EVO internetiga faqat noutbuki borlar ulana oladimi yoki uyda oddiy pentium4 ishlatayotganlar ham ulana oladimi'? kuniga yo oyiga qancha ekan. unda ham kartocka sotib olinadimi yo...? tezligi qancha bo'lishi mumkin. unda ham tezlik pasayib ketish ehtimoli bormi har har zamonda. iltimos kimda kim bu haqda ma'lumotga ega bo'lsa tushuntirvorizlar manga
Assalomu alaykum. Men javob berishga harakat qilib ko'raman.
EVO - bu mobil internet asosida ishlaydi. Ya'ni uning uchun hech qanday telefon liniyasi kerak emas. Bunga ulanish uchun noutbuk ham oddiy PC ham bo'laveradi. Ko'pchilikda paydo bo'ladigan savol - ya'ni, WiFi bilan bog'liq. Hozirgi noutbuklarda bu texnologiya o'rnatilgan bo'ladi. PC larda esa o'z xohshingizga qarab o'rnatish mumkin. Lekin EVO WiMax texnologiyasi asosida ishlaydi. Unga ulanish uchun kompaniyaning mahsus moslamasi (fleshkaga o'xshash) olinadi. Avvalari bu moslama 30 $ atrofida summaga sotilar edi. EVO ning bir yoshga to'lish munosabati bilan ulanish shu yilning 17-dekabrigacha tekin bo'ldi. EVO da har xil tariflar bor. Eng muhimi tezlik 1 Mb/s gacha. Bu albatta yetarlicha katta tezlik. EVO da abonent to'lovi mavjud. Lekin berilgan trafika miqdori ham ancha ko'p.
Maslaan, Start 2 tarifini olaylik. Ulanish bepul. Abonent to'lovi oyiga 25 $. Trafika xususiga kelsa, kunduzi soat 8 dan kechki 23 gacha 400 Mb va 23 dan ertalabki 8 gacha 2000 Mb oyiga. Trafika tugagandan so'ng UNIPAY yoki ofis orqali hisobga pul tushiriladi.
Qisqasi, hozirgi kunda ko'pchilikka ma'qul kelmoqda.
Batafsil ma'lumot uchun EVO ning rasmiy veb sahifasiga kirib ko'ring:
www.evo.uzU yerda hammasi batafsil yozilgan.