Bir kuni bir kelinchak:"Ota-onalar ham o’g’illari uylangach, ualrni mustaqil yashashga qo’yishlari kerak", deya chimirilib qoldi.
Qani menga qarangchi, oyim singlim! O’g’il tilagan, o’g’il boqqan — men bilan otasi bu yoqda qolib, o’g’limni oldingizga solib, yetim qozoningizni qo’ltiqlab chiqib ketsangiz, ro’zg’oringizda baraka bo’ladimi? Qaynona-qaynotasiz uyga kelin bo’lgan men edim: yaxshi yomon kunlarda duo berguvchim yo’q, juftimdan og’rinsam yupatguvchim yo’q. Yuklik bo’lsam, mana bundoq kiyinib, mana bundoq ayaling, deydigan yo’q. Birinchi farzandimda orttirgan oyoq og’rig’imdan hanuz qutulmayman. Hali bolamga, hali qozonga, hali kirga yuguraveribman. Bola chirillashga tushadiku. Yeb ichib so’ng yugurgin, bo’lmasa bolangni och qoldirasan, deydiganim yo’q. Mehmon kelsa, qaynonam bo’lgandam hech yo’q beshik tebratib turardi, deb ichimdan zil ketardim.
Kattasi bor uyning farishtasi bor. Lekin sizni ham tushunaman, yuragingizdagi qadoqni sezib turibman. Hozirgi ajrimlarning 60-70foiziga qaynona- qaynsingillar sababchi bo’lyapti. Ammo aybni tamoman ularga ham qo’yib bo’lmaydi. Biz shu kungacha elga ro’zg’or sirari haqida bilim berdikmi? O’quv maskanlarida ona-bola bo’lish, kelin — kuyov bo’lish, qaynona, qaynota va qaynsingil hamda aka uka bo’lish ilmi, san’ati haqida risola yozib dars o’tdikmi? Buyuk Sharqning rozg’or tutumlari haqida tahsil berdikmi? Berib qo’ygan qaysi bilimimizning ijrosini so’raymiz?
Allohdan so’raylik, millatimiz ma’naviyati asliga qaytsin. "œBu dargohdan hech kim norizo ketmasligi kerak", deydigan Yusufbek hojilar bizdan. "œMarg’ilonda shunday kelinimiz bor ekanku"¦" deyishni biladigan go’zal lutflilar bizdan. Qizini "œbolam", deb, kelinni esa"Jonim bolam" chaqiradigan nazokatli ayollar bizdan!
Olamda o’g’il tilgan qancha? Alloh menga o’g’il berdimi, bu mukofot. Uning ketidan gulday kelin kirib keldimi, bu oily mukofot! Shu tuhfalarni olib turib, menda shukrona bo’lmasa, bag’rimdagi g’uncha oila- kelin kuyov mendan suv ichib shig’il boqqa aylanmasa, mening tirikligimdan ne hojat? Ikki yosh gul bo’lib kirib kelib, mening qo’limda so’ladigan bo’lsa, otim QIRG’IN bo’lmaydimi? Xudo urib qo’ymaydimi meni?
Onalikka, otalikka, jigarbandlikka, o’z navbatida farzandlikka ham munosib bo’lishimizni Allohdan yolvorib so’raylik.