Muallif Mavzu: "Yashash tilsimi"  ( 33442 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #15 : 09 Mart 2009, 12:52:25 »
Bir hujjatli fil'm ko'rgandim. O'nta o'g'li urushga ketib qaytmagan ayol haqida edi. O'g'loinlari o'ldi, urush tugaganiga o'ttiz yildan oshdi. U esa tirik,  u hamon tirik. Bir farzandining dog'i ado bo'lishga yetadi, o'ntasining o'ti nechun yondirib yubormadi?!
"Shoshmay tur,-deydi ajalga o'zidan o'zi,-senga o'nta bolaisni bergan mardman men, mening jonim jon ekanmi, faqta men o'lib ketsam bolalarimni chirog'ini kim yoqadi, ularning haqqiga kim duo qiladi?"
Shunda ham u bolalarini o'yladi.
Ayol kim o'zi? U nedan yaralgan?
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #16 : 09 Mart 2009, 12:57:50 »
Hadeganda bolalari o'laverib, hisobdan o'chirtirib kelaverib, adoyi tamom bo'lgan ota onam men tug'ilganimda tug'ilganlik guvohnomasini olishmagan ekan. O'n to'rt yoshga kirganimda maxsus vakillar eshikma-eshik yurib, urush payti va urushdan keyin tug'ilgan bolalarning hujjlatlarni tiklashga kirishdilar. Shu bahonayi sabab bilan ota-onam guvohnomaga boribdilar. "Qizingiz necha yosh?' - degan savolga dadam:"O'n to'rt" desa, onam:"O'n olti" ,- deb javob qilarmish. Dadam:"Nega ikki yosh qo'shib aytaypsiz, undog' qilmang", deb tanbeh bersa,"Hech yo'q o'n besh deng bo'lmasa, harna bir yosh qo'shilgani!" dermish onam nuqul.
Mana endi tahlil qilyapman. Onam sho'rlik katta bo'layotganimga ishonib ishonmay kuzatar, meni yildan yilga o'tkazib olguncha zor qaqshab turar ekan. YAxshi niyat qilay, hech yo'q qog'ozda ikki yosh ulg'ayib tursin, deb turgan joyi ekan onajonimning!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #17 : 09 Mart 2009, 13:03:19 »
Eru ayol birga yashayversa, bir-biriga qovurg'aday payvasta bo'lib ketar ekna. Otamdan keyin jimib qolgan onam ba'zan ba'zan tizzasiga urib:"Voy, o'lmay o'lsin-a otang? deb qo'yardi.
U shindoq der ekan,  ko'ziga yosh kelmasdi, ammo ichi qovjirab tutab turgnaini shuundoqqina bilsa bo'lardi. Vodarig' deyman bugun, bu:"Sensiz qanday yashayman endi", degani ekan bu. "Mana izingdan ketyapman, nega meni ergashtirib ketyapsan", degani ekan.  "Sen o'lmasang men ham o'lmasdim", deb bo'zlab borayotgan onam ekan u.
O'g'li ergashmadi otamning ketidan, bir dona suyumli qizining -mening qo'limdan kelmadi ergashib ketish. Onamgina keta oladi, onamgina...
Eh, yigitlarjon, qizingizdan ham o'g'lingizdan ham avval ayolingizni deng! Undan boshqa vafodiringiz yo'q....
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #18 : 09 Mart 2009, 13:12:17 »
Ro'zg'or deganning sehri bor. Joningni hamma ipini o'ziga bog'lab, seni sochilgani qo'ymaydi. Yerda bo'lsang ham ko'kda bo'lsang ham, bog'i eramda ham, e bular o'taversin,hatto ota-onangning bag'ridan ham imlab, qora qozoning joylashgan ostonaga tinmay chaqirib turadi. Birovning koshonasida mixning tepasida o'tirganday o'tirib, o'zingning kulbangda hamma chigiling yozilib yayraysan...
Bir hikoya eshitib edim:tog'lik qishloqda bir kechasi olatasir boshlanibdi, to'polon tingach, qarashsa, qishloqning go'zal bir qizi yo'q emish. Uni kimdir olib qochgan, degan gap tarqalibdi. U qizning otasi, oltovlon akalari obdon izlab topolmabdilar. G'amdan bukilgan ota o'limi oldidan o'g'illariga vasiyat qilib, singillarini albatta topishni tayinlabdi.
Yillar o'tibdi. Akalari qidirishni davom ettiribdilar. Kunlardn bir kun qiz topilibdi. Katta g'or og'zida o'tiribdi emish, yonida bahaybat ayiq, atrofida esa yarmi ayiq, yarmi odam ikkita bolacha o'ynab yuribdi emish. Akalarini ko'rgan singil talpinib yugursa, ayiq yo'lini to'sarmish, akalari yaqinlash desa ularga hamla qilarmish. Ayiqchalar ham qizning oyoqlariga yopishib olganmish. Akalari majbur bo'lib ayiqni va ayiqchalarni otib o'ldiribdilar va singillarini uyga olib kelibdilar. Ular mamnun, ota vasiyati bajarildi deb. Ammo ishning eng yomoni endi boshlanibdi...Qiz kunda tong qorong'usida tomga chiqib olib, tog' tomonga termulganicha nola boshlarmish........

Ayolning faqat Allohgagina ayon dunyosi bu....
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #19 : 10 Mart 2009, 12:09:59 »
Birga ishlaydigan xodimimizning onasi, saksondan oshgan Hamroxon ayaning menga ixlosmnad ekanlgini eshitib yurardim. Bir kuni telefonda to'g'ri kelib qoldim-da, hol ahvol so'rashuvdan keyin:"Sizni ziyoratingizga bormoqchi edim", dedim. Ayaning quvonganini va negadir taraddudlaganini ham sezdim.
-Qaniydi, onam kelgandek bo'lardi, ammo sizga bahorlar yarashadi-a! Kelsangiz olchamiz gullaganda keling,ayalnay,-dedi.
Ayol yuzga kirsa ham ayol-da! Bilaman, ular turadigan joylar Toshkentning buziladigan eski mahallalari edi. Qishda, ayniqsa, qaramay qo'shilgan devor-darmiyonlar g'arib ko'rinar, kampir shuning uchun ham xijolatlik chekmoqda edi. Umr boyi ro'zg'orini-yu o'zini atrofga tekislab ko'rsatishga urinib o'tgan ayolning bezovtaligi edi bu. Saksonga kirganda ham o'ziga qo'yilgan bahoning pasayishini xohlamagan  ayol ORIYATI edi bu. Men bu gapdan hatto zavqlandim va bostirib bormadim. Bahor keldi, bu fasl boyu kambag'alni bir xilda siylaydi. Ayaning hovlisi ham kelin tushgan uyday bo'libdi, quyuq gullagan olchalar o'rovida ko'rimsiz hoylar ham bilinmay ketgan. Ammo ming dodki, olcha gulga kirguncha Hamroxon aya olamdan o'tdi. O'shanda ayolik qilmay, nima bo'lsa bo'lar, kelavring deganda, ko'rishib qolarmidik...Bu ham Allohning irodasi ekanda!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #20 : 10 Mart 2009, 12:23:47 »
U ayolning erkakgi ko'tarib ko'tarib kelardi, o'g'li ham toparman tutarmon edi. Lekin bu oilada hech qanday bayram, hatto hayit degan narsa ham yo'q edi.  Ayol ham bunga ko'nikib ketgan. Ammo yoshiga yosh qo'shildimi yo bolalaridan qo'li bo'shab, xotin xalajga aralashgani uchunmi, o'zini ularga solishtirib ko'rdimi, haytovur yuragining bir chetida mening erkaklarim nega bee'tibor, degan og'riqqa o'xshash narsa uyg'ondi.
"BAyramga necha kun qolganini sanay boshladim,-deydi ayol,- bir kun qoldi, hech kim indamaydi, bayram kuni bo'ldi yana jimlik. Tush bo'ldi, sado yo'q, kech kirdi, vujudim bilan tilanib turibman. Na er, na o'g'il bayramdan og'iz ochdilar. Kechki ovqatga o'tirdik, kutyapman. Qaydandir taomlar orasiga bir kosa talqon ham xontaxtaga qo'yilgan ekan. Kosaga engashib go'yo tolqon yeyapman, ammo unsiz yig'layapman. Ovozim chiqib ketmasin, deb zo'r berib, bir kosa talqonni qanday tugatganimni bilmayman". Ayolning ko'z yoshi yuzini yuvar ekan, iljayishga harakat qilib qo'shib qo'yadi:"PAstkashligimni qarang, tabriklamadi, uchta gul bo'lsa ham ilinmadi, deb shuncha kuyibman-a! Fe'lim yomon shekilli-da o'zimning".
Aylanay sizdan , o'ksik oyim, nega andisha qilasiz? Siz bu bezavq, behafsala juftingizni oilali to'ralardan qildingiz, o'g'il qizli boyvachcha qildingiz. Yura yo'lini supurdingiz, himarilib qo'liga sochiq tutdingiz, doimo taomning issig'ini, kalomning shirini ilindingiz. Kamini to'ldirdingiz. Bu fidolik evaziga o'zingizni kun-bakun so'ldirdingiz. Uning qo'liga gulday bo'lib kelgan eidngiz, kamonday egilib bormoqdasiz. Anavi o'g'londan koyinmang - otasiga qarab ish tutadi-da! Siz ulardan ot bilan tuya so'rayapsizmi? Tillo baxt so'rayapsizmi? Atigi bir dastagina gulning ilinjida mo'ltirab turibsiz. Uchtagina gul bilan baxtiyor bo'lardim, deb bag'ringiz sizib turibdi. Armonli oyim, o'ylamanki, bu so'ppaygan eringiz nokas emas aslida, sizdan pul yoki mol qizg'onmaydi. Faqat bunga farosati ishlamaydi, noshukrlik qiladi xolos. Sizni ularga Alloh bergan ne'mat ekanligingizni, odatda o'ziga berilgan ne'matni asrash, uning uchun shukrona aytish farz ekanligini bilsa, bundoq qilmas edi balki.
Allohdan ularga iymonu ziyraklik tilaylik.Ayol uchun farzanddan buyurgan baxt yarim davlat ekanligi, erdan ko'rilgan mehr muhabbat esa butun, haqiqiy baxt ekanligini erkaklar qaydan bilsinlar!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #21 : 11 Mart 2009, 10:50:56 »
Erkak uchun ham, ayol uchun ham eng og’ir gunoh – zinodir! Nikoh osmoniydir, umr yo’ldoshlik Alloh tuzgan uyushmadir. Zino – pokiza nikoh, pokiza farzand. Ohorli ostonangiz, halol rizqingiz-u toza vujudingizga bosilgan nopok tamg’adir. Endi siz abraka topmaysiz.. Endi bu yog’iga tishingizni tishingizga qo’yishingiz shart! Boisi, yillar g’irillab o’tib ketadi va ogoh bo’lingki, qismatingizda o’g’lingiz yoki qizingizning siz qilgan xatoni hech yo’q bir marta qilishi bordir. Bir iztirob chekishingiz bor. Siz Allohning oily ne’mati edingiz, o’zingizni asrolmadingiz. Javobini berasiz endi. Achinarlisi shuki, o’sha insonlar Alloh ularni rosa yorlaqaganda; ko’rki to’lib, imkonlari ko’payib, atrofga bo’yi ko’ringanda dhu gunohga qo’l urib qo’yadilar. U ne’matlarning uvoli tutmasinmi?
Xo’sh, soz’imiz ayol xususida edi: aslida zino qilgan erkakgu ayolning bahosi bir xil. Ammo shu xunuk xato ichra ham ayol erkakdan ko’ra durustroq – aynigan erkak topganini ko’chaga sochadi, sovurib keladi. Ayol badnomlik ichida ham topganini uyiga tashiydi. Gunoh dengizi ichida ham, yuragining bir cheti:”Men bolam uchun javobgarman!” deb chinqirib turadi….

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #22 : 11 Mart 2009, 10:52:34 »
Ro’zg’or – tildagiyu fe’ldagi pardozni silkib, aslingizni yuzaga chiqarib qo’yadigan sinovdir. Ro’zg’ordan asli tozalargina rohat ola biladilar, iymoni butunlargina uning chiroyli tomonlarini kashf eta biladilar.Ro’zg’oridan ketibdi, umr yo’ldoshiga ko’ngilsiz bo’lib tashlab, boshqa bilan turmush quribdi, degan gaplarni asosan erkaklar haqida eshitamiz. Ularning barilari ro’kach qiladigan armonlari bor: ayoli ko’rimsiz yoki tili yomon yoki ivirsiq yoki kasal! Endi armon bilan o’tib ketmaslik uchun o’z monandini qidirib qolibdi emish. Yoki juda insofli bo’lsa, ikki ro’zg’orni baravar olib borar emish! Bu gaplarni ensamiz qotibgina eshitamiz-u, lekin sapchib tushmaymiz, etimiz uvushmaydi. Hatto mening o’zim ham bir kun radioda:”Juvonmarg erkak ham yaxshi xotindan ketib qolmaydi-da”, deb edim!
Aslida-chi?Erkakning ta’bidan ko’ra nafisligu nazokat, xinoyu mushk-anbar ichra bo’lgan ayolning ta’bi yuz bora oritq nozikroq emasmi? Ayolda ko’ngil yo’qmi? Unda suyib yashashga ehtiyoj, yayrashga ishtiyoq yo’qmi? Siz o’ylaysizki, ayolni tanlab seviladi-yu, erkakning yaxshisiyu yomoni – yoppasiga sevilishga loyiqmi? Ovozi darvozadan chiqmay, birovga shikoyat qilmay, yashyotgan ayol borki, hammasi baxtlimi? “Dadasi, dadasi” deb mulozamat qilayotgan, juftining ko’ngliga bisyor qarayotgan ayolki erini yaxshi ko’radimi?
Yigitlarjon, atrofingizda mayday ishlarni qiliz, sizga yoqqan yoqmagan mayday gaplarni gapirib yurgan ayol ro’zg’orga munosabat masalasida sizdan ko’ra yuz bora yaxlitoq, yirikroqdir. Ne-ne ayollar erlarini ko’rgani ko’zi bo’lmasa ham, tug’ilib qolgan bolalar haqqi, ularning otasiz o’ksimalsigi uchun tosh tishlab, chidab yashaydilar. Har gal erlaridan ko’ngil sovib, armon yuraklarini yumdalaganda, javdiragan bolalariga ko’zi tushgan zahoti, tok urganday xijolat teriga botadilar:”O’g’illik, qizlik bo’lganimda erim menga yoqadimi, yoqmaydimi deyish yengiltaklik, bachkanalik, emasmi, oriyat emasmi”, deb o’zlarini sud qilailar. Unday ayol dili muzlab tursa ham, atayi ovoz chiqarib:”Men juftimni yaxshi ko’raman, shuning uchun ham unga ixlos bilan taom pishiraman, ishdan kelishini zoriqib kutaman, uni yoqtirganim uchun yasanib tusanib ko’rinyapman, men eng baxtli ayolman, shuning uchun uyim joyim deb o’tiribman”, deb tinmay o’zini ishontirib yashaydi. Atrofdagilarni ham ishontiradi.
Siz o’ylamanki, ayol erkakka zor, erkak bo’lmasa bolasini boqolmaydi, tirikchiligi o’tmaydi, deb! Bolalariga qo’shib, erini ham boqayotgan, ro’zg’orini tishida tishlab o’tayotgan ayolalrni o’zingiz ham har qadamda ko’rib turibsiz.
Duo qilaylikki, ilohim, aylllaringiz sizni sevib yashasinlar. Bir martagina beriladigan umrda siz tirik turib, sizning yoningizda yuraklarda armon toshini ko’tarib o’tmasinlar. Qiz kuyovniki bo’lib ketar ekan, o’g’il kelinniki. Nabiralar, ming suymaylik, g’animatdir – ayolingizning yonida sizdan boshqa hech kim qolmayotir. Ostonangizni yalab, faqat sizning bolangizni boqib, aziyatini tortib, szining yaqinlaringizni xizmatini qilib, umrini sizga qurbon qilib o’tsa ham, shu jafokashga jilla yoqay deb urinmaysizmi?
Yo’qotishalrining o’rnini bosay, demaysizmi? Undan olayotgan muruvvatlar haqqi o’zingizni qarzdor his qilmaysizmi? “Ko’nglimdagidek bo’lmasa ham bolalarimning otasida”, deb o’tib boryapti ayol.
“Yomon bo’lsa ham bolalarimning onasi-da”, deyish nahot qo’lingizdan kelmasa, yigitlarjon…

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #23 : 11 Mart 2009, 10:54:47 »
Ayollik dunyosi ajoyibotxona – yoqangni ushlab tomosha qilasan.
Turmay – turmay turgan bola bo’lsam ham, eslab ko’rsam,onam meni hech qachon erkalab suymagan, quchoqlab o’pmagan ekan. Gohi – gohi o’ksigan paytlarim ham bo’lgan…Oilada katta farzand bo’lganim bois, katta bolamiz o’g’il bo’lmadi deya ota onam o’ksimasin uchun, yoshligimdan o’g’ilning uddasini ko’rsatmoqqa, dadamning yukini o’g’lonlarcha qo’lidan olmoqqa urinib, o’g’il farzand mag’zini beray deb,tirishib tirmashib o’tdim. Bu atrofga ham sezilsa kerak, bir kuni qo’shni aya:”Bolani siz tug’ibsiz-da, Ergashxon aya, qaniydi menikilarning hech yo’q bittasi shu qizingizga o’xshasa”,-dedi. Onamga bu gap yoqmadi:”U bizga nima qilib qo’yibdiki, shunday deysiz?” dedi qovoqlarini uyib. Yuragim muzlab qoldi. Izza tortdim.  Onam bo’la turib shuncha yaxhsiligimni bilmadi-ya, deb bir qancha muddat og’rinib yurdim…U holatlarning mag’zini endi chaqyapman. Onam tabiatan bolajon edi. Qo’ni qo’shnilarning bolalarini yuraklari yayrab suyar, baytlar to’qib erkalatar edi. Olti bolasi ketib, o’lmay qolgani bo’lsam-u, meni yaxshi ko’rmasmidi deysiz! O’pib quchoqlagisi, farzandining hidi bilanyayragisi kelmasmidi, deysiz? Endi – endi balsam, juda xohlar-xohlar ekan, faqat o’zini tiyib yashab o’tibdi. Ko’zini ko’zimdan, o’zini o’zimdan olib qochgan onajonim, meni til kelib erkalatsa, Allohning qahri keladiganday, Ibrohim Adham qissasi boshiga tushadiganday, bittagina  bolasidan ham ayrilib qolayotganday bo’larkan-da. Birov meni maqtasa ham shuning uchun bezillar, ko’z tegib qolmasaydi, deb qovurilib turar ekan.
O’lganlariga-ku, xo’p kuydi, tirik qolganiga ham suyunishga qo’rqib o’tgan onam-a…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #24 : 11 Mart 2009, 10:55:46 »
SO’Z ayol dunyosining javohiri, o’rni kelganda, keskir qilichdir. So’z ayolning tilida gavharga aylanadi – ular donalab terib, yuraklarida yillar asrab, eslab yuradilar. Ayolning shikasta ovozi bilan aytilgan so’zi kuydir – vujudingiz mumday eriydi. Yaxshilab eslang, siz qachon jahldan tushasiz – faqat ayolning so’zi bilan! Yaqinlaringizni qachon yo’qlab qolasiz – onangizning, ayolingizning, opa-singlingizning so’ziy ishorasi bilan!
Ammo yigitlarjon, borivning faoliyatini, o’ylarini, fe’llarini o’zgartiradigan so’zni topish oson bo’libdimi? Bunday kuchli so’zni topish uchun ayolning boshida aql koni, qalbida mehr dengizi bo’lishi kerak. Tomirida qon emas, ziyraklik, xushyorlik aylanishi kerak. Har bir hujayrasining qulog’I bo’lishi kerak va ayol misli g’ovvos bo’lib har daqiqada o’z ichki imkonidan kerakli ma’naviy ozuqani topib, sizga uzata olishi keeak. Xuddi sahnadagi artist kabi bir umr o’zining hamma harakatiga sizni ishontirishi kerak. Yoningizdagi sizga yoqqan va yoqmagan ayolingiz shu tarzda yashab o’tyapti. Uning ana shunday, siz bilmagan ichki qudrati bordir.
Topib gapirgan odam, yoqib gapirganki, odam aqlan o’tkirdir, ma’nan baquvvatdir. So’z – kishining kimligini bildiradigan hujjatdir. Ayol zoti bu ne’matdan shu qadar ustalik bilan foydalanadiki, uning so’zi bilan arslonlar yengilganini, maydalar yiriklashganini, yomonlar yaxshi bo’lganini sezmay qoladi. Ayol lutfi, ayol muomalasi shohlarni-da mot qilgan, olamshumul hayratlarga sabab bo’lgan. Shoira Nodirabegimni eslang. Umarxon bilan oralarida gap qochadi-yu sarxush holatda bo’lgan xon:”Kerakli narsalaringizni olib Andijonga keting”, deb yuborganini bilmay qoladi. Ziyrak malika aqli bilan ish tutadi va shirakayf holda uxlab qolgan Umarxonni ko’roaga o’rab aravaga yotqizdiradi-yu Andijonga yo’l oladi. Manzilga yetay deganda, xon o’ziga keladi va malikaga:”Bu ne hol”,-deydi. “Kerakli narsangni olib otangnikiga ket,-dedingiz,- sizning amringizni vojib hazratim, mening yolg’iz keragim o’zingizsiz, mana olib ketyapman”,-dedi mutf bilan. Masrur va mot bo’lgan Umarxon otning jilovini Qo’qonga burdirgan ekan….
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #25 : 11 Mart 2009, 10:56:22 »
Turon tarixida bunday misollar anchagina: Ray hukmroni Faxriddin Davlo vafot etadi. Sulton Mahmud G’aznaviy (998-1030) bu yurtni o’z ixtiyoriga olmoqchi bo’ladi. Ray saltanatini kichik o’g’li nomidan marhumning ayoli Saida Xotun boshqarayotgan edi. Bir umr bu mamlakatga ishtiyoqmand bo’lgan Sulton Mahmud G’aznaviy Saida Xotunga noma yuboradi. Unda:”Yurtingni yaxshilik bilan menga topshir, juma namozi xutbasiga mening nomimni qo’shib o’qittir va mening ismim bitilgan tanga zarb qildir, yo’qsa, yeringni bosib olib xalqingni xonavayron qilaman”, deb yozilgan edi. Endi Saida Xotunning javobini eshiting:”Men sizni sultonlar ichida eng donosi va mardi deb bilaman. Mening erim Faxriddin Davlo sizning hujumingizdan doimo xavotirda turardi. Erim vafotidan keyin bu masalada xotirjam bo’ldim Chunki sizday aqlli  hukmron xotin kishi bilan jangga kirishishni o’ziga ep ko’rmasa kerak. Ammo men jangdan qochmayman, lekin shuni aytayki,sherning erkagigina emas, urg’ochisi ham xavflidir. Ikkidan biri bo’ladi. Yo siz yengasiz, yo men. Agar g’olib kelsangizda, bu sizga saodat keltirmagay, sababi xotin kishi bilan jang qilib muzaffar bo’lgan erkakni tarix mardlar qatoriga qo’shmagay. Mabodo men yengsam, sizday dovruqli sultonning xotin kishiga yengilib o’tirishi, siz uchun yana uyatli bo’lur”.
Xatni olib qo’shni xoqon lol bo’libdi-yu, shashtidan qaytibdi va Saida Xotun olamdan o’tguncha, o’ttiz to’qqiz yil davomida Rayga hujum qilmabdi. Qarbsizki, ayolning topib aytgan so’zi bilan xalqaro urushlar oldi olinibdi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #26 : 12 Mart 2009, 09:40:29 »
Dadamning onasi – Xadicha onam qazo qilganlarida sakson to’rt yoshda ekanlar va xaridorga tikib tayorlab qo’yganuchta cho’ponlari tuguglik qolgan ekan. Hanuz dog’ qolib, o’ylayman: olti bolasi aravasini o’zi tortib ketgan bo’lsa, yoshi to’qsonni qoralab qolgan bo’lsa, igananing teshigiga tarmilib zarilmi edi?
Tasannolar aytasan ayol zotiga. Alloh yaratgan ne’matlarning ichida durdonasi ayol! Uning sakson yoshidagi harakatlarida ham xislat va ibrat bordir. To’rt tanga bo’lsa ham pul topay, kelin kertakka malolim kelmasin deganimi u? Mana, mehnat qilish, yaratish, qo’limdan kelyapti, ahli yaroqsiz bo’lganim yo’q demak, hali o’lmayman deb o’zini ovutganimi yo? Yoki bir ikki so’m g’amlasam, bolalarimning qo’li kaltarog’I kelsa, tutqazaman degan bezovtalikmi? Onaizor-a…
….Ona to o’lguncha bolam, deb bo’zlab o’tarkan, bevafo bola esa onasidan ayrilgach “onam”lab bo’zlashni boshlarkan…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #27 : 12 Mart 2009, 09:40:54 »
Ukalarimga muruvvat qilganim sari, onam rasmana koyinar va qattiq og’rinib:”Unaqa boshvoqsiz bo’lmagi,bolam! Ertaga ham kuning bor, bir etak bolang bo’lsa! Esingda bo’lsin, jigar jigardir! Asli vafo boladan onaga, onadan bolaga bo’ladi!” der edilar nuqul.
Odil onam, adolatli onam! Axir bersam, uning bolasiga beryapman-ku! O’ziga kerak va yoqib turgan narsadan meni deb voz kecha olgan, o’zi och qolib meni to’q bo’lishini istagan onam!
Jonini senlab, bolasini sizlagan Hazrati Ayol bu!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #28 : 12 Mart 2009, 09:41:22 »
“Turmay turmay turgan bo;la bo’lganim uchun o’lguday erka, sho’x qizaloq edim,- deb aytib berardi onam,-to’palonchiligimdan qizlar meni to’piga qo’shmas, o’g’il bolalar bilan juda iqim chiqishar edi. Eng yaqin o’rtog’im Omonjon edi. U meni hech hafa qilmas, urushsak ham birinchi bo’lib yarashar edi. Ulg’ayganda ham hammaga ma’qul yigit bo’ldi. Va juda chiroyli qizga uylandi. Ular ertaklardagidek kelin kuyov bo’lishgan edi. Bir oylik kuyov Omonjonni urushga chaqirishdi. Uning ketar paytida butun mahalla guzargacha ergashib bordi. Kelinchagi yomon kuydi. Olti oygacha o’rnini yig’madi. Gohida derazasidan asta mo’ralardim. U qalin solingan shohi ko’rpalar ustida tizzasini quchoqlagancha o’tirar va yum-yum yig’lardi. Derazaning ortidan esa uning holiga men yig’lardim. “Ey, xudo, hech yo’q, uning Omonjoni qaytsin”,-deya tilardim…
Ketganlarning ko’pi qaytdi, lekin Omonjon qaytmadi…O’rtoqjonim Omonjon-a,- deb xuddi uni kecha kuzatganday diydalari erib yig’lardi onam…
Toifamdan ming aylanib, ming o’rgilib aytamanki, dunyoda eng go’zal, eng ma’sum va eng buyuk mavjudot – yo’l qaragan ayollardir!!!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Yashash tilsimi"
« Javob #29 : 12 Mart 2009, 09:42:23 »
Onamning onasi – Tuhfaxon enam qo’li gul ayol edi. Charx yigirib o’tirganlarini, kashtalar tikkanlarini eslayman. U kishi men o’n yoshligimda vafot etgandilar. O’sha paytdan to to’yimgacha onam har sandiq ochganlarida qizil satinga qaytarma chok bilan naqshlar tikilgan joynamozni avaylab olar va silab-silab:”Enang senga atb tikkan, bolam”, deb qo’yardilar.
Enam nega menga choyshab yoki ko’ylak emas, ayanan joynamoz tikib qoldirdi, deb o’ylayman. Ilmli ayol edi enam, og’ir karvon, mayizdek ayol edi…Enam qoldirgan falsafani uqishga harakat qilaman. Qo’llarimning izi bolamning bolasi poyida tursin, degani ekanmi! Nabiramning bosh qo’yadigan joyiga gullar tikib qo’yay deganimi yo! So’rasang, Allodan so’ragin, bosh ursang, faqat Allohga yukingin deya, joynamoz qoldirib ketganmikin?! Yo “Allohni tanigan o’zini taniydi” ishorasini berib ketdimi, deya hayol qilaman….

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6244
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12913
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6917
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6938
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 93000
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu