assalomu alaykum.. savolim quyidagicha:
la ilaha illalloh kalimasini bir kunda 70000marta aytsa,katta savob qozonadi. endi savolim mana shu 70000martani bir o'tirib aytish kerakmi, yoki masalan man hozir 200marta aytdimu,lekin ishim chiqib qoldide bir soat o'tib yana 100marta va hokazo shunaqa bo'lib bo'lib o'qisa ham hisobga o'tadimi?
Va alaykum assalom!
Bunday rivoyatlar ko'p. Ularning ko'pchiligicha rivoyatlarga qarab sonlar o'zgaradi ham. Va bu kabi ishlar musulmon uchun qo'shimcha zikrlar bo'ladi.
Farz amallarni bajarmay turib, bunday qo'shimcha amallarga berilishning faoydasi bo'lmaydi. Avvalo farz amallarni iloji boricha nuqsonsiz amalga oshirish lozim. So'ng vaqt va imkonga qarab qo'shimcha amallarni qilsangiz bo'ladi.
Endi savolingizga kelsak, bunday zikr amalini alohida tahorat bilan, o'tirib qilgan afzal. Lekin ulamolarimiz ish davomida, hatto yurib ketayotganda ham zikr aytsa, yaxshi bo'ladi, deyishgan.