Alloh bemorlarni biz ko'rmaydigan yo'l bilan taomlantiradi, shunga och qoldi deb tashvishlanmang.
Alloh akangizning dardiga shifoi komil ato etsin

Qayd etilgan


azizbek_mx  11 Yanvar 2011, 22:56:53

InshaAlloh, Alhamdulillah...
Buyuk qudrat egasiga hamdlar bo'lsin, shunchalik mukammallik bilan yaratikgan inson organizmi o'zi ham buyuk mo'jiza...

Qayd etilgan


aisha binti siddiq  12 Yanvar 2011, 09:35:29

Allah eng marhamatli va muruvvatli Zot!     4 kundan beri dori ham ukol qb qöyadigan odam ham topa olmayotgan edik.bir nechta odamlardan iltimos qildik lekin doctor bula turib man doctor emasman ukol qilmayman deganlar ham buldi...
Allahni marhamati keng ötgan kuni kechga yaqin eshik taqilladi.ochsam qöshnilarimiz mahalla masalalariga binoan imzo qöydirib yuriwganakan.imzo qöyib berib venadan ukol qildirgani odam qattan topsam buladi disam man ukol qilaman desa buladimi.öz oyogi bn kelibdi.Allah bizaga yordam junatdi db juda hursand buldik.telefon nomerlarini yozib oldimda man dori topishim bn tel qilaman dedim.kecha kechqurun Allahga wukr 1kunlik dori sotib oldik.tel qb chaqirdim kechqurun bölishiga qaramay uyimizga kelib ukol qb kettila.Allah rozi bulsin shu opamizadan! Alhamdulillah bugun ertalabdan istima tuwvoti.Akamga ham sal jon kirib qoldi.
Allah hammamizni asrasin!

Qayd etilgan


Shukrona  12 Yanvar 2011, 11:54:46

Assalomu alaykum
Alloh shifo bersin,qo'ldan kelgancha yordamga tayyormiz.Nomeriz o'chiq negadir Musliha,iltimos xabardor qilib turing.

Qayd etilgan


aisha binti siddiq  13 Yanvar 2011, 13:40:08

Assalamu alaykum!!
Xammayladan Allah rozi bulsin!!!Alhamdulillah akam ancha yaxshi bo'lib qoldilar.Biza bilan ham gaplashvottila.Oldin faqat alahsirashda bulardila gaplarimizga to'liq javob ham bermiy qo'ygandila.Xoz hushlari o'zlarida ancha yaxshila Allohga shukr.Silani yordamila judayam kotta bo'layapti!Butun umr duoda o'tamiz InshaAlloh.Bu qilgan yaxshiliklaringizni hech qachon esdan chiqarmaymiz InshaAlloh!Alloh Ikki dunyo saodatini bersin!Bizaga qilgan yaxshiligingiz sizlarga ming barobar bo'lib qaytsin ilohim.Hursandchilikdan nima deb yozishni ham bilmayapman to'g'risi:).
Akam o'laman,o'lsam kerakga tushib qolgan edila.shunga judayam qo'rqib ketgan edik.Hozir esa kulib o'tiribmiza shu gaplaridan.Xozir istimalari 37.5 lar atrofida bo'layapti Allohga shukr.
Allah hammamizni panohida asrasin!!!

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2011, 16:11:20

Assalamu alaykum!!
Xammayladan Allah rozi bulsin!!!Alhamdulillah akam ancha yaxshi bo'lib qoldilar.Biza bilan ham gaplashvottila.Oldin faqat alahsirashda bulardila gaplarimizga to'liq javob ham bermiy qo'ygandila.Xoz hushlari o'zlarida ancha yaxshila Allohga shukr.Silani yordamila judayam kotta bo'layapti!Butun umr duoda o'tamiz InshaAlloh.Bu qilgan yaxshiliklaringizni hech qachon esdan chiqarmaymiz InshaAlloh!Alloh Ikki dunyo saodatini bersin!Bizaga qilgan yaxshiligingiz sizlarga ming barobar bo'lib qaytsin ilohim.Hursandchilikdan nima deb yozishni ham bilmayapman to'g'risi:).
Akam o'laman,o'lsam kerakga tushib qolgan edila.shunga judayam qo'rqib ketgan edik.Hozir esa kulib o'tiribmiza shu gaplaridan.Xozir istimalari 37.5 lar atrofida bo'layapti Allohga shukr.
Allah hammamizni panohida asrasin!!!

 :vslm:

Rabbim shifo bersin.

Qayd etilgan


Hadija  17 Yanvar 2011, 16:14:21

Assalam alaykum!

Qayerga yozishni bilmay shu yerga yozavera qoldim, mavzu muallifi rozi bo'lasiz...

Forumdoshlar, Toshkentdagi "Ado" o'quv markazi haqida kim qanday ma'lumotga ega, iltimos shu o'quv markaz haqida bilmoqchi edim, sitelardan titkilab topomadim. Imkoni borlar yordam bersangiz...

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2011, 15:04:11

 :as:

Akangiz yaxshi bo'lib qoldilarmi?

Qayd etilgan