Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari  ( 77277 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:00:10

QUR’ONI KARIMNING
ILMIY MO’JIZALARI


Onkolog-hakim
XOLUQ NURBOQIY

IKKINCHI NASHRI

Toshkent
«Adolat»
2002


Turkchadan MIRAZIZ A’ZAM tarjimasi.

Noshir TURSUNXO’JA YUSUFXO’JA o‘g‘li XIDOYATXO’JAYEV

Taniqli turk olimi Xoluq Nurboqiy qalamiga mansub ushbu kitobda Qur’oni karimning shu choqqacha ilm-fanga noma’lum bo‘lib kelayotgan yangi-yangi qirralari g‘oyatda qiziqarli tarzda bayon etilgan. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

MUNDARIJA

Xoluq Nurboqiyning "Qur’oni Karimning ilmiy mo‘jizalari" kitobi to‘g‘risida
So‘zboshi

Birinchi bo‘lim
ASILLIK MO’JIZASI
A) Tarovatidagi mangulik belgilari
B) Qur’onning soflik-xolislik sirlari
a) Ayollar mavzui
b) Huquq sohasida
v) Ma’lumotning yuksakligi
g) Qur’onning tili
d) Qur’onning ohangi (ritmi)

Ikkinchi bo‘lim
TIZIMIDAGI HIKMATLAR
A) Oyatlarning joylanish tartibidagi sirlari
B) Harfiy muqatta’a (shifrlar)
V) Hikoyatlar va inson sirlari
G) Suralarning nomlari va joy-joyiga qo‘yilishidagi hikmatlar

Uchinchi bo‘lim
QUR’ONNING MATEMATIK MO’JIZASI
A) 19ning Qur’onda bildirilishi
B) Bismilloning 19 siri
V) Ramzlarda 19ning nazokati va boshqa hikmatlar

To‘rtinchi bo‘lim
QUR’ONNING FIZIKAGA OID MO’JIZALARI
A) Parite haqiqati va Qur’on
B) Gravitatsiya va giroskopik harakat
V) Koinotdagi "qora tuynuklar"
G) Taspuoplar va zamon tushunchasi

Beshinchi bo‘lim
QUR’ONNING TIBBIY MO’JIZALARI
A) Tahorat va g‘uslning sirlari
a) Vujudning statik-elektrik muvozanati masalasi
b) Sirkulyatsiya masalalari
v) Limfa aylanish masalasi
B) Ro‘za mo‘jizasi
a) Ro‘zaning hazm tizimiga ko‘rsatadigan mo‘‘jizaviy ta’sirlari
b) Ro‘zaning modda aylanish tizimiga beradigan ne’matlari
v) Ro‘zaning hujayralarga ta’siri
g) Ro‘zaning asab sistemasiga ta’siri
V) Homila va tug‘ilish sirlari
Tug‘ilish mo‘jizasi
G) Asal va arining sirlari
a) Arining ko‘von siri
b) Arining yo‘l tanlashi va qaytishda uyini topishi
v) Asalning tarkibi va xususiyatlari
g) Asalning turli ranglardagi sharbat ayirmasi
d) Asalning insonlarni shifolashda ko‘rsatadigan ta’siri

Oltinchi bo‘lim
QUR’ONNING HAR XIL ILMIY MO’JIZALARI
1. Koinotning maxfiy haqiqatlari
A) Cheksiz o‘lchovlar
B) Koinotdagi magnit tarangligi
a) Kvantning mavjudligi
b) Inter aktsion (o‘zaro ta’sir) kuchi
v) Giroskopik harakatning siltanish kuchi
V) Bo‘linuvchi zarralar (Big Bang)
G) Koinot sahifalari
2. Yer va muhit
A) Muhitning sirlari
B) Yerning aylanishi va dumaloqligi
V)Neft
G) Tog‘lar va zilzila
3. Suv va hayot
A) Suv va hayot
B) Inson va uch qorong‘i mintaqa
V) Yomg‘irning sirlari
G) Tuyaning biologik xususiyatlari
4. O’lik tuproqning tirilishi
5. Bo‘g‘ozlarning hikmati
6. Qur’onning boshni aylantiruvchi ichimlikni man etganligi mo‘jizasi
7. "Ixlos" surasining sirlari
Ahad siri
Somad siri

Yettinchi bo‘lim
QUR’ONNING KALOM SIRI
A) Qur’onning hay siri
B) Yurak va Qur’on
V) Qur’on va anfus hikmatlari
G) Fotiha va Qur’on siri

Xoluq Nurboqiyning "Qur’oni Karimning ilmiy mo‘jizalari" asari tarjimasi to‘g‘risida

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:00:35

Xoluq Nurboqiyning "Qur’oni karimning ilmiy mo‘jizalari" kitobi to‘g‘risida

Qur’oni karim inson fikrini, zikrini, sa’i-harakatini yagona va to‘g‘ri yo‘lga solib turadigan, insonga qiyomatgacha dasturi amal bo‘lgan kitob - Olloh taoloning hikmatidir.
Qur’oni karim Koinot haqidagi shoh asar, bir tomondan, ohangiga ko‘ra komil san’at, ikkinchi tomondan, matematika va fizikaga dahldor buyuk kashfiyot. Fizikaning barcha muhim qoidalari Qur’oni karimda bor. Fizika Ollohning taqdirga oid ta’limoti, faqat jism ilmi emas, balki koinot nizomidir, deb uqtiradi muallif.
Qur’oni karimning Nur surasi 35-oyatida: "Alloh osmonlar va Yerning "Nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy ham bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligi)dan garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo‘shilganda esa), nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlarga (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir".
U shunday bir narsaki, o‘tsiz yonadi va yulduz kabi porlab nur taratadi. "O’t tegmasa ham yoritib yuboray deydi" mazmunidagi oyatning abjad hisobi hijriy 1284 (melodiy 1867) sanaga teng bo‘lib, elektr energiyasi kashf etilgan va undan foydalanish ommaviylashgan yillarga to‘g‘ri keladi. Fikr yuritilsa oyatdagi yashirin sirning qachon kashf qilinishi ham Olloh tomonidan (taqdiri azalda) belgilab qo‘yilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:01:14

Elektr lampasini kashf qilgan Edison vafot etganida, javonidan Nur surasining yuqorida zikr qilingan oyatlari topilgan. Bu, Edison Ollohning kalomiga suyangan holda qat’iyat bilan lampa yasashga uringanini ko‘rsatadi.
U ilohiy bir mujdaga tayanmaganida yigirma ming martalik urinish va tajriba o‘tkazishga yetarli kuchni qaerdan olardi?
Rivojlangan Amerika, Yaponiya, Frantsiya mamlakatlarining kinoshunos olimlari jismning ovozi va tasviri uzatilgani kabi hidini ham uzatish mumkinligi to‘g‘risida ish olib borib, ijobiy natijalarga erishganlar. Kino ekranlari yoki televizor orqali tomosha qilayotgan manzaradagi gullarning xush bo‘ylari yoki manzaraga xos boshqa hidlarning dimog‘ingizga urilishiga oz yillar qoldi. (Vallohu a’lam).
Zero, Qur’oni karimdagi Yusuf alayhissallom qissasini eslang...
Otasi yig‘lab-yig‘lab, ko‘zlariga oq tushgan va ko‘rmay qolgan...
Hazrati Yusuf ko‘ylagini akalariga berib, otasining yuziga surtishlarini tayinlaydi. Hali ko‘ylak Misrdan yo‘lga chiqar-chiqmas Kan’ondagi Yoqub (a.s.)ning ruhi ko‘tarilib, tabassum bilan Misr tomonga qaraydi. Chuqur-chuqur nafas olib, "Men Yusufning hidini tuymoqdaman" (Yusuf, 94) deydi...
Ingliz kashfiyotchi-muhandisidan muvaffaqiyatga qanday erishganini so‘rashganda u kitob javonidagi Qur’oni karimga imo qilib: "Kitobingizni o‘qiyman va U (Olloh) ishorat etgan yo‘lda izlanaman, tadqiqot o‘tkazaman. Siz esa uni saqlaysiz xolos", deb javob bergan ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:01:37

Olloh taolo butun koinotning Rabbidir. U musulmon, nasroniy deb ajratmasdan, kim harakat qilsa, o‘shanga beradi ("Hidoyat" jurnali, 2000 yil, 3-son). Agar biz ham Olloh Qur’oni karim vositasida bildirilgan amrlarga, unda ishorat qilingan haqiqatlarga quloq osib, ularni o‘rgansak va o‘rganganlarimizga amal qilsak, ya’ni hayotga tatbiq etsak, bu yo‘lda Edison, Galileo Galiley, Holuq Nurboqiy lar kabi tinmay izlansak, ko‘plab kashfiyotlarni amalga oshirishimiz mumkin.
Yurtboshimiz "Tafakkur" jurnali bosh muharririning savollariga javoblarida ta’kidlaganidek, "Har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini (avvalo o‘zi uchun) oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas" ("Tafakkur" jurnali, 1998 yil, 2-son)
Maqsadga erishish, kashfiyotlarni amalga oshirish uchun ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni puxta o‘rganishimiz, buyuk ajdodlarimiz, allomalarimiz kabi koinot sirlarini tashuvchi shifr orqali tushuniladigan, faqat yurak yo‘li bilan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan Qur’oni karimga suyanishimiz kerak. Ollohga shukurlar bo‘lsinki, buning uchun mustaqil O’zbekistonimizda hamma sharoit yaratilgan.
Hurmatli kitobxon!
Taniqli turk olimi, onkolog-vrach Xoluq Nurboqiyning mazkur kitobi Maraziz A’zam tomonidan tarjima qilingan. Asar Qur’onning tili, qurilishi, matematik, fizik, tibbiy va boshqa mo‘jizalari to‘g‘risida bahs yuritadi. Kitob 1999 yilda "Adolat" nashriyoti tomonidan 10.000 nusxada nashr etilgan edi. U, o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va bugungi kunda yana bu kitobga ehtiyoj sezilmoqda. O’quvchilarning yana shu ehtiyojlarini hisobga olib, nashriyot bu kitobni ikkinchi marta chop etmoqda.

Noshir Tursunxo‘ja Yusufxo‘ja o‘g‘li Xidoyatxo‘jaev

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:02:11

Bismillohir Rohmanir Rohim

So‘z boshi

Qur’on boshdan-oyoq mo‘jizadir, mittigina yuragi bilan koinotlarni o‘zida aks ettirgan inson kabi ilohiy bir mo‘jiza...
Shu bois "Qur’on mo‘jizalari" degan ibora kalom ahli uchun bir oz g‘arib bo‘lib ko‘rinadi. Ustiga-ustak, yangi avlodlarga ko‘p beo‘xshov tarjimalarni tavsiya qilgan bugungi kunimizda shu ta’bir bilan yo‘lga chiqish majburiyatida qoldik.
Qur’onni o‘qib tushunish uchun yaxshi niyat bilan o‘rganishga kirishuvchilar Qur’onning haqiqiy sirlarini mutlaqo bilishlari shart. Aks xolda uning ilohiy kalom ekanligini his qila olmaydilar.
Bu kitobimizni o‘qiganda aqli va insofi bo‘lgan har o‘quvchi Qur’on ilohiy kalom ekanligini ko‘rajak, inshoolloh.
Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam "Qur’on bilan chin inson - egiz aka-uka" deb amr qilganlar, bu - ayni chog’da ul Zotning Qur’onga bergan ta’riflaridir. Inson aqlni hayratga soluvchi ilohiy san’at asari sifatida koinotning barcha sirlarini qay darajada tamsil etsa, Qur’on ham koinotning barcha haqiqatlarini shu darajada tamsil etadi.
Qur’on ilohiy amrlarning kalomga, kalomdan ovozga, ovozdan qalbga o‘tishidir. Uning barcha boshqa yozuv va so‘zlardan farqi ham shunda. Inson til bilmasa ham, uni tinglaganda qalb yo‘li bilan ilohiy hikmatlarni sezadi, eshitadi va ruhan Qur’on dunyosida yashaydi. Uni o‘rgangan kishi esa, aql darchasidan koinotni bemalol tomosha qiladi, inson haqiqatini yaxshiroq anglaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:02:42

Bilmaganlarga mubolag‘a bo‘lib ko‘rinuvchi bu haqiqatlarga kitobimizni o‘qiganingizdan keyin siz ham haq berajaksiz. Ammo bu ta’rifu izohlarimizni juda yuzaki deb topishingiz ham ehtimoldan uzoq emas.
Yana shuni ham unutmangki, Qur’onning sirlari uni muntazam o‘qib va tinglab turilgandagina bizning botinimizda, ya’ni ruhiy olamimizda yashaydi. Agar undan uzilgan holda yashasak, ko‘ngil sathimiz hosil bermaydigan tuproqday qotib qolishi hech gap emas va u holda biz haqiqatlarni ko‘rmaydigan va sezmaydigan bo‘lib qolamiz.
Qur’on mazmun to‘la hikmatlari bilan bizga "sirri Muhammadiy"ni, ya’ni ko‘ngillar haqiqatini naql etadi. Uning "alhamdulilloh", ya’ni "Ollohga hamd" kalimasi bilan boshlanishi hikmati ham mana shu.
Ko‘ngillarda hamd tug‘ilganda koinotning eng oliy mavjudoti Rabbimiz, ya’ni Egamizga bir ma’no oqimi oqib boradi va Qur’on sirlari bizni Ollohning borligi va birligini tushunib yetgan chinakam insonga aylantiradi.
Olloh hammamizni bu ilohiy ne’matning eng go‘zali bilan mukofotlasin (sharaflasin).
 
Xoluq NURBOQIY,
doktor-onkolog

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:03:11

BIRINCHI BO’LIM

ASILLIK MO’JIZASI


Qur’onning eng muhim hikmati - undagi asillik sirlaridir.
Qur’on o‘z tili va o‘z xususiy ohangida o‘qilganda, insonning asosiy sifati bo‘lmish his qilish sezgisini yo‘qotmagan har inson uning dunyoda hech o‘xshashi yo‘qligini bir daqiqadayoq sezadi, shu paytgacha eshitgan so‘zlardan hech biriga o‘xshamasligini darhol farqlaydi. Bu hikmat boisi biz yo‘qotgan, qo‘ldan boy bergan ma’noning hofizamizda diniy aks-sado berishi bilan bog‘liq.
Insonning qalbi (ko‘ngli) Qur’on to‘lqinlariga uyg‘un, uni olishga tayyor turgan hassos bir xaridordir. Uni eshitgan zahoti inson xayolida jonlangan ekran kabi, tushunilishi qiyinroq bir maneara paydo bo‘ladi.
Bu jihatdan Qur’onda bitmas-tuganmas bir tarovat, buzilishi imkon doirasidan tashqarida bo‘lgan bir soflik (yarqiratib artib qo‘yilgandek tiniqlik) seziladi. Lisoni arabcha bo‘lishiga qaramay, o‘zga tilda so‘zlovchi har qanday odamga ham juda aniq ta’sir ko‘rsatayotgani seziladi. Bu, shu qadar sirli bir hodisaki, ma’nolar bamisoli ohanglar jilosi olamida jonli odamday yashayotganga o‘xshaydi. Qur’onning asilligiga, o‘xshashi yo‘qligiga oid bu asos unsurlarni sal kengroq ochish uchun bir necha namuna ustida andak to‘xtalmoqni istar edim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:03:22

A) Tarovatidagi mangulik belgilari
Ma’lumki, biz, ojiz bandalar tomonidan yaratilgan so‘z va asarlar zamon shamollari ostida axir bir kun eskiradi, ilgarigi tarovatidan ayrilib, ta’sir kuchini yo‘qotadi.
Olloh kalomi bo‘lmish Qur’on esa, vaqt o‘tgan sayin yanada tarovatliroq bo‘la boradi, kuchi ortadi. Undagi har bir hukm zamonlar osha asrlardan-asrlarga o‘tib ham hukmlik kuchini aslo yo‘qotmaydi.
Qur’ondan boshqa bitiklarning hammasi davrlarning xususiyati va yorg‘u(hukm)larini tashigani sababli qiymatini yo‘qotishga mahkumdir. Bunga juda eski zamonlardan misol keltirib o‘tirishning hojati yo‘q. Yaqinginada, ya’ni asrimiz boshida o‘rtaga tashlangan falsafiy doktrinalar (dasturlar) davrning ateistik va materialistik qarashlariga asoslangani bois, bugunga kelib eskirib qoldi, qanchadan-qancha islohotlar, umrni uzaytirishga intilishlar tarix sahnasida ahamiyat kasb etolmadi.
Holbuki, Qur’onning yaqin-yaqinlargacha anglashilishi qiyin bo‘lgan hukmlari yangidan qayta-qayta kashf etilayotir (Kitobimizning IV, V, VI bo‘limlarida bu mavzu ustida atroflicha to‘xtalganmiz).
Qur’on Olloh tomonidan Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallamga tushirilgan davrda hali yer yuzida ilm-fan u qadar taraqqiy etmagan, ijtimoiy va iqtisodiy hayot butunlay zulmat qo‘ynida edi. Faqat qo‘pol kuch ishlatishdan boshqa jamiyatga ta’sir o‘tkaza oladigan hech bir vosita tan olinmasdi. Dunyoning bu aqlsiz dahshatiga faqat Qur’oni Karimgina qarshi tura oldi va ilmni har qanday kuchlardan ustun qo‘ydi, jamiyat taraqqiyoti uchun axloq, faqat axloq asos bo‘la olajagini e’lon qildi va hayotda buni isbotlab ko‘rsatdi.
Qur’onga inongan-inonmagan barcha jamoalar undagi jamiki nizomlarni qabul qildilar, chunki ular insonning insonligini ko‘rsatuvchi qonun-qoidalar edi.
Asrimizda hamon munozara mavzui bo‘lib turgan millatlararo tenglik masalasi, manfaatparast kuchlarning qattiq qarshiligiga qaramay, qabul bo‘ldi. Holbuki, Qur’oni karimda bu masala allaqachon uqtirilgan edi.
Hozirgi davrda inson huquqlari mavzuining eng katta mutafakkir olimi hisoblangan Rojer Garaudi bu haqiqatni qat’iylik bilan tasdiq etarkan, 1981 yil aprel oyida musulmon bo‘ldi va Qur’onni "davrlarning doimo eng oldinda borayottan Olloh kalomidir" deb ta’rifladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:03:48

Bugungi G’arb dunyosi olimlari R.Garaudi fikriga qanday qaraydilar, bilmayman. Lekin bizning olimlarimiz, 1982 yil oxirigacha uni, so‘nggi uch asr ichida yetishgan eng katta mutafakkir, deyishardi.
Boshqa g‘arblik bir tadqiqotchi ham uni: "Barcha ilmiy doktrinalar yo‘q bo‘lib ketsa, u eng go‘zalini yangitdan yaratadi" deb maqtagandi.
Garaudi esa bir ilmiy doktrina yaratdi va: "Mening doktrinam Qur’onga asoslanadi, chunki Qur’on yer yuzida hech qachon eskirmaydigan, zamonlar ketidan siljib boraveradigan kitobdir", - dedi.
Urushda va ilmiy izlanish onlarida Qur’on ne-ne fikrlar va hukmlarni, noto‘g‘ri e’tiqodlarni osonlik bilan yo‘q qilib yubordi. Ammo minglarcha ilmiy kashfiyotlar ham, Qur’onni yo‘qotish uchun olib borilgan yuzlarcha urushlar ham Qur’onning tarovati saqlanishiga chek qo‘yolmadi, aksincha, bizni undagi haqiqatlarga butunlay yaqinlashtirib qo‘ydi, hayratimizni orttirdi.
Yer yuzidagi jamiki tushunchalar, inonchlar Qur’on hikmatlaridan biriga hamohang bo‘lsagina omon qoladi. Hamda Qur’on barcha bu fikrlar uzra hukmrondir. Unga ters borgan e’tiqodlar eskirmoqda va yo‘q bo‘lib ketmoqda, undan kuch olgan tushunchalar esa tirik va tiniq-yorqin holda saqlanmoqda.
Yana bir g‘arblik mutafakkir Bernard Shou:
- Sizningcha, yer yuzida eng e’tiborga loyiq hodisa nima? - deb berilgan savolga shunday javob bergan edi:
- Yer yuzida shuncha g‘avg‘o va tafakkur isyonlari bo‘lib turganiga qaramay, Qur’onning o‘z tarovatini saqlab qolganligidir.
Qur’on go‘zallik, chin inson mizoji haqida bahs yuritadi. Uning hukmlariga, ahloq haqidagi qoidalariga qarshi odam baxtsizlikka duchor bo‘lishga va manfaat janglarida qarib-eskirib yo‘qolishga mahkumdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:04:26

B) Qur’onning soflik-xolislik sirlari
Qur’onning sofligi, ya’ni shaxs, guruh, toifa, millat manfaatlaridan yuqorida turishi - xolisligi ham uning Olloh kalomi ekanligini ko‘rsatadi. Har asar zamon ta’sirida davrining ilmiy darajasidan kelib chiqib, o‘sha asr e’tiqodlarini hamda joriy ijtimoiy tuzum talablarini o‘zida aks ettirgan bo‘ladi. Qur’onda na o‘z davrining va na oldingi davrlarning mafkurasi ilgari surilgan. U ma’lum bir davr uchun emas, hamma zamonlar uchun birday xizmat qilishga qodir bo‘lgan muborak bir kalomdir. Unda qisman bo‘lsa-da, cheklangan bir davr uchun xizmat qiluvchi hukmlar yo‘q.
Misollar so‘ngsizdir. Faqat bir necha mavzuga aloqador ba’zi bir namunalarni keltiraman.
a) Ayollar mavzui
Qur’ondan oldin ham, Qur’on inzol bo‘lgan yillarda ham ijtimoiy munosabatlarda va siyosatda xotinlar masalasiga yaqin kelinmas, xotinlar qat’iyan bor deb hisoblanmasdilar. Qur’on birinchi marta xotin kishiga barcha siyosiy va ijtimoiy mavzularda erkak bilan baravar shartlarda xitob etdi. Qur’onning bu tarzi o‘z davrida ko‘p qarshiliklarga uchradi.
Holbuki, Qur’on erkak bilan xotinga ayri-ayri xitob etib, ul vaqt uchun katta fikr inqilobi keltirayotgan edi.
b) Huquq sohasida
U jamiyatga olib kirgan barcha hukmlar na arab huquqiga va na tevaragidagi uluslar huquqlariga o‘xshar edi.

Qayd etilgan