"Yashash tilsimi"  ( 58136 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Munira xonim  14 Mart 2009, 08:24:07

Umr yo’ldoshim sovg’a keltirmasdi, dedim. Xuddi shunday, mavridi kelsa, hech yo’q so’z bilan ham tabriklab qo’ymasdi. To’g’rirog’I tabriklay olmasdi. Ammo hech qachon ichimda ham, tashimda ham ortiqcha o’ksingan, hafa bo’lgan emasman. U kishi maosh olsa, ma’lum bir joyga qo’yib qo’yar va tortinibgina:"Ana u yerda pul bor", deb menga ogohlik berardi. Hozir o’ylasam, biz hech qachon bir-birimizdan qancha oylik oldingiz yoki olasiz, deb so’ramagan ekanmiz. U kishi bayramlar arafasida, ayniqsa bezovta bo’lib qolar va yo’g’on ovoz bilan qo’polgina qilib:"Pul borligi esinglardami?" deb qo’yardi"¦Ayol hech qachon sovg’a so’ramaydiu, so’raganidan keyin keltirilgan sovg’a esa yayraydigan joyiga singmaydi.Ammo u bir umr arzondir, qimmatdir juftining sovg’asini yosh boladay yashnab qbaul qiladi yo uning ilinjida yashaydi. O’shanaqa istakalr menda bo’lmadimi deysiz? Mening o’rnimda boshqa yol bo’lsa, ko’ngli og’rinib o’tardi ehtimol. Mening esa bunday qilishga haqqim yo’q. Eru xotinlikda hamisha  xolis tahlil joiz — u sho’rlik yetimxonada o’sgan bo’lsa. Haqiqat shuki, mehr ko’rgan, mehribonlikni mazasini totgan odam mehr ko’rsata oladi, mehribonchilik qila oladi. Mana, to’rt farzand katta qilyapmiz, lekin biron marta dadasining bolalarni o’pganini,"undoq bolam, bundoq bolam" deb ovoz chiqarib erkalatganini ko’rmabman. U bu ishni qnadoq ilsinki, o’zi ota arddog’ini ko’rmagan, ona erkalatishlariga to’ymay o’tgan bo’lsa!
UNing tabrik, sovg’a borasidagi holatini ham tushunaman: sovg’a olsamu ayolim kutganidan arzonrog’ini yoki nomunosibini olib qo’ysam-chi, deb olmasa kerak. Shuning o’zi menga atalgan buyuk mehr emasmi? Hech yo’q pulini qo’limga tutmaganiga sabab, kutganidan ko’ra kam berib qo’ysam, ranjib qolarmikin, deb andiusha qilsa kerak. Bu har qanday sovg’adan a’lo emasmi?
Mana bu ko’ylagingiz yarashibdi, mana bu sovg’a sizga yo siz uchun mana bunday fidoliklarga tayyorman, deyishini bir emas, ming marta xohlayotganini, lekin uni izhor etolmayaotganini sezib turaman. Bu menga ochilmagan xazina bilan teng emasmi?!
Shuni  angladim — men juftimni umr bo’yi tinglab emas, uqib keldim va uqish bilan birga uning shugina turishiga o’zimni ko’ndira olsih ham qo’limdan keldi"¦


Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2009, 20:41:23

Yolg’on bo’lmasin, kam bo’lsa-da sovg’a olganman. Boshqa shahardagi qarindoshlarni yo’qlab boryapmiz. Yo’lda bozor qilmoqqa to’xtadik. Men bolalarim bilan mashinada o’tiribman. Bir payt dadasi qog’ozga o’rog’lik narsa olib kelib uzatdi. Qarasam, qizil gulli silon xalat. Boradigan joyimiz uchun sovg’a deb o’ylab:"Ajab qilibsiz, quvonadigan bo’lishdi", dedim. U:"Yo’q, bu narsa sizga", degan ishorani berdi. "œRost-a?" —deyman,-megami?" deyman uni ustma ust silay silay. Hadeb 3-4 yosh tirmizak bolalarimga ko’rsataman:"Qaranglar, dadangiz menga nima olib berganini!" Uning o’zini quvonganini ko’rsangiz. Harakatlari yengil, hazil huzullari ko’paygan,shodon edi.
Mehmonga boriboq xalatni kiyib oldim. Nazarimda hech bir kiyim menga bunchalik yarashmagan. Oynaga payt poylab qarab qo’yaveraman. Bu xalatni yuvsam ham yayrayman, dazmollasam ham! Dadamizning sovg’asini qarang, deb necha kishiga ko’z-ko’z qilganimni aytmaysizmi? O’shanga 25yil bo’libdi. Xalat urinib qolgach, ikkita yostiqcha qilib qo’ydim. U ham charchagach, bitta yostiqqa tushirdim. U ham eskirgach, choynakka qalpoq qilib qo’ydim. Har kuni xontaxtam ustida turadi. Jim tursam ham mayli-ya:"Dadangning sovg’asidan tikilgan qalpoq qani, dadang olib kelgan narsa-ya, ehtiyot qil", deya jaranglatib eslatganim eslatgan. Va har bor eslatganimda dadasining yayrashi, minnatdor kayfiyatini ko’rsangiz!
Qanday yaxshi, birovga nenidir ilinish! Qanday yaxshi, senga ilinganlari uchun yayraganingni ularga sezdirib,ularni ham yayratib yashash!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2009, 20:41:44

Men shu kungacha bilolmayman, juftimga kongil qo’ydimmi yo qo’yolmadimmi? Yo u mnega sodiq do’st tarzidami? Ishongan, suyangan tog’immi? Unga singilday suyanib yashayapmanmi? Yo meni otaday panohiga olganmi? Kim u men uchun? Ba’zida ko’rgani ko’zim yo’q, u yo’q joyga esa, men ham sig’may qolaman.  U mening soyammi yo men uning soyasimanmi? Bilmadim"¦
Ammo bir narsani aniq bilamanki, agar umr yo’ldoshimni ombir bilan hayotimdan sug’urib olsalar, mening faqat po’chog’im qoladi!!!


Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2009, 20:42:18

Oila, ro’zg’or muqaddas o’quvxonadir. Gohida er — ustoz, ayol — shoigrd. Va gohida esa buni aksi"¦
Tashqaridan qaraganda u kishim odamlar e’tiborini tortavermaydi. Yangi kiyim kiydirolmaysiz, ko’chaga yasantirib chiqarolmaysiz. Ammo xokisorlikni yashash tarsi deb hisoblaydigan bunday odamlar hadeganda topilavermaydi,deb o’ylayman. O’z nafsini qul qilib olish oson bo’libdimi? Bu odam shunday — irodali.
U — me’mor, o’z kasbining ustasi.MAs’ul ishlarda ishaldi va har doim uning xizmat mashinasi bo’lguchi edi. Lekin u mashinani hech kutib turmas, piyoda jo’navorar, haydovchi uni yo’ldan-cho’ldan terib ketardi. Olti yeti bekat oralig’idagi yumushlarga hamisha piyoda ketardi. Salomatlik cuhun shunday qiladiganlar ham bor, lekin bu kishi u haqida ham o’ylamas, nazarimda, mashinada yurish martabasini o’zi ep ko’rmasdi. Balki shu jihatlari menda ixlos uyg’otgandir"¦
U uzoq yillar Andijon shahrida bosh me’morlik qildi. Shaharning ostiyu ustini yod bilarkan. (O’zidan eshitib bo’psiz bunday gaplarni, birovlarning ta’rifi bo’yicha aytyapman) Bu mansabdan, ya’ni bosh me’mrolik yumushidan charchadi va ozod bo’lib oldi. Sobiq haydovchining hikoya qilishicha, nima bo’libdi-yu, shaharning eng sosiy yo’li tagidagi quvurlar ishdan chiqibdi. O’sha joyni topish kerak. Bir necha nhuqtani kavlab ochadilar, mo’ljal noto’g’ri chiqadi. Kimdir:"Buni faqat falonchi topadi", deb dadamizni aytadi. Iltimos qilib, olib boradilar. U indamaygina qadam bilan o’lchab borib, ko’chaning bir joyini chiqizib:"Shu yerdan kavlang", deydi. Buzilgan quvur naq o’sha yerda ekan. Odamlar xursand, mansabdor shaxslar rahmat aytib qo’yaylik, deyishsa, dadamiz allaqachon jo’nab qolgan ekan. Men uning o’rnida bo’lsam, hech yo’q:"Qalay, xursand bo’ldinglarmi,aylanaylar", deb qo’yardim-da!
Balki shu fe’llari bilan menga yoqib qolgandir"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2009, 20:43:23

Ota-onamning boshpanali bo’lishiga ham shu odam sababchi bo’ldi. Menda aka yo’q, o’sha paytda ukalarim sakkiz, o’n yoshda edi. Xizmatdan qaytgach, eski kiyimlarini kiyadi-da,guvala, g’isht quyadi, o’zi devor ko’taradi, o’zi suvaydi. Otam yetmish yoshdalar, yordamchi yo’q. Kunda shu hol, bir necha yillab shu hol. Ishxonada amaldor, ota-onamning uyida esa mardikor. Uni hech kim bu ishga qistamaydi, odati shu — bir ishga urinsa, oxiriga yetmay qo’ymaydi. Bu ancha muncha yaxhsi odamning qo’lidan kelishi mumkindir, lekin boshqa jihatiga e’tiboringizni tortaman. O’sha ishlarga o’ttiz yil bo’ldi. O’ttiz yildirki, men umr yo’ldoshimning og’zini poylayman. O’sha xizmatlarini pisanda qilib qolarmikin deyman! Yo,q til kelib gapirmadi. Men bosh bola bo’lib o’g’il bo’lmaganim uchun umr bo’yi ich yetimni yeb o’tdim. Agar jahli chiqqanida yoki shirakayf holatda ota-onangga, ukalaringga yaxshilik qilganman deb, bir marta aytganda ham vayron bo’lardim, tamom bo’lardim. Hech yo’q yaxshi ma’noda ham, masalan:"Siz uchun sizni hurmat qilish uchun shunday qildim", deyishi mumkin edi-ku! Yo’q, unday ham demadi.
Shu fe’llari bilan meni mot qilgandir balki!
Juftimning zeru zabarsiz muomalasidan andak ranjib qolgan paytlarim o’zimni o’zim uyaltirishga tushaman: Sendan ko’ra to’rt tarafi to’kis qizga uylanganda, uning joni bu qadar qiynalmasdi! Hali undan qarzing, juda ko’p deyman, o’zimga o’zim"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2009, 20:43:43

Onam uzilishi oldidan besh daqiqacha tildan qoldi. Shu orada menga ko’zi bilan nenidir betoqat ishora qilardi. Oxiri tushunganday bo’ldim:"Kuyovingizni chaqiraymi?"dedim. Onamning yuzi yorishdi. U ham darhol onam yoniga cho’kdi. Onajonim qo’llarini yuziga olib bormoqchi bo’ladi, qo’lidan hol ketgan, ko’tarilmaydi. Bildimki, umr yo’ldoshimga duo bermoqchi. Labi qimirlay olmas, ko’zining ikki chetidan tinmay yosh oqardi. Ammo nigohi unga termulganicha nimalardir derdi. Ko’zi iltijo mo’ltirardi. Bu — rizolik so’rash, bu — qarzdorlik, bu — uzr vidolari edi,ehtimol! Onam menga o’g’illariga unday qilmadi, faqat ko’zlari bilan oxirgi gaplarini kuyoviga aytdi!
Onam charaqlab yurgan paytlarida ham tez-tez:"Hoy, qiz, agar shu yetimning dilini og’ritadigan bo’lsang, u dunyo-yu bu dunyo rozi emasman", deb qo’yar, qaynona — kuyov hamisha bir birini yoqlab munosabatda bo’lishardi.
Onamga yoqqani, unga malham bo’lolgani uchun ham, umr yo’ldoshimning izlariyu ozorlarini ko’zimga surtib yurgandirman"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2009, 20:44:39

Rashkchi erkakning ayolo eng ozurda ayoldir. O’ziga kelmay, ochilmay, yayramay yuradi! Erkak rashk qilmasa-chi? Buni qarangki, bunda ham ayol ozorlanar ekan. O’zini xor sezarkan. Uyimizda rashk yo’q edi, boshidan shunday bo’ldi. Tanish-bilishlar ko’cha ko’yda so’rashishsa ham, sinfdosh kursdosh do’stlarim uyga mehmon bo’lib kelishsa ham, turmush o’rtog’im ochiqlik bilan, yugurib yelib muomala qilar, ortlaridan ham iliq taassurot bildirardi. Hech qachon ular haqida xijil savollar bermas, o’zi ham g’ashlanmas edi. Ayollikning g’alatiligini qarangki: bu menga yoqmay boshladi: rashk muhabbatdan tug’iladi, demak, menga ko’ngli yo’q ekan-da, deyman. Men rashk qilishga arzimabmanki, deyman. O’z ayolini birovdan qizg’onmagan erkak nech pul bo’ladi deyman. Xudo urgan bo’shang odamga uchrabman-da deyman. Yana, yana"¦ichim cheksiz "œdeyish"larga to’lib ketdi. Oxiri:"Nega meni rashk qilmaysiz?" Mavzusida katta janjalga tayorlandim. Bir hafta davomida eng kuchli gaplarni yodlab, qurollandim. Va bir kuni urushni boshaldim. Chunon bexato, chunon zo’r gapirdimki, hatto orada bir ikki nozikroq gap ham o’tib ketdi. "œEh, endi sapchib ketmasaydi" deb cho’chib ham turibman. Yodlangan nutqim tugab, javob kutyapman. U nima qildi deng? Shu daqiqagacha yuzini to’sib, o’qiyotganday bo’lib o’tirgandi. Gazetani yuzidan tushirdida:"Xo’sh, gapingiz tugadimi? Yuring endi bir choy ichamiz", deydi! Endi alam qilishini ko’ring:rashk qilmaganiga emas, endi zo’rg’a yiqqan soz’alrimning bekor ketganiga yig’lardim! Ayol ruhiyatining murakkabligini qarang: noroziligim kuchayaverdi. Bir kuni:"Menga befarq bo’lsangiz, bu uyda o’tirishdan ne hojat?’ deb yana xuruj boshladim.
Shunda u kishi stolni zarb bilan bir chertdi-da:"Bilib qo’ying, hali rashk qiladigan ish yo’q. Mabodo bo’lguday bo’lsa, nima qilishimni o’shanda ko’rasiz!" dedi. Bu gap past ovozda aytilgan bo’lsa ham, shunday jarangladiki, suyaklarimgacha yetib bordi. Bir zum qotib qoldim. So’ng"¦bir sinoat bo’ldi. Butun jismimga yayrash taraldi. O’tim o’chdi, tugunim tarqaldi.  Biram tiniq, biram yoqimli rohat hissini tuydim.
Demak yaxshi ko’rarkan, deyman, demak yuragida rashki bor, deyman. Demak, turmush o’rtog’imhamma narsaga yo’l beraveradigan bo’shang, orsizlardan emas, shukr, ming shukr,d eyman"¦
Ana sizga ayol! Tavba, tavba, jufti siylasa yoqmadi, o’ta hurmat qilsa yoqmadi, kechirsa yoqmadi.Bir zarda qilgan edi, ipakday yumshadi va erkagiga avvalgidan ziyod bog’lanish sezdi..
KIM O’ZI AYOL!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Mart 2009, 20:17:10

Deylik ertaga og’rib qolmaslik uchun bugun ehtiyotimizni qilamiz. Bu bir jon tashvishidir. Bir nech yil keyin beradigan mevasi ilinjida bugu ko’chat ekamiz. Bu nafs tashvishi. Keljakda yaxhsi odam bo’lishi uchun, bolamizga mushtdekligidan boshlab tarbiya bera boshlaymiz. Bu kelinniki yoki kuyovniki bo’lib ketadigan bola uchun qilingan tadbirkorlik. Uning oldida ro’zg’or degan, eru ayollik degan narsa katta uyushma va ellik-oltmish yilga mo’ljallangan buyuk bitimku!Hamma tayorgarlik, ziyraklik va tadbirkorlik shunga bag’ishlanishi va oila ruhiyati degan nozik muhit sindirilmay saqlanishi lozim!
Janobimiz RAsululloh SAV biro y oilalariga bormay idda saqlab, masjidda yotib yudilar. Bir kuni ayollaridan biri tamaddi ko’tarib kelibdi. Ul janob ayollarini darvozagacha kuzatib qo’ymoqchi bo’libdilar. Xuddi shu asnoda yonlaridan ikki odam o’tib qolibdi. Shunda RAsululloh sav ularni to’xtatib:"Birodarlar ko’nglingizga kelmasin, bu ayol rafiqam Ummu Salama bo’ladi", degan ekanlar.
Xo’sh, ul zot nega unday qildilar? Eru ayolning bir-biriga ishonib turishi kifoya emasmidi? Ul Hazrat el ichida o'zi haqida gumonlar tarqalishini oldini olyaptilar. Birgina gumon ham oilani zilzilaga soladi.
Dunyoning jami tirik mavjudoti tashqi ta'sir ostida yoki yaxshilanadi, yoki yomonlashadi. Oilaga putur yetkazadigan narsa - GAPdir. Va u tashqaridan keladi. Yaxshi - yomon gaplardan nafaqat bugunimizni balki, bundan keyingi yillarimizni ham asrash harakatida bo'lishimiz lozim. Buni doktorlar kasalni oldini olish deyishadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Mart 2009, 20:30:20

Erkak ayoliga astoydil ishonchli bo'lsa, ayol shunchalik tarang tortib, oz'ini qarzdor sezaverar ekan. Bu ishonchni nima bilan taqdirlasam ekan, degan bezovtalik bilan yasharkan. Navbatdagi she'riy to'plamim chiqadigan bo'ldi-yu Toshkentga qo'lyozmamni umr yo'ldoshim olib boradigan bo'ldi. Qog'oz o'ramimni qo'limdan olarkan,"Nega buni cho'g'i kam?" dedi. Men muhabbat haiqdagi she'rlarimni ajratib qoldirgandim. Juftimning hurmati uchun shudnay ilqgnadim. Nimaiki yozsam birinchi shu kishiga o'qiyman, sh'erni nozik tushunadi.Ammo muhabbat mavzusida ham yozyapsizmi, yoki yozganingiz qani deb soramagan. Yoshim katta bo'lib qoldi, muhabbat haqidagilarni qo'shamdim, dedim zo'rg'a."Bekor aytibsiz, qani darrov qo'shib qo'yingchi, shuncha mehnat bekor qolib ketadimi?" dedi va ularni ham olib ketdi. Ma'lumki, she'r oshkoru maxfiy dard, armonu istak degani. Hamma maloli shu kishiga bo'ladigan gaplar bo'lishi mumkin. Kitoblarim chiqadi, u kishining bir oz sinib, o'ychan bo'lib qolganidan bilamanki, uni hij o'qib chiqqan."qanday bo'libdi, dadasi?" deyman. Kitobning hamma jihatiga ko'nglimni ko'taradigan izohlar topadi, ammo muhabbat mavzuyidagi she'rlar xususida lom mim demaydi, go'yo ularni o'qimaganday.
Ana o'shana meni ich ichimdan izza bo'lishimni ko'rsangiz. Ayolning fe'li jumboq:ayni shu ko'ngil xususida erkagi tergavversa, uni yomon ko'rib nari bo'laverarkan. Agar beparvo bo'lsa, juftiga talpinib yasharkan....

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Mart 2009, 20:40:34

"Urush va tinchlik" romanining bir joyi bor:"biz birovlarni bizga qilgan yaxshiliklariga qarab emas, o'zimizning ularga ketgan yaxshiliklarimizga qarab yaxhsi ko'ramiz", deyilgan.
Ro'zg'ordagi eru xotin shuning uchun ham bir biri bilan kirishib, payvandlashib, borib-borib biri ketsa,ikkinchisi ham ergashib ketadigan bo'lib qolarkan. Bu ham bo'lsa Allohning mo'jizasi.
Bilasizmi, ayol zotining yo'qdan bor qilish, o'z qo'li bilan o'zini tiklash, o'ziga o'zi tabiblik qilish imkoni qonida borligiga o'zimning misolimda ko'p guvoh bo'lganman.
Iztirob bo'lardi hayotimda, muammolar, chorasizliklar bo'lardi. Ammo uni hech kimga aytmasdim. Aytsam kattarib, ko'payib ketayotganga o'xshardi. Yuragimdagini tilim eshitib ikkitaga, qulog'im eshitib uchtaga, ro'paramdagi kishi eshitib bir nechtaga ko'paytirishni ne nafi bor? Gahmlaganmisiz, birov sizga achingani sayin dardingiz og'irlashadi, ko'paygani shuda! Men esa aksincha teskari bir ish qilardim. Juftimning bir yaxshi ishini o'n kishiga ta'riflab berardim. Ta'riflash jarayonida, dilim, tilim, quloqlarim yayrardi. Eshitayotgan kishi:"Qarang, qanday yaxshi,inson ekan-a" desa,"ana ko'rdingmi, uning yaxshiligini hatto boshqalar blyapti. sen esa nuqul aybini topasan" deb o'zimni g'azablashga tushardim....
Ayol zoti shu tarzda o'zini o'zi eritib, ro'zg'or degan mushkul taqdirga o'zini o'zi ko'niktirib, isitib borarkan...

Qayd etilgan