Kelin oyim, oilangizga uzoq yaqin bo’lgan kishilardan ozorlansangiz, ichingizga yutib yuring. Obdan mulohaza qilangina erkagingizga sezdiring. Yo’qsa, sizning gapingiz bilan bir sovigan kishisiga u qayta isimaydi. Keyin obdon o’t yoqsangiz ham o’rniga kelmaydi. Juftingizga u egachi- singildir, tog’ya — jiyandir yo onadir, yo sizning qavm qarindoshingzidir, har ehtimolga qarshi, ualr haqida erkakka faqat yaxshi axborotlarni aytish lozim. Deylik, siz juftingizga yaqinlari haqida hech yomon gap aytmaysiz. Lekin bu siz uchun hali yutuq emas, bu bilan hali nomingiz yaxshiga chiqmaydi. Boisi, uylangan erkak uchun ayol tayanch nuqta, iqlim yaratadigan manbaa bo’lib qolarkan. Ayol bamilosi dirijo’r, qo’lidagi cho’pi qayoqqa qimirlasa, oiladagi kuy shu yoqqa o’zgaveradi. Balki bu tabiiydir, shunday bo’lishi kerakdir. Demak, erlarimiz g’ofil bo’lsa, biz aybdor! Odamgarchiligi sust ketsa, bizda xato! Juftingiz opasini yoki singlisini yo’qlamay qo’ydi. Siz bormang demadingiz, lekin boring deb ham eslatmadingiz. O’zingiz esladingiz, lekin bormasa bormasharajat kamroq bo’ladi, deb atayin aytmadingiz yoki yodingizdan ko’tarildi. Gohida eslatmasangiz ham bormasligi mumkin. Ba’zan shunday gaplarni ham eshitamiz:"Mend anima gunoh, ming marta opangizganikiga boring, boring, deb eslataman, hatto yig’lab ham undab kordim, bormadi", deydi. Demak, u jigarning bir gapi yoki u yashaydigan muhit uni itarib turadi, u tomonning tomonning yurak tortadigan iliqligi kam.
Kelin oyim, mana shu o’rinlarda juda xushyor turish kerak: erkakka ochiq xitob, so’ppaygan taklif singmaydi. Eng yaxshisi, siz joyini topib o’sha qaynsingil yoki qaynog’angizning yaxshi ishalridan gap tashalb boring. Ularning erkagingiz haqidagi yaxshi gaplarini qo’shib chatib eslatib turing. Yana shunday gaplarni ham deb turing:
-Eshikdan akangnimi, ukangnimi kirib kelgani quyoshning kelishi bilan teng bo’larkan! Tunov kuni akam kelgandi chunon yayradimki"¦
-Qaynonam yaxshi ham sizlarni o’g’il qiz qilib tug’ibdilar. Akasini ko’rganda singlisini hamma g’ami unutiladi"¦
-Xudo xohlasa, hayit kelsa opangizni uyiga saharlab kirib boring, dadasi tirilib kelganday bo’ladi. Bilasizmi, erning uyi jannat bo’lsa ham, ayol kishi ostona poylab jigarini kutadi"¦
Yoki:
-Bugun tushimga singlingiz kiribdi, sal xomushroq ko’rdimda, tinchlikmikin-a?
"¦Va hokazo! Shunday gaplar asnosida juftingizning jigariga moyillashib, isib borayotganini ko’rib mazza qilib borasiz. Dunyoda uzilganni ulashdek, yarimlarni yaxlitlashdek farog’at bormi?!
Kelin oyim, esingizda bo’lsinkim, jigarlar hech qachon bir-biridan oz’laricha sovumaydi. Ularni oraga kirgan begonalar ajratadi. Bunday hollarda hamisha hadik va gumon kelinda bo’ladi. O’sha yomon nom sizdan soqit bo’lsin.
Yana o’ylarsiz, shuncha zahmat bir kelinga ko’p emasmi, bolamni boqamanmi, jigarlarni topishtiramanmi, deb.Uzoqni ko’zlasangiz, shudnay qialsiz. Sizning nomingiz topishtiruvchi bo’lsin, ayxshiliklarni uyushtiruvchibo’lsin. Javobiga o’g’illaringizga o’zingizday insofli, iymonli, jon ozig’i kelinlar kelajak, InshaAlloh!!!