Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari  ( 123722 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:34:13

G) Asal va arining sirlari
Qur’on ari va asal mavzuida muhim bir masalaga e’tiborni jalb qilgan. Bir qarashda har qanday biologik hodisaday ko‘rinuvchi ari va asalda juda muhim biologik mo‘jizalar bor.
Oldin "Nahl" surasi (16-sura) ning 68 va 69-oyatlarini o‘qing: Va avho rabbuka ilannohli anittahiziy minaljiboli buyutan va minashshajari va mimmo ya’rishun. Summa kuliy min kullissamaroti faslukiy subula Rabbiki zululo, yaxruju min butuniho sharobun muxtalifun alvonuhu fiyhi shifoun linnos, inna fi zolika la oyatan liqavmin yatafakkarun.
Ya’ni:
(Ey Muhammad), Rabbingiz asalariga: "Toglarda, daraxtlarda va (odamlar) quradigan qo‘vonlarda in qur. So‘ngra turli mevalardan yeb, Rabbingning senga ko‘rsatgan yo‘llaridan yur!" deb vahiy—amr qildi. Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon, rangli ichimlik—asal chiqadi. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bor.

Endi birma-bir oyat e’tiborni tortgan hikmatlarni ko‘zdan kechiraylik...
a) Arining ko‘von (in) siri
Olti burchak prizmalardan qurilgan ari ini - faqat Olloh bergan ilm-vahiy bilangina qurish mumkin bo‘lgan me’moriy shoh asardir. Bu geometrik tanlov odatdagi tabiiy zavq natijasida bunyod bo‘lgan deb o‘ylashning hech iloji yo‘q. Undan tashqari, qurilish ashyosi sifatida ishlatilgan moddalarning saqichga o‘xshashligi, ya’ni o‘ziga xos kimyoviy modda tanlanganligi ham mo‘jizadan boshqa narsa emas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:34:25

b) Arining yo‘l tanlashi va qaytishda uyini topishi
Jamiki jondorlarga oid juda qiziq bir hikoyatdir bu.
Asalari, bir tomondan, o‘ziga xos ovoz to‘lqinlariga ega, ikkinchi tomondan, xuddi kompyuterday aniq bir harakatda bo‘lib, ma’lum bir vazifani ado etadi. Oyati Karima, bu hikmatni ham juda hassoslik bilan tavsiflagan. Arining tabiiy ravishda uyini topib kelishi, yo‘lda hech adashmasligi mavzuida ko‘p kitoblarda hikoya qilingan. Qiziqqan kishilar u kitoblarni izlab topib o‘qishlari mumkin. Biz qo‘lga olgan mavzu va tahlil qilmoqchi bo‘lgan hodisa - biologiyaning asalga oid so‘nggi xulosalari borasidadir. Endi asalning tarkibi mavzuida maxsus bir izoh keltiraman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:34:47

v) Asalning tarkibi va xususiyatlari
Arining taqqosi yo‘q me’morligi va ongli hayot sohibi ekanligi hammaga ma’lum. Ammo ari shuncha ko‘p asalni o‘z ehtiyoji uchun "ishlab chiqararmikan?" Yo‘q. Aksincha, o‘zi ishlab chiqargan asalning yuzdan biri unga ortiqchalik qiladi. Shunday hisob mutaxassisi bo‘la turib, o‘ziga kerak bo‘lmagan narsani ko‘p ishlab chiqarishi tabiat muvozanati doirasida g‘ayri-tabiiy hodisa deb hisoblanadi. Demak, oyatda amr etilganiday, butun olamlarning Rabbi ariga shunday asal ishlab chiqar, degani uchun ari ko‘p asal ishlab chiqarish kampaniyasiga kirishadi.
Endi asalning tarkibiga bir qaraylik. Har bir jonzot o‘zini kuch-quvvat bilan ta’minlash uchun umuman qandaydir bir shakarga muhtojdir va buni osonlik bilan o‘simlikdan, uning mevalaridan oladi. Arida ham ahvol xuddi shunday. Ammo tanasining asos qurilish moddasi DNAda shakar riboz shaklida bo‘ladi. Va ari mevalardan tanlab olgan maxsus shakarlar bilan ribozni to‘g‘ridan-to‘g‘ri asalga aylantiradi. Bu hodisa yana arining o‘z ehtiyoji emas. Chunki qirolicha arining iznisiz ishchi ariga asal ishlab chiqarish ham, DNAtayyorlash ham taqiqlangandir.
Undan tashqari, asalda B13, B11, BT quvvatbolari (vitaminlari) borki, hech qanday oziqda bu quvvatbolar bo‘lmaydi. Bu quvvatbolarning biologik faoliyati hali to‘la o‘rganilmagan bo‘lsa ham, har qalay ular DNA tayyorlashga xizmat qilsa kerak, deb taxmin etilmoqda.
Bulardan tashqari asalda tanilgan jamiki fosfor achitqilari, har xil kimyoviy reaktsiyalarda faollik ko‘rsatadigan AChChIQ FOLIK va boshqa fermentlar hamda suvda eriydigan quvvatbolar borki, ularning jami mevalarda bo‘ladi.
Ari bu hayratomuz kimyoviy tarkibni faqat inson uchun hozirlab beradi. Ma’lumki, asalda juda ko‘p o‘ziga xos hormonlar mavjud. Bu hormonlar qisman qirolicha ari uchun hozirlanadi. Lekin qirolicha arining ehtiyoji juda oz bo‘lib, ishlab chiqarilgan ari suti benihoya ko‘p. Bu hormonning tarkibi va ta’sir darajasi to‘la o‘rganilgan emas. Uni yegan qirolicha to‘satdan bir necha bora kattalashib, shiddatli bir tarzda tug‘uvchan bo‘lib ketishi o‘rganilgan. Bu hormonning bir hujayraga tuyqusdan hayotiyot berishi, shu maqsadda qo‘llanilishi, bu hormondan yoshlik vaktsinasi olinishi ham ma’lumdir.
Asalda yana bir qancha nabotiy dorilar mavjud. Chunonchi, uning tarkibida belladon, digital singari dorilarga ham duch kelinmoqda.
Mana shu jamiki hikmatlar butun olamlar Rabbining ariga inson xizmatida bo‘lishi uchun maxsus ilhom baxsh etganidan yuzaga kelgani ko‘rinib turibdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:35:19

g) Asalning turli ranglardagi sharbat ayirmasi
Ari ozmi-ko‘p miqdorda oq hormon, oq shaffof riboz, fruktoza va boshqa turli-tuman nabotiy vitamin (quvvatbo) va fermentlar qorishmasidan tarkib topgan quyuqroq sarg‘ish yo sariq, qizil yo qizg‘ish rangli sharbat ayirmasi holida asal soladi.
Oyat - ham shu farqli tarkiblarni bildirish, hamda arining faqat guldan olib berish bilan kifoyalanmay, ularni bir ishlovdan o‘tkazib berishni anglatish uchun ham o‘sha yuqoridagi jumlalarni ishlatgandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:35:52

d) Asalning insonlarni shifolashda ko‘rasatadigan ta’siri
Bir yoqdan fosfor achitqilarga, bir yoqdan ribozday asosiy yaratish moddasiga ega bo‘lgan asalda sog‘liqni yaxshilash va bevosita shifolash xususiyati mavjud. Asal, ahamiyati hammaga ma’lum bo‘lgan hormonlar bilan xronik (uzluksiz davom etib kelayotgan, ya’ni eski) kasalliklarni, shubhasiz, yaxshilaydi, ya’ni tom ma’noda shifobaxshdir. Lekin bu hormonning ari suti tarzida olinishi o‘rniga tabiiy yaylovlarda yetishtirilgan asalning olinishi foydaliroqdir.
Bundan tashqari, asal o‘zidagi riboz va glyukoza moddalari bilan hamda quvvatbolari bilan yurak muskullariga o‘zgacha bir shifobaxsh ta’sir berishi ham aniqlandi. Yana asal jigar, qon va suyak iligi uchun bebaho doridir. Asal yemaydigan kishilarda jigar bir qator kimyoviy aralash moddalarni, achitqi va fermentlarni ishlab chiqargani uchun, ularga asal yedirilsa, jigar tom ma’noda dam olish fursatiga ega bo‘ladi va bu - shifo bo‘lmay qolmaydi.
Qon tarkibi uchun juda ham muhim bo‘lgan ko‘p moddalarni tashuvchi asal suyak iligi uchun ham shifo beradi. Shu bois, jamiki xronik kasallikka chalingan kishilar uchun asal shifobaxshlikda tengsizdir, ayni zamonda, suyak iligining tinchligini va tartibli ishlashini ta’minlashda xam shifobaxshligi bebahodir.
Shuni nazarda tutib, ya’ni keng va faol ta’siri borligi tufayli Qur’onda ari va asal mo‘jizasiga diqqat tortilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:15:06

OLTINCHI BO’LIM

QUR’ONNING HAR XIL ILMIY MO’JIZALARI


1.   KOINOTNING MAXFIY HAQIQATLARI
Ilmning koinot mavzuida yecha olmagan ikki muhim savoli bor:
a) o‘zgaruvchan makonlar va o‘lchovlar;
b) koinotdagi magnit tarangligi.
Tashqi borliqlarning bir butun bo‘lib, bir-biri bilan bog‘liq holda turishi, boshqacha aytganda, butun borliqning skeleti sirlari o‘lchovlarda yashiringandir. Bu skeletlarni tutib turuvchi so‘ngsiz kuch magnit tarangligida ko‘rinadi. Hamonki, bu ikki tushuncha biz uchun sirliligini yo‘qotmagan ekan, koinot haqidagi jamiki ilmlarimiz taxminlardan nariga o‘tolmaydi.
Qur’onda bu mavzularga oid oyatlar juda ko‘p. Men bu bo‘limda tushunish oson bo‘lgan 4 oyatnigina sharhlayman. Ana unda siz bugungi koinot ilmlari Qur’ondan naqadar orqadaligini ko‘rib, uning mo‘jizalariga hayronlar qolasiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:19:48

A) Cheksiz o‘lchovlar
Ilmda eng qiyin idrok etiladigan mavzu o‘lchovlardir. Yo‘nalishga oid boshlang‘ich o‘lchovlarni oson idrok etish mumkin. Birinchi o‘lchov uzunlikdir: qarshimizda cho‘zilib yotgan tomon birinchi o‘lchovdir. Unga tik bo‘lgan ayni tekislikdagi o‘lchov, ya’ni en - ikkinchi o‘lchovdir. Bu tekislikka yuqoridan quyiga tik bo‘lgan o‘lchov (bo‘y, en, uzunlik) birlikda bir makonni, bir joyni bildiradi. Ammo ahvol shundayki, ish shu bilan bitmaydi. Agar biz taqvim yoki soat nuqtai nazaridan qarasak, to‘rtinchi o‘lchovga duch kelamiz. Koinotda bundan boshqa yana bir talay o‘lchovlar bor. Ular nazariy jihatdan "n" harfi bilan ifodalanadi. Cheksiz o‘lchovlar... Bu o‘lchovlarning bir qanchasi bir joyga jamlansa, o‘ziga xos makonlar yaratadi.
Moddiy olam esa to‘rt o‘lchovdan yaraluvchi makondir.
Bu asosiy fizikaviy ilmdan so‘ng Qur’onning mo‘jizaviy ta’rifini kuzataylik. ("Saf", 37-sura, 5-oyat):
Rabb us—samovoti val—arzi va mo baynaxumo va rabbul—mashoriq.
Ya’ni:
U, osmonlar, yer va orasidagilarning Rabbi, kunchiqarlarning ham Rabbidir.
Bu oyatdan chiqadigan birinchi ma’no: kunchiqar (mashoriq) tushunchasi osmonlar, yer va orasidagilar tushunchasidan farqli ekan. Agar shunday bo‘lmasa edi, oyat faqat: "U osmonlar, yer va orasidagilarning Rabbi" tarzida bo‘lardi. Lekin oyat borliqlarni ikkiga ayirgan:
1)..osmonlar, yer va orasidagilar;
2) kunchiqarlar.
Bu ayrilish koinot fizikasiga oid chin haqiqatning ifodasidir. Zero, osmon, yer va orasidagilar Ilohiy kuch tomonidan yaratilgan yaratiqlardir. Kunchiqarlar esa bizning tushunchamizdagi ma’noda yaratilgan yaratiq vasfiga ega emas, matematik bir sistemadir. Chunki kunchiqarlar bugungi fizika atamasi bilan aytadigan bo‘lsak, o‘lchovlardir. Olloh bu sharofatli oyatida olamlarda o‘zi yaratgan ikki farqli sistema haqida gapirgan. Bulardan biri yeru osmon va ular orasidagi fizik borliqlar, ikkinchisi esa kunchiqarlar (o‘lchovlar) atamasi bilan anglatish mumkin bo‘lgan matematik sistema haqiqatlaridir. Bunisi bizning tushunchamizda yaratiq (maxluq) bo‘lolmaydi, faqat Haq-Taoloning olqishiga sazovor bo‘lgan ilohiy iroda tartiblaridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:21:21

Bu oyatdan va boshqa bir qator oyatlardan bilamizki, Olloh borliqlarni va o‘lchovlarni alohida-alohida yaratgan. Kunchiqarlar (mashoriq) kalimasining tomonlar, yo‘nalishlar, o‘lchovlardan boshqa ma’nosi yo‘q.
Arabchada ko‘plik, umuman, juda ko‘pni ifoda qiladi. Ma’lum sonlar ko‘plik ifodasi bo‘lmaydi va ko‘plikda bildirilmaydi. Zotan, osmondan uch o‘lchovli makon bor bo‘lganligidan, bu yerdagi "mashoriq" - "kunchiqarlar" atamasida o‘lchov sistemasini ifoda etadi.
Qur’onning mahshar bilan aloqador juda ko‘p oyatida "jannat" atamasining "moddiy makon" atamasidan farqli ekanligi, ayricha bir makonning olami ekanligi bildirilgan. Demak, Qur’on cheksiz o‘lchovlar sistemasi ichida makonlar haqiqatini taqdim etgandir.
Moddiy olamda bor borliqning mavjudlik holi deganda biz 4 o‘lchovga geometrik moslashuvni va bir kanal tanlash holini tushunamiz. Bu moslashuv Ollohning Rabblik (Egamlik) sifatining siridir. Shu bois, oyat borliqlarni va o‘lchovlarni ta’riflarkan, Rabb sifatini qo‘llagandir.
Oyatning tafsiri mana bundaydir:
Yerdagi, osmondagi va ular orasidagi jamiki borliqlarni Rabblik sifatim bilan bir—biriga qanday moslagan bo‘lsam, men cheksiz o‘lchovlar (mashoriq)ning ham shunday Rabbidirman.
Qur’onda bir qancha joyda kunchiqarlar va kunbotarlar atamasi keladi. Bular ham bir ma’noda o‘lchov ifodasidir. Faqat kunbotarlar atamasi bilan birgalikda kunchiqarlar atamasi ham kelgandagina yerni va sistemalarning harakatlarini ifoda qiladi. Lekin bu yerdagi oyat bilan turli ilmiy mo‘jizalar bir-biriga aloqasiz hikmatlardir.
1. Moddiy yaratiqlarning, asosan, hammasi oyatning ilk jumlasida butun holida berilgan. Oyatning to‘la jumlasida o‘lchovlar sistemasining bo‘lak bir borliqlar dastasi ekanligi uqtirilganligi eng jiddiy ilm mo‘jizasidir. Ha, borliqlarga sinch, skelet bo‘lgan o‘lchovlar makoni, jamiki borliqlardan bo‘lak qilib ta’riflanishi bizning asrimiz uchun eng katta fizik mo‘jizadir. Bugungi davrda Brogleydan tortib Jordan, Femi, Xilbertgacha hammalari butun borliqlarni alohida, o‘lchovlarni alohida - ayri-ayricha o‘rganish tarafdoridirlar. Hatto o‘lchovlarning va makonlarning farqlari boshqa borliqlarning ham qanchadan-qancha farqliliklarini ko‘rsatib berishi aniqlandi. 4-o‘lchov, vaqt oz ta’sir qiladigan makonlarda ayni o‘sha borliqning umri o‘zgaradi. Qisqa masofada so‘nggi ma’lum bo‘lgan voqealar kengayadi, o‘z xususiyatlari va bo‘lakchalari yuzaga chiqadi.
2. Koinot geometriyasining asos qusurlarini yashirgan o‘lchovlar (mashriq) Ollohning Rabblik sifati bilan uyg‘unlashganini ifoda qiladi, ya’ni hamma koinot makonlari Rabb tajallisi degan tushuncha ichida qonunning o‘zgaruvchanligi hikmatini tashiyotir. Dunyo va fazoning qanday fizik nizomlari bor bo‘lsa, yo‘nalishlarning, ulardan bunyod makonlarning ham shunday maxsus formulalari bor.
3. Fotihada amr etilgan "olamlarning Rabbiga hamd" siri, bu oyatda ochilib ketgan, ya’ni olamlar bir tomondan faqat yer, osmonlar va ularning oralaridagi borliqlardangina iborat emas. Olamlar atamasi bilan aloqador bo‘lgan, masalan, cheksiz yo‘nalishlar va bular bilan bog‘liq makonlar bor. Cheksiz yo‘nalishlar, Rabb sifatining siri bilan o‘zlari bunyod etgan makonlarga, olamlarga, ya’ni koinotlarga cheksizlik ato etadilar. Bu cheksizlik osmon, yer va ular orasidagilarning naryog‘ida boshqa olam borligining ramzidir.
Mana, biz Mashoriq siri deganda boshqa olamlarni tushunsak, unda insonning so‘ngsizlik sirlariga yaqinlashuviga imkon beramiz va Tangri go‘zalligini makonlarda tomosha qilamiz.
Oyat, shunday qilib, insonlarga cheksiz yo‘nalish va makonlarda Olloh ilmiga yaqinlashish yo‘lini ochib beradi. Ilm, bu tushunchaga yaqin kelishi bilanoq koinotni anglab oladi. Aks holda, barcha galaktikalarni o‘rgansa, ilmni tagiga yetish chorasini, tayanch nuqtasini topolmaydi. Moddiy koinotda borliqlarning xususiyatlari makon va zamon tushunchasi ichida chegaralangan (joylashgan)dir. Ayni shu borliqlar cheksiz makonlarda bo‘lakcha go‘zallikga burkanadi. Borliqlar haqiqati shulardan iborat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:22:34

B) Koinotdagi magnit tarangligi
Koinotning ba’zi jihatlarini yaxshiroq bilib olaylik: Fazo qadim-qadimlardan beri cheksiz-chegarasiz bo‘shliqlar aro ko‘zimizga ko‘rinuvchi sanoqli yulduzlardan tashkil topgan deyilardi. Endi moddiy olam haqida faqat o‘sha bilimlarimiz bilan ish ko‘rsak, kifoyalansak, bu-aqlimizni yalqovlashtirib qo‘yadi. Milliardlarcha sayyoradan bunyod bo‘lgan milliardlarcha galaktikalar va ular orasida sanoqsiz nurtaratkichlar (nur manbalari) shunday joylashganki, fazoda bo‘sh qolgan biron nuqta ko‘rolmaysiz. Yo biron sayyora, yo biron yangi yulduz, yo bir qora tuynuk va bular orasida har qaysisi bir mavjudot bo‘lgan son-sanoqsiz fazo nur taratkichlari...
Yolg‘iz moddiy olam haqida o‘ylaganimizda, bir sinch kabi yaratilgan o‘lchovlar va makonlardan keyin jamiki bu ko‘rkam va muhtahsham manzara to‘satdan qanday vujudga keldi, deymiz.
Aqllarni lol qiluvchi bu ilmiy mo‘jiza, bu hayratomuz sirga 42-sura, 5-oyat da duch kelamiz:
Takodussamovotu yatafattorna
Ya’ni:
Ustlaridagi samo (osmon)lar yorilgusidir.
Mikrofazoda, ya’ni atomlar va kvantlar dunyosidan bilamizki, har bir kvantning dunyoga kelishi katta magnit tarangligi borligini bildiradi. Sal qo‘polroq bo‘lsada, bir misol: bir toladan oqim o‘tganda magnit tarangligini ko‘ramiz - kompas millari o‘ynab ketadi. Demak, makonlarda iloh qudratining rahm sifatini ko‘rsatuvchi qo‘rqinchli bir magnit tarangligi bor. Oyatning keyingi jumlalarini o‘qing:
Min favkihinna val maloikatu yusabbihuna bi hamdi robbihim va yasta’g‘firuna liman filarz, a’lo innalloha huval g‘afururrahim
Ya’ni:
Maloyikalar Rabblarini hamd va tasbih etayotgan bo‘lurlar, yerdagilarga mag‘firat tilaydilar, bilingki, Olloh g‘afuri rahimdir.
Ilohiy g‘oya makonlarda jilvasini ko‘rsatganda sanoqsiz borliqlar bu o‘lchovalar qafasida qolib tizilib turadi.
Bu fizikaviy hukm yolg‘iz moddiy olam uchun emas, jamiki olamlar (koinotlar) uchun ham tegishlidir. Maloyikalar (farishtalar) haqidagi gap bu haqiqatni ta’kidlab turibdi. Davrimizning eng mashhur olimlari Martin Rayl va Allan Santeyg bo‘linuvchi zarralar nazariyasida tayanch sifatida shu magnit tarangligini himoya qiladilar. Qur’onning ulug‘vor mo‘jizasi bu oyatning birinchi satrini shu tariqa koinot fizikasi nuqtai nazaridan qonun holida olimlarga bildiradi. Lekin fazoning, olamlarning magnitik tarangligi haqidagi bu fikr hali juda yangi. Hech kimsa bu sirni bundan XV asr muqaddam Qur’on sharhlab ketganining farqiga yetmadi.
Ramzlar haqidagi bo‘limimizda "ho, mim" li suralar koinot fizakasiga oid sirlarni bildirishni aytgan edik. Bu yerda "ho, mim" bir boshqa mo‘jiza xususiyatiga ham ega ekanligini ko‘rsatayotir. "Olamlarning magnitik tarangligi" deb ishlatgan ifodamiz bizning shaxsiy idrokimiz asosida tanlagan ta’birimizdir. Aslida bu, Qudrati Ilohiyning shiddatidirki, uni biz o‘zimizcha tasavvur qilolmaymiz. Mana, fizika olimlari uchun yangi so‘qmoq ochish xususiyatiga ega bo‘lgan bu oyatning mo‘jizasi... Kelajak fiziklarga ulug‘ sirlarni berayotir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:24:26

Endi bu oyatning hukmi ostida fizikadan o‘zimiz bilgan asos voqealarning sabablarini ko‘zdan kechiraylik:
A) Kvantning mavjudligi
Kvant - energiyaning eng kichik miqdori bo‘lgan to‘lqin postulati (isbotsiz ham qabul qilanaveradigan dastlabki qoida) uchun eng zamonaviy ta’birdir.
Kvant - chiqarilishi va yutilishi mumkin bo‘lgan eng oz, bo‘linmas energiya miqdori bo‘lib, ta’sirning eng kichik makonda geometrik bir koordinat tanlash hodisasidir, boshqacha aytganda, bir santimetrning milliarddan biri qadar kichik bir makonga katta ta’sir bilan kira olish qudratidir. Hozirgacha ham bu, qanday yuz berishini ilm-fan sharhlab bera olmagan. Lekin 42-sura, 5-oyatdan buni tushunish mumkin:
Shiddatli magnitik taranglik ta’sirida osmonlar yorilguvsidir.

B) Inter aktsion (o‘zaro ta’sir) kuchi
Atom mag‘zining zarrachalari orasida shundaylari borki, ular biz bilgan gravitatsiya (joziba) tufayli o‘zidan yuz ming barabar katta tortish kuchiga ega. Izohi bugungi kunimiz uchun imkonsiz bo‘lgan yuqoridagi oyat koinotning har nuqtasida dahshatli bir magnit tarangligini borligini bildiradi.

Qayd etilgan