Muallif Mavzu: "Yashash tilsimi"  ( 32931 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #45 : 16 Mart 2009, 20:43:43 »
Onam uzilishi oldidan besh daqiqacha tildan qoldi. Shu orada menga ko’zi bilan nenidir betoqat ishora qilardi. Oxiri tushunganday bo’ldim:”Kuyovingizni chaqiraymi?”dedim. Onamning yuzi yorishdi. U ham darhol onam yoniga cho’kdi. Onajonim qo’llarini yuziga olib bormoqchi bo’ladi, qo’lidan hol ketgan, ko’tarilmaydi. Bildimki, umr yo’ldoshimga duo bermoqchi. Labi qimirlay olmas, ko’zining ikki chetidan tinmay yosh oqardi. Ammo nigohi unga termulganicha nimalardir derdi. Ko’zi iltijo mo’ltirardi. Bu – rizolik so’rash, bu – qarzdorlik, bu – uzr vidolari edi,ehtimol! Onam menga o’g’illariga unday qilmadi, faqat ko’zlari bilan oxirgi gaplarini kuyoviga aytdi!
Onam charaqlab yurgan paytlarida ham tez-tez:”Hoy, qiz, agar shu yetimning dilini og’ritadigan bo’lsang, u dunyo-yu bu dunyo rozi emasman”, deb qo’yar, qaynona – kuyov hamisha bir birini yoqlab munosabatda bo’lishardi.
Onamga yoqqani, unga malham bo’lolgani uchun ham, umr yo’ldoshimning izlariyu ozorlarini ko’zimga surtib yurgandirman…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #46 : 16 Mart 2009, 20:44:39 »
Rashkchi erkakning ayolo eng ozurda ayoldir. O’ziga kelmay, ochilmay, yayramay yuradi! Erkak rashk qilmasa-chi? Buni qarangki, bunda ham ayol ozorlanar ekan. O’zini xor sezarkan. Uyimizda rashk yo’q edi, boshidan shunday bo’ldi. Tanish-bilishlar ko’cha ko’yda so’rashishsa ham, sinfdosh kursdosh do’stlarim uyga mehmon bo’lib kelishsa ham, turmush o’rtog’im ochiqlik bilan, yugurib yelib muomala qilar, ortlaridan ham iliq taassurot bildirardi. Hech qachon ular haqida xijil savollar bermas, o’zi ham g’ashlanmas edi. Ayollikning g’alatiligini qarangki: bu menga yoqmay boshladi: rashk muhabbatdan tug’iladi, demak, menga ko’ngli yo’q ekan-da, deyman. Men rashk qilishga arzimabmanki, deyman. O’z ayolini birovdan qizg’onmagan erkak nech pul bo’ladi deyman. Xudo urgan bo’shang odamga uchrabman-da deyman. Yana, yana…ichim cheksiz “deyish”larga to’lib ketdi. Oxiri:”Nega meni rashk qilmaysiz?” Mavzusida katta janjalga tayorlandim. Bir hafta davomida eng kuchli gaplarni yodlab, qurollandim. Va bir kuni urushni boshaldim. Chunon bexato, chunon zo’r gapirdimki, hatto orada bir ikki nozikroq gap ham o’tib ketdi. “Eh, endi sapchib ketmasaydi” deb cho’chib ham turibman. Yodlangan nutqim tugab, javob kutyapman. U nima qildi deng? Shu daqiqagacha yuzini to’sib, o’qiyotganday bo’lib o’tirgandi. Gazetani yuzidan tushirdida:”Xo’sh, gapingiz tugadimi? Yuring endi bir choy ichamiz”, deydi! Endi alam qilishini ko’ring:rashk qilmaganiga emas, endi zo’rg’a yiqqan soz’alrimning bekor ketganiga yig’lardim! Ayol ruhiyatining murakkabligini qarang: noroziligim kuchayaverdi. Bir kuni:”Menga befarq bo’lsangiz, bu uyda o’tirishdan ne hojat?’ deb yana xuruj boshladim.
Shunda u kishi stolni zarb bilan bir chertdi-da:”Bilib qo’ying, hali rashk qiladigan ish yo’q. Mabodo bo’lguday bo’lsa, nima qilishimni o’shanda ko’rasiz!” dedi. Bu gap past ovozda aytilgan bo’lsa ham, shunday jarangladiki, suyaklarimgacha yetib bordi. Bir zum qotib qoldim. So’ng…bir sinoat bo’ldi. Butun jismimga yayrash taraldi. O’tim o’chdi, tugunim tarqaldi.  Biram tiniq, biram yoqimli rohat hissini tuydim.
Demak yaxshi ko’rarkan, deyman, demak yuragida rashki bor, deyman. Demak, turmush o’rtog’imhamma narsaga yo’l beraveradigan bo’shang, orsizlardan emas, shukr, ming shukr,d eyman…
Ana sizga ayol! Tavba, tavba, jufti siylasa yoqmadi, o’ta hurmat qilsa yoqmadi, kechirsa yoqmadi.Bir zarda qilgan edi, ipakday yumshadi va erkagiga avvalgidan ziyod bog’lanish sezdi..
KIM O’ZI AYOL!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #47 : 28 Mart 2009, 20:17:10 »
Deylik ertaga og’rib qolmaslik uchun bugun ehtiyotimizni qilamiz. Bu bir jon tashvishidir. Bir nech yil keyin beradigan mevasi ilinjida bugu ko’chat ekamiz. Bu nafs tashvishi. Keljakda yaxhsi odam bo’lishi uchun, bolamizga mushtdekligidan boshlab tarbiya bera boshlaymiz. Bu kelinniki yoki kuyovniki bo’lib ketadigan bola uchun qilingan tadbirkorlik. Uning oldida ro’zg’or degan, eru ayollik degan narsa katta uyushma va ellik-oltmish yilga mo’ljallangan buyuk bitimku!Hamma tayorgarlik, ziyraklik va tadbirkorlik shunga bag’ishlanishi va oila ruhiyati degan nozik muhit sindirilmay saqlanishi lozim!
Janobimiz RAsululloh SAV biro y oilalariga bormay idda saqlab, masjidda yotib yudilar. Bir kuni ayollaridan biri tamaddi ko’tarib kelibdi. Ul janob ayollarini darvozagacha kuzatib qo’ymoqchi bo’libdilar. Xuddi shu asnoda yonlaridan ikki odam o’tib qolibdi. Shunda RAsululloh sav ularni to’xtatib:”Birodarlar ko’nglingizga kelmasin, bu ayol rafiqam Ummu Salama bo’ladi”, degan ekanlar.
Xo’sh, ul zot nega unday qildilar? Eru ayolning bir-biriga ishonib turishi kifoya emasmidi? Ul Hazrat el ichida o'zi haqida gumonlar tarqalishini oldini olyaptilar. Birgina gumon ham oilani zilzilaga soladi.
Dunyoning jami tirik mavjudoti tashqi ta'sir ostida yoki yaxshilanadi, yoki yomonlashadi. Oilaga putur yetkazadigan narsa - GAPdir. Va u tashqaridan keladi. Yaxshi - yomon gaplardan nafaqat bugunimizni balki, bundan keyingi yillarimizni ham asrash harakatida bo'lishimiz lozim. Buni doktorlar kasalni oldini olish deyishadi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #48 : 28 Mart 2009, 20:30:20 »
Erkak ayoliga astoydil ishonchli bo'lsa, ayol shunchalik tarang tortib, oz'ini qarzdor sezaverar ekan. Bu ishonchni nima bilan taqdirlasam ekan, degan bezovtalik bilan yasharkan. Navbatdagi she'riy to'plamim chiqadigan bo'ldi-yu Toshkentga qo'lyozmamni umr yo'ldoshim olib boradigan bo'ldi. Qog'oz o'ramimni qo'limdan olarkan,"Nega buni cho'g'i kam?" dedi. Men muhabbat haiqdagi she'rlarimni ajratib qoldirgandim. Juftimning hurmati uchun shudnay ilqgnadim. Nimaiki yozsam birinchi shu kishiga o'qiyman, sh'erni nozik tushunadi.Ammo muhabbat mavzusida ham yozyapsizmi, yoki yozganingiz qani deb soramagan. Yoshim katta bo'lib qoldi, muhabbat haqidagilarni qo'shamdim, dedim zo'rg'a."Bekor aytibsiz, qani darrov qo'shib qo'yingchi, shuncha mehnat bekor qolib ketadimi?" dedi va ularni ham olib ketdi. Ma'lumki, she'r oshkoru maxfiy dard, armonu istak degani. Hamma maloli shu kishiga bo'ladigan gaplar bo'lishi mumkin. Kitoblarim chiqadi, u kishining bir oz sinib, o'ychan bo'lib qolganidan bilamanki, uni hij o'qib chiqqan."qanday bo'libdi, dadasi?" deyman. Kitobning hamma jihatiga ko'nglimni ko'taradigan izohlar topadi, ammo muhabbat mavzuyidagi she'rlar xususida lom mim demaydi, go'yo ularni o'qimaganday.
Ana o'shana meni ich ichimdan izza bo'lishimni ko'rsangiz. Ayolning fe'li jumboq:ayni shu ko'ngil xususida erkagi tergavversa, uni yomon ko'rib nari bo'laverarkan. Agar beparvo bo'lsa, juftiga talpinib yasharkan....
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #49 : 28 Mart 2009, 20:40:34 »
"Urush va tinchlik" romanining bir joyi bor:"biz birovlarni bizga qilgan yaxshiliklariga qarab emas, o'zimizning ularga ketgan yaxshiliklarimizga qarab yaxhsi ko'ramiz", deyilgan.
Ro'zg'ordagi eru xotin shuning uchun ham bir biri bilan kirishib, payvandlashib, borib-borib biri ketsa,ikkinchisi ham ergashib ketadigan bo'lib qolarkan. Bu ham bo'lsa Allohning mo'jizasi.
Bilasizmi, ayol zotining yo'qdan bor qilish, o'z qo'li bilan o'zini tiklash, o'ziga o'zi tabiblik qilish imkoni qonida borligiga o'zimning misolimda ko'p guvoh bo'lganman.
Iztirob bo'lardi hayotimda, muammolar, chorasizliklar bo'lardi. Ammo uni hech kimga aytmasdim. Aytsam kattarib, ko'payib ketayotganga o'xshardi. Yuragimdagini tilim eshitib ikkitaga, qulog'im eshitib uchtaga, ro'paramdagi kishi eshitib bir nechtaga ko'paytirishni ne nafi bor? Gahmlaganmisiz, birov sizga achingani sayin dardingiz og'irlashadi, ko'paygani shuda! Men esa aksincha teskari bir ish qilardim. Juftimning bir yaxshi ishini o'n kishiga ta'riflab berardim. Ta'riflash jarayonida, dilim, tilim, quloqlarim yayrardi. Eshitayotgan kishi:"Qarang, qanday yaxshi,inson ekan-a" desa,"ana ko'rdingmi, uning yaxshiligini hatto boshqalar blyapti. sen esa nuqul aybini topasan" deb o'zimni g'azablashga tushardim....
Ayol zoti shu tarzda o'zini o'zi eritib, ro'zg'or degan mushkul taqdirga o'zini o'zi ko'niktirib, isitib borarkan...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #50 : 28 Mart 2009, 20:52:46 »
Men o'ylarkanman - ro'zg'orim men bilan tirik, har nuqtasida barmoqlarim izi bor: unday emas ekan. Turmush o'rtog'im og'rib qoldi. Jarroxlik amaliyotini qiladigan bo;lishdi. Har xil taxminlar aytildi. endi qaytma-saya, degan vahm bosdi meni! Uyimga, hovlimga nazar solaman. Bir sovuq, hamma yoq bo'm bosh. Y yasagan eshiklar so'ppayib turadi, u yasagan derazalarning ko'zi baqraygan. Qozon quchoqlab yig'layotgan qopqoqni ham o'zi yasab bergan. Ko'zimga u bolg'a, randa, ketmon ko'targancha hali shiftda, hali tomda, hali qoziqda, hali gulzorda ko'rinaverardi...

Bu charx avval osmonni, tog'ni, ummonni,
Xullas, bari cho'gnlikni-yu kengni yaratdi.
So'ng shu osmon, tog', umondan bir ajib jonni -
Sizni - barcha cho'nliklarga tengni yaratdi.

Qolgan hamma mavjudtning nomi maydadir,
Szining qadar yaratmadi - neni yaratdi.
Sizday zotning ta'rifini ijod ayla,deb
Eng so'nggida zarralardan meni yaratdi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #51 : 28 Mart 2009, 21:14:46 »
KELINLIK MAS'ULIYATI.

Juftingiz bilan nonushta qilyapsiz. Shu payt qaynonangizni ovozi keldi:"YAxshi bor bolam. Albatta tushlik qilgin, och yurmagin, bo'ptimi?" "Oyim ukangizni kuzatyaptila, omon bo'lsinlar, juda mehribonlardsa,- deysiz choy uzatayotib va kulib turib yumshoqqina qilib qo'shib qo'yasiz,-lekin sizga unaqamaslar, sizdan unchalik havotir olmaydilar".
Erkagingizga bu gap malol keladi. "Onam menga jonini ham berishi mumkinligini sen qaydn bilasan", deydi ichida. Bu gap o'tdi ketdi deylik.
Bir kuni o'g'li charchab turgan vaqtida onasi bitmay qogan ishni eslatadi. Har safar xijolat chekib:"Esimdan chiqib, oyijon" deydigan o'g'ilning ko'ngliga bu gal:"Nega endi bu ishni faqat men qilishim kerak?" degan zardali o'y keladi.  Bu ham o'tdi...
Kunlardan bir kuni onasi yana bir oz ginali gap qilib qoladi. Onaning ko'ziga biror marta ko'z qadan gapirmagan o'g'il birdaniga:"Nima, men o'gaymanmi yo boshqa o'g'illaringiz osmondan tushib men yerdan chiqqanmanmi!" deb baqirib yuborganini o'zi ham bilmay qoldi! O'zining o'shqirig'idan o'zi ham karaxt qotdi. Xonadonni go'zal qilib turgan nafis qobiq jaranglab sindi. Nozik tor uzildi, onaning boshidan qaynoq suv quyildi. Yoq, yo'q, boshiga emas, yuragiga quyildi - "jaz-z-z' etdi bir narsa ko'ksida!...
Xo'sh, kelin oyim, endi nima bo'ldi? Shu holat maq'ulmi sizga? O'zingizning ham rangingizda rang qolmabdi. Hovliga ilon kirganday sovuq vaziyat siz tufayli sodir bo'ldi, Eshilibgina choy uzata turib, tilingizdan ketgan xiyonatning hosilasi bu! Et bilan turnoqning orasiga nish urish bu!
Tog'ni talqon qilguvchi erkakning bir ojizligi bor, dunyoni xushyor qoo'riqlashga qodir erkakning bir g'ofilligi bor-ki: u o'z ayolidan ehtiyot bo'lmaydi! Ayolning bir ishorasi bilan insoniylikdan chiqadi, ayolning bir gugurt chaqishi bilan dunyosiga o't qo'yib, qarab o'tiradi.
Ta'kid: Siz bu notavon erkak qoshida yomonlik keltiradigan ishoralardan tiyiling. Ko'rdingizmi, tilingizning qilday gunohidan filday ko'ngilsizlik bino bo'ldi. Hali buning qaytimi bo'lmaydi deysizmi? FAqat uning bolangizga qaytgani yomon, kelin oyim!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #52 : 28 Mart 2009, 21:25:29 »
Kelin oyim, siz chiroyli gapirasiz, juftingizga yoqadigan qilib gapirasiz. Erkak zoti maqtovga besuyak bo'ladi, bu sizga qo'l keladi:"Onam sizni undoq suyadilar, opam bunday deb maqtaydilar. Akam sizga mana bu ko'ylakni berib yuboribdi, hurmatingizni balandligi-da bu!" deganingiz sayin eringiz sariyog'day erib ketadi. Qarabsizki, hayit arafalarda avval sizning onangizni yo'qlab, keyingina o'z onasinikiga keladi. Szining opa ukalaringizni to'rt besh yo'qlaganidan keyin, o'z egachi singlisinikiga bir kirib qo'yadi. Sizga bu hol xijolatlik tuyulmaydi, hatto yoqadi. Tuppa tuzuk yigit qo'lingizda manqurtga aylanadi. "Men kamolga yetgunimcha onamning ikki ko'zi qonu yiringga to'lgan, avval o'sha mushtiparimni ko'ray" demaydi erkagingiz. "Xotinimning  urug'i meni uch to'rt marta siylagan bo'lsa, jigarlarim meni ulg'aytirdi, yemay yedirdi, kiymay kiydirdi, shu tovusday tovlanib turgan xotinni ham shular olib berdi - izlarini o'pib, avval shularning konglini olay", demaydi erkagingiz. Chunki u sizning yetovingizda.
Erkagingiz faqat shu tomonga yukinib, ota-ona va jigarlaridan nari bo'la boshladimi, ogoh bo'lingki, u erta indin sizdan kechib, sizga orqa o'girib, xotinini etagida namoz o'iydigan, sizni zor qaqshatadigan o'g'il bo'lib taqdiringizga qaytadi, kelin oyim!!!
« So'nggi tahrir: 28 Mart 2009, 21:29:37 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #53 : 29 Mart 2009, 16:28:00 »
Siz eringizga og’a inisini hech qachon yomon demagansiz. Ular kelsa ketsa joningizni sadaqa qilib kutasiz. Hatto birovlarga ulardan minnatdor gapirasiz. Erkagingiz o’ktam yigit, qo’lidan kelsa, hammaga yaxshilik qilsa. Jigarlaridan hech narsani ayamaydi. Ammo bu ketayotgan sarf harajatlar ba’zan yuragingizning tagida g’ashlik paydo qiladi. Eringiz esa tinmay ayxshilik bilan band. U hech qachon buni rahmat eshitish yoki atrofga ko’rsatish uchun qilmaydi – uning fe’li shunaqa.
Kelin oyim oraga yana siz oraladingiz:
-Ukangizga olib bergan kastyum juda yarashibdi-ya, akasi borlarning baxti bor-da! ,- dedingiz
-Singlingizga yasattirib bergan javoningiz uyini yashnatib yubordi. Qizi tushmagurning o’gir bosiqligini qarang, o’rnida bo’lsa, bo’yiningizga osilib rahmat aytardim,- deb qo’ydingiz!
-Mana ikki oydan beri akangizning ishini qilyapsiz,rahmat sizga. Kimning uaksi tirikchiligidan ortib akasi uchun o’lib yotibdi. Sizlarga juda-juda havasim keladi,- deysiz niqtab tezda-tezda…
Bundoq qarasa gaplaringiz shirin. Hech kimni qarg’amayapsiz, mena bu ishni xato demayapsiz, yaxshilikni to’xtating ham deganingiz yo’q. FAqat yuragiga sezdirmay tariqdekkina gumon va minnat urug’ini qadab qo’ydingiz. Erkak mo’rt-da! “Darvoqe, o’lib tirilib ularga ilinaman. Demak atrofda mendaqasi kam. Nega jigarlarim xursandchiligini menga bildirmaydi? Xo’sh, ualr menga nima qilib berdi-yu, men ularga nima qildim?”, degan o’rgimchak tushadi o’ylariga. Va miyasida aylanaveradi. Aqli uning to’riga o’ralashadi, qarabsizki, bir kuni akasi kelsa…muzday so’rashadi va unga norizo tarzda tikilib qo’yadi:”Ishingizni qulday bajarib qo’ydim, rahmating qani?” deydi u ko’z. “Uruntirib qo’ymadimmi, xoling qanday deyishga ham yaramaysan-a?” deydi u nigoh.
Kelinb oyim nim qochirimlaringiz ish berdi – og’a ini o’rtasidagi jannatiy ko’prikka o’t ketdi. Jigarlarning qiyg’os gullagan, ularni yayratib, yashnatayotgan bahoriga qor ufurdingiz! Minnat fasli boshlandi! Eringiz og’ainisiga qilgan yaxshiligini hisob kitob qila boshladi! Bu orqaga ketish, bu tanazzuldir! Bir-birini rozi qilgan jigarlarni Alloh yorlaqaydi. “Kimki umrim uzun, rizqim uzun bo’lsin desa, qarindosh urug’lariga mehr oqibatli bo’lsin”, deyilgan Hadisi Sharifda.
Vodarig’! Siz minnatni qo’g’otib, duo olib turgan bog’ingizga garmsel chorladingiz, kelin o’yim…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #54 : 29 Mart 2009, 16:28:23 »
Manman degan erkak ham ayolining gapiga laqqa tushadi. “Xotinidan qo’rqqan erkak erkak emas” deydi ko’ksiga urib ayrimlari. Haqiqatan ayol undan zirillaydi. To ko’chaga chiqib ketgunicha atrofida bo’z qo’yib yuguradi. Ko’zlari hadik bilan unga javdirab boqadi. Shuning uchun erkakning ko’ngli to’q – “gah” desam qo’limga qo’nadi, uyda xo’jayin menman deydi! Aslida esa asosiy ishlar ayolining boshqaruvi bilan bajariladi. Ayoli kimni maqtasa, erkak o’shanga iljayib boqadi, kimni yomon desa, o’shani yomon ko’radi. Ikki og’izgina xezlab qo’ysa, qo’shni bilan urushib chiqadi, ozgina gap yedirsa, xotini aytgan odamni borib mukofatlab keladi…
Kelin oyim, shu o’rinda erkakdan g’azabga minmayapman, uni laqmaga ham chiqarmayapman. Balki Alloh ularni bizning foydamizga shunday samimiy, ishonuvchan yaratgandir.”Mana senga zo’r, ammo g’o’r zot. Senga berganim – tafakkur bilan undan YAXSHILIK YASAYSAN!”,degandir, balki. Bunday o’ylab ko’rsangiz, kuchga to’lgan bilagi, ixtiroga qodir aqli, yuragida sherday shiddati bilan erkak QUYMA OLTIN!!! Ammo uni shu turishda na pul qilib bo’ladi van a chakkanga qistargani gul!
Ayol zoti esa ZARGAR! Umr bo’yi erkagidan oilasi uchun kerakli bir narsa yasash uchun urinib o’tadi.
Kelin oyim, ilohim, insofli zargar bo’ling!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #55 : 29 Mart 2009, 16:28:54 »
Kelin oyim, oilangizga uzoq yaqin bo’lgan kishilardan ozorlansangiz, ichingizga yutib yuring. Obdan mulohaza qilangina erkagingizga sezdiring. Yo’qsa, sizning gapingiz bilan bir sovigan kishisiga u qayta isimaydi. Keyin obdon o’t yoqsangiz ham o’rniga kelmaydi. Juftingizga u egachi- singildir, tog’ya – jiyandir yo onadir, yo sizning qavm qarindoshingzidir, har ehtimolga qarshi, ualr haqida erkakka faqat yaxshi axborotlarni aytish lozim. Deylik, siz juftingizga yaqinlari haqida hech yomon gap aytmaysiz. Lekin bu siz uchun hali yutuq emas, bu bilan hali nomingiz yaxshiga chiqmaydi. Boisi, uylangan erkak uchun ayol tayanch nuqta, iqlim yaratadigan manbaa bo’lib qolarkan. Ayol bamilosi dirijo’r, qo’lidagi cho’pi qayoqqa qimirlasa, oiladagi kuy shu yoqqa o’zgaveradi. Balki bu tabiiydir, shunday bo’lishi kerakdir. Demak, erlarimiz g’ofil bo’lsa, biz aybdor! Odamgarchiligi sust ketsa, bizda xato! Juftingiz opasini yoki singlisini yo’qlamay qo’ydi. Siz bormang demadingiz, lekin boring deb ham eslatmadingiz. O’zingiz esladingiz, lekin bormasa bormasharajat kamroq bo’ladi, deb atayin aytmadingiz yoki yodingizdan ko’tarildi. Gohida eslatmasangiz ham bormasligi mumkin. Ba’zan shunday gaplarni ham eshitamiz:”Mend anima gunoh, ming marta opangizganikiga boring, boring, deb eslataman, hatto yig’lab ham undab kordim, bormadi”, deydi. Demak, u jigarning bir gapi yoki u yashaydigan muhit uni itarib turadi, u tomonning tomonning yurak tortadigan iliqligi kam.
Kelin oyim, mana shu o’rinlarda juda xushyor turish kerak: erkakka ochiq xitob, so’ppaygan taklif singmaydi. Eng yaxshisi, siz joyini topib o’sha qaynsingil yoki qaynog’angizning yaxshi ishalridan gap tashalb boring. Ularning erkagingiz haqidagi yaxshi gaplarini qo’shib chatib eslatib turing. Yana shunday gaplarni ham deb turing:
-Eshikdan akangnimi, ukangnimi kirib kelgani quyoshning kelishi bilan teng bo’larkan! Tunov kuni akam kelgandi chunon yayradimki…
-Qaynonam yaxshi ham sizlarni o’g’il qiz qilib tug’ibdilar. Akasini ko’rganda singlisini hamma g’ami unutiladi…
-Xudo xohlasa, hayit kelsa opangizni uyiga saharlab kirib boring, dadasi tirilib kelganday bo’ladi. Bilasizmi, erning uyi jannat bo’lsa ham, ayol kishi ostona poylab jigarini kutadi…
Yoki:
-Bugun tushimga singlingiz kiribdi, sal xomushroq ko’rdimda, tinchlikmikin-a?
…Va hokazo! Shunday gaplar asnosida juftingizning jigariga moyillashib, isib borayotganini ko’rib mazza qilib borasiz. Dunyoda uzilganni ulashdek, yarimlarni yaxlitlashdek farog’at bormi?!
Kelin oyim, esingizda bo’lsinkim, jigarlar hech qachon bir-biridan oz’laricha sovumaydi. Ularni oraga kirgan begonalar ajratadi. Bunday hollarda hamisha hadik va gumon kelinda bo’ladi. O’sha yomon nom sizdan soqit bo’lsin.
Yana o’ylarsiz, shuncha zahmat bir kelinga ko’p emasmi, bolamni boqamanmi, jigarlarni topishtiramanmi, deb.Uzoqni ko’zlasangiz, shudnay qialsiz. Sizning nomingiz topishtiruvchi bo’lsin, ayxshiliklarni uyushtiruvchibo’lsin. Javobiga o’g’illaringizga o’zingizday insofli, iymonli, jon ozig’i kelinlar kelajak, InshaAlloh!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #56 : 29 Mart 2009, 16:29:27 »
O’g’il bolalar onalariga suykaluvchi bo’ladilar.Ona sifatida aytamanki, o’g’illarimga ko’proq bog’liqligimni, har safar ular haqida o’ylasam, yuragimda tog’lar yuksalayotganini sezaman. Ayol borki, men kabidir.
Kelin kelgach bir bulbuling ikkita bo’lganday, ikki oy, ikki quyosh uyingga baravar tushganday bo’ladi. Xonadoning kamalak rangiga belanadi. Sururdan boshing aylanadi. Lekin shu bialn birga, o’g’lingni sendan asta sekin uzilayotganini va kelin tomonga bog’lanayotgani sezila boshlaydi. Yaxshi ona:”O’g’lim o’z juftini topdi-da, hali bular yoshda”, deya o’zini yupatadi. Kaltabin ona esa:”Kecha kelib o’g’limni o’ziga qaratib oldi-ya”, yoki “o’g’lim kelinni mendan a’lo ko’rdi-ya”, deydi. Birinchi ona yuragida mung tursa-da, o’zini bu holatga oson ko’ndiradi. Keyingi battol ona esa, shu ondan e’tiboran kelinchakning xatolarini izlashga tushadi. Nafaqat ona, opalar, singillar ham nihoyatda yashirin holatda, sal bo’lsayam, kelinchakdan jigarlarini qizg’onadilar. Buyuk Shrq odobida kelinlik ilmi katta ilm hisoblangan. Kelin oila muvozanatini saqlaydigan o’q tomiridir. Uning har bitta hatti harakati hisobda turadi va momolarimiz bu borada shunday yo’l tutgan ekanlar:
1.Kelinchak oila a’zolari qoshida kuyoviga hech qachon yuzlanmagan.
2.Kuyov ham uyidagilar eshitadigan joyda kelinni otini atab chaqirmagan, hatto umr bo’yi eru ayol bir birini farzandlarining nomi bilan chaqirganlar.
3.Atrofdagilar qarab turganida kelin kuyov bir birlari bilan pichirlashib gaplashmagan.
4.Kelinning oila a’zolari oldida kuyovga noz istig’no qilishi yoki kuyovning kelinga atoyi lutf qilishi uyat hisoblangan.
Kelin to oilaga kirishib, kuyovning xonadoni uni farzandday suyub qolguniga qadar, yuroqidagi usul muolaja o’rnida bo’lgan yoki aytish mumkinki, o’shanday yo’l bilan kelin kuyovning yaqinlariga botmaygina singib borgan.
Kelin oyim, shu kuyov sizniki – umringzining oxirigacha ming aylanib, ming o’rgilib yashayverasiz. Faqat o’zingizni shunday tutingki, kuyovga ham obdon o’rgatingki, go’yo o’g’ilalri sizdan ko’ra ota-onaisni, aka ukasini, opa singillarini ko’proq yaxshi ko’radi va shuning uchun ularga doim e’tibor beradi. Ana o’shanda siz malol kelmaysiz, oiladagilar xotirjam yashaydilar, o’zingizga ham eklinlik tatiydi.
Nafsilamrini aytganda, opa singillar uchb ketadigan qushalrdir, ota-onaning yo’li esa darvozaga yaqinlashib qolgan. Ualrni ko’rib qolish, suhbatlashib, erkalanib yayrab qolish, duolarini olib qolish  ham o’g’il uchun g’animat! Ota-ona bola boqib emas, kelin ko’rib, qiz chiqarib ko’proq aziyat chekadilar. Ularning kun botarida duosini olib qoling, kelin oyim!!!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #57 : 29 Mart 2009, 16:30:12 »
Qush uyasida kelin oilasida ko’rganini qiladi. Uyadagi ishalrning xato bo’lganini anglab turib ham, uni takrorlab qo’yaverar ekan bandasi…
Kamolga yetgach, keyinchalik oilalik bo’lganimdan keyin ham, onamning ba’zan jahl ustida aytib yuboradigan ayrim so’zlaridan o’grinar, bunday qattiq gapni aytmang, deb norozilik bildirardim.
25ga kirdim – unday so’zdan o’zimni tiydim.
30ga kirdim – aytmadim. O’qiganman-da, onamdan ko’ra madaniyroqman, deyman o’zimcha!
35ga kirdim, bolalarim avji to’palonchi bo’lgan, ketma ket og’riydi, hech narsaga ulgurmayman, asabim qaqshagan. Bir kuni to’s to’palonning ichida o’sha emn yomon ko’rgan xitob jaranglab eshitilyapti-ku! Dog’ qoladigan joyi shu edi-ki, o’sha so’zni o’zim aytayotgan edim! Ana sizga “uya”ning ta’siri.
Kelin oyim, hatto musavvir ham bola ko’chirganday nusxa ko’chirolmaydi.Katta bo’laversin, to’g’risini o’rgatib qo’yaman, deb g’ofil bo’lmang. Bolani birov deb o’ylang va uning oldida aybga sanaladigan ishlarni qilmang. Yashirin qilayotgan xatolaringizni kun kelib, bolangiz o’zining misolida oshkora qiladi. Bola onaning tili bilan aytganini yoki urib so’kib o’rgatganini emas, balki uning qilganini oladi. Oshxonangiz to’la yuvuqsiz idish, kunda shu. Oshxona shunaqa bo’ladi, deb ko’nikyapti qizlaringiz. Oilangizdagilar narsalarini xohlagan joylariga qo’yib ketaveradi, chunki uyingizda hech narsaning o’z joyi yo’q! Kech tiktirgan ko’ylagingiz kirlarga aralashib yotadi – bu qizingiz uchun ham andoza. Kiyim jovoningizni ochishingiz bilan ichidagi matoxlar boshingizdan quyilib tushadi. Tokchalarda chang bosgan buyumlar yig’lab yotadi… Qaynonangiz keladigan kun hamma yoqni jon talvasasida bir qarab qo’yasiz. Boshqa kunlari esaa axlatning ichida ham non yeb, axlatning ichida uxlayverasiz! Shuning ichida qizingiz ham ulg’ayyapti…
Sizga endi gapirishni foydasi yo’q, sizning suyagingiz shundayligicha qotdi endi. Faqat bu bexosiyat tutum qizlringiz bilan boshqa xonadonlarga ham o’tjagiga yig’layman.Sarflangan pulniyu qo’yavering, birovlarning qizlaringizga bag’ishlanadigan umrlari uvoli uchun ham yig’layman.
Kelin oyim, dunyoda duolar son mingta. Ammo sizga faqat va faqat pokizalik tilayman. Pokiza bo’lmasangiz uyingizga boylik kelmaydi. Kelsa ham barakot bo’lmaydi! Barakot bo’lsa-d tinch bo’lmaydi.
Alloh, avvalo ayolning ta’bini poklasin ekan…
 
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

gulnora

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 43
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 17
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #58 : 30 Mart 2009, 04:52:10 »
ALLOHNI SEVASANMI?
Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman. Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar. Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman! Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #59 : 03 Aprel 2009, 09:16:17 »
Siz kelin bo’ldingiz. Onangiz sizga bo’lgan muhabbati tufaylimi yoki qudalariga o’ktamligini ko’rsatib qo’yish uchunmi, haytovur, kunda kun orada tugun jo’nataveradi. Ota-onangizni topish tutishi yaxshi. Uning ustiga siz ham telefonda buyurtma berishni qo’ymaysiz! Bir necha yilki shu ahvol.
Kelin oyim, shu o’rinda bir tahlil qilib ko’ring:
Birinchidan, atrofdagi kelinlarning orqasidan har kuni shunday tugun kelyaptimi? Kelmayotgan bo’lsa, nima uchunligini o’ylab ko’rdingizmi? Ovsinlaringizni o’ksib qolishini ham hisobga olyapsizmi?
Ikkinchidan, ota-onangiz kon emas, erta turib indinga imkoniyati torayib qolsa, tinmay oqayotgan ariq to’xtab qolsa, unga o’rganib qolganlarning muvozanati qandya bo’ladi?
Uchinchidan, tushgan joyingiz oziga to’q oila. Nega ular qudaning oziq ovqat tashishidan oriyat qilmayaptilar? Bezovta bo’lmanglar, bitta kelinni eplab boqib olamiz, demayaptilar? Ularning oriyati qani? Va yana bir xatarli tomoni bor:”Quda bekorga og’zi burnimni moylayotgani yo’q, boshqa qudalari mening darajamda emas shekilli, demak, men qudachilikni zo’r qilyapman, qolaversa, o’g’limga qizidan ming marta chiroylirog’ini ham olib berishim mumkin edi, shuning uchun ham poyi patak bo’lyapti”, degan gumroh fikrlar tug’ilib qolishi ham mumkin.
Yana buning ustiga: bora – bora kuyovingizning g’ururi sust ketadi. Qaynotaning kaftidan don yeyishni o’rganadi. Va Xudo ko’rsatmasinki, kunlardan bir kuni”Boyvachcha otangga ayt, u olib bersin, bu olib bersin” yoki” bor, otang boqib olsin” deb qolishi ham hech gapmas!
Qiz bola tushgan joyi yog’ yesa yog’ yeydi, tosh yesa tosh! Boriga shukr qiladi, yo’g’iga sabr! Ro’zg’orning qizig’i ham shunda!
Kuyovning ostonasiga qudalarning kunda kun ora iljayib kirib kelaverishi ham oz’bekchilikdan emas. O’rni keladi, qolaversa, el qatori hayit arafalarda yarashig’I bo’laveradi.
Kelin oyim, ko’p berma, kongil qo’yma, degan gap ham kuyganlarning gapidir. Birovga keragidan ortiq izhor qilingan mehr muhabbat ham xorlik keltiradi. Shu qulog’ingizda bo’lsin…

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6145
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12806
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6772
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6814
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 89765
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu