Muallif Mavzu: "Yashash tilsimi"  ( 32933 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #75 : 06 Aprel 2009, 21:00:01 »
Bolalarini og’ritmay katta qilgan kelin dono kelin, uyidan shiptir hidi kelmaydigan kelin esa undan ham a’lo kelindir.

Bola gul – undan gulning hidi kelib turishi kerak.

Doimo nimanidir o’rganayotgan kelin – bo’ladigan kelin.

Kelinning savol beradigan emas, tinglaydigan eng yaxshisidir.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #76 : 06 Aprel 2009, 21:00:26 »
To’y kechasi chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’ilni bir bor chaqirib o’ziga qaratish udum emish. Toki onasining ovozi qulog’iga, nigohi nigohiga yozilib qolsin uchun. Toki ayolining poyiga muk tushmasdan, ortiga bot-bot qarab, onasining ko’zini izlab turishi uchun…
Kelin oyim, yaxshi kelin atalay desangiz, juftingizga ortda qolgan onasini tez-tez eslatib turing…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #77 : 06 Aprel 2009, 21:03:47 »
Bir kuni bir kelinchak:”Ota-onalar ham o’g’illari uylangach, ualrni mustaqil yashashga qo’yishlari kerak”, deya chimirilib qoldi.
Qani menga qarangchi, oyim singlim! O’g’il tilagan, o’g’il boqqan – men bilan otasi bu yoqda qolib, o’g’limni oldingizga solib, yetim qozoningizni qo’ltiqlab chiqib ketsangiz, ro’zg’oringizda baraka bo’ladimi? Qaynona-qaynotasiz uyga kelin bo’lgan men edim: yaxshi yomon kunlarda duo berguvchim yo’q, juftimdan og’rinsam yupatguvchim yo’q. Yuklik bo’lsam, mana bundoq kiyinib, mana bundoq ayaling, deydigan yo’q. Birinchi farzandimda orttirgan oyoq og’rig’imdan hanuz qutulmayman. Hali bolamga, hali qozonga, hali kirga yuguraveribman. Bola chirillashga tushadiku. Yeb ichib so’ng yugurgin, bo’lmasa bolangni och qoldirasan, deydiganim yo’q. Mehmon kelsa, qaynonam bo’lgandam hech yo’q beshik tebratib turardi, deb ichimdan zil ketardim.
Kattasi bor uyning farishtasi bor. Lekin sizni ham tushunaman, yuragingizdagi qadoqni sezib turibman. Hozirgi ajrimlarning 60-70foiziga qaynona- qaynsingillar sababchi bo’lyapti. Ammo aybni tamoman ularga ham qo’yib bo’lmaydi. Biz shu kungacha elga ro’zg’or sirari haqida bilim berdikmi? O’quv maskanlarida ona-bola bo’lish, kelin – kuyov bo’lish, qaynona, qaynota va qaynsingil hamda aka uka bo’lish ilmi, san’ati haqida risola yozib dars o’tdikmi? Buyuk Sharqning rozg’or tutumlari haqida tahsil berdikmi? Berib qo’ygan qaysi bilimimizning ijrosini so’raymiz?
Allohdan so’raylik, millatimiz ma’naviyati asliga qaytsin. “Bu dargohdan hech kim norizo ketmasligi kerak”, deydigan Yusufbek hojilar bizdan. “Marg’ilonda shunday kelinimiz bor ekanku…” deyishni biladigan go’zal lutflilar bizdan. Qizini “bolam”, deb, kelinni esa”Jonim bolam” chaqiradigan nazokatli ayollar bizdan!
Olamda o’g’il tilgan qancha? Alloh menga o’g’il berdimi,  bu mukofot. Uning ketidan gulday kelin kirib keldimi, bu oily mukofot! Shu tuhfalarni olib turib, menda shukrona bo’lmasa, bag’rimdagi g’uncha oila- kelin kuyov mendan suv ichib shig’il boqqa aylanmasa, mening tirikligimdan ne hojat? Ikki yosh gul bo’lib kirib kelib, mening qo’limda so’ladigan bo’lsa, otim QIRG’IN bo’lmaydimi? Xudo urib qo’ymaydimi meni?
Onalikka, otalikka, jigarbandlikka, o’z navbatida farzandlikka ham munosib bo’lishimizni Allohdan yolvorib so’raylik.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #78 : 22 Iyul 2009, 10:28:08 »
Qayonona qay Ona?

Odam Ato bilan Havvo Momo  bir-birlarini ko’rdilar va o’zaro ma’qul keldilar. Ammo Jabroil a.s.ga:”Nikoh o’qilmaguncha ko’rishmay tursinlar”, degan vahiy keldi. So’ng insoniyat tarixida birinchi bor nikoh o’qildi. Uni JAbroil a.s. o’qidilar. “Guvohlikka esa O’zim o’taman”, dedi Alloh taolo. Demak, yodimizdan bo’lsinki, har bir nikohga birinchi bo’lib Alloh guvohdir.
Yana Hadisi Sharifda:”O’zi ruxsat bergan ishlar ichida Allohning eng yomon ko’rgani taloqdir”, deyilgan. Oila Alloh tuzgan muqaddas uyushmadir. Shuning uchun har bora taloq so’zi yangraganda Arshi A’lo larzaga kelar ekan. Bu – Yaratgan bezovta bo’ldi, norizo bo’ldi, emakdir. Bu – bandasi u dunyo-yu bu dunyoda buning javobini beradi, degan gapdir. Bundan har kimni O’zi asrasin.
Qo’ynimizdan endigina uchirma bo’lgan, hali yuragida shayton g’ulu solib turgan g’o’r bo’lalarimiz bu nozikchilikni qanday his qilsinlar. Yangi oila yangi ko’chat ekanligi, unga ziyrak bog’bon darkorligi, bog’larning payhon bo’lmasligi parvarishga bog’liq ekanligini bu javdiragan yoshlar qaydin bilsin? Xuddi shu jarayonga javobgar, otalik-onalik martabasiga saylangan bizlarmiz-ku! O’sha bog’bno bizku. Va shu bog’bonlikka yillab duolar qilib, zo’rg’a yetishdikku. Agar bzining guvohligimizda, ko’z o’ngimizda oilalar buzilar ekan, gunohi bizning, ayniqsa, onalarning bo’ynidadir, birodar!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #79 : 22 Iyul 2009, 10:30:09 »
Farzand degan buyuk ne’mat saodatmand kishilargagina nasib etadi. Odamdan odam paydo bo’lishi takrori yo’q inqilob! Qoshu ko’zi, fe’lu atvori, hattoki ovozigacha o’zingga o’xshab turgan bu mavjudot joningni parchasidir. U yoningda turs jismu joning butun. Nari ketsa, ikkingiz ham yarimtasiz. Farzandlik oilalardagi ajrim ular uchun dunyoning to’fonga to’lishi, quyoshning ko’kdan ag’nashi, yuraklarning o’rtasidan darz ketishidir. Bir-biridan ayrilgan bir kishilar endi umrlarning oxirigacha nur ko’rmay sovuqqotib yashaydilar. Bir shoira aytganiday, doimo yuraklarga yomg’ir to’lib turadi. Bolalar gullarning hidini emas, otasining bo’yini sog’inib yashaydi. Otasi esa buyuk-buyuk maqsadlarni emas, bolasining ko’zlarini qidirib o’tadi.
Bolasidan ketgan otaning hech qachon qaddi baland bo’lmagay, tirik yetim bo’lib o’sgan o’glon yoki qiz chimildiqda baxtli o’ltirmagay. Ona bo’lsa, allasi doimo g’arib, ota bo’lsa yuragini bir qush cho’qib turadi. Qaynonalikka yetib bu fojealarni oldini ololmasak, o’z bolamizning inini o’zimiz butun saqlolmasak,Alllohning oldiga qay yuz bilan boramiz? Bolasining uyi buzilishiga sababchi bo’lgan o’z bolasining uyini o’zi kuydirgan qotil emasmi, majnun emasmi? Bu qismatga hech qaysinimizni yo’liqtirmasin, ilohim!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #80 : 22 Iyul 2009, 10:31:02 »
Qiz bola tug’ilganidan boshlab, hech qaysi ota-ona:”Katta bo’lsa meni boqadi yoki menga u qilib beradi, bu qilib beradi”, demaydi. “Bolam Xudo xohlasa, aqlli eng chiroyli qiz bo’ladi, yaxshi kishilarga uzatamiz, o’sha yerda baxtli – taxtli bo’ladi”, deya tilaydi. Shu tarzda 20yil mttasil uning aqliga aql, joniga jon qo’sha qo’sha, o’zalri bo’yraday to’zib boradilar. Bir qo’l bilan farzandni parvarish qilsalar, bir qo’llari bilan sandiqqan sep yig’adilar. Va buni zavqu shavq va ming rizolik bilan qiladilar.
Birovning qizini kelinlikka olib ketar ekansiz, bilingki, ota-onaning yigirma yillik ijodini, shuncha yilgi umrini olib ketyapsiz, ularning orzu umidlarini, farzandiga o’tib qo’lgan jon tomirlarini olib ketyapsiz. Qizlari voyaga yetguncha ota-onai unga qo’shilishib xizmatkor bo’ldilar. U endi ulg’ayib zxizmatga yarab qolganida, o’roqda yo’q, mashoqda yo’q, xirmonda hozir bo’la qoldingiz-da, birovning bebaho bolaisni qaytib bermaslikka, umrbodlikka olib ketyapsiz.
Birodar, bir zum to’xtangda, emnga bir javobni ayting:Onasidan ayri tushub ketaytogan shu g’o’rgina qizga onalik qila olasizmi? Kamini kechirasizmi? YAxshisiga quvonasizmi? Shu javdirab turgan niholning katta daraxt bo’lishida bog’bon bo’lish qo’lingizdan keladimi?  Keladi desangiz qo’l cho’zing. Gumon qilsangiz, avval o’zingizni bog’bonlikka tayorlab oling. Toki bilib bilmay gunohga botmang, toki qiz boqqanning ohiga qolmang…
Yaxshi yoki yomon qaynona bo’lish yoshu qarilik, ko’p tuqqan oz tuqqanlik, o’qigan yoki o’qimaganlikka bog’liq emas. U ayolning fe’lida cho’kib yotgan asliga, iymoniga, niyatiga bog’liqdir.
Agar sizning aslingizda yillar tagida ko’milib ketgan uyatli ishalr bo’lgan bo’lsa, ya’ni sizdan  yoki ota-onangizdan xato ketgan joylar bo’lsa, tinmay tavba joizdir. Boisi, bu qaytimli dunyo – onangizga qilganingizni bolangizdan, qaynonangizga qilganingizni keliningizdan ko’rishingiz aniqdir. Alloh hech narsani javobsiz qoldirmaydi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #81 : 22 Iyul 2009, 10:31:23 »
Qur’oni KArimning deyarli har sahifasida “Alloh kechirguvchidir” degan jumla takrorlanib turadi. Haj safariga yaxshilarning orasida kurmaklar ham ralashib qolayotganiga ko’nglim hijil tortar, u yoqqa faqat munosiblar borishi lozim, deb qovurilar edim. Ammo bu ham Yaratganning cheksiz marhamatidan biri, dargohining kengligi ekan. Haj ibodatini bajargan kishi onadan qayta tug’ilgan kabi begunohga aylanar ekan. Alloh uning tirikligida poklanish cuhun yana imkon yaratishi shu ehtimol. MAna seni poklab qo’ydim, endi u yog’iga yo’ling savob ichra bo’lsa,, ajab ermas, der ekan.
Allohning ishi bandasiga mayoq bo’lmog’I lozim. Qaynoan bo’lish degani, yangi tug’ilgan oilaga muallif bo’lish demakdir. Ajab emaski, shu bahona yaratgan egam sizning bor gunohlaringizni kechib yuborsa! Niyat qiling, bu yog’iga sizdan atrofga ozor yetmasin, xatolaringizni bolangiz takrorlamasin. Iloho, kelin kelgan kundan boshlab o’zingizga ham qayta yangilanish, afzallanish nasib etsin!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #82 : 22 Iyul 2009, 10:31:56 »
Katta falsafani qo’ya turaylikda, oddiygina itning fe’lini kuzataylik. Agar mayinlik bilan yemak tutsangiz, bir bora boshini silab qo’ysangiz, har ko’rganda talpinib kelaveradi, ovqat bermasnagiz ham boshini silashingizni kutib suykalaveradi. Agar ovqatni zarda bilan irg’itib bersangiz, bargan narsangizga siz ketganingizdan keyingina yaqinlashadi.  Bordi-yu uni turtkilab, oyog’ingiz bilan nuqib ko’ringchi, yoningizga kelarmikan? Kelmaydi!!! Qo’polligingiz takror bo’laversa, sizni ko’rganda “vov” deydigan va nari ketadigan bo’ladi.
Kelin esa inson! Uning itchalik ham oriyati bo’lmasinmi? Bezdirsangiz, nari ketadi-da! Kelin tobe, siz kattasiz. Ishora kattadan boshlanadi, tobe kishi ergashuvchidir!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #83 : 15 Sentyabr 2009, 21:15:58 »
Kelinchagimning sharpasidan uyg’onib ketsam, andisha bosadi:saharlab shuncha ishni qilibdi-ya, o’zimning qizim uxlab yotibdi. Onasinikida bo’lsa, bu go’dakkina ham erkalanib yotardi hozir. DArvoqe, yoshligimda o’zim qanday edim, sh kelinchalik tutumim bormidi, deya o’zimni solishtiraman. Yuzimni yuvar yuvmas:”Aylanayin-a, ko’p ham qo’lingizni sovuq suvga uravermang,” deya alqashga tushaman.
Gohida uxlab qolsa, shosha-pisha qaynotasiga:”Siz suv seeping, men supuraman”, deb imlayman. Ishga tushib ketamiz. Kelin bechorani ming xijolatlik bilan uydan chiqishini:”Ayajon, o’zim qilardim”, deb tipichilashini ko’rsangiz! “Sizga shugina yordamni ham qilmaylikmi!”, deyamn chehramni ochib.
Kelinning uzr so’rab turgan holati go’zal, qaynonaning samimiy munosabati undan ham go’zal!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #84 : 15 Sentyabr 2009, 21:16:35 »
“Hamma narsa niyatga bog’liqdir”, degan hadisi sharif bor. Kelinga:”Bu kelin emas, o’zimning bolam bo’ladi”, deb qarasangiz, ko’zingiz faqat yutug’ini ko’radi. “Bu kelin, hech qachon el bo’lmaydi, boshidan hushyor turish kerak”, deb yotsirasangiz, uning faqat kamchiliklarini ko’rasiz.
Yutug’ini topib, shukrona aytganingiz sari, kelinning chehrasi, ochilaveradi, sizning charaqlagan kunlaringizni Alloh ko’paytiradi. Kelinni hafa qilgach, sog’ligingiz yomonlashsa, ko’nglingiz qorong’u bo’lsa, bilinki, bu Allohning javobi:”BErma mo’minimga ozor”, degan joyi bor. Kelinimga ona bo’lib olaman, degan niyatni qiling. Bolaga ko’krak tutganda yetmish ikki tomiringiz iyib kelganday, Alloh niyatingizga yarasha ko’nglingizga shafqat eshigini ochadi. Kelinga suyumli bo’lib yashash gashti o’z bolangga yoqib yashashdan ming bora rohatliroqdir!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #85 : 15 Sentyabr 2009, 21:17:12 »
O’g’lingizni, keliningizni oldida zinhor, zinhor so’kmang, aybini aytmang. (umuman bola borki, birovning oldida tanbeh berib bo’lmaydi) Er yigitga ayolining oldida ota-onadan gap eshitishday og’ir narsa yo’q. Bu harakatingiz bilan, birinchidan, o’g’lingizni o’zingizdan sovutasiz. Ikkinchidan, o’zingizda odob yo’qligini ko’rsatasiz. Uchinchidan, eklinning tarbiyasini buzasiz. Nafaqat bu, balki bu yosh oilaning farishtasini o’z qo’lingiz bilan ketkazasiz. Sizdan andoza olgan kelin o’g’lingizga dag’dag’a qiladi:”Qandayligingni onang aytdiku!”, deydi. “Nimangni hurmat qilaman”, deydi. Aqlli kelin bo’lsa, o’g’lingizga siz qo’pol gapirganda, u yumshoq gapiradi. Sizdan topmagan e’zozini o’g’lingiz keliningizdan topadi va qarabsizki, onamdan ko’ra ayolim yaxshi, degan xulosaga keladi. Xo’sh, buning og’rig’i qalay? Ammo alam qilmasin: ekkaningizni olyapsiz…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #86 : 15 Sentyabr 2009, 21:17:51 »
Birov so’rasa, so’ramasa kelinni yomonlaydigan qaynona, bilingki, o’z davrida qaynonasini uchraganga g’iybat qilib kelgan nomard kelindir.
Kelinni maqtagan qaynonaning kelini esa, avvalo o’zi yaxshidir! Yoshlik degani g’uj-g’uj hato degani, xatosini yashirib, yaxshisini oshiryaptimi, bu qaynonaga, InshaAlloh, eklindan astoydil buyurgusidir!!!
 
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #87 : 15 Sentyabr 2009, 21:18:24 »
Siz o’g’lingzini kelindan qizg’onyapsiz. Shu rashk sizni tobora bezovta qiladi. Boisi shuki, siz tabiatan xudbinsiz. O’z kelinligingizni o’ylayverasiz. Juftingizga onasini dedirmay qo’yganlaringiz, et bilan tirnoqni ajratib yuborganingiz esingizga kelvardi. KElinim ham meni o’g’limga yomonlayotgan bo’lsa kerak, o’z tomoniga burib olyaptiyov, o’g’lim bugun ochilib gaplashmadi, kelinning kasri bu…degan o’ylar iskanjasida qolasiz. KElin paytingizda o’zingiz gunoh yo’lidan borgansiz. Ro’parangizdagi qo’shkaptarday kelin kuyovga gumon ko’zi bialn qarab, gunohingizni yana ikki qilmang. Tavab deng va bular men qilgan xatoni qilmasinlar, deb tilang. Yo’q aytganim aytgan, deb bezdiraversangiz, o’g’lingiz ham otasi qilgan nomardlikni qilib qo’yishi, ya’ni sizga ters o’girlib olishi hech gap emas!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #88 : 15 Sentyabr 2009, 21:18:50 »
Aytingchi, kelin sizga farzandmi yoki xizmatkormi? Agar farzand bo’lsa, nega qizingizga buyurmagan ishingizni kelinga buyurasiz? Nega qizingiz bajaragn har bir ishga shukr keltirasiz, dilingizdayi tilingizda minnatdor bo’lasiz-u, kelinning  bajargan ishini ko’rmay, bajara olmagan ishini sanab yurasiz? Qizingiz xato qilsa kechirasiz, hafa bo’lsa yupatasiz. NIma uchun kelinni kechirmaysiz, kayfiyati bilan ishingiz yo’q? Kelin qilgan ovqatni yeysiz, u tozalagan joylarda yelpinib yotasiz, ammo tilingizda tinmay uning g’iybati bo’ladi? Bir erkakni epaqaga solib yurishni o’zi g’urbat. Uyning xizmati, erning xizmati, bola injiqligi dastidan cho’zilib – cho’zilib uzilishga kelgan kelinga tinmay kesatiq qilasiz?
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #89 : 15 Sentyabr 2009, 21:19:31 »
Bir insofga keeling-da, tasavvur qilib ko’ring: siz kelinga qilgan pichinglarni, zardalarni birov qizingizga qilsa. Shu torligingiz bilan chidab tura olarmidingiz? Keliningzining onasi shu kungacha bir og’iz indamadi. Tanangizga o’ylab ko’ring, nega u sizni boplab qo’yishga shoshilmayapti? Bolasi o’gaymi yoki kelinning onasi ona emas, toshmi sizningcha? U sizni avaylagani cuhun, hurmatingizni saqlagani uchun o’zini bosib turibdi. U sizning insofga kelishingizni kutib, Allohdan tinmay shuni tilayapti!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6145
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12806
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6772
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6814
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 89765
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu