Muallif Mavzu: "Yashash tilsimi"  ( 32930 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #30 : 12 Mart 2009, 09:42:51 »
Bir o’rtog’imning onasi erta oldamda o’tdi. O’n bolasining uchtasi joylangan, yettitasi xom qolgan edi. Otalarini farzand ko’rmagan yoshgina yolga uylab qo’ydilar. Bolalar ichlari to’kilib tursa ham,chehra ochib kutib oldilar. Ayol ham ularning o’tidan kirib, kulidan chiqib, bu xonadonga qovushdi qoldi.
Har borganimda, baribir, bu ayolni kuzataman va ba’zan tang qolaman. Eski qadrdonlar keldi deguncha o’rtog’imning otasi (menga ustoz bo’lardilar) qazo qilgan ayolini eslab ko’z yoshi qilardi. Yangi ayoli esa yonida o’tirgancha jimgina tinglar va eridan ko’ra ko’proq yosh to’kar edi. Go’yo o’lgan ayol uning egachisi yoki onasiday!
Uyning to’riga eri bilan kundoshining suratini ilib qo’ygan. Ba’zan xolis suhbatlashib qolsak, suratiga imlab:”O’rnini menga bo’shatib bergan mard oyim-da bu! Bolam yo’q, deb yig’layverma, etgaingni bolaga to’ldirib tashlayman, deb kamimni to’ldirib, rohatini menga tashlab ketgan oyimda bu!”-deydiyu, ko’zining yosi yuzini yuvadi.
Qolgan yeti bolani joylashda ham tuqqan onasiday kuymalandi. Har to’y, har ma’rakada farzandlar onasini eslab, xomush tortsalar, mumday oqib:”O’lmay yursa bo’lmasmidi”, deb ko’rmagan kundoshiga yig’I solib o’tiradi.
Alloh shu bolalari bilan ovuntirsin. Kundoshining bolalariga jonini uzib bera olgan Hazrati ayoldir bu!!!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #31 : 12 Mart 2009, 09:43:19 »
Ulg’ayib qolgan bir kishi ko’z yoshlarini arta-arta hol so’ragan odamga hasrat qilayapti emish:”Ey, birodar turmushim bekamu ko’st, farzandlarim solih, yemak ichmak yetib ortadi, faqat, faqat,-dermish u va bosh chayqagancha shiftga ishora qilarmish,- chiroq yo’q faqat, chiroq!”
U kishining ayoli ayoli qazo qilgan ekan. Yigitlarjon, hech bir erkakning chirg’i o’chmasin!...
 
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #32 : 12 Mart 2009, 09:43:45 »
“Otasi yaxshi – bittasi yaxshi, onasi yaxshi – hammasi yaxshi”, degan gap bor.Jami fazlu afzallik avvalo ayoldan boshlanmog’I sher. Mardlik, tantilik, lafzda turish kabi xislatlar ayol toifasida kuchliroq. Sevgisini yashirin asrash – mardlik, shaytonning yo’liga yurmay, sharmu hayo bilan turish – mardlik, hamisha o’zini kamtar va siniq tutish – mardlik, birinchi bo’lib kechirish, oiladdagi pastu baland ishlarga o’zini javobgar his qilish, hammaga parvona bo’lish – o’n marta mardlik va tantilik, bolasini ko’rmay ketgan, bolaisni hatto sog’inmaydigan erkak soni mingta, ammo bir boladan tortib, o’nta bolgacha bo’lgan yukni qyol joni bilan yakka o’zi ko’tarib yashash – oily darajadagi mardlik va tantilikdir!
Lafzi halollik va mardlikni erkaklar ayollardan o’rgansin!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #33 : 12 Mart 2009, 09:43:59 »
Ayolning baxti nimada? Bola emizib o’tirgan ayol dunyodagi  eng baxtli ayoldir.  Darvozadan kirib kelayotgan erkak ayolning jufti emas, misli yo’q toleidir. Berilib ko’ylakcha tikayotgan, kuymalanib kulcha yopayotgan ayolning nazdida o’zidan saodatmandroq kishi yo’q! Ayol atrofidagilardan katta harajat, ulkan fidoyilik so’ramaydi: unga mehr bilan tikilib astoydil ko’ngil qo’ysangiz bo’ldi. AYol chor tarafga mehrini, mehnatini, lutfini, husnini, jonini ayamay sochadi. Ammo hargiz ta’na qilmaydi, qaytim so’ramaydi. Unga butun dunyoni mukofot qilib tutsangiz unga qaramasligi, sha’niga oltin haykallar o’rnatsalar sevinmasligi mumkin. Ammo u yurakalrning o’rtasi bilan faqat juftidangina sovg’a kutadi, bitta taroqchalik bo’lsa-da e’tibor kutadi. Erkakning qo’lidan sovg’a olayotgan ayol, hayotlik olayotgan boladan-da baxtiyordir! Ayoliga bir durra yoyinki arzon kavush bo’lsa-da sovg’a qilgan erkak unga jahon bankini bergan kabi rizolik oladi. Shunday, azizim, AYOL o’zining asl bahosini bilmay o’tayotgan buyuklikdir…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #34 : 12 Mart 2009, 09:44:13 »
Uning ismi va mijozi ayol, uning baxti o’sha iqlimni masray bilishida. Dunyoga ayol bo’lib kelib, ayolday yashab o’tishida! Tani joni sog’ bo’lsa, olov yoqadigan o’z o’chog’I bo;lsa, boshidan chakka o’tmaydigan o’z boshpanasi, bir kaft bo’lsa-da unga nenidir ilinib, unga intilib eshikdan kirib keladigan  erkagi, qizdir, o’g’ildir, yoqasiga chirmshib turadigan bir jon parchasi bor bo’lsa, bo’ldi, ayolning vujudini to’ldirib, tindirib turadigan baxti shu! Alloh har bir ayolga shunday yashab o’tish imkonini bersin!
Ayol – ayol emas, ro’zg’or degan g’or ichida, oila ataladigan dovulli, chaqinli, fasl ichida hamisha titrab turguvchi, shunda ham muattar bo’ylarini sochaverguvchi, to’rt tomonga egilib bukilaverguvchi, ammo negadir hech sinmaguvchi bir guldir! Hargiz “Kerak emassan…” deya ko’rmang unga! “kim bo’lib qolibsan?” deb yubormang. Bir qaddi niholi bilan poyingizga chaman fayzini to’shab turibdi, nogahonda tovoningiz bilan ezib qo’ymang uni! Sizning xatolarga to’la shu turishingizdan baxt kuyini yarataman deb qoshingizga keldi, uning yangroq torlarini uzib qo’ymang yana! “Menc chiroylimasman, begim!” desa, yolg’ondan bo’lsa-da,’Undog’ dema, oyimsan!” deng! :Sizni rozi qilolmayapman”, deb uqalansa, “Yo’q, men sen rozi bo’ladigan ishlar qilay!” – deb fidoyi ko’rsating o’zingizni. Uning dunyosiga sig’mas baxti shu! Unign sizdan so’rab turgani shugina xolos!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #35 : 12 Mart 2009, 09:44:29 »
Bugungi ayolning ahvoli yaxshi emas. U erkakdan bir qadam ilgarilab ketdi. Hali ketmonga, hali ignaga, hali bozor xaltasiga osilib, ro’zg’or yuritish dardida qoldi. Erkagidan ilgarilab ketish o’zbek ayoliga hech qachon rohat bag’ishlagan emas. Biz bolalarimizga otasini ustivor ko’rsatib, unga ergashtirib tarbiya berish bilan ro’zg’orni butun ushlab kelganmiz. Bugungi erkak ayolyi bolasiga munosabat borasida ham, tirikchilik qilish borasida ham sust ketdi. Natijada ayolda zo’riqish paydo bo’ldi. O’qitivchi ayolmi, shifokor ayolmi, uy bekasimi, e;tabor bilan qarasangiz, hamasi jismonan toliqqan. Yemak kiymaklari yetarli bo’lganlari ham ruhan charchagan. O’zbekning erkagi oriyatli, bir so’zli, g’ayratli, qo’li gul, ro’zg’orparvar bo’lguchi edi, asliga qaytishi shart! Axir oila tutish madaniyati deyarli yo’q bo’ldi! Eri suyamagan, o’g’li asramagan ayolning kimi bor? Ayolni asrash ham siyosatdir. Har galgi gapimni yana aytgim keladi: millatning sifat belgisini ayol ta’minlaydi. Uning jismini ham, kayfiyatini ham butun asrash lozim…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #36 : 12 Mart 2009, 09:44:53 »
Menga bot – bot siz qanday zayolni zamonaviy ayol deb bilasiz, degan savol bilan yuzlanishadi. O’zi yashab turgan zamon va makonning afzalliklari va kamchiliklarini ilg’ay olgan, o’ziga va farzandlariga uning hayrli o’zgarishlarini tezdan yuqtirgan, qusurlaridan sqlay bilgan ayol – zamonaviy ayoldir!
Insonda gen(irsiyat) degan narsa bor. U har bir millatga ALloh tomonidan berilgan yashash tarzidir. U bizning ichki qo’rg’onimzdir. Tashqi ta’sir bostirib kelaveradi, tinmay sizga urilaveradi. Ammo u faqat bir-ikki qavat etingizni zabt eta oladi, xolos, undan ichkari kirolmaydi. Haligi gen deganimiz vujudingizda doimiy himoyachi bo’lib yashayveradi. Yaratganning O’zi insonga juda kerakli bo’lgan, yurish turishini muvozanatga solib turadigan bunday ne’matlarning yo’qolib ketishiga aslo yo’l qo’ymaydi. Bandasi unga qarshi ming urinsin, ‘sulton suyagini xorlatib qo’ymas”ligi isbot bo’laveradi.
Kishining yoshiga yosh qo’shilgani sari, chiqib olgan hamma cho’qqingdan tushib, aslingga qayting, ya’ni ota-bobongning tutimini tutging, keng uylarda, milliy ko’ylaklarda yurging, qadimiy kuy qo’shiqlarni erib erib eshitging kelib qolar ekan. Bu o’sah – qoningda uyg’oq qon chaqiriqlaridir!
Xulosa, shuki, farzandlarining o’ziga o’zligini tanittira olgan, ularni asrlardan beri o’lmay kelayotgan, demak, yo’q bo’lib ketishi mumkin bo’lmagan milliy ko’nikma, urfu – odat, dini – iymon va qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalagn ayol ham eng zamonaviy ayoldir!!!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #37 : 12 Mart 2009, 09:45:07 »
Goho o’z ayolligimning yoqasidan tutaman-da, o’zimni o’zim sud qilaman…YAqinda Samarqandni qayta ziyorat qildim. Hazrati Imom Buxoriy, Amir Temur bobomiz, ULug’bek Sulton, Xo’ja Ahroriy Valiy, Maxdum A’zamlarning poyida sel bo’lib o’tirdim. Ulug’bek rasadxonasiga kirib o’tirgach…bo’g’zimga bir faryod keldiki! O’zimni tutolmay qoldim. Bu faxr yig’isi, hayrat yig’isi edi! Bu qarzdorlik, bu burch yig’isi edi! Bir tomirdan shuncha ulug; unsa, qandya tomir, qandayin nasl ekan mening naslim-a, dedim! Shunday zotlarni bergan izlarni bosib turibman, o’sha shajaraning davomiman, deb turibman. Ammo qayerim ularga o’xshaydiyu, qay ishim ularga yarashiqlik, degan andisha yoqamdan oladi. Bu ulug’lar iziga arzon qadamlarni solib qo’ydim. Tuqqan bolalarim qay baholi bo’ldi…kabi iztiroblar ichra qoldim. Millat ozod bo’ldi, millatning qo’lidan, tilidan kishan tushdi. Endi uxloq tomirlarimizni uyg’otgin,Alloh, deyman! TAfakkurimizni qo’zg’otgin, vujudlarda o’zlik hujayralarini bodroqday ochiltirib yubor! Millat bolasining barmog’ini avj pardaga sur, degan iltijolar to’kiladi dilimdan.
O’zbek oyim, men uddalamagan ishni siz qiling, mening bo’yimdan sizning bo’yingiz baland, ovozingiz adl bo’lsin,o’tinaman sizdan, XXI asrda hech yo’q bitta Ulug’bek dunyoga keltiring! Hech yo’q bitta Beruniy, bitta Navoiy, bitta Buxoriyni dunyoga keltiring! Bu tuprolar urib qo’ymasin bizni! Bu ulug’larning ruhi sud qilmasin bizni. O’zingizga aylaning endi, o’zbek oyimlar!!!

 

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #38 : 14 Mart 2009, 08:23:17 »
Men juftimni qanday angladim?

Umr yo’ldoshim g’oyat kamgap, xokisor kishi. Insoniylik qanday bo’ladi bo’lishini shu kishida kuzatdim, uqdim. O’nta barmog’I o’nta hunarga moyil. Mehnat degan narsaning, g’ayrat degan narsaning surati qanaqa bo’ladi desa, shu odamni ko’rsatsa bo’lar.
Mubtalo bo’lib mutola qilishni ham shu odamda ko’rdim.Uyimizdagi barcha kitoblarni keltirgan u. Bolalarimning hamma savollariga javob topadigan u. Bolalar uyida katta bo’lgani, rus tilida o’qigani uchun, o’zbek adabiyotidan to’kis xabardor emas, lekin rus, Ovro’pa adabiyotni, dunyo tarixi, Osiyo tarixini  astoydil, burro bilishidan hamisha hayratlanamna. U kishi hech qachon bilgan narsasi haqida og’iz ochmaydi, o’rni, kezi kelganda o’zingiz fahmlab qolasiz. Ammo eng yaxshi odam shu ekan ham demang. Uning botiniy butunligiga gap yo’q. Lekin zohirida mening tilim bilan aytganda, “muzdekkina”! Nazokatli soz’alrni bilmaydi, lutfni bilmaydi. Betob bo’lsangiz sizga qarab rangi sarg’ayib ektishi mumkin, ammo hol so’rolmaydi. Sovg’a olib kelishni bilmaydi…
Keling, yaxhisi, ayol kishining o’z jufti haqida birovga aytadigan va aytmaydigan qanday kechinmalari, o’ylari bo’lishini bir aytib ko’ray….
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #39 : 14 Mart 2009, 08:23:46 »
Deyman, o’zim ham shoir bo’lganim cuhun sal g’alatiroqmanmi, to’ydan oldin, ikkilanib turganimda, bu odamning ayanan o’sha yo’nilmagan, sovuqqina jihatlarini ko’rib, rozilik bildirgim kelgan. Biz bir-birimizni tanimas edik. YAxhsi odamlar o’rtaga tushdi, sovchilar qatnovi boshlandi. Kuyov qayerdadir meni ko’ribdi emish. Ammo men kuyovni ko’rolmay dog’da edim. Elchilari ko’z ochirmay, ammo o’zi yo’q. Bir kuni jur’atimni to’pladim-da, ishiga qo’ng’iroq qildim. Zalvorli ovozda javob ekldi. Edni meni eshitsangiz:”Men Tursunoyman. Siz haqingizda eshitdim, bildim, yaxshi odam ekansiz. Men qidirgan odam bo’lsa sizchalik bo’lar. Ammo bir narsaga qoyilmasman. Siz kimga uylansangiz baribir ekan-da! Men boshqa shaharda besh yil o’qib kelgan bo’lsam, to’g’rimanmi, egrimanmi, yaxshimanmi, yomonmanmi, gapim qanaqa, fahmim qanaqa siz uchun ahamiyati yo’ qekan-da! Boshingiz ikkita bo’lib qolsa bo’ldi ekan-da!” va yana nimalardir deb yubordim. Uzoq sukutdan keyin, ovozi titrabgina nima deydi deng?! “Ey, men….men borar edim, shu….shu desnagiz, ish ko’p!”, deydi! O’sha zahoti yuragim tiniqlashdi, bu yomon odam emas, deydi ko’nglim va xo’p deganim bo’lsin, deb qo’ydim. Sababi,  bu gap pokiza odamning, hali siyqalashmagan, ayollar bilan hech muomala qilmagan, ularga yoqishni hech mashq qiliub ko’ramagan, toz odamning muomalasi edi….

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #40 : 14 Mart 2009, 08:24:07 »
Umr yo’ldoshim sovg’a keltirmasdi, dedim. Xuddi shunday, mavridi kelsa, hech yo’q so’z bilan ham tabriklab qo’ymasdi. To’g’rirog’I tabriklay olmasdi. Ammo hech qachon ichimda ham, tashimda ham ortiqcha o’ksingan, hafa bo’lgan emasman. U kishi maosh olsa, ma’lum bir joyga qo’yib qo’yar va tortinibgina:”Ana u yerda pul bor”, deb menga ogohlik berardi. Hozir o’ylasam, biz hech qachon bir-birimizdan qancha oylik oldingiz yoki olasiz, deb so’ramagan ekanmiz. U kishi bayramlar arafasida, ayniqsa bezovta bo’lib qolar va yo’g’on ovoz bilan qo’polgina qilib:”Pul borligi esinglardami?” deb qo’yardi…Ayol hech qachon sovg’a so’ramaydiu, so’raganidan keyin keltirilgan sovg’a esa yayraydigan joyiga singmaydi.Ammo u bir umr arzondir, qimmatdir juftining sovg’asini yosh boladay yashnab qbaul qiladi yo uning ilinjida yashaydi. O’shanaqa istakalr menda bo’lmadimi deysiz? Mening o’rnimda boshqa yol bo’lsa, ko’ngli og’rinib o’tardi ehtimol. Mening esa bunday qilishga haqqim yo’q. Eru xotinlikda hamisha  xolis tahlil joiz – u sho’rlik yetimxonada o’sgan bo’lsa. Haqiqat shuki, mehr ko’rgan, mehribonlikni mazasini totgan odam mehr ko’rsata oladi, mehribonchilik qila oladi. Mana, to’rt farzand katta qilyapmiz, lekin biron marta dadasining bolalarni o’pganini,”undoq bolam, bundoq bolam” deb ovoz chiqarib erkalatganini ko’rmabman. U bu ishni qnadoq ilsinki, o’zi ota arddog’ini ko’rmagan, ona erkalatishlariga to’ymay o’tgan bo’lsa!
UNing tabrik, sovg’a borasidagi holatini ham tushunaman: sovg’a olsamu ayolim kutganidan arzonrog’ini yoki nomunosibini olib qo’ysam-chi, deb olmasa kerak. Shuning o’zi menga atalgan buyuk mehr emasmi? Hech yo’q pulini qo’limga tutmaganiga sabab, kutganidan ko’ra kam berib qo’ysam, ranjib qolarmikin, deb andiusha qilsa kerak. Bu har qanday sovg’adan a’lo emasmi?
Mana bu ko’ylagingiz yarashibdi, mana bu sovg’a sizga yo siz uchun mana bunday fidoliklarga tayyorman, deyishini bir emas, ming marta xohlayotganini, lekin uni izhor etolmayaotganini sezib turaman. Bu menga ochilmagan xazina bilan teng emasmi?!
Shuni  angladim – men juftimni umr bo’yi tinglab emas, uqib keldim va uqish bilan birga uning shugina turishiga o’zimni ko’ndira olsih ham qo’limdan keldi…

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #41 : 16 Mart 2009, 20:41:23 »
Yolg’on bo’lmasin, kam bo’lsa-da sovg’a olganman. Boshqa shahardagi qarindoshlarni yo’qlab boryapmiz. Yo’lda bozor qilmoqqa to’xtadik. Men bolalarim bilan mashinada o’tiribman. Bir payt dadasi qog’ozga o’rog’lik narsa olib kelib uzatdi. Qarasam, qizil gulli silon xalat. Boradigan joyimiz uchun sovg’a deb o’ylab:”Ajab qilibsiz, quvonadigan bo’lishdi”, dedim. U:”Yo’q, bu narsa sizga”, degan ishorani berdi. “Rost-a?” –deyman,-megami?” deyman uni ustma ust silay silay. Hadeb 3-4 yosh tirmizak bolalarimga ko’rsataman:”Qaranglar, dadangiz menga nima olib berganini!” Uning o’zini quvonganini ko’rsangiz. Harakatlari yengil, hazil huzullari ko’paygan,shodon edi.
Mehmonga boriboq xalatni kiyib oldim. Nazarimda hech bir kiyim menga bunchalik yarashmagan. Oynaga payt poylab qarab qo’yaveraman. Bu xalatni yuvsam ham yayrayman, dazmollasam ham! Dadamizning sovg’asini qarang, deb necha kishiga ko’z-ko’z qilganimni aytmaysizmi? O’shanga 25yil bo’libdi. Xalat urinib qolgach, ikkita yostiqcha qilib qo’ydim. U ham charchagach, bitta yostiqqa tushirdim. U ham eskirgach, choynakka qalpoq qilib qo’ydim. Har kuni xontaxtam ustida turadi. Jim tursam ham mayli-ya:”Dadangning sovg’asidan tikilgan qalpoq qani, dadang olib kelgan narsa-ya, ehtiyot qil”, deya jaranglatib eslatganim eslatgan. Va har bor eslatganimda dadasining yayrashi, minnatdor kayfiyatini ko’rsangiz!
Qanday yaxshi, birovga nenidir ilinish! Qanday yaxshi, senga ilinganlari uchun yayraganingni ularga sezdirib,ularni ham yayratib yashash!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #42 : 16 Mart 2009, 20:41:44 »
Men shu kungacha bilolmayman, juftimga kongil qo’ydimmi yo qo’yolmadimmi? Yo u mnega sodiq do’st tarzidami? Ishongan, suyangan tog’immi? Unga singilday suyanib yashayapmanmi? Yo meni otaday panohiga olganmi? Kim u men uchun? Ba’zida ko’rgani ko’zim yo’q, u yo’q joyga esa, men ham sig’may qolaman.  U mening soyammi yo men uning soyasimanmi? Bilmadim…
Ammo bir narsani aniq bilamanki, agar umr yo’ldoshimni ombir bilan hayotimdan sug’urib olsalar, mening faqat po’chog’im qoladi!!!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #43 : 16 Mart 2009, 20:42:18 »
Oila, ro’zg’or muqaddas o’quvxonadir. Gohida er – ustoz, ayol – shoigrd. Va gohida esa buni aksi…
Tashqaridan qaraganda u kishim odamlar e’tiborini tortavermaydi. Yangi kiyim kiydirolmaysiz, ko’chaga yasantirib chiqarolmaysiz. Ammo xokisorlikni yashash tarsi deb hisoblaydigan bunday odamlar hadeganda topilavermaydi,deb o’ylayman. O’z nafsini qul qilib olish oson bo’libdimi? Bu odam shunday – irodali.
U – me’mor, o’z kasbining ustasi.MAs’ul ishlarda ishaldi va har doim uning xizmat mashinasi bo’lguchi edi. Lekin u mashinani hech kutib turmas, piyoda jo’navorar, haydovchi uni yo’ldan-cho’ldan terib ketardi. Olti yeti bekat oralig’idagi yumushlarga hamisha piyoda ketardi. Salomatlik cuhun shunday qiladiganlar ham bor, lekin bu kishi u haqida ham o’ylamas, nazarimda, mashinada yurish martabasini o’zi ep ko’rmasdi. Balki shu jihatlari menda ixlos uyg’otgandir…
U uzoq yillar Andijon shahrida bosh me’morlik qildi. Shaharning ostiyu ustini yod bilarkan. (O’zidan eshitib bo’psiz bunday gaplarni, birovlarning ta’rifi bo’yicha aytyapman) Bu mansabdan, ya’ni bosh me’mrolik yumushidan charchadi va ozod bo’lib oldi. Sobiq haydovchining hikoya qilishicha, nima bo’libdi-yu, shaharning eng sosiy yo’li tagidagi quvurlar ishdan chiqibdi. O’sha joyni topish kerak. Bir necha nhuqtani kavlab ochadilar, mo’ljal noto’g’ri chiqadi. Kimdir:”Buni faqat falonchi topadi”, deb dadamizni aytadi. Iltimos qilib, olib boradilar. U indamaygina qadam bilan o’lchab borib, ko’chaning bir joyini chiqizib:”Shu yerdan kavlang”, deydi. Buzilgan quvur naq o’sha yerda ekan. Odamlar xursand, mansabdor shaxslar rahmat aytib qo’yaylik, deyishsa, dadamiz allaqachon jo’nab qolgan ekan. Men uning o’rnida bo’lsam, hech yo’q:”Qalay, xursand bo’ldinglarmi,aylanaylar”, deb qo’yardim-da!
Balki shu fe’llari bilan menga yoqib qolgandir…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #44 : 16 Mart 2009, 20:43:23 »
Ota-onamning boshpanali bo’lishiga ham shu odam sababchi bo’ldi. Menda aka yo’q, o’sha paytda ukalarim sakkiz, o’n yoshda edi. Xizmatdan qaytgach, eski kiyimlarini kiyadi-da,guvala, g’isht quyadi, o’zi devor ko’taradi, o’zi suvaydi. Otam yetmish yoshdalar, yordamchi yo’q. Kunda shu hol, bir necha yillab shu hol. Ishxonada amaldor, ota-onamning uyida esa mardikor. Uni hech kim bu ishga qistamaydi, odati shu – bir ishga urinsa, oxiriga yetmay qo’ymaydi. Bu ancha muncha yaxhsi odamning qo’lidan kelishi mumkindir, lekin boshqa jihatiga e’tiboringizni tortaman. O’sha ishlarga o’ttiz yil bo’ldi. O’ttiz yildirki, men umr yo’ldoshimning og’zini poylayman. O’sha xizmatlarini pisanda qilib qolarmikin deyman! Yo,q til kelib gapirmadi. Men bosh bola bo’lib o’g’il bo’lmaganim uchun umr bo’yi ich yetimni yeb o’tdim. Agar jahli chiqqanida yoki shirakayf holatda ota-onangga, ukalaringga yaxshilik qilganman deb, bir marta aytganda ham vayron bo’lardim, tamom bo’lardim. Hech yo’q yaxshi ma’noda ham, masalan:”Siz uchun sizni hurmat qilish uchun shunday qildim”, deyishi mumkin edi-ku! Yo’q, unday ham demadi.
Shu fe’llari bilan meni mot qilgandir balki!
Juftimning zeru zabarsiz muomalasidan andak ranjib qolgan paytlarim o’zimni o’zim uyaltirishga tushaman: Sendan ko’ra to’rt tarafi to’kis qizga uylanganda, uning joni bu qadar qiynalmasdi! Hali undan qarzing, juda ko’p deyman, o’zimga o’zim…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6145
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12806
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6772
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6814
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 89765
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu