Assalamu alaykum,
Azizlar sizlarga bir o`rtog`imning nomidan yozyapman. Bu yigit besh vaqt namoz o`qimasdiyu lekin Jum'alarga borishni kanda qilmas edi. Uning otasi esa (Ilm, ma'rifatli kishi) o`g`lining missionerlik harakatlariga qo`shilib qolishidan qo`rqib, Jum'alarga bormasligini namozini uyda o`qishligini aytgan. Bunga sabab yaqinda Buxoroda bir nechta talaba shunday oqimga qo`shilganligidadir. Endi shu bola nima qilarini bilmay yuribdi. Hech qachon ko`zida g`am ko`rinmaydigan bolaning ko`zlaridan yosh oqib shu voqeani menga aytib berdi, men ham Alloh quvvat bergancha unga maslahat berdim. Endi sizlardan so`ramoqchi bo`ldim. Iltimos bir birodarimizga yordam juda zarur shunga yordam qiling.
Allohga bizni Islomga oshno qilganligi uchun hamd-u sanolar bo`lsin. Missionerlarning fitnalaridan bizni va yurtimiz, din-u diyonatimizni asrasin. Amin