Rashkchi erkakning ayolo eng ozurda ayoldir. O’ziga kelmay, ochilmay, yayramay yuradi! Erkak rashk qilmasa-chi? Buni qarangki, bunda ham ayol ozorlanar ekan. O’zini xor sezarkan. Uyimizda rashk yo’q edi, boshidan shunday bo’ldi. Tanish-bilishlar ko’cha ko’yda so’rashishsa ham, sinfdosh kursdosh do’stlarim uyga mehmon bo’lib kelishsa ham, turmush o’rtog’im ochiqlik bilan, yugurib yelib muomala qilar, ortlaridan ham iliq taassurot bildirardi. Hech qachon ular haqida xijil savollar bermas, o’zi ham g’ashlanmas edi. Ayollikning g’alatiligini qarangki: bu menga yoqmay boshladi: rashk muhabbatdan tug’iladi, demak, menga ko’ngli yo’q ekan-da, deyman. Men rashk qilishga arzimabmanki, deyman. O’z ayolini birovdan qizg’onmagan erkak nech pul bo’ladi deyman. Xudo urgan bo’shang odamga uchrabman-da deyman. Yana, yana"¦ichim cheksiz "œdeyish"larga to’lib ketdi. Oxiri:"Nega meni rashk qilmaysiz?" Mavzusida katta janjalga tayorlandim. Bir hafta davomida eng kuchli gaplarni yodlab, qurollandim. Va bir kuni urushni boshaldim. Chunon bexato, chunon zo’r gapirdimki, hatto orada bir ikki nozikroq gap ham o’tib ketdi. "œEh, endi sapchib ketmasaydi" deb cho’chib ham turibman. Yodlangan nutqim tugab, javob kutyapman. U nima qildi deng? Shu daqiqagacha yuzini to’sib, o’qiyotganday bo’lib o’tirgandi. Gazetani yuzidan tushirdida:"Xo’sh, gapingiz tugadimi? Yuring endi bir choy ichamiz", deydi! Endi alam qilishini ko’ring:rashk qilmaganiga emas, endi zo’rg’a yiqqan soz’alrimning bekor ketganiga yig’lardim! Ayol ruhiyatining murakkabligini qarang: noroziligim kuchayaverdi. Bir kuni:"Menga befarq bo’lsangiz, bu uyda o’tirishdan ne hojat?’ deb yana xuruj boshladim.
Shunda u kishi stolni zarb bilan bir chertdi-da:"Bilib qo’ying, hali rashk qiladigan ish yo’q. Mabodo bo’lguday bo’lsa, nima qilishimni o’shanda ko’rasiz!" dedi. Bu gap past ovozda aytilgan bo’lsa ham, shunday jarangladiki, suyaklarimgacha yetib bordi. Bir zum qotib qoldim. So’ng"¦bir sinoat bo’ldi. Butun jismimga yayrash taraldi. O’tim o’chdi, tugunim tarqaldi. Biram tiniq, biram yoqimli rohat hissini tuydim.
Demak yaxshi ko’rarkan, deyman, demak yuragida rashki bor, deyman. Demak, turmush o’rtog’imhamma narsaga yo’l beraveradigan bo’shang, orsizlardan emas, shukr, ming shukr,d eyman"¦
Ana sizga ayol! Tavba, tavba, jufti siylasa yoqmadi, o’ta hurmat qilsa yoqmadi, kechirsa yoqmadi.Bir zarda qilgan edi, ipakday yumshadi va erkagiga avvalgidan ziyod bog’lanish sezdi..
KIM O’ZI AYOL!!!