"Yashash tilsimi"  ( 58129 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Munira xonim  06 Aprel 2009, 20:56:18

Aka — ukalar orasidan oqibat qochsa, kelinlarni ayblang.

Ovsinlarning tili bir bo’lsa, erlarning dili bir bo’ladi.

YAxshi kelini bor xonadona bosh taragan qizdek yaraqlab turadi.

Kir to’plamagan kelinning uyiga dur to’planadi.

Gap qaytarmagan kelin — bolangdan aziz.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Aprel 2009, 20:56:53

Yaxshi kelin musavvirdir — ro’zg’orni badiiy asarga aylantiradi.

Aytganingni qiladigan kelinga rahmat! Ammo aytamagningni ham qiladigan kein ROHATdir!

Kelinning eng yaxshisi — mo’l narsadan zo’r nasa yasaydigani emas, balki kam narsadan zo’r narsa yasaydiganidir.

Ayolning baxti tilidandir.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Aprel 2009, 20:57:19

Avvalo yaxshi kelin so’ra, keyingina o’g’il so’ra. Kelining yomon bo’lsa, o’g’lingdan ajrab qolaverasan.

Agar o’g’illar ota hovlini sotsalar, yo yer talashib janjalxonaga aylantirsalar, ruhlarning qo’li kelinlarning bo’ynida bo’ladi.

Bolaligingda onang ardog’ida qanday yayragan bo’lsang, kelinli bo’lgach, uning bag’rida yana onasini topgan boladek mazza qilasan"¦

O’g’limdan ham, qizimdan ham kelinlarimni ortiq ko’rishim rost, chunki, og’zimdan chiqqanini muhayyo qiladigan beminnatlarim — ular!


Qayd etilgan


Munira xonim  06 Aprel 2009, 20:57:50

Qo’li ochiq kleinning yo’li ochiq bo’ladi.

Yaxshi kelin "œmeniki" degan so’zni ishlatmaydi.

Avval o’g’lini hurmat qilib, keyin onasini e’zozlang. Bola onaning jonidir.

Kelinimning o’g’limga dashnom berishini eshitishim o’zimning badnom bo’lishimdir.

O’g’limga qo’lini paxsa, ovozini qilich qilib gapirayotgan kelin — meniki emas!

Butun boshli avlod shajarasini buzadigan ham, tuzadigan ham shu kelinlardir.Chunki zanjir ular, ko’prik ulardir.


Qayd etilgan


Munira xonim  06 Aprel 2009, 20:58:38

Onam rahmatli dangal ayol edi. O’zi bilgan ayrim xonadonlarning to’yiga ham kirmasdi. "œUy tutmay o’lsin shu ayol, umr bo’yi to’shagi oqarmay o’tdi-ya", der edi astoydil kuyinib. Kelinning chatog’I ko’rpachasidan ma’lum bo’ladi.
Uyimizdan kam ko’stlar ko’p bo’lardi, lekin hech qachon kir to’shak bo’lmasdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Aprel 2009, 21:00:01

Bolalarini og’ritmay katta qilgan kelin dono kelin, uyidan shiptir hidi kelmaydigan kelin esa undan ham a’lo kelindir.

Bola gul — undan gulning hidi kelib turishi kerak.

Doimo nimanidir o’rganayotgan kelin — bo’ladigan kelin.

Kelinning savol beradigan emas, tinglaydigan eng yaxshisidir.


Qayd etilgan


Munira xonim  06 Aprel 2009, 21:00:26

To’y kechasi chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’ilni bir bor chaqirib o’ziga qaratish udum emish. Toki onasining ovozi qulog’iga, nigohi nigohiga yozilib qolsin uchun. Toki ayolining poyiga muk tushmasdan, ortiga bot-bot qarab, onasining ko’zini izlab turishi uchun"¦
Kelin oyim, yaxshi kelin atalay desangiz, juftingizga ortda qolgan onasini tez-tez eslatib turing"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Aprel 2009, 21:03:47

Bir kuni bir kelinchak:"Ota-onalar ham o’g’illari uylangach, ualrni mustaqil yashashga qo’yishlari kerak", deya chimirilib qoldi.
Qani menga qarangchi, oyim singlim! O’g’il tilagan, o’g’il boqqan — men bilan otasi bu yoqda qolib, o’g’limni oldingizga solib, yetim qozoningizni qo’ltiqlab chiqib ketsangiz, ro’zg’oringizda baraka bo’ladimi? Qaynona-qaynotasiz uyga kelin bo’lgan men edim: yaxshi yomon kunlarda duo berguvchim yo’q, juftimdan og’rinsam yupatguvchim yo’q. Yuklik bo’lsam, mana bundoq kiyinib, mana bundoq ayaling, deydigan yo’q. Birinchi farzandimda orttirgan oyoq og’rig’imdan hanuz qutulmayman. Hali bolamga, hali qozonga, hali kirga yuguraveribman. Bola chirillashga tushadiku. Yeb ichib so’ng yugurgin, bo’lmasa bolangni och qoldirasan, deydiganim yo’q. Mehmon kelsa, qaynonam bo’lgandam hech yo’q beshik tebratib turardi, deb ichimdan zil ketardim.
Kattasi bor uyning farishtasi bor. Lekin sizni ham tushunaman, yuragingizdagi qadoqni sezib turibman. Hozirgi ajrimlarning 60-70foiziga qaynona- qaynsingillar sababchi bo’lyapti. Ammo aybni tamoman ularga ham qo’yib bo’lmaydi. Biz shu kungacha elga ro’zg’or sirari haqida bilim berdikmi? O’quv maskanlarida ona-bola bo’lish, kelin — kuyov bo’lish, qaynona, qaynota va qaynsingil hamda aka uka bo’lish ilmi, san’ati haqida risola yozib dars o’tdikmi? Buyuk Sharqning rozg’or tutumlari haqida tahsil berdikmi? Berib qo’ygan qaysi bilimimizning ijrosini so’raymiz?
Allohdan so’raylik, millatimiz ma’naviyati asliga qaytsin. "œBu dargohdan hech kim norizo ketmasligi kerak", deydigan Yusufbek hojilar bizdan. "œMarg’ilonda shunday kelinimiz bor ekanku"¦" deyishni biladigan go’zal lutflilar bizdan. Qizini "œbolam", deb, kelinni esa"Jonim bolam" chaqiradigan nazokatli ayollar bizdan!
Olamda o’g’il tilgan qancha? Alloh menga o’g’il berdimi,  bu mukofot. Uning ketidan gulday kelin kirib keldimi, bu oily mukofot! Shu tuhfalarni olib turib, menda shukrona bo’lmasa, bag’rimdagi g’uncha oila- kelin kuyov mendan suv ichib shig’il boqqa aylanmasa, mening tirikligimdan ne hojat? Ikki yosh gul bo’lib kirib kelib, mening qo’limda so’ladigan bo’lsa, otim QIRG’IN bo’lmaydimi? Xudo urib qo’ymaydimi meni?
Onalikka, otalikka, jigarbandlikka, o’z navbatida farzandlikka ham munosib bo’lishimizni Allohdan yolvorib so’raylik.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyul 2009, 10:28:08

Qayonona qay Ona?

Odam Ato bilan Havvo Momo  bir-birlarini ko’rdilar va o’zaro ma’qul keldilar. Ammo Jabroil a.s.ga:"Nikoh o’qilmaguncha ko’rishmay tursinlar", degan vahiy keldi. So’ng insoniyat tarixida birinchi bor nikoh o’qildi. Uni JAbroil a.s. o’qidilar. "œGuvohlikka esa O’zim o’taman", dedi Alloh taolo. Demak, yodimizdan bo’lsinki, har bir nikohga birinchi bo’lib Alloh guvohdir.
Yana Hadisi Sharifda:"O’zi ruxsat bergan ishlar ichida Allohning eng yomon ko’rgani taloqdir", deyilgan. Oila Alloh tuzgan muqaddas uyushmadir. Shuning uchun har bora taloq so’zi yangraganda Arshi A’lo larzaga kelar ekan. Bu — Yaratgan bezovta bo’ldi, norizo bo’ldi, emakdir. Bu — bandasi u dunyo-yu bu dunyoda buning javobini beradi, degan gapdir. Bundan har kimni O’zi asrasin.
Qo’ynimizdan endigina uchirma bo’lgan, hali yuragida shayton g’ulu solib turgan g’o’r bo’lalarimiz bu nozikchilikni qanday his qilsinlar. Yangi oila yangi ko’chat ekanligi, unga ziyrak bog’bon darkorligi, bog’larning payhon bo’lmasligi parvarishga bog’liq ekanligini bu javdiragan yoshlar qaydin bilsin? Xuddi shu jarayonga javobgar, otalik-onalik martabasiga saylangan bizlarmiz-ku! O’sha bog’bno bizku. Va shu bog’bonlikka yillab duolar qilib, zo’rg’a yetishdikku. Agar bzining guvohligimizda, ko’z o’ngimizda oilalar buzilar ekan, gunohi bizning, ayniqsa, onalarning bo’ynidadir, birodar!

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyul 2009, 10:30:09

Farzand degan buyuk ne’mat saodatmand kishilargagina nasib etadi. Odamdan odam paydo bo’lishi takrori yo’q inqilob! Qoshu ko’zi, fe’lu atvori, hattoki ovozigacha o’zingga o’xshab turgan bu mavjudot joningni parchasidir. U yoningda turs jismu joning butun. Nari ketsa, ikkingiz ham yarimtasiz. Farzandlik oilalardagi ajrim ular uchun dunyoning to’fonga to’lishi, quyoshning ko’kdan ag’nashi, yuraklarning o’rtasidan darz ketishidir. Bir-biridan ayrilgan bir kishilar endi umrlarning oxirigacha nur ko’rmay sovuqqotib yashaydilar. Bir shoira aytganiday, doimo yuraklarga yomg’ir to’lib turadi. Bolalar gullarning hidini emas, otasining bo’yini sog’inib yashaydi. Otasi esa buyuk-buyuk maqsadlarni emas, bolasining ko’zlarini qidirib o’tadi.
Bolasidan ketgan otaning hech qachon qaddi baland bo’lmagay, tirik yetim bo’lib o’sgan o’glon yoki qiz chimildiqda baxtli o’ltirmagay. Ona bo’lsa, allasi doimo g’arib, ota bo’lsa yuragini bir qush cho’qib turadi. Qaynonalikka yetib bu fojealarni oldini ololmasak, o’z bolamizning inini o’zimiz butun saqlolmasak,Alllohning oldiga qay yuz bilan boramiz? Bolasining uyi buzilishiga sababchi bo’lgan o’z bolasining uyini o’zi kuydirgan qotil emasmi, majnun emasmi? Bu qismatga hech qaysinimizni yo’liqtirmasin, ilohim!!!

Qayd etilgan