Muallif Mavzu: "Yashash tilsimi"  ( 32932 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #60 : 03 Aprel 2009, 09:16:36 »
Juftingiz bozor qilib kelganida chehrangiz doimo ochiq bo’lsin. Chunki olomonning ichida savdo qilish, og;ir yukni  uygacha keltirish aziyatli ish. Erkagingiz nima olib kelgan bo’lsa ham, o’sha narsalar tugaguncha ko’nglingiz to’lmaganini bildirmang. Qilgan yaxshi savdosini bot-bot maqtab turing. “Olgan kartoshkangiz bir yaxshi chiqdi-ya, choyni zo’ridan olibsiz, gurunch tanlashga juda ustasiz-da”, kabi lutflar erkakni tarbiyalaydi. Uning ko’ngli o’sadi, keyingi gal yanada astiydil bo’ladi. “Nega qolgan narsalar haqida gapirmaysiz,ular yoqmadimi?”deydi. “Yo’q ular ham yaxshi” deysiz qisqagina qilib. O’sha yomon narsa tugab, juftingizni yana bozorga yo’llayotganingizda yotig’I bilan:”O’tgan safar go’sh yoki sabzining falon aybi borini olib qo’yibsiz, endi o’sha tomonlariga ehtiyot boling”, desangiz kifoya.
Umuman, kelin oyim, ro’zg’orga ilinib qimmatmi, arzonmi qo’lida nimanidir ko’tarib kelayotganki erkak YAXSHIdir! Ularga rag’bat berib, zukko bozor qiladigan, olib kelgan buyumlarini bsohimizga qo’yib yurib, ro’zg’orga qayishadigan, bolalarni chug’urlatib rahmat ayttirib yurib bolam chaqam deydigan qilib olamiz-da…

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #61 : 03 Aprel 2009, 09:16:58 »
Erkakning yana bir zaifligi bor. Puli tugab qolsa, qovog’i tushib torayib qoladi. Shunday paytlarda sizga tinchlik kerak bo’lsa, unga noxush gaplarni aytmay turing. Dunyoning puldan ko’ra ming marta go’zal ne’matlari borligiga, ularni ko’rib, tuyib mazza qilishga chorlang, bolalarning yaxshi ishi, shirin gapidan, atrofdagi yaxshi chiroyli ishlardan gapirib uni chalg’iting, tor dunyosini yoriting.
Kuch ketadigan, vaqt,kayfiyat ketadigan, balki mablag’ ketadigan muammo va maslahatlarni juftingizning puli bor vaqtiga to’g’rilang. O’shanda kayfiyati yaxshi bo’ladi. Ishingiz oson bitadi.
“Ayol yuragiga qiz sig’may turagnida ham, hamma ishga balogardon-ku” demang,”erlar nega bunday”, deb siqilmang. U kuchli salohiyat ayolga berilgan, erkakda yo’q. Kaptardan bulbullikni, olchadan o’riklikni so’rolmaysiz-ku! Insondan imkoniyati borini talab qilish lozim.
“Erni er qilish…” mashaqqati shu bo’lsa kerak….
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #62 : 03 Aprel 2009, 09:17:11 »
Kelin oyim, oila, ro’zg’or degani hamisha bir necha fikr va fe’lning tinmay to’qnashuvi, munozaraga kirishivi demakdir. Gohida bir onadan tug’ilganlar bir-biriga singmay qoladi-yu, chetdan kelgan kelin ancha muncha ilg’anishi turgan gap.
Gap qaytarish beodoblik! Ammo har gal indamay qo’yaversangiz, asta sekin yelkangizga oyoq qo’yib yuborsalar, vaziyani yengillatadigan javob topin, sizda ham o’tish mumkin bo’lmagan chegara borligini ozgina sezdiring. Lekin, hafa bo’lsangiz, jahlingiz chiqsa, jahlingizni chiqargan oxirgi narsa haqidagina gapiring. HArgiz eski tuski ginalarni sanamang, ozor berganni qarg’amang, atab chaqirmang, ovozingizni ko’tarmang! Chunki bu to’qnashuvdan keyin, xayrlashib chiqib keta olmaysiz, yana hayot bor. Shu uyda bir necha yildan beri yashayapsiz. Qanchadan-qancha yaxshiliklar, chiroyli kunlar bo’lgan albatta. Nega ularni unutasiz-u, hamma xato yoki yomon ishlarni xotira xaltangizda asrab yurasiz?! Ko’ngli, fe’li qora odam shunday qiladi, yodingizda bo’lsin.
Birovni yomonlaydigan odam avvalo o’zini qaritadi. G’iybatchilik, ginachilik yomon elektronni ichida yashash demakdir. G’aybulla as-Salom “Tolibnoma” kitobida:”Devorning ham qulog’I bor, u odmalarni tinglab yashaydi. Ichida kulgu, mehr muhabbat shevalari yangragan imorat nuramaydi. Ammo haqorat, yig’I, janjal bor xonadon zimdan to’kilib boradi”, deydi.
Kelin oyim, sizning shevangizdan nafaqat kishilarning, balki, sizga quloq solib yashayotgan imoratlarning ham bag’ri butun bo’lsin…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #63 : 03 Aprel 2009, 09:17:47 »
Mana o’zingiz kein bo’lib ko’rdingiz. Kelin o’zidan o’tganini o’zi biladi-yu Xudo biladi: birovlar uchun xizmat, har bir qadamingga qator nazoratchi, qisinib ovqatlanish,  qisinib gapirish, bir paytning o’zida hammaga “tez yordam” bo’lish…osonmi? “Ro’zg’or” degan sinoatu, “bola” degan shirin dushman ushlab turmasayu, har daqiqada uchib ketging keladi bu dargohdan…
Kelin oyim, o’z uyingizda qaynsingil yoki qaynegachi tarzida kelganingizda bergan ozorlaringizni endi yuving. O’zingizdan kichik qaynsingilning sizga tepadanq arashi, hatto tanbeh berishi joningzini og’ritganida, kim edimu kim bo’ldim deb, ichingiz yig’laganda kelinoyingizdan hayolan uzr so’rab qo’ying. Uning yuragiga o’zingiz sanchgan tikonlarni olib tashlashni niyat qilib qo’ying.
Agar onangizni haqiqiy sevsangiz, unga sadoqat ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, uning kelinlarini eriting, ularga yoqib oling. Chunki kattalar yoshiga yosh qo’shilgani sayin fe’llari toraya boradi. Bundan bu yog’iga ota-onangizning yoqadigan ishidan yoqmaydigan ishi ko’p bo’lishi aniq. Va ularning hamma ishi kelinga tushib turadi. Ota-onangiz aytmagan minnatdorchilikni siz aytib turing, ular ilinmaganini siz ilining. Oralariga ko’prik bo’ling, ikki tarafni bir-biriga tushuntiruvchi, isituvchi bo’ling.
Birovga yomonlik qilib hehc kim rohat topgan emas. Sizdan minnatdor bo’lgan keliningiz sizni rozi qilish uchun ham ota-onangizga muhabbat bilan xizmat qiladi. Sizning bu “yamoqchi”, bu “suvoqchi”ligingizdan hamma manfaatdor:ota-onangiz mehr ichida, keliningiz xursand, o’zingiz xotirjamsiz…
 
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #64 : 03 Aprel 2009, 09:18:14 »
Senga ko’z, quloq va tafakkur berdim, ehtiyotingni o’zing qil,d eydi Alloh. Ko’ring, eshiting va tanangizga o’ylang: Akaning xotiniga qttiq dilozorlik qilgan bir ayolni bilaman. Bir qizi bebaxt bo’ldi, ikkinchi qizining farzandi turmadi, uchinchi qizi kasalvand. Bir nabirasi nogiron tug’ildi, ikkinchisi yana aybdor…
Shaharni vayron qilishdan ko’ngilni vayron qilish yomon. Dilozorga Allohning javobini ko’rib turibsiz….
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #65 : 03 Aprel 2009, 09:18:29 »
Jismingizning jami a’zolarini Alloh hurlikda yaratgan.Ya’ni ko’z, quloq, qo’llar, oyoqlar…bari erkin. Ammo, taassufki, til degan narsaga ko’p hadik bildirdi. Dastavval, unga tish atalgan toshlardan ikki qator qo’rg’on yasadi, hadigi ortavergach esa, lablarni darvoza sayladi. Bu ham xavotirli bolgach, tafakkurni unga soqchi qildi. Allohki havfsiragan narsadan bandasi qo’rqmasinmi? Tog’ ko’chib o’lmagan, o’qqa uchib o’lmagan odam bir og’iz so’zdan tugashi mumkin. Yomon til xohlagan kishisini bemor qila oaldi. Yarog’ bilan odam o’ldirgan kimsaning oti qotil va undan umrbod seskanib o’tadiar. Lekin eru farzandlarning asablarini, kayfiyatini, yuragini kunda bir necha bor o’ldirib yuradigan ayolga kim deb qarash kerak? Uning jazosi nima? Qariyalar uylariga nazar soling/ Farzandlari keltirib qo’yibdi emish. Ona ham jonga tegishi mumkinmi, ona-ya? To’shakka qadalib yotgan ona ham hech yo’q bir og’iz maslahati bilan bolsiga dalda bo’ladi-ku. Onasi yuzga kirib o’lganlar, to’ymadim deb yig’laganlar, yana yuz yil yashasa bo’lardi deya bo’zlaydilar.
G’aribxonadagilar esa (Alloh meni kechirsinu) bolalarini tillari bilan, fe’llari bilan zada qilganlar-ov! Seni tug’ib qo’ydim, seni boqib qo’ydim, deganingizdayoq Allohning qahri keladi. Farzandni sizga Alloh bergan, Unga ta’na qilyapsizmi? “Hamma e’tiboring menga bo’lsin, hamma topganing meniki bo’lsin, hali mendan qarzing ko’p” dedingizmi, hamma savobingiz kuyadi. Axir ona bola ko’chadagi  yo’lovchimi, qo’shnimiki birga bir qilib hisoblashsa! Bola bizning tanimizdan, jonimizdan o’sib chiqadiku? Bola bizning o’zimizku. Aslida, onaning eng yomonini ham farzand qo’lida ko’tarishi kerak. Bu uning burchi! Ammo o’z bolasini tinimsiz yaralab, tili bilan nashtar sanchishga qodir onadan mehribon bola qanday tug;ilsin? Bug’doydan bug’doy, kurmakdan kurmak unadi-da!
Demak, kelin oyim, hali bag’ringizda bola degan g’uncha tug’ilmay turib, niyat qiling, fe’lingiz sozlansin, toki sizdan hech kim ozorlanmasin, Otingiz MEHR bo’lsin, odatingiz HALIMLIK. Taqdirning hukmi shu: tili shirin onaga bola – ROHAT, tili yomon onaga esa bolasi o’zidan chiqqan – JAZOdir!!!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #66 : 06 Aprel 2009, 20:51:51 »
Keyingi paytlarda kuyovnikiga singib ketmagan kelinlaru, hadeb janjali ko’chaga chiqaveradigan qaynonalarga, qizining baxti yurishmagan onalarga achinmaydigan bo’lib qoldim.
Men siyrati go’zal, nozik did bialn o’ziga qaragan oily ma’lumotli talay odamlarni ko’raman. Ammo ular so’zlay boshlaganda…og’zidan chiqayotgan so’zlarga odam emas, temir ham turish bermaydi. Bundaylarni so’z ma’nosiniajratolmaydi deyolmayman – ular yaxshi bir hunarning, amalning egasi, hatto ijod qilayotgan odamlardir!
Axir, baxt nima o’zi? Baxt – birovni ayash, unga jami yaxshiliklarni ilinish. Baxt – sening muruvvatingdano’zganing gurkirab ko’karishi, o’sib – unishi. O’zining sochgan yaxshiliklaridan ezguliklar ko’payayotganini ko’rish va atrofingda sendan minnatdor ko’zlarni tuyish va suyish – bu eng totli baxt. Sen hayotdan odamlardan baxt talab qilib, dod solishdan avval bir dam hisob qil: o’zing necha kishini baxtiyor qilding? Necha ko’ngilni obod qilding? Birgina olmada ham quyoshning, ham tuprqoning, ham suvning, ham dexqonning haqqi bor. Unga ega bo’lish uchun shu haqdorlarni barini rozi qilmoq kerakdur.
-Borib so’rang, erimning yoqasi hech qachon kir yurmagan, uch mahal ovqatini tayyor qilmagan kunim yo’q, tillolarimni sotib uy qurishdim, oyligimdan onamga bitta ko’ylak olib bergan bo’lsam o’lay agar, shu uyga tashiyman. Ammo qaynonam pashsha bo’lyapti. Men uning ham xizmatini ham qilishim kerak emish. Erimning aka-ukalari bilan ishi bo’lmay qolganmish. Endi ularning ham bitini tozalashim bormidi? Mening ikkita bolamni kim o’ylaydi…
Labi-labiga tegmay bidirlayotgan bu juvon o’zining va erining halolligi, pokligi, mehnatkashligi haqqi ularni qaynonadan xalos qilishimni so’radi.
…Hay, kelinchak, shu kojliging bo’lsa, senga gap uqtirishning ilojisi yo’q. Sen shu shahdingda tur, juftingni o’z dunyosidan shartta ajratib, o’z-o’zingniki qilib, olib chiqib ket. Hayot esa senga kamida shunday keljak beradi: oppoq ko’ylak, shirin taom, mo’may pulga ega bo’lgan, farzandlik, jigarlik, odamiylik qarzlarini unutgan o’sha jonivor sifat erring qattiq ko’rgulikka uchraydi: yo tuzalmaydign dardga chalinadi, yo ishalrida unum bo’lmaydi, el ichra qadrsizlanadi va hokazo…
Sening esa sho’rigga sho’r qo’shilaveradi: uyingda baraka, xotirjamlik bo’lmaydi, farzandlaring o’zinggayu bir biriga beoqibat, bemehr bo’ladi, sen qaynonangni qaysi til bilan jarohatlagan bo’lsang, o’sha til bilan o’zingni tig’laydilar. Ana o’shanda tavba qilgani mehrob topolmaysan. Qaynonangni ruhi esa ostonangda chirqillab turadi. Juftingni bog’boni qaynonang, quyoshi qaynotang edi. U suv ichib ulg’aygan tuproq sen kelin bo’lib tushgan ostona edi. O’shalarni rozi qilgan taqdiringda ham, juftingga ellik foiz haqdor bo’la, olasan, xolos! Axir ular tirnoq bilan et!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #67 : 06 Aprel 2009, 20:52:15 »
Yana bir kelinni eshiting:
-Ikki haftaga onamnikiga ketsam, qaynonam uyimni ochib, biznikida yashabdi, hatto bilasizmi, mehmon bo’lib kelgan qaynegachim emning choyshabim va korpamda yotibdi. Bitta sochig’im hovlida yuribdi!Menga eng alm qilgani shuki, ular mendan kechirim so’ramadi!
Chiroyli koz’alrini ko’zimgaq adab, xuddi meni so’roq qilmoqqa xezlanib, og’iz ochishga qo’ymay shang’illayotgan bu kelinchak o’sha kundan beri ko’z o’ngimdan ketmaydi. Uning bemulohaza, beandisha, nehis, bemehr javrashlari asablarimga hayolan toshday yog’iladi va hayolimdan shu so’zlaro’ta boshlaydi:
“Sening uyingga qaynonang o’n besh kun emas, umrbod haqdordir. Bu uyning guvalasini kim qo’ydi, seni kelin qilib olib kelguncha kim toliqdi? Kelin olsam, to’riga o’tsam, deb kim tunlari orzu havas qildi? Shu qaynonang emasmi? Sening hisobingga o’tgan 25yoshli jufting qaynonangni 25 yillik umri emasmi? 25yillik topgan tutganini, chiroyini, quvvatini, orzu – armonlarini farzandiga o’tkazmaganmi shu ayol!? Sen  avval biri endi uchga kirgan, biri birga kirgan go’daklaringni 25ga kirgizib ko’r. Sening isming dilozordir. Dilozor o’z baxtsizligini o’z tili bilan yaratdi. Boshingga neki kelsa o’zingdan ko’r…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #68 : 06 Aprel 2009, 20:55:20 »
Bir kuni menga shunday savol berishdi:”Ham o’qib, ham ishlab, risoladagidek kelin bo’lish mumkinmi?”
-Oilamiz ma’nili va qozonimiz rizqli bo’lishi uchun ilmu hunar o’rganamiz,oilani munavvar va mukammal qilish cuhun tongda ketib tunda qaytamiz. Qoro terga botib ishlaymiz. O’g’ilni oilasini va katta oila deb atalmish vatanni himoya qilishga tayorlaymiz. Bir oilaga munosib beak bo’lsin deb qizlarni pishitamiz. Shoshilib va sog’inib keladigan joy shu – UY! Jon tomirimiz qachon uziladi? Oiladan ayro tushganda…
Ko’ryapsizmi, insonning dunyoga kelib topgan eng muqaddas narsasi bu oilasidir. Birinchi navbatda mana shu nuqta obod bo’lishi kerak. Ham o’qib, ham ishlab, ham kelin bo’ladigan oyimning uchchala sohasi ham g’arib bo’ladi. Sababki, Arastuchalik kallang, fildek kuching bo’lsa ham, bu yumushlarni bir yo’la tortish ogir bo’ladi. Avvalo, ixlos bilan o’qib, bir sohaning puxta mutaxassisi bo’lishga yarasang, o’qi! Chala ilm birinchidan jamiyatga zarar, qolaversa, jamiyatga zarra keltirib topgan pulingni bolangga yedirsang, uni baxtsiz qilasan. Qizlarini erta turmushga berayotganlar va kelinlikning kasridan chala mulla bo’layotganlar o’zini ham, o’zidan tarqayotganlarni ham yarimta qiladi. Qizlarning o’qishalri bitgachgina uzatish kerak. Bu jiddiy masala, bolasiga haqiqiy mehribon ota-ona shu yo’lni tutadi.
Ammo ayolning ilmli bo’lishi shart, chunki onaning dunyoqarashi bolaning dunyoqarashidir! Ilmning katta kichigi yo’q, katta o’qish bo’lmasa, kichigida o’qisin. Agar o’qiy olmasa, mustaqil bo’lsa-da o’qisin. Qiz bolan albatta bu dunyoning tosh tarozusidan boxabar bo’lib, so’nggina oila qursin. Jamiyatning ravnaqi onalarning sifatiga bog’liq.
Endi ishlash masalasi,agar sening topganingga tushgan joying ehtiyojmand bo’lsa, ishla. Ammo juftingning topgani yetarli bo’lsa, ming bog’cha, ming enaga tarbiyasidan ko’ra onaning tarbiyasi singishimlidir. Bolang aqalli maktabga borguncha o’z bag’ring va ko’z qorachig’ingda bo’lgani qandoq yaxshi! Hech kim bolangga senchalik muhabbat va ixlos bilan tarbiya berolmaydi. Ular o’zini o’zi eplab qolgach, xotirjam bo’lib, ijtimoiy hayotda yana javlon uraverasan. Jamiyatga ham o’shandagina unum bera olasan. Oilasiga e’tibor, ayniqsa bolalariga qo’l, vaqt topmagan ayolning uyida muvozanati buziladi. Oila jamiyatning poydevoridir, bu poydevorni mustahkam qiladigan esa, ayolning qo’lidir.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #69 : 06 Aprel 2009, 20:55:50 »
Agar juftimga yoqay desangiz va eng yaxsho ro’zg’or meniki bo’lsin desangiz, quyidagi gaplarim qulog’ingizda bo’lsin:
1.Kuyovning ostonasini ham sizlab bosing, dastlabki ikki yilda tilingizni ham, mehnatingizni ham shu uydagilarga yoqishga sarflang. Yoqish degani avval ularning manfaatini o’ylab, so’nggida o’zingizni eslash, demakdir. Qancha jafo cheksangiz cheking-u, yoqib oling ularga – shu xonadonning hamishalik MALIKAsi bo’lasiz, qolasiz!
2.Agar uzilganni ulaydigan, kemtikni to’ldiradigan, urishganni yarashtiradigan bo’lsa, bir oz “yolg’on”ni ham so’zlang.
3.Gumon qilishdan o’zingizni tiying. Sababi, kimning o’zida yomon xislatlar bo’lsa, o’zgalarni ham shunday deb o’ylaydilar. Kim yolg’onchi, sotqin yoki o’g’ri bo’lsa, boshqalarni ham hamisha shunday deb o’ylaydi. O’zingizni o’zingiz sharmanda qilmang.
4.Juftidan qasd oladigan, uning ta’zirini berib qo’yishning payida yuradigan, undan ustun kelishga intiladigan ayolga oilaviy baxt yo’q. Chunki u xudbin – o’z manfaati yo’lida hamma narsani qurbon qiladi. Ota-ona o’tadi, bola chaqa, aka uka o’z yo’liga, umringizning oxirigacha kuzatiganingiz shu mahramingizdir.
5.Erkaklar soda bo’ladilar. Siz ulardan murakkab, har tomonlama o’ylangan e’tibor va odamgarchilikni kutmang. Ualrning ko’nglida cho’kib yotgan o’sha fazilatlarni topishga harakat qiling, juftingizni farzandlaringizning eng injig’I, e’tibor talabi deb biling – uning tilini topishga, iqlimini yumshatishga harakt qiling. Yaxshi er tutish uchun yaxshi ARTIST bo’lish lozim.
6.Onangiz olib kelgan sovg’ani bir marta, eringiz va uning urug’lari olib kelgan sovg’ani o’n martalab maqtang.
7.Juftingizni jon qadars eving, ammao bu muhabbatingizni hech qachon izhor qilmang.
8.JUFTINGIZDAN PAST KELIB BALAND ISHLARINGZINI BITIRIB OLING.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #70 : 06 Aprel 2009, 20:56:18 »
Aka – ukalar orasidan oqibat qochsa, kelinlarni ayblang.

Ovsinlarning tili bir bo’lsa, erlarning dili bir bo’ladi.

YAxshi kelini bor xonadona bosh taragan qizdek yaraqlab turadi.

Kir to’plamagan kelinning uyiga dur to’planadi.

Gap qaytarmagan kelin – bolangdan aziz.
« So'nggi tahrir: 06 Aprel 2009, 20:59:19 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #71 : 06 Aprel 2009, 20:56:53 »
Yaxshi kelin musavvirdir – ro’zg’orni badiiy asarga aylantiradi.

Aytganingni qiladigan kelinga rahmat! Ammo aytamagningni ham qiladigan kein ROHATdir!

Kelinning eng yaxshisi – mo’l narsadan zo’r nasa yasaydigani emas, balki kam narsadan zo’r narsa yasaydiganidir.

Ayolning baxti tilidandir.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #72 : 06 Aprel 2009, 20:57:19 »
Avvalo yaxshi kelin so’ra, keyingina o’g’il so’ra. Kelining yomon bo’lsa, o’g’lingdan ajrab qolaverasan.

Agar o’g’illar ota hovlini sotsalar, yo yer talashib janjalxonaga aylantirsalar, ruhlarning qo’li kelinlarning bo’ynida bo’ladi.

Bolaligingda onang ardog’ida qanday yayragan bo’lsang, kelinli bo’lgach, uning bag’rida yana onasini topgan boladek mazza qilasan…

O’g’limdan ham, qizimdan ham kelinlarimni ortiq ko’rishim rost, chunki, og’zimdan chiqqanini muhayyo qiladigan beminnatlarim – ular!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #73 : 06 Aprel 2009, 20:57:50 »
Qo’li ochiq kleinning yo’li ochiq bo’ladi.

Yaxshi kelin “meniki” degan so’zni ishlatmaydi.

Avval o’g’lini hurmat qilib, keyin onasini e’zozlang. Bola onaning jonidir.

Kelinimning o’g’limga dashnom berishini eshitishim o’zimning badnom bo’lishimdir.

O’g’limga qo’lini paxsa, ovozini qilich qilib gapirayotgan kelin – meniki emas!

Butun boshli avlod shajarasini buzadigan ham, tuzadigan ham shu kelinlardir.Chunki zanjir ular, ko’prik ulardir.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #74 : 06 Aprel 2009, 20:58:38 »
Onam rahmatli dangal ayol edi. O’zi bilgan ayrim xonadonlarning to’yiga ham kirmasdi. “Uy tutmay o’lsin shu ayol, umr bo’yi to’shagi oqarmay o’tdi-ya”, der edi astoydil kuyinib. Kelinning chatog’I ko’rpachasidan ma’lum bo’ladi.
Uyimizdan kam ko’stlar ko’p bo’lardi, lekin hech qachon kir to’shak bo’lmasdi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6145
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12806
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6772
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6814
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 89765
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu