Kelinim ko’p andishali, halol, mehnatkash qiz, ammo taom pishirishda juda usta emas. Uni ovqatga urinayotganini ko’rsam,eh, yana o’xshamay qolsa-ya, deb bezovta bo’laman. Shu asnoda qo’shni chiqib qoladi-yu, oshxona oldidan o’tar ekan luqma tashlaydi:"Ha, ovqat qilyapsizmi?" Paytdan yutaman-da, deyman:"Bolam kelib qo’lim uzayib qoldi, och qolsam boqadiganim bor edni. Hali ko’rasiz, opasi, qizim shunaqa pazanda bo’lib ketadiki, mahallaning hamma kelinlari meni qizimdan o’rganishga chiqadi".
Shu gap bilan kelinchagimdan ko’p yaxshi ishlar kutayotganimni kelinim bildi va ko’p o’tmay qo’shnim:"Keliningiz yaxhsi, qiziquvchangina ekan, mendan falon taomlarning tavsiyasini yozib chiqib ketdi", dedi.
Bir quvonib qo’ydim. Demak, ish jildi. Kattadan botmaydigan bir ishora bas, kichik u yog’iga yo’rg’alib ketaveradi.