Muallif Mavzu: "Yashash tilsimi"  ( 33009 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
"Yashash tilsimi"
« : 07 Mart 2009, 20:46:15 »
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!!!
OILA Alloh taoloning eng mo'jizali qo'rg'onidir. Oila buloqlarning boshi, har bir INSON uchun birinchi qarorgoh, birinchi vatandir. INSONning har bir fazilatlari, yaxshi yomon tomonlari, asosan oilada shakllanadi.
Men ajoyib bir risolani o'qib qoldim. Bundagi fikrlar, mahorat bilan o'quvchiga yetkazilgan go'zal satrlar meni lol qoldirdi. Bu nasrani har bir inson xoh erkak xoh ayol bo'lsin, o'qishi uqushi, o'z hayotiga tadbiq etishi shart deb o'yladim. Albatta bu foydadan xoli bo'lmaydi,InshaAlloh.
Bu mo'jazgina kitob muallifi Tursunoy Sodiqova. Bu insondan Alloh rozi bo'lsin.
Bu yerdagi go'zal fikrlarni bergan Allohga hamd aytmasdan ilojimiz yo'q. Bu firklar bilan har bir yigit qizlarimiz tanishib o'zlari xulosa chiqarishadi va o'zlari uchun eng kerakli narsalarni olishadi deb umid qilaman.
Bu kelajakda OILA ostonasida turgan yoki oila qurgan, farzand tarbiya qilayotgan,o'zini kleinlikka,kuyovlikka, onalikka, otalikka, qaynona qaynotalikka tayorlayotgan har bir INSON uchun manfaatli bo'lishini Allohdan so'ragan holda har kuni oz -ozdan berib borishga harakt qilaman. InshaAlloh.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #1 : 07 Mart 2009, 20:50:26 »
Ayol - KIM?

O'zim shu toifadan bo'lsam-da, ayol iqlimini hayrat bilan kuzataman. Allohning betakror mo'jizasi u! Bir joyda aytibman:ayol sirli bir kitob - varaqlagan sayin qizig'i chiqaveradi. Yil fasllari faqat to'rtta, ayolning esa ming bitta fasli bor. Uni butkul tushunib yetgan odam yo'q bu dunyoda! Uni tomosha qilib zerikkan inson yo'q yer yuzida! Unga ishi tushmagan kishi yo'q! Uni suymagan va u deb kuymagan erkak yo'q! Uni yozmay kimni yozay, kimni ta'riflay? Ayolni tushunish o'zi bir ilm. Bu ilmga yetishganlar qancha ko'paysa, baxtli ayollar soni shuncha ko'payajakdir,InshaAlloh.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #2 : 07 Mart 2009, 20:55:04 »
"AYOL" deb atalgan mo'jizaning hali tom ma'nodagi tarifi, o'lchovi va yarashiqli bahosi topilgani yo'q. Ayollik olamida yurgan ayolning o'zi ham o'zini tugal tanimaydi. Olis sayyorlar o'rganildi, yetti qat osmonning siri oshkor bo'ldi, ammo ayol qalbidagi ochilmagan necha-necha qit'alar shundayligicha qolib bormoqda. Ruhiyatida, imkonlarida ko'zi ochilmagan ming bir buloqlarning, qalbida sonsiz xazinalarning, bag'rida daxshatli vulqonlarning mavjudligini bilmagan ayol siniqqina qadam bosadi. Sokingina beshik tebratadi. Nimta'zim bilan xushbo'y saboday ohista va sharpasiz yoningizdan o'tib ketadi. Shikasta ovoz bilan sizdan hol so'raydi, uning etaklarining nimovoz, mayin shildirashidan atrofingizda jannatiy havolar yaraladi. Bir so'zi bilan bor bo'lasiz, bir so'zi bilan yo'q...
AYOL KIM O'ZI???
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #3 : 07 Mart 2009, 21:01:34 »
Gohida shudnay gaplarni eshitasiz:
-Ayol kishiga o'xshama!
-Ayolligiga borib xato qilibdi, hafa bo'lmang!
-Xotin kishidek maydalashma!
Mana shu gapni aytganni o'zi ushoq. Ayol xususida bunday demoqdan tiyilmoq joiz. Va ogoh bo'laylikki, dunyodagi jami yaxlitlik va butunlik AYOL bilandir! O'rmalagan jonning bari ayolga yuzlanajak, onam deb, juftimdeb, opam, singlim, momom, qizim deb undan jon olajak, nur, madad olajakdur! Ayol - Alloh yaratgan ne'matlarning sinoatlisi, mo'jizalisidir. Ayolsiz hayot darvozasi berk bo'lsa, hamma ishimiz unga tushib tursa, halovatga ha, halokatga ham ayol sababchi bo'lsa, nega ayol deb atalgan ilmni o'rganmaymiz? "O'zini tanigan kishi Allohni taniydi",deyilgan muqaddas kitobda. O'zligimizning yarim dunyosi Ayol bo'lsa, uni tanimaslik,tilini o'rganmaslik, uning ruhiyat qatlamlarini o'qiy bilmaslik gunohi azimgina bo'lib qolmay, yo'llarimizni bog'laydigan g'ofillik ham ekan.
AYOL KIM O'ZI?
O'zim ayol bo'la turib bu sinoatning poyiniga yeta bilmasman!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #4 : 07 Mart 2009, 21:10:54 »
Ayolsiz uy - tun. Ranglar yo'qolgan. Atrofingiz beshakl. Gullarning hidini tuyasiz-u, o'zini ko'rmaysiz. Feruza osmon yo'q. Ko'ksingizni yayratgan qushchalar berkingan, ko'zingizni yashnatgan chechaklar yumilgan. Bu kamlikdan, bu yarimlikdan, bu huvillashdan junjikkan yuragingiz ham qobirg'alaringiz ham ostiga cho'kib, mung'ayib oladi...
-Onang qayoqqa ketdi?-zarda bilan so'raydi erkak.
-Men ertaga boraman, onam uyda bo'lib tursinlar,-deydi uzatilgan qiz.
-Ayajo-o-o-on siz qani?-ostonada onasining orqasidan chrillaydi qiz.
-Kunim oqshimga o'xshaydi, yetimlar zor qaqshaydi,
Yetimni holini so'rsang,onosi yo'qqa o'xshaydi,-deya bag'ri sim-sim oqib yig'laydi men kabi onasizlar....
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #5 : 07 Mart 2009, 21:16:08 »
Ayol - sehr. Barmoqlarini shunday yugurtirsa, keraksiz qiyqimlar chaman shakli tushgan yostiqqa, ko'rpachaga aylanadi. Uyga bir kirib chiqsa, pardalargayu devorlarga, javonlargayu mehroblarga bahor yuqqanday, izlarida ifor ufurganday bo'ladi. Ayoli bor uyning dasturxoni kambag'al bo'lsa ham, mazasi totli.
Dimog'ingni onangning ko'ksiga bosgan zahoting butun jismi joning to'yadi. U bir jilmaysa, ukang yupanadi, otang jahlidan tushadi. Uning hilm bir imosi, shikastagina daldasi bilan uydagi hamma ishlar yurishib ketadi.
-Ayajonim kelyapsizmi? hali o'zimni ko'rmay yuqori qavatdan qiyqiradi yigit bo'lib qolgan o'g'lim. Har kuni shu. Eshikni ochib iljayib turadi. Xuddi juda uzoq qidirgan narsasini hozir topganday!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #6 : 07 Mart 2009, 21:24:02 »
Ayolni mayda deganlar soz'larini qaytib olsinlar. Ko'p yillar burun bir sh'er o'qigandim: Ona bemor, holati tobora orqaga ketyapti, so'nayotgan sham kabi joni lipillab turibdi. Bittagina farzandi boshida mo'ltirab o'tiribdi, mizg'igani qo'rqadi, ko'zini yumsa onasi uziladiganday! Ammo g'aflat ustun keldi, o'g'il oanning ko'ksiga boshini qo'yganicha bir zum pnakka ketdi. "Shunda,-deydi shoir,-bolasining uyqusini buzib yubormaslik uchun ONA o'z yurak urishini to'xtatdi!"
Yuragingning o'rtasiga bir narsa sanchiladi! Nafsing ichingga yutilib qoladi! Shoir bu gapni to'qib aytdi, elkin shunday aytdiki! Bir joyda o'qigandim:"Adabiyot yolg'on gapiradi, elkin u haqiqatning o'zidan ko'ra rostroqdir",deb. U yolg'onmas, u farzand uchun ayolning jismida ko'pchib turgan ming imkonning bittasi, xolos. Bunday imkonining borligini ayol o'zi ham bilmaydi. Bu qudrat keragida paydo bo'ladi. Uni Alloh beradi! Yuriy Andreyvning "BAxtli bo'l, o'g'lim" kitobida bolasini halokatdan qutqarish uchun jon - jahdi bilan urilib, yelib kelayotgan mashinani ag'darib yuborgan ayol haqida gap boradi....
AYOL O'ZI KIM? deya yoqangni ushlaysan. Bamisoli u to'g'onga qamalgan suv. Ochilib ketguday bo'lsa, xo;ku quruqni baravar yuvib ketadi!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #7 : 08 Mart 2009, 09:35:20 »
Oloy malikasi deya ta'rif etilgan, "general" unvoniga sazovar bo'lgan Qurbonjon dodxohning o'g'lini osib o'ldirishga hukm qildilar. Dor qurilgan, hech yig'ilmagan olomon yig'ilgan, hammaning holatida muvozanat yo'q, dodxohning holi endi ne kechadi degan o'y!
Shu payt uzoqdan chang ko'tarilib,bir otliq uchib kela boshladi - Qurbonjon momo! U nafasi ichiga tushgan olomonni yo;rgancha to'g'ri dor ostiga keldi va bolasiga tik qarab:"O'g'lim, shahid ketish bizga merosdir!" dedi va shartta jilovini tortib, otning boshini orqaga burdi-da, qanday kelgan bo'lsa, shunday maydondan yelib chiqib ketdi.
Yo,Alloh, uni nedan yaratding? Bu kichkina jon bu qadar qodirlikni qandya ko'tardi? Bu zotni ko'ryapsizmi? Dor ostidagi bolasining ko'ziga qarab turib, rizolik berolgan ayol bu! Javdirab turgan farzandiga orqa o'girib ketolgan ayol bu!Yuragida olov portlasa ham ko'ziga chiqarmaslikni eplagan ayol bu! Qo'li jilovni qo'yib yubormagan, do'st-dushmanning oldida otdan yiqilib tushmaslikni uddalagan ayol bu!
Bu iroda, bu oriyat, bunday shijoatni unga Alloh bergan! Bu Alloh yaratgan ne'mati aziz- HAZRATI AYOLDIR!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #8 : 08 Mart 2009, 09:45:56 »
Kulibgina turibdi, xotirjamgina turibdi, deb bo'lmaydi ayolni!
Kulibgina turibdi, rozigina turibdi, deb bo'lmaydi ayolni!
Uning ichiga o't tushsa ham, bag'ri kulga aylansa ham, zohiri sokin ko'rinaveradi, egilmaydigan qoyalarni ichida yutib yuraveradi...
Bir hikoya o'qigandim. AYol o'z juftini yeru ko'kka ishonmaydi. Uni qizg'anib tunida uyqu, kunida halovat yo'q. Jazillagan rashk o'ti uni sakratib o'ynatadi. Go'yo Erkin Vohidovning:
"Seni yotlar tugul, qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam, bo'lurman g'ash ko'zimdan ham",
bayti shu ayolning fe'lidan olinganday!
Vodarig'ki, ayolning olov ustida yurib asragan jufti kun kelib qazo qilibdi. Bamisoli ayolning quyoshi o;chdi. Qabri uzra bag'ri tamom to'kilguncha, ko'zining yoshi tugaguncha faryod qiladi. SO'ng qaddini ko'tarib, yengil tin oladi-da, bir nima deb pichirlaydi. Hay-hay, bir gapni deydi. Deganda ham yuraging uvishadigan gapni deb qo'yadi. "Xudoga shukr, endi seni mendan hech kim ololmaydi!"deydi-ya!
Meni dahshat bosadi, AYOL KIM O'ZI! Uning botinidagi g'alati kuch nima? U juftining yonida turib ham unga to'ymay yashardi. Sochining oqi shu eri tufayli edi, qovurilishlariga ham u bois edi. Tirigiga qancha intilgan, o'ligiga kuymaydi, deysizmi? Ammo ayni daqiqada erining o'lganiga u xursand.Baxtini begonadan qiz'anib yurgandan ko'ra, hatto ko'mib bo'lsa-da, berkitishni ma'qul ko'rmoqda! Baxtsiz qolsa ham mayli, suyganiga birov qo'l cho'zmasa bo'ldi. Siz uni xudbin deyapsizmi? Yo'q, bu ayriliq hali unga qimmatga tushadi. Balki kuya-kuya dard oshirar, kim biladi deysiz, orqasidan ergashib ketib qolishi ham mumkin...
Bot-bot o'sha qabr quchib o'tirgan ayol xayolimga kelaveradi. Qulog'imda uning pichirlashi jaranglaeyveradi:"ENDI SENI MENDAN HECH KIM OLOLMAYDI!".
AYOL KIM O'ZI!?
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #9 : 08 Mart 2009, 09:55:33 »
Yuqoridagi voqeaga boshqa bir misolni solishtiraman-da, ayolda bir asnoda to'rt fasl jam turishi rost deyman.
Onam dadamning ketidan musofir bo'ldi, aziyat tortdi. Ketma-ket farzand dog'ini ko'rdi. Toshknetu Andijonning mozorlarida onam sho'rlikning farzandlari sochilib yotibdi. Sizga aytsam, onamning bir iqlimi, bir dunyosini hanuz singdirolmay hayratlanaman.
KIM O'ZI AYOL!?
Kenglikda osmonmi, cheksizlikda dengizmi?
Onamning ismi Ergashxon aya edi,lekin hujjatlarda Xosiyatxon yozilardi.  Shu tarzda yetmish to'rt yil yashadilar.Dadam o'tganlaridan keyin bir haqiqatni bilib qoldim va yuragim hayratdan uvishib qoldi. "Xosiyatxon" onam kundoshining ismi ekan. U kishi farznad ko'rishda qazo qilgan, ikkinchi turmushi bo'lgan onam o'sha ayolning pasporti bilan yashab yuraveribdi.
"ONajon, nega unday qildingiz?Bir umr birovning ismi bilan o'tibsiz-a?" - desam,"Hay-hay, unday dema! O'zi o'lib ketibdi, nomi ham o'chib ketsinmi? - deb uzoq tin oldi-da, sekin qo'shib qo'ydi:- Dadangning ko'ngli uchun shunday qildim, bolam, nima bo'lganda ham ko'z ochib ko'rgani-da!", - dedi.
ANA SIZGA AYOL,ANA SIZGA UNING DUNYOSI....
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #10 : 08 Mart 2009, 19:59:40 »
Ayolni ayollik yuki qadamida yer tishlatib  qo'yishi mumkin edi, ammo uni Xudoning o'zi asrab turadi...Bu yorug' dunyoda hech bir gazot ayolning ona bo'lish daqiqalaridek og'ir kechmagay. Farzand dunyoga kelar ekan, ayol o'z etining nimta-nimta bo'layotganini, so'ngaklarini qirsillayotganini eshitib turadi. Jismiga o't tushadi. Jon taslim qilayotgan kishida nafas qanday bo'g'ziga tiqilib kelsa, ko'z chanog'idan jilsa, bu dunyo bilan u dunyoning orasi qilchalik qolsa, yangi insonni shu tarzda topadilar. Nazarimda, bola bilan birga har gal onaning jismidan jin ham ajraydi, ajraydiy-u  bu g'azot azobini Alloh , kompyuterdan o'chirgan kabi ayol xotirasidan o'chirib yuboradi. Bu ham sinoat! Agar Alloh unuttirmaganida, hech bir ayol bolasini qo'liga olmagan, betiga qaramagan, orqasiga burilib ketvorgan bo'lardi.
Alloh ichingdagi farzand degan tikonni oladi-yu, o'rniga tirnog'ingning uchigacha to'ldirib Onalik mehri ummonini soladi. Shu bir parcha et dunyoyingga aylanadi.Hamma ipingning uchi shuginaga bog'lanib qoladi. Men hali bola bilan jon ham ko'chadiyu deb bekor aytibman! Bola bilan birga jon ham chiqadi! Sening faqat harakatdagi loshing qoladi xolos! Endi sening joning shu - BOLA! Shu bola og'risa og'rib, yig'lasa yig'laysan. Avval joningni qovurg'alaring orasida avaylab saqlarding, endi u to'rt tomonidan shamol urib turgan yerga tushdi. Oh, uni endi asrash naqadar og'ir!
Eslamaydi emas, bola topishdagi og'riqni eslaydi, faqat bir holatda - qachonki farzandi uni kuydirsa! O'shanda ham:"Sen tug'ilmay qo'ya qolsnag bo'lmasmidi?" demaydi, "Sening o'lganing yaxhsi edi" demaydi. "seni tug'may men o'lay!" deydi. "O'sha to'lg'oqning ichida o'lib ketaversam bo'lmasmidi!" deya faryod soladi.
Suyaklarimizdan sindirib o'g'il yasading,Alloh, o'g'lonlarimizga insof ber!!!
Etlarimizdan uzib qiz bino qilding Alloh, qizlarimizga to'zim ber!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #11 : 08 Mart 2009, 20:24:37 »
Ayol - misli go'dak!!! Yolg'ondan yupatsangiz ishonadi. Bir shirin gap bilan baxtiyor bo'ladi. Bola onasiz javdirab qolgani kabi, ayol o'z bolaisga, juftiga, uyiga shunday mubtalo bo'lib yashaydi. Uning uchun dunyoni titratgan muammolar ikkinchi o'rindadir. Jufti eson omon ishdan qaytsa, bas, uning uchun farovonlik - shu! Joy-joyida uxlab yotgan bolalari jonini yayratgan sururdir. Go'dak uchun ota-onaning xunuk chiroyligi, boy kambag'ali bo'lmagani kabi, ayol uchun ham shunday, agar uni suysalar, e;tibor bersalar, avaylab muoala qilsalar, qora juftini oppog'im deb, sodda ro'zg'orini saltanatim deb, bag'riga bosib o'taveradi.
Biz odmigina yashardik. Dadam mullo odam edilar, ammo o'zlarini o'tga cho'qqa uradigan uddaburon emasdilar.Onam chopon tikardilar. Oilamizda g'amlash, to'plash imkoni bo'lgan emas. Ammo dadam qoplab narsa keltirmasalar ham, hech qachon ro'zg'orga paxta yog'i aralashtirmaganlar."Onangga yoqmaydi, qo'y yog'i quvvat vo'ladi", erdilar. Onam yuklik bo'lsa tinmay sut qaymoq tashir, "sut onaning ham bolaning ham mijozini tozalaydi" derdilar. Esimni tanibmanki, qish kelsa, cho'yan peshka ishlatardik. Saharlab olov yoqish, ko;mir keltirish, tuntantiriq tayorlash kabi ishlarni hech qachon onamga bermaganlar...Ro'zg'orning jami o'pirilgan joylarini dadamning mehr sadoqati to'ldirib turgani uchunmi, onamdan biron og'iz o'ksish, armon so'zlarini eshitmaganman. Aksincha, hadeganda:"Bugungi kun yaxshi o'tdi, ertaga Ya Razzoq!" deb qo'yardilar.
Bolaga onaning tafti jon ozig'i bo'lgani kabi, ayolga juftining mehri bamisoli sof havo ekan...
Qo'li yupqagina dadam bilan onam go'yo davlatmand edilar. Dadam hayotdan ketdi, go'yo onamning saltanati ham ketdi. To'rt tarafni to'ldirgan, bir gapirib, o'n kuladigan onam tinib-tinib qoldi, go'yo uning bari shodmonligi ham dadamga ergashib ketdi. Onam ko'z yosh to'kib yig'lamadi,"oh, cholim undog' edi, bundog' edi" deb sannamadi ham. Jimib qoldi, xolos. Biz onamning tilab-tilab joncha suygan bolalari bo'lsakda, dadamning o'rnini bosolmadik. Ko'p o'tmay, hech kimga maslahat solmay, dadamning orqasidan o'zi ham ketdi. Go'dak kabi ergashib ketdi...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #12 : 09 Mart 2009, 12:27:41 »
"Ipak bilan po'latdan quymish bizni tabiat", deb yozgandim bir she'rimda. Ellik yildan ziyodki o'zimni kuzataman. Ayol bo'la turib, hanuz ayollik olamining tilini tushunolmayman. Ba'zan o'z gappim, o'z ishimdan o'zim hayratlanaman. Boshqa ayollarni ham zavq bilan kuzataman. Ertaga yana nimalarni sodir etrakinmin, deb ishqiboz tomoshabinday ertangi kunimni kutib yashayman. Ayolki o'zini tushunolmay tangmi, yana ham erkaklar bizni uqolmay gangib qolmas ekan-da deyman o'zimga! Nafsilamrini aytganda, ayolning kamalkday fe'l atvorini mazza qilib tomosha qilishni bilgan erkak baxtiyor erkakdir! Ayolning har bir barmog'i gullaydi. Gul bo'lganda hma bugun bir turda gullasa, ertasiga boshqacha! Ayol bugun ipak bo'lsa, ertaga olov, uning vujudida ishtiyoq, u izlanuvchan jon - har kuni har xil narsani o'rganayotgan bo'ladi!
Bu zot kim o'zi? Onam farzandlar dog'ini, umr sargardonliklarini filday ko'tardi. Ammo dadam hayotdan ketishi bilan chirt uzildi. U bargi xazon kabi mo'rt ekan aslida. Onamga quvvat berib turgan otamning mehri ekan, birodar!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #13 : 09 Mart 2009, 12:45:13 »
AYol haqiqatan mo'rt! To'rt - besh yetimni bitta qanot bilan boqsa-da, lochinday boqadi, bolalariga kelgan baloni arslonlarday daf qiladi, bu zahmatlarni tortar ekan, bitta jonida o'nta erkakning irodasini yasaydi. Ammo...kinlardan bir kun bitta fahmi kalta:"Eringiz o'ttiz yil burun o'lib ketgan falonchini yaxshi ko'rgan ekan", deb qo'ysa, bo'sh qopday yer bag'irlab qoladi. Qaddi dol bo'ladi. O'lib ketgan erining o'lib ketgan muhabbatdi uchun-a?!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #14 : 09 Mart 2009, 12:49:05 »
Gohida erkaklar ayollarni kiyimparast, tilloparast deydilar. Unday emas! Siz ayolingizni oltin taxtga o'tqazib, tillodan libos kiydiring. Ana, sen uchun yu yilga yetadigan mol g'amlab qo'ydim deng! Ammo birov shunchaki:"Eringiz juda kelishimli ekan, ehtiyot bo'ling-da", deb qo'ysa, bas, (e'tibor bering hali gunoh yo'q, hali guvoh yo'q) ayolga hadya etgan arkoni davlatingizkultepa bo'ladi qo'yadi. Tovoning tagiga cho'g' tushib, yonishga tushadi.
Bu zot kim o'zi!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6157
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12832
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6784
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6828
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 90192
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu