Bir kuni do'stlarim bilan suxbatlashib o'tirgandik (13 kishi).
Do'stlarimdan biri erkaklarning orasida ayollarning gapirishi odobdan emasligi va qiyomat alomatlaridan biri ekanlagini aytdi.
Ikkinchi do'stim bo'lmasa Hazrati Oysha (r.a.) bemalol erkaklarning savollariga javob berganlarku, bu odobdan tashqari bo'lsa, u kishi gapirmas edi, dedi.
Shunda birinchi do'stim, zarurat tug'ulganda gapirish boshqa narsa, zaruratsiz gapirish boshqa narsa dedi. Masalan Hazrati Umar (r.a.) xutba qilayotganlarida, u kishiga qarshi gapirgan sahobiya ayolni hech kim odobsiz demagan va onalarimiz ma'lum bir shartlar ostida gapirgan: ovozlarini o'zgartirishgan, orada parda bo'lgan dedi.
Men gapga aralashib, bir joyda Hazrati Oysha mo'minlarning onasi, u kishi bilan sahobalar bemalol gapirishgan deb o'qigandim, lekin kimning gapi ekanligi esimda yo'q dedim.
Shunda ikkinchi do'stim, bo'lmagan gap, dedi, gaping juda ham kulguli dedi.
Tabiiyki achchiqlandim, lekin qo'limda hujjat bo'lmagani tufayli, tishimni tishimga bosib jim o'tirdim. Bahona qilib chiqib internetdan qidirirdim, hech narsa yo'q. Lekin aniq esimda O'zbekistonda uni bir kitobdan o'qigandim. Oralaringizda mening keltirgan fikrimni o'qiganlar bo'lsa (Hazrati Oysha mo'minlarning onasi, u kishi bilan sahobalar bemalol gapirishgan) menga yordam bera oladimi? Yoki umuman shu mavzuda bilgan fikri.