Luiza (hikoya). Somerset Moem  ( 4484 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 19:08:23


Luiza nega meni o‘ziga yaqin olganiga sira aqlim yetmaydi. U meni yomon ko‘rardi. Imkon bo‘ldi deguncha ortimdan xunuk gaplarni gapirishini sezib yurardim. Yoqtirmasligini ochiq aytmasa-da, pichinglari-yu, xo‘rsinishlaridan, chiroyli qo‘llarini silkitishlaridan ham buni tushunib olish qiyin emasdi. Bir-birimizni yigirma besh yildan beri yaqindan bilardik. Lekin bu narsaning Luiza uchun hech qanday ahamiyati yo‘q edi. U meni qo‘pol, surbet va shafqatsiz odam, deb hisoblardi. Shunaqa yomon ko‘rarkan, nega meni holi-jonimga qo‘ymaydi, boshim qotardi. Dam-badam nonushta yoki tushlikka chaqirar, dam olish kunlari shahar tashqarisidagi uyiga ham yiliga bir necha marta taklif qilardi. Ehtimol, yolg‘iz mengina uning niqob ostidagi haqiqiy basharasini ko‘rishga qodirligimni Luiza bilgandir. Men ham ertami, kechmi, yuzimga shunaqa niqob kiyishimga umid qilgandir.

davomi >>>

Qayd etilgan