"Yashash tilsimi"  ( 58128 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 11 B


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:42:51

Bir o’rtog’imning onasi erta oldamda o’tdi. O’n bolasining uchtasi joylangan, yettitasi xom qolgan edi. Otalarini farzand ko’rmagan yoshgina yolga uylab qo’ydilar. Bolalar ichlari to’kilib tursa ham,chehra ochib kutib oldilar. Ayol ham ularning o’tidan kirib, kulidan chiqib, bu xonadonga qovushdi qoldi.
Har borganimda, baribir, bu ayolni kuzataman va ba’zan tang qolaman. Eski qadrdonlar keldi deguncha o’rtog’imning otasi (menga ustoz bo’lardilar) qazo qilgan ayolini eslab ko’z yoshi qilardi. Yangi ayoli esa yonida o’tirgancha jimgina tinglar va eridan ko’ra ko’proq yosh to’kar edi. Go’yo o’lgan ayol uning egachisi yoki onasiday!
Uyning to’riga eri bilan kundoshining suratini ilib qo’ygan. Ba’zan xolis suhbatlashib qolsak, suratiga imlab:"O’rnini menga bo’shatib bergan mard oyim-da bu! Bolam yo’q, deb yig’layverma, etgaingni bolaga to’ldirib tashlayman, deb kamimni to’ldirib, rohatini menga tashlab ketgan oyimda bu!"-deydiyu, ko’zining yosi yuzini yuvadi.
Qolgan yeti bolani joylashda ham tuqqan onasiday kuymalandi. Har to’y, har ma’rakada farzandlar onasini eslab, xomush tortsalar, mumday oqib:"O’lmay yursa bo’lmasmidi", deb ko’rmagan kundoshiga yig’I solib o’tiradi.
Alloh shu bolalari bilan ovuntirsin. Kundoshining bolalariga jonini uzib bera olgan Hazrati ayoldir bu!!!


Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:43:19

Ulg’ayib qolgan bir kishi ko’z yoshlarini arta-arta hol so’ragan odamga hasrat qilayapti emish:"Ey, birodar turmushim bekamu ko’st, farzandlarim solih, yemak ichmak yetib ortadi, faqat, faqat,-dermish u va bosh chayqagancha shiftga ishora qilarmish,- chiroq yo’q faqat, chiroq!"
U kishining ayoli ayoli qazo qilgan ekan. Yigitlarjon, hech bir erkakning chirg’i o’chmasin!...
 

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:43:45

"œOtasi yaxshi — bittasi yaxshi, onasi yaxshi — hammasi yaxshi", degan gap bor.Jami fazlu afzallik avvalo ayoldan boshlanmog’I sher. Mardlik, tantilik, lafzda turish kabi xislatlar ayol toifasida kuchliroq. Sevgisini yashirin asrash — mardlik, shaytonning yo’liga yurmay, sharmu hayo bilan turish — mardlik, hamisha o’zini kamtar va siniq tutish — mardlik, birinchi bo’lib kechirish, oiladdagi pastu baland ishlarga o’zini javobgar his qilish, hammaga parvona bo’lish — o’n marta mardlik va tantilik, bolasini ko’rmay ketgan, bolaisni hatto sog’inmaydigan erkak soni mingta, ammo bir boladan tortib, o’nta bolgacha bo’lgan yukni qyol joni bilan yakka o’zi ko’tarib yashash — oily darajadagi mardlik va tantilikdir!
Lafzi halollik va mardlikni erkaklar ayollardan o’rgansin!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:43:59

Ayolning baxti nimada? Bola emizib o’tirgan ayol dunyodagi  eng baxtli ayoldir.  Darvozadan kirib kelayotgan erkak ayolning jufti emas, misli yo’q toleidir. Berilib ko’ylakcha tikayotgan, kuymalanib kulcha yopayotgan ayolning nazdida o’zidan saodatmandroq kishi yo’q! Ayol atrofidagilardan katta harajat, ulkan fidoyilik so’ramaydi: unga mehr bilan tikilib astoydil ko’ngil qo’ysangiz bo’ldi. AYol chor tarafga mehrini, mehnatini, lutfini, husnini, jonini ayamay sochadi. Ammo hargiz ta’na qilmaydi, qaytim so’ramaydi. Unga butun dunyoni mukofot qilib tutsangiz unga qaramasligi, sha’niga oltin haykallar o’rnatsalar sevinmasligi mumkin. Ammo u yurakalrning o’rtasi bilan faqat juftidangina sovg’a kutadi, bitta taroqchalik bo’lsa-da e’tibor kutadi. Erkakning qo’lidan sovg’a olayotgan ayol, hayotlik olayotgan boladan-da baxtiyordir! Ayoliga bir durra yoyinki arzon kavush bo’lsa-da sovg’a qilgan erkak unga jahon bankini bergan kabi rizolik oladi. Shunday, azizim, AYOL o’zining asl bahosini bilmay o’tayotgan buyuklikdir"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:44:13

Uning ismi va mijozi ayol, uning baxti o’sha iqlimni masray bilishida. Dunyoga ayol bo’lib kelib, ayolday yashab o’tishida! Tani joni sog’ bo’lsa, olov yoqadigan o’z o’chog’I bo;lsa, boshidan chakka o’tmaydigan o’z boshpanasi, bir kaft bo’lsa-da unga nenidir ilinib, unga intilib eshikdan kirib keladigan  erkagi, qizdir, o’g’ildir, yoqasiga chirmshib turadigan bir jon parchasi bor bo’lsa, bo’ldi, ayolning vujudini to’ldirib, tindirib turadigan baxti shu! Alloh har bir ayolga shunday yashab o’tish imkonini bersin!
Ayol — ayol emas, ro’zg’or degan g’or ichida, oila ataladigan dovulli, chaqinli, fasl ichida hamisha titrab turguvchi, shunda ham muattar bo’ylarini sochaverguvchi, to’rt tomonga egilib bukilaverguvchi, ammo negadir hech sinmaguvchi bir guldir! Hargiz "œKerak emassan"¦" deya ko’rmang unga! "œkim bo’lib qolibsan?" deb yubormang. Bir qaddi niholi bilan poyingizga chaman fayzini to’shab turibdi, nogahonda tovoningiz bilan ezib qo’ymang uni! Sizning xatolarga to’la shu turishingizdan baxt kuyini yarataman deb qoshingizga keldi, uning yangroq torlarini uzib qo’ymang yana! "œMenc chiroylimasman, begim!" desa, yolg’ondan bo’lsa-da,’Undog’ dema, oyimsan!" deng! :Sizni rozi qilolmayapman", deb uqalansa, "œYo’q, men sen rozi bo’ladigan ishlar qilay!" — deb fidoyi ko’rsating o’zingizni. Uning dunyosiga sig’mas baxti shu! Unign sizdan so’rab turgani shugina xolos!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:44:29

Bugungi ayolning ahvoli yaxshi emas. U erkakdan bir qadam ilgarilab ketdi. Hali ketmonga, hali ignaga, hali bozor xaltasiga osilib, ro’zg’or yuritish dardida qoldi. Erkagidan ilgarilab ketish o’zbek ayoliga hech qachon rohat bag’ishlagan emas. Biz bolalarimizga otasini ustivor ko’rsatib, unga ergashtirib tarbiya berish bilan ro’zg’orni butun ushlab kelganmiz. Bugungi erkak ayolyi bolasiga munosabat borasida ham, tirikchilik qilish borasida ham sust ketdi. Natijada ayolda zo’riqish paydo bo’ldi. O’qitivchi ayolmi, shifokor ayolmi, uy bekasimi, e;tabor bilan qarasangiz, hamasi jismonan toliqqan. Yemak kiymaklari yetarli bo’lganlari ham ruhan charchagan. O’zbekning erkagi oriyatli, bir so’zli, g’ayratli, qo’li gul, ro’zg’orparvar bo’lguchi edi, asliga qaytishi shart! Axir oila tutish madaniyati deyarli yo’q bo’ldi! Eri suyamagan, o’g’li asramagan ayolning kimi bor? Ayolni asrash ham siyosatdir. Har galgi gapimni yana aytgim keladi: millatning sifat belgisini ayol ta’minlaydi. Uning jismini ham, kayfiyatini ham butun asrash lozim"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:44:53

Menga bot — bot siz qanday zayolni zamonaviy ayol deb bilasiz, degan savol bilan yuzlanishadi. O’zi yashab turgan zamon va makonning afzalliklari va kamchiliklarini ilg’ay olgan, o’ziga va farzandlariga uning hayrli o’zgarishlarini tezdan yuqtirgan, qusurlaridan sqlay bilgan ayol — zamonaviy ayoldir!
Insonda gen(irsiyat) degan narsa bor. U har bir millatga ALloh tomonidan berilgan yashash tarzidir. U bizning ichki qo’rg’onimzdir. Tashqi ta’sir bostirib kelaveradi, tinmay sizga urilaveradi. Ammo u faqat bir-ikki qavat etingizni zabt eta oladi, xolos, undan ichkari kirolmaydi. Haligi gen deganimiz vujudingizda doimiy himoyachi bo’lib yashayveradi. Yaratganning O’zi insonga juda kerakli bo’lgan, yurish turishini muvozanatga solib turadigan bunday ne’matlarning yo’qolib ketishiga aslo yo’l qo’ymaydi. Bandasi unga qarshi ming urinsin, ‘sulton suyagini xorlatib qo’ymas"ligi isbot bo’laveradi.
Kishining yoshiga yosh qo’shilgani sari, chiqib olgan hamma cho’qqingdan tushib, aslingga qayting, ya’ni ota-bobongning tutimini tutging, keng uylarda, milliy ko’ylaklarda yurging, qadimiy kuy qo’shiqlarni erib erib eshitging kelib qolar ekan. Bu o’sah — qoningda uyg’oq qon chaqiriqlaridir!
Xulosa, shuki, farzandlarining o’ziga o’zligini tanittira olgan, ularni asrlardan beri o’lmay kelayotgan, demak, yo’q bo’lib ketishi mumkin bo’lmagan milliy ko’nikma, urfu — odat, dini — iymon va qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalagn ayol ham eng zamonaviy ayoldir!!!


Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:45:07

Goho o’z ayolligimning yoqasidan tutaman-da, o’zimni o’zim sud qilaman"¦YAqinda Samarqandni qayta ziyorat qildim. Hazrati Imom Buxoriy, Amir Temur bobomiz, ULug’bek Sulton, Xo’ja Ahroriy Valiy, Maxdum A’zamlarning poyida sel bo’lib o’tirdim. Ulug’bek rasadxonasiga kirib o’tirgach"¦bo’g’zimga bir faryod keldiki! O’zimni tutolmay qoldim. Bu faxr yig’isi, hayrat yig’isi edi! Bu qarzdorlik, bu burch yig’isi edi! Bir tomirdan shuncha ulug; unsa, qandya tomir, qandayin nasl ekan mening naslim-a, dedim! Shunday zotlarni bergan izlarni bosib turibman, o’sha shajaraning davomiman, deb turibman. Ammo qayerim ularga o’xshaydiyu, qay ishim ularga yarashiqlik, degan andisha yoqamdan oladi. Bu ulug’lar iziga arzon qadamlarni solib qo’ydim. Tuqqan bolalarim qay baholi bo’ldi"¦kabi iztiroblar ichra qoldim. Millat ozod bo’ldi, millatning qo’lidan, tilidan kishan tushdi. Endi uxloq tomirlarimizni uyg’otgin,Alloh, deyman! TAfakkurimizni qo’zg’otgin, vujudlarda o’zlik hujayralarini bodroqday ochiltirib yubor! Millat bolasining barmog’ini avj pardaga sur, degan iltijolar to’kiladi dilimdan.
O’zbek oyim, men uddalamagan ishni siz qiling, mening bo’yimdan sizning bo’yingiz baland, ovozingiz adl bo’lsin,o’tinaman sizdan, XXI asrda hech yo’q bitta Ulug’bek dunyoga keltiring! Hech yo’q bitta Beruniy, bitta Navoiy, bitta Buxoriyni dunyoga keltiring! Bu tuprolar urib qo’ymasin bizni! Bu ulug’larning ruhi sud qilmasin bizni. O’zingizga aylaning endi, o’zbek oyimlar!!!

 


Qayd etilgan


Munira xonim  14 Mart 2009, 08:23:17

Men juftimni qanday angladim?

Umr yo’ldoshim g’oyat kamgap, xokisor kishi. Insoniylik qanday bo’ladi bo’lishini shu kishida kuzatdim, uqdim. O’nta barmog’I o’nta hunarga moyil. Mehnat degan narsaning, g’ayrat degan narsaning surati qanaqa bo’ladi desa, shu odamni ko’rsatsa bo’lar.
Mubtalo bo’lib mutola qilishni ham shu odamda ko’rdim.Uyimizdagi barcha kitoblarni keltirgan u. Bolalarimning hamma savollariga javob topadigan u. Bolalar uyida katta bo’lgani, rus tilida o’qigani uchun, o’zbek adabiyotidan to’kis xabardor emas, lekin rus, Ovro’pa adabiyotni, dunyo tarixi, Osiyo tarixini  astoydil, burro bilishidan hamisha hayratlanamna. U kishi hech qachon bilgan narsasi haqida og’iz ochmaydi, o’rni, kezi kelganda o’zingiz fahmlab qolasiz. Ammo eng yaxshi odam shu ekan ham demang. Uning botiniy butunligiga gap yo’q. Lekin zohirida mening tilim bilan aytganda, "œmuzdekkina"! Nazokatli soz’alrni bilmaydi, lutfni bilmaydi. Betob bo’lsangiz sizga qarab rangi sarg’ayib ektishi mumkin, ammo hol so’rolmaydi. Sovg’a olib kelishni bilmaydi"¦
Keling, yaxhisi, ayol kishining o’z jufti haqida birovga aytadigan va aytmaydigan qanday kechinmalari, o’ylari bo’lishini bir aytib ko’ray"¦.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Mart 2009, 08:23:46

Deyman, o’zim ham shoir bo’lganim cuhun sal g’alatiroqmanmi, to’ydan oldin, ikkilanib turganimda, bu odamning ayanan o’sha yo’nilmagan, sovuqqina jihatlarini ko’rib, rozilik bildirgim kelgan. Biz bir-birimizni tanimas edik. YAxhsi odamlar o’rtaga tushdi, sovchilar qatnovi boshlandi. Kuyov qayerdadir meni ko’ribdi emish. Ammo men kuyovni ko’rolmay dog’da edim. Elchilari ko’z ochirmay, ammo o’zi yo’q. Bir kuni jur’atimni to’pladim-da, ishiga qo’ng’iroq qildim. Zalvorli ovozda javob ekldi. Edni meni eshitsangiz:"Men Tursunoyman. Siz haqingizda eshitdim, bildim, yaxshi odam ekansiz. Men qidirgan odam bo’lsa sizchalik bo’lar. Ammo bir narsaga qoyilmasman. Siz kimga uylansangiz baribir ekan-da! Men boshqa shaharda besh yil o’qib kelgan bo’lsam, to’g’rimanmi, egrimanmi, yaxshimanmi, yomonmanmi, gapim qanaqa, fahmim qanaqa siz uchun ahamiyati yo’ qekan-da! Boshingiz ikkita bo’lib qolsa bo’ldi ekan-da!" va yana nimalardir deb yubordim. Uzoq sukutdan keyin, ovozi titrabgina nima deydi deng?! "œEy, men"¦.men borar edim, shu"¦.shu desnagiz, ish ko’p!", deydi! O’sha zahoti yuragim tiniqlashdi, bu yomon odam emas, deydi ko’nglim va xo’p deganim bo’lsin, deb qo’ydim. Sababi,  bu gap pokiza odamning, hali siyqalashmagan, ayollar bilan hech muomala qilmagan, ularga yoqishni hech mashq qiliub ko’ramagan, toz odamning muomalasi edi"¦.


Qayd etilgan