"Yashash tilsimi"  ( 58119 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


Munira xonim  08 Mart 2009, 19:59:40

Ayolni ayollik yuki qadamida yer tishlatib  qo'yishi mumkin edi, ammo uni Xudoning o'zi asrab turadi...Bu yorug' dunyoda hech bir gazot ayolning ona bo'lish daqiqalaridek og'ir kechmagay. Farzand dunyoga kelar ekan, ayol o'z etining nimta-nimta bo'layotganini, so'ngaklarini qirsillayotganini eshitib turadi. Jismiga o't tushadi. Jon taslim qilayotgan kishida nafas qanday bo'g'ziga tiqilib kelsa, ko'z chanog'idan jilsa, bu dunyo bilan u dunyoning orasi qilchalik qolsa, yangi insonni shu tarzda topadilar. Nazarimda, bola bilan birga har gal onaning jismidan jin ham ajraydi, ajraydiy-u  bu g'azot azobini Alloh , kompyuterdan o'chirgan kabi ayol xotirasidan o'chirib yuboradi. Bu ham sinoat! Agar Alloh unuttirmaganida, hech bir ayol bolasini qo'liga olmagan, betiga qaramagan, orqasiga burilib ketvorgan bo'lardi.
Alloh ichingdagi farzand degan tikonni oladi-yu, o'rniga tirnog'ingning uchigacha to'ldirib Onalik mehri ummonini soladi. Shu bir parcha et dunyoyingga aylanadi.Hamma ipingning uchi shuginaga bog'lanib qoladi. Men hali bola bilan jon ham ko'chadiyu deb bekor aytibman! Bola bilan birga jon ham chiqadi! Sening faqat harakatdagi loshing qoladi xolos! Endi sening joning shu - BOLA! Shu bola og'risa og'rib, yig'lasa yig'laysan. Avval joningni qovurg'alaring orasida avaylab saqlarding, endi u to'rt tomonidan shamol urib turgan yerga tushdi. Oh, uni endi asrash naqadar og'ir!
Eslamaydi emas, bola topishdagi og'riqni eslaydi, faqat bir holatda - qachonki farzandi uni kuydirsa! O'shanda ham:"Sen tug'ilmay qo'ya qolsnag bo'lmasmidi?" demaydi, "Sening o'lganing yaxhsi edi" demaydi. "seni tug'may men o'lay!" deydi. "O'sha to'lg'oqning ichida o'lib ketaversam bo'lmasmidi!" deya faryod soladi.
Suyaklarimizdan sindirib o'g'il yasading,Alloh, o'g'lonlarimizga insof ber!!!
Etlarimizdan uzib qiz bino qilding Alloh, qizlarimizga to'zim ber!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 20:24:37

Ayol - misli go'dak!!! Yolg'ondan yupatsangiz ishonadi. Bir shirin gap bilan baxtiyor bo'ladi. Bola onasiz javdirab qolgani kabi, ayol o'z bolaisga, juftiga, uyiga shunday mubtalo bo'lib yashaydi. Uning uchun dunyoni titratgan muammolar ikkinchi o'rindadir. Jufti eson omon ishdan qaytsa, bas, uning uchun farovonlik - shu! Joy-joyida uxlab yotgan bolalari jonini yayratgan sururdir. Go'dak uchun ota-onaning xunuk chiroyligi, boy kambag'ali bo'lmagani kabi, ayol uchun ham shunday, agar uni suysalar, e;tibor bersalar, avaylab muoala qilsalar, qora juftini oppog'im deb, sodda ro'zg'orini saltanatim deb, bag'riga bosib o'taveradi.
Biz odmigina yashardik. Dadam mullo odam edilar, ammo o'zlarini o'tga cho'qqa uradigan uddaburon emasdilar.Onam chopon tikardilar. Oilamizda g'amlash, to'plash imkoni bo'lgan emas. Ammo dadam qoplab narsa keltirmasalar ham, hech qachon ro'zg'orga paxta yog'i aralashtirmaganlar."Onangga yoqmaydi, qo'y yog'i quvvat vo'ladi", erdilar. Onam yuklik bo'lsa tinmay sut qaymoq tashir, "sut onaning ham bolaning ham mijozini tozalaydi" derdilar. Esimni tanibmanki, qish kelsa, cho'yan peshka ishlatardik. Saharlab olov yoqish, ko;mir keltirish, tuntantiriq tayorlash kabi ishlarni hech qachon onamga bermaganlar...Ro'zg'orning jami o'pirilgan joylarini dadamning mehr sadoqati to'ldirib turgani uchunmi, onamdan biron og'iz o'ksish, armon so'zlarini eshitmaganman. Aksincha, hadeganda:"Bugungi kun yaxshi o'tdi, ertaga Ya Razzoq!" deb qo'yardilar.
Bolaga onaning tafti jon ozig'i bo'lgani kabi, ayolga juftining mehri bamisoli sof havo ekan...
Qo'li yupqagina dadam bilan onam go'yo davlatmand edilar. Dadam hayotdan ketdi, go'yo onamning saltanati ham ketdi. To'rt tarafni to'ldirgan, bir gapirib, o'n kuladigan onam tinib-tinib qoldi, go'yo uning bari shodmonligi ham dadamga ergashib ketdi. Onam ko'z yosh to'kib yig'lamadi,"oh, cholim undog' edi, bundog' edi" deb sannamadi ham. Jimib qoldi, xolos. Biz onamning tilab-tilab joncha suygan bolalari bo'lsakda, dadamning o'rnini bosolmadik. Ko'p o'tmay, hech kimga maslahat solmay, dadamning orqasidan o'zi ham ketdi. Go'dak kabi ergashib ketdi...

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2009, 12:27:41

"Ipak bilan po'latdan quymish bizni tabiat", deb yozgandim bir she'rimda. Ellik yildan ziyodki o'zimni kuzataman. Ayol bo'la turib, hanuz ayollik olamining tilini tushunolmayman. Ba'zan o'z gappim, o'z ishimdan o'zim hayratlanaman. Boshqa ayollarni ham zavq bilan kuzataman. Ertaga yana nimalarni sodir etrakinmin, deb ishqiboz tomoshabinday ertangi kunimni kutib yashayman. Ayolki o'zini tushunolmay tangmi, yana ham erkaklar bizni uqolmay gangib qolmas ekan-da deyman o'zimga! Nafsilamrini aytganda, ayolning kamalkday fe'l atvorini mazza qilib tomosha qilishni bilgan erkak baxtiyor erkakdir! Ayolning har bir barmog'i gullaydi. Gul bo'lganda hma bugun bir turda gullasa, ertasiga boshqacha! Ayol bugun ipak bo'lsa, ertaga olov, uning vujudida ishtiyoq, u izlanuvchan jon - har kuni har xil narsani o'rganayotgan bo'ladi!
Bu zot kim o'zi? Onam farzandlar dog'ini, umr sargardonliklarini filday ko'tardi. Ammo dadam hayotdan ketishi bilan chirt uzildi. U bargi xazon kabi mo'rt ekan aslida. Onamga quvvat berib turgan otamning mehri ekan, birodar!

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2009, 12:45:13

AYol haqiqatan mo'rt! To'rt - besh yetimni bitta qanot bilan boqsa-da, lochinday boqadi, bolalariga kelgan baloni arslonlarday daf qiladi, bu zahmatlarni tortar ekan, bitta jonida o'nta erkakning irodasini yasaydi. Ammo...kinlardan bir kun bitta fahmi kalta:"Eringiz o'ttiz yil burun o'lib ketgan falonchini yaxshi ko'rgan ekan", deb qo'ysa, bo'sh qopday yer bag'irlab qoladi. Qaddi dol bo'ladi. O'lib ketgan erining o'lib ketgan muhabbatdi uchun-a?!

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2009, 12:49:05

Gohida erkaklar ayollarni kiyimparast, tilloparast deydilar. Unday emas! Siz ayolingizni oltin taxtga o'tqazib, tillodan libos kiydiring. Ana, sen uchun yu yilga yetadigan mol g'amlab qo'ydim deng! Ammo birov shunchaki:"Eringiz juda kelishimli ekan, ehtiyot bo'ling-da", deb qo'ysa, bas, (e'tibor bering hali gunoh yo'q, hali guvoh yo'q) ayolga hadya etgan arkoni davlatingizkultepa bo'ladi qo'yadi. Tovoning tagiga cho'g' tushib, yonishga tushadi.
Bu zot kim o'zi!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2009, 12:52:25

Bir hujjatli fil'm ko'rgandim. O'nta o'g'li urushga ketib qaytmagan ayol haqida edi. O'g'loinlari o'ldi, urush tugaganiga o'ttiz yildan oshdi. U esa tirik,  u hamon tirik. Bir farzandining dog'i ado bo'lishga yetadi, o'ntasining o'ti nechun yondirib yubormadi?!
"Shoshmay tur,-deydi ajalga o'zidan o'zi,-senga o'nta bolaisni bergan mardman men, mening jonim jon ekanmi, faqta men o'lib ketsam bolalarimni chirog'ini kim yoqadi, ularning haqqiga kim duo qiladi?"
Shunda ham u bolalarini o'yladi.
Ayol kim o'zi? U nedan yaralgan?

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2009, 12:57:50

Hadeganda bolalari o'laverib, hisobdan o'chirtirib kelaverib, adoyi tamom bo'lgan ota onam men tug'ilganimda tug'ilganlik guvohnomasini olishmagan ekan. O'n to'rt yoshga kirganimda maxsus vakillar eshikma-eshik yurib, urush payti va urushdan keyin tug'ilgan bolalarning hujjlatlarni tiklashga kirishdilar. Shu bahonayi sabab bilan ota-onam guvohnomaga boribdilar. "Qizingiz necha yosh?' - degan savolga dadam:"O'n to'rt" desa, onam:"O'n olti" ,- deb javob qilarmish. Dadam:"Nega ikki yosh qo'shib aytaypsiz, undog' qilmang", deb tanbeh bersa,"Hech yo'q o'n besh deng bo'lmasa, harna bir yosh qo'shilgani!" dermish onam nuqul.
Mana endi tahlil qilyapman. Onam sho'rlik katta bo'layotganimga ishonib ishonmay kuzatar, meni yildan yilga o'tkazib olguncha zor qaqshab turar ekan. YAxshi niyat qilay, hech yo'q qog'ozda ikki yosh ulg'ayib tursin, deb turgan joyi ekan onajonimning!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2009, 13:03:19

Eru ayol birga yashayversa, bir-biriga qovurg'aday payvasta bo'lib ketar ekna. Otamdan keyin jimib qolgan onam ba'zan ba'zan tizzasiga urib:"Voy, o'lmay o'lsin-a otang? deb qo'yardi.
U shindoq der ekan,  ko'ziga yosh kelmasdi, ammo ichi qovjirab tutab turgnaini shuundoqqina bilsa bo'lardi. Vodarig' deyman bugun, bu:"Sensiz qanday yashayman endi", degani ekan bu. "Mana izingdan ketyapman, nega meni ergashtirib ketyapsan", degani ekan.  "Sen o'lmasang men ham o'lmasdim", deb bo'zlab borayotgan onam ekan u.
O'g'li ergashmadi otamning ketidan, bir dona suyumli qizining -mening qo'limdan kelmadi ergashib ketish. Onamgina keta oladi, onamgina...
Eh, yigitlarjon, qizingizdan ham o'g'lingizdan ham avval ayolingizni deng! Undan boshqa vafodiringiz yo'q....

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2009, 13:12:17

Ro'zg'or deganning sehri bor. Joningni hamma ipini o'ziga bog'lab, seni sochilgani qo'ymaydi. Yerda bo'lsang ham ko'kda bo'lsang ham, bog'i eramda ham, e bular o'taversin,hatto ota-onangning bag'ridan ham imlab, qora qozoning joylashgan ostonaga tinmay chaqirib turadi. Birovning koshonasida mixning tepasida o'tirganday o'tirib, o'zingning kulbangda hamma chigiling yozilib yayraysan...
Bir hikoya eshitib edim:tog'lik qishloqda bir kechasi olatasir boshlanibdi, to'polon tingach, qarashsa, qishloqning go'zal bir qizi yo'q emish. Uni kimdir olib qochgan, degan gap tarqalibdi. U qizning otasi, oltovlon akalari obdon izlab topolmabdilar. G'amdan bukilgan ota o'limi oldidan o'g'illariga vasiyat qilib, singillarini albatta topishni tayinlabdi.
Yillar o'tibdi. Akalari qidirishni davom ettiribdilar. Kunlardn bir kun qiz topilibdi. Katta g'or og'zida o'tiribdi emish, yonida bahaybat ayiq, atrofida esa yarmi ayiq, yarmi odam ikkita bolacha o'ynab yuribdi emish. Akalarini ko'rgan singil talpinib yugursa, ayiq yo'lini to'sarmish, akalari yaqinlash desa ularga hamla qilarmish. Ayiqchalar ham qizning oyoqlariga yopishib olganmish. Akalari majbur bo'lib ayiqni va ayiqchalarni otib o'ldiribdilar va singillarini uyga olib kelibdilar. Ular mamnun, ota vasiyati bajarildi deb. Ammo ishning eng yomoni endi boshlanibdi...Qiz kunda tong qorong'usida tomga chiqib olib, tog' tomonga termulganicha nola boshlarmish........

Ayolning faqat Allohgagina ayon dunyosi bu....

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Mart 2009, 12:09:59

Birga ishlaydigan xodimimizning onasi, saksondan oshgan Hamroxon ayaning menga ixlosmnad ekanlgini eshitib yurardim. Bir kuni telefonda to'g'ri kelib qoldim-da, hol ahvol so'rashuvdan keyin:"Sizni ziyoratingizga bormoqchi edim", dedim. Ayaning quvonganini va negadir taraddudlaganini ham sezdim.
-Qaniydi, onam kelgandek bo'lardi, ammo sizga bahorlar yarashadi-a! Kelsangiz olchamiz gullaganda keling,ayalnay,-dedi.
Ayol yuzga kirsa ham ayol-da! Bilaman, ular turadigan joylar Toshkentning buziladigan eski mahallalari edi. Qishda, ayniqsa, qaramay qo'shilgan devor-darmiyonlar g'arib ko'rinar, kampir shuning uchun ham xijolatlik chekmoqda edi. Umr boyi ro'zg'orini-yu o'zini atrofga tekislab ko'rsatishga urinib o'tgan ayolning bezovtaligi edi bu. Saksonga kirganda ham o'ziga qo'yilgan bahoning pasayishini xohlamagan  ayol ORIYATI edi bu. Men bu gapdan hatto zavqlandim va bostirib bormadim. Bahor keldi, bu fasl boyu kambag'alni bir xilda siylaydi. Ayaning hovlisi ham kelin tushgan uyday bo'libdi, quyuq gullagan olchalar o'rovida ko'rimsiz hoylar ham bilinmay ketgan. Ammo ming dodki, olcha gulga kirguncha Hamroxon aya olamdan o'tdi. O'shanda ayolik qilmay, nima bo'lsa bo'lar, kelavring deganda, ko'rishib qolarmidik...Bu ham Allohning irodasi ekanda!!!

Qayd etilgan