Bolalarni kompyuter zararidan saqlash  ( 6208 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


FazliddinFM  05 Mart 2009, 23:59:52

Bolalar va Kompyuter

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


FazliddinFM  06 Mart 2009, 00:11:53

Bolalarning kompyuter bilan ishlash jarayonining salbiy oqibatlarini kamaytirish zarurligini kam sonli ota-onalar biladilar. Aynan nimaning zararli ekanligini esa undan ham kamroq kishi biladi. Quyida biz yosh bolalar kompyuterda ishlaganlarida e’tibor berilishi zarur bo’lgan 4 ta asosiy omil haqida to’xtalib o’tamiz.

1-Ko’zga salbiy ta’sir; 2-Bukchayib o’tirish; 3-Psixikaga ta’sir; 4-Nurlanish

Shu bilan birga kompyuterda ishlashning umumiy normalari va salbiy ta’sirlarni kamaytirish yo’llari masalalarni ham ko’rib chiqamiz.

Ko’zga salbiy ta’sir
Birinchi va asosiy omil — bu ko’zga salbiy ta’sirdir. Aynan shu ta’sir tufayli bola kompyuterda bir muddat ishlagandan so’ng boshog’rig’i va bosh aylanishi sodir bo’ladi. Agar kompyuterda tanaffuslarsiz uzoq muddat ishlansa bu ko’rish a’zolarining o’ta charchashiga va ko’rish qobiliyatini pasayishiga olib keladi.

Shu bilar birga bolada ko’z nurining pasayishiga bosh sababchi kompyuter emasligi ham ta’kidlash joiz. Asosiy sababchi bu nasldagi kasalliklar, televizor, va qorong’u joyda mutoala qilishdir. Masalaga jiddiy yondashish natijasida esa, kompyuterning ko’zga salbiy ta’sirini salomoqli darajada kamaytirish imkoniyati mavjud.

Monitorning sifati
Bolalarning ko’zini saqlashda eng muxim omil — bu monitorning sifatidir. Ko’z uchun eng xavfsiz monitorlar bu suyuq kristal asosiga ega bo’lgan (LCD) monitorlardir. Ulardan keyingi o’rinda professional bo’lgan 15 dyuymlik, 17 dyuymlik va 14 dyuymlik monitorlar turadi. Ro’yxatimizni 1997 yildan avval chiqarilgan 14 dyuymlik monitorlar bilan tugallaymiz. 1997 yildan avval chiqarilgan monitorlarni shartli ravishda ko’zga beradigan salbiy ta’sirni 100 % deb olsak qolgan monitorlarning ta’sirini quyidagi jadvaldan ko’rib olish mumkin:

Monitorlar ularning bolalar ko’ziga salbiy ta'sir
Eskirgan monitor - 100%
Zamonaviy 14 dyuymlik monitor - 70%
Zamonaviy 17 dyuymlik monitor - 60%
Zamonaviy 15 dyuymlik monitor - 40%
Rangli suyuq kristalli monitor - 20%
Oq-qora suyuq kristalli monitor - 15%

Shuning uchun eskirgan monitordagi bir soat o’ynash, yaxshi zamonaviy monitorlarda 2-3 soat o’ynash bilan barobаrdir.

Tasvirlarning tarkibi
Ko’zning charchashiga ta’sir qiladigan ikkinchi omil bu tasvirning tarkibidir. Ovoz bilan beriladigan katta, statik, rangli tasvirlar ko’z uchun eng qulay hisoblanadi.
Bolalar ko’zi uchun diktor ovoz bergan rasmlar va fotografiyalar yetarlicha havfsizdir.

Kompyuterda rasm chizish esa katta diqqatni talab qiladi. Bunday holatlarda ovoz chalg’ituvchi rolni o’ynamaydi va barcha ishni ko’zlar bajaradi.
Ko’zlar uchun bundan ham katta salbiy ta'sir kompyuterdan matn o’qishda yuz beradi. Shuning uchun ham internet bolalar ko’zi uchun anchagina havflidir, chunki unda ko’p va tez o’qish talab qilinadi.

Va nihoyat ko’zlarning haqiqiy qotillari bu tez harakat qiluvchi, mayda elementli o’yinlardir. Bunday o’yinlar ko’zlarni juda toliqishiga va uzoq vaqt bu toliqishning saqlanib qolishiga sabab bo’ladi.

Bukchayib o’tirish
Bolalar sog’lig’iga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil bu bukchayib o’tirishdir. Bolalar kompyuterda ishlashlari ma’lum bir pozada uzoq vaqt qimirlamay o’tirishni taqozo qiladi. Bundan quyidagi muammolar kelib chiqadi.

Erkin nafas olmaslik qo’llarning ma’lum bir holatda turishi bolalarning ko’krak qafasini qisib turishi yengil nafas olishni qiyinlashtiradi va bu turli o’pka — ko’krak qafasi kasalliklariga sabab bo’lishi mumkin.

Osteoxondroz. Uzoq muddat qiyshiq o’tirish suyak-muskul tizimining noto’g’ri shakllanishiga sabab bo’lib ayrim xolatlarda bolalarda umurtqaning qiyshiq rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Bunday salbiy oqibatlarni kamaytirishning eng birinchi va muhim yo’li bu to’g’ri tanlangan mebeldir. Stol ham stul ham va boshqa aksessuarlar ham bolalar uchun mahsus tanlangan bo’lish lozim.

Kursi (stul). Yaxshi tanlangan kursi salbiy ta’sirni deyarli ikki barorabga kamaytiradi. Kompyuter uchun mahsus ishlangan, g’ildirakli, suyanchig’i moslashtiriladigan, tirsak qo’yadigan joyi bo’lmagan va o’z o’qi atrofida aylanadigan kursilar bolalarga kompyuterda ishlash jarayonida pozalarini o’zgartirish imkoniyatini beradi. Bolalar bunday stul yordamida o’zlari uchun eng qulay bo’lgan balandlikni tanlashlari, suyanchig’ini esa qulay holatda mustahkamlashlari natijasida tez charchab qolishlarining oldi olinadi.

Stol ham mahsus tanlanishi lozim. Klaviatura uchun g’ildirakli pastki doskaning ham ahamiyati katta. Bola yozayotganda, chizayotganda yoki sichqoncha bilan ishlayotganda unga baland stol kerak. Klaviatura esa 7-10 sm pastroqda bo’lishi kerak.

Psixikaga ta’sir
Muhimlik jihatidan uchinchi o’rindagi omil bu — bola psixikasiga ta’sirdir. Bola uchun qiziqarli bo’lgan o’yinlar katta diqqatni talab qiladi. Xo’sh, bu ta’sirni salbiy jihatini qanday kamaytirish mumkin. Eng avvalo bu kompyuterda ishlash jarayonida tanaffuslar qilishdir. Bola yoshiga qarab ma’lum bir vaqtdan keyin qisqa va uzoq tanaffuslar qilishni dasturlash yoki shundan tanaffusni eslatadigan dasturlarni o’rnatish zarur.

Ikkinchidan, bolalar qanday o’yinlarni o’ynayotganini va qanday saytlarga kirayotganini nazorat qilib turish lozim.

Nurlanish
kompyuter monitoridan nurlanish — bu barcha ota-onalar uchun doimiy tashvish desak xato qilmagan bo’lamiz. Aslida esa yuqorida yozilganlardan ko’z uchun xavfliroq omillar borligi ma’lum bo’ladi. Xususan, nurlanish deb ataluvchi gamma nurlar va neytronlarni monitorlar umuman chiqarmaydi. Unda bunday yuqori energiya hosil qiladigan us

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan