Muallif Mavzu: "Yashash tilsimi"  ( 33010 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #90 : 15 Sentyabr 2009, 21:19:58 »
Kelin bialn o’g’lingiz inoq bo’lsa titraysiz. Kelini bilan o’g’lining suhbatini poylab yuradigan xudobexabar qaynonalar ham yo’q emas. Buning otini g’ayirlik, o’g’ilni qizg’onish deyiladi. Bu kundoshlik bialn teng narsa. Bu ona sha’ni cuhun sharmandalik, bu uaytdan o’zingizni ehtiyot qiling, birodar!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #91 : 15 Sentyabr 2009, 21:20:24 »
O’g’lingzini qizg’onishingizni bolasidan uzoqlashib ketgan onaning alami, deb tushunish mumkindir. Ammo siz kelindan qaynotani ham qizg’ona boshladingiz. Keliningiz qaynotaga hurmatini oshirsa ham, uyda chiroyli kiyinib yursa ham g’ashingiz keladi. Ko’zingiz izidan qolmaydi. Nima dedi, nima qo’ydi olazaraksiz. Tabiatan ota qizga, qaynota kelinga mehribon bo’ladi. Eringiz sho’rlik kelinga odatiy gaplarni aytishga ham qo’rqadi. Chiroyli eklin olib boshqalar baxtiyor bo’lsa, siz keliningizning aynan shu chiroyini ko’rgani ko’zingiz yo’q. To’xtang, oyim, mana shu joyda o’zingizni aslida kim ekaningizni ochib qo’ydingiz:demak, ayol sifatida sizning o’zingizga ishoncha yoq. Yoshligingizda lov etib ko’ringan erkakka tez berilgingiz eklib turgan, tabiatingiz yengilroq bo’lganidan, ehtimol, gunohdan o’zingizni asrashga kuchingiz yetmay, umr bo’yi armon qilib yurgan joyingiz bordir.
Ko’zingizni oching, birodar, gunohdan qo’rqmaysizmi? Allohdan bu ayolga men iymon tilayman. Toki u jismidagi ayollik badnafsligini yengsin, tiysin. Toki undan tarqalayotgan avlodga bu qusuri o’tib qolmasin.
Dunyoda eng yomon ko’rganim – ayol parast erkagu, erkakparast ayoldir! Bular hamisha gunoh qilishga tayyor, xatarli insonlardir!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #92 : 15 Sentyabr 2009, 21:21:06 »
Kelinini neri beri qilavergan qaynonaga deyishyapti:”Uyingizni orasta ushlasa, ovqatingizni qilsa, siz kapgir ushlamasangiz, supurgi tutmasangiz, bir og’iz rag’bat so’ziga yaramaysizmi?” “Qilgan bo’lsa, o’z vazifasini qilyapti”, ters javob beradi u. Bu ayolning vijdonidan so’raging keladi:kelinligingizda o’sha vazifalarni o’zingiz bajarganmisiz,deb? Kelin fidoyi mehnatni asosan, qaynota-qaynonasiga yoqish uchun qiladi. Aksari hollarda qaynonasini kuydirib aso qilgan kelinlardan yomon qaynona chiqadi. Haligi qaynona o’z davrida ixlos bilan kelinlik qilgan bo’lsaydi, birovning ko’nglini olish rohat-azoblarini o’z badanida tuygan bo’lsaydi, eklinga bunday  toshbag’ir bo’lmasdi!
Bu ayolga ikki yoqlama uvol bordir: uni rohat ko’rmay o’tib ketgan qaynonasining ohi tutsa, qo’lida ozorlanib yashayotgan kelinning armoni ikkinchi tomondn tutgusidir!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #93 : 15 Sentyabr 2009, 21:21:38 »
Bir gap quloqlarimizga mixlanib qolgan:”Qizing tushgan mahalla itiga ham egilib salom ber”, emish. Bu bizning ko’nikmamizdagi noto’g’ri jihatlarimizdandir. Adolat qilinsa, aslida menga qizini berganlarga yukinmoq joiz. Bolasini jonidan uzib olib kelganim uchun, qizimni mehmon qilib o’tqazib, kelinni xizmatga solayotganim uchun, uning hatto otasi ismini o’chirib o’z nomimga ko’chirib olganim uchun ulardan umrbod qarzdorman. O’g’ilni onasi qiynalib tuqqan bo’lsa, qiz bozordan sotib olinmagan. Onam rahmatli aytardilar:”Tug’iladigan qizning to’lg’og’I ham achchiq bo’ladi”, deb! Qiz bola o’z joyini topib ketguncha, ota-ona ignani ustida yashaydi. Kelinning uncha muncha kamchiligi uchun onasiga xo’mrayish yoki bepisand bo’lish iymonli kishining ishi emas. Kerak bo’ls, uni o’zingiz bosh qilib o’zagrtirib olasiz. O’zingiz ham shu kungacha kimdandandir nimanidir tinimsiz o’rganib kelyapsizku!  Keliningiz hali sizning yarim yoshingizda, bilganidan bilmagani ko’p. Beayb Parvardigorning O’zi!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #94 : 15 Sentyabr 2009, 21:22:20 »
Endi o’g’lingiz haqida gapiraylik. Xo’s,q ani aytingchi, uning hamma ishi tekismi? Ba’zi xomliklaridan ichingizni it tirnab yuradiku. Buni kelin taraf bilmaydi va yuragi uvishmaydi, deysizmi?
Aslida, har ikki yosh risoladagidek yo’lga tushib olguncha qudalar xufiya-yu oshkor maslakdosh, hasratdosh bo’lmoqlari kerak. O’g’il tuqqanim uchun, kamchiligim bisyor bo’lsa-da, emn zo’rman, xohlasam salom beraman, bo’lmasa yo’q, deb tursangiz, jabr o’zingizga bo’ladi. Hadisi sharifda shunday deyilgan:”Har bir qo’pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimg’dor kishi ahli do’zaxdir”. (4-jild, 83-bob,116-bet)
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #95 : 15 Sentyabr 2009, 21:22:45 »
Kelinim ko’p andishali, halol, mehnatkash qiz, ammo taom pishirishda juda usta emas. Uni ovqatga urinayotganini ko’rsam,eh, yana o’xshamay qolsa-ya, deb bezovta bo’laman. Shu asnoda qo’shni chiqib qoladi-yu, oshxona oldidan o’tar ekan luqma tashlaydi:”Ha, ovqat qilyapsizmi?” Paytdan yutaman-da, deyman:”Bolam kelib qo’lim uzayib qoldi, och qolsam boqadiganim bor edni. Hali ko’rasiz, opasi, qizim shunaqa pazanda bo’lib ketadiki, mahallaning hamma kelinlari meni qizimdan o’rganishga chiqadi”.
Shu gap bilan kelinchagimdan ko’p yaxshi ishlar kutayotganimni kelinim bildi va ko’p o’tmay qo’shnim:”Keliningiz yaxhsi, qiziquvchangina ekan, mendan falon taomlarning tavsiyasini yozib chiqib ketdi”, dedi.
Bir quvonib qo’ydim. Demak, ish jildi. Kattadan botmaydigan bir ishora bas, kichik u yog’iga yo’rg’alib ketaveradi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #96 : 15 Sentyabr 2009, 21:23:14 »
Kelin bola hayotga endigina kirib kelayotgan javdiragan jon. Hech vaqt un iota-onasi drvozangizdan zo’rlab kiritib, shuni olsang ham, olamasang ham olasan demagandir. Xaridor bo’lib, qo’ylar berib, to’ylar qilib o’zingiz olib kelgansiz. Endi bu yog’ini Farmonbibi aytganiday, sizning maktabingizda o’qiydi. Lekin hayotda ozurda holatlarni ko’rgan odam sifatida qulog’ingizga shularni aytay: kelinni bir ishi sizni ranjitsa, avval ikki-uch yaxshi ishni eslab, minnatdorchilik bildirib, so’nggina shunday yaxshi ishlar qilgan odam, shuni chatoq qilibsizda, deng, og’rig’i yengil bo’ladi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #97 : 15 Sentyabr 2009, 21:25:46 »
Hargiz piching va kesatiq ishlamang, u dushmanning usulidir.

Kelinning ota-onasi haqida salbiy gaplarni unga eshittirib aytmang, siz bilan uni bog’lab turgan nozik ip uziladi.

Musulmonhilikning asosiy belgilaridan biri – Halimlikdir. Dilozor ming ibodat qilmasin, bari bekordir.

Qizidan ko’nglingiz to’lmasa ham qudalarga marhamatli bo’ling – sizdan quvonsa qizini sizga egib beradi.

Ayolning yaxshi yomonli kelin olganda ma’lum bo’ladi.

Tilingizda doimo duo bo’lsin. Yildan – yilga orqaga ketayotgan jonimiz, kelinlarga malolimizni keltirmayigan yagona malham ularning o’ziga ehsittirib qilinga duodir.

O’g’lingiz bilan keliningizni ahilligi g’ashingizga tega boshladimi, bilingki, shaytonning yo’liga kirdingiz, tezda o’zingizni rostlang.

Yetim yigitlar emas, ko’proq ota-onasi tirik yigitlar oiladan ko’p siqiladi. Ko’proq shular yurak va asab kasaliga duchor bo’ladilar..Ularning bag’ri butunligi qayerga bordi?

Kelinni o’g’lingizga yomonlamang, sochingizni oqi bilan unga siz chora topolmayapsizku, g’o’r yigit nima qila olardi?


U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #98 : 24 Sentyabr 2009, 12:05:58 »
O'g'lingizni kelinga maqtang, uni eshitib o'g'lingiz sizga yaqinlashadi, ikkinchi tomondan kelinni oldida boshi baland bo'ladi.

O'zimdan keyin qizlarim xor bo'lmasin desangiz, kelinning ko'nglini oling. Eshigingizni ochib, chirog'ingizni yoqib qoladigan, qizlaringiz kelsa, ko'rpacha solib, sizning o'rningizga qozon osadiganlar shulr!

O'zingiz to'ng'lab tursangiz ham, qizlaringizni kelinlarga himmat va mehr ko'rsatmoqqa chorlang,hatto majbur qiling. Bizdan keyin jigarlarni bir-biridan judo qiladigan ham, birlashtiradigan ham shu kelinlardir.

Qaynona odil bo'lmagan uyda har kun "qiyomat".

Kelin olib gapini tashqariga chiqarmagan ayolga qizingni ber.

Keliningizni qovog'i uyilib ochilmay tursa, eng yaqinda turgan siz aybdorsiz - sovuq havo tegaversa,shig'il meva qilgan daraxt ham kasovga aylanadi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #99 : 24 Sentyabr 2009, 12:11:43 »
Eringizning urug'i ham, keliningiz ham,o'g'lingiz ham, qudangiz ham ko'zingizga yomon ko'rinaversa,demak,gap o'zingizda.Qur'oni Karimda shunday deyiladi:"...Aniqki,to biron qavm o'zlarini o'zgartirmaguncha Alloh ularning ahvolini o'zgartirmas". (Ra'd surasi,11-oyat)
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #100 : 24 Sentyabr 2009, 12:26:25 »
Kuni kecha o'zingiz ham kelin edingiz. Mustarlik bilan javdirab turardingiz - qaynonamning nega qovog'i soliq,qaysi ishim yoqmadi ekan? Qaynegachim xomush ko'rishdi - bilmay gunoh qilib qo'ydimmi, deb bezillaganingiz bezillagan edi.
Ertalab hammani yedirib ichirib, kiyim-boshlarini to'g'rilab, yalab yulqab o'qishga jo'natguningizcha ancha vaqt o'tadi. Uyni yig'ishtiraman deguningizcha tushlik taomning hozirligi boshlanadi. Qo'kingiz kafgirdayu, hayolingiz to'planib qolgan kirda. Taomni ham chala yeysizda,kirga tushasiz. Kech kiradi, yana qozon. Oraliqda bunisi kelib, unisi ketib turadi. Keyin dazmol, yana oshxona...Buning ustiga sizga yoqqan, yoqmagan odamlarning bariga birdek iljayib turishingiz kerak! "Yaxshilab ovqatlaning" deydi qaynonagiz. Shapir-shupur yegani tortinasiz, qimtinibgina yeb, turib ketasiz. Og'ir ish bo'lmasada, bir-biriga ulanib, davom etavergan harakat, hammaga ma'qul tushaman, deb asablarning tarang turishi zo'r keladi, tinkanagiz quriydi. Dam olgani esa haqqingiz yo'q. Ishdan kelgan kuyovingiz yonboshlab yotadi, o'qishdan kelgan qaynsingillar bir-bir uxlab chiqishadi. siz kelinsiz, ishdan kelsangiz ham, o'qishdan kelsangiz ham, hovlining u boshidan bu boshiga bo'z qo'yib yuguruib chiqishingiz shart! Bolalarim charchaydi, nega bu charchamaydi, demaydi qaynonangiz.
Bugun esa o'zingiz qaynonasiz, bir shirin jon qo'lingizda xuddi shu ahvolga tushib turibdi,ko'rgan kunlaringizni bir eslangda, unga rahmingiz kelsin!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 999
Javob: "Yashash tilsimi"
« Javob #101 : 24 Mart 2014, 15:11:24 »
Qaynonam undoq bundoq deb yurgan kelinlar yoki kelinidan ayb topib hammaga yomonlab yuradigan qaynonalar o'qisa  juda foydali asar ekan.

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6157
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12832
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6784
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6828
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 90192
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu