Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari  ( 123704 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 12 B


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:20:58

UCHINCHI BO’LIM

QUR’ONNING MATEMATIK MO’JIZASI


Qur’onda 19 raqamining katta hikmati bor. Juda ko‘p oyatlarning kalima va harflari yig‘indisi 19 raqamining karralaridir. Bundan tashqari Bismillohir Rahmonir Rahim ham 19 harflidir. Qur’onda - "Yusuf" surasida insonning 19 xususiyati yashirindir. Shu sababli 19 raqamining juda muhim jihatlari bor, deb hisoblanadi.

A) 19 ning Qur’onda bildirilishi
Qur’on, bilamizki, "Alaq" surasining dastlabki besh oyati bilan boshlangan. Bu besh oyat 19 kalimadan iborat edi va harflar yig‘indisi 19 ning karralari edi (4x19=76). So‘ngra "Muzzammil", uning ketidan "Muddassir" (73-va 74-suralar)ning dastlabki 30 oyati keldi. Qurayshning eng aqlli kishisi hisoblangan Valid Ibn Mug‘ayra dastlab nozil bo‘lgan oyatlarni eshitib o‘tirib, undagi kalomning favqulodda (ya’ni ilohiy) xususiyatini e’tirof etdi. Lekin keyinchalik Quraysh kofirlari uni g‘urur va kibru havo yo‘liga solib yubordilar va u oldingi so‘zidan qaytib, bu - inson kalomidir, dedi. Shunda "Muddassir"ning ilk 30 oyati inzol bo‘ldi:
18-oyat: Innaqu faqqara va qaddara. Chunki u fikrladi va taqdir bichdi.
19-oyat: Fa qutila kayfa qaddara? Qahrga uchragur, qanday taqdir bichdi?
20-oyap Summa qutila kayfa qaddara? Yana qahrga uchragur, qanday taqdir bichdi—ya?
25-oyat: In hozo illo qavlul bashar. Bu faqat inson so‘zi, dedi.
26-oyag. Si usluxi Saqor. (Men uni) Saqorga kiritajakman.
30-oyat: A’layho tis’ata a’shar. Uning ustida 19 bor.

Bu oyatlar birgalikda: "Tushuna turib, ilohiy bichim ekanligini bila turib, Qur’onning ilohiyligini inkor etsalar, bunday kishilar ustiga 19 lar sirini ag‘daraman, Qur’onning Olloh kalomi ekanligini inkor etganlar bo‘hrondan bo‘hronga tushajaklar", degan ma’noni bildiradi.
Bu 30-oyatdan keyin Qur’onning shifr hikmati kalitlari- "Bismillo" bilan "Fotiha" inzol bo‘ldi.
1. Lekin dunyo avliyolardan iborat emas. XX asrning so‘nggiga qarab kelayotgan Amerikaning eng mashhur matematiklari ham Qur’onning bu siriga hayron qoldilar. Bu olimlarning olib borgan matematik tadqiqotlariga ko‘ra, Qur’ondagi bu 19 va uning karralari hikmati bor bo‘lishi mumkin va u 616x1025dir, ya’ni 626 septrilliondan bir ehtimoldir. Shuning uchun ham Qur’on faqat Olloh kalomidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:21:13

B) Bismilloning 19 siri
Bismillo 19 harfligini aytdik, bismillodagi to‘rt kalima Qur’onda 19ning karralarida ko‘rinadi: ISM 19 marta o‘tadi, OLLOH 19x142=2698, RAHMON 19x3=57, RAHIM 19x6=114 marta o‘tadi. (Qur’onning 9-sura 128-oyatida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga nisbatan ishlatilgan Rahim sifati, albatta, bu sanoqqa kirmaydi).
Qur’onda Bismillo 6x19=114 marta o‘tadi, faqat 9-suraning Bismillosi yo‘q. Yo‘qolgan bu Bismillo 19 sura o‘tgandan keyin "Naml"da (27-sura 29-oyat) o‘tadi. Bu yetishmagan Bismillo ham bizga Ollohning Qur’on matematikasi ichida 19 raqamiga bergan e’tiborini bayon qilish uchundir.
Ajabo, Bismilloning bu 19lar hikmati siri nima ekan? Bu savolning javobi, ya’ni yashirilgan ma’no hikmatlari "Yusuf" surasida bildirilgan.
"Yusuf" deb nomlangan 12-surada 19 shaxs bor. Va bular insondagi 19 xususiyatni tamsil etadi. Bular:
1 - Yoqub hazratlari: RUH.
2 - Yusuf hazratlari: QALB (KO’NGIL).
3 - Zulayho: NAFS.
4 - Binyamin: IMON.
5 - Qiftir: DUNYOGA HIRS (DUNYOGA BOG’LIQLIK).
6 - Sulton: OQILLIK.
7 - Sharobchi (soqiy): ILM.
8 - Sharobchining yonidagi tutqun: MANTIQ.
9 - Yusufni quduqdan chiqargan karvonchi: MANFAAT.
10 - Yusufning o‘n akasi: XASISLIK, GINA, ShUBHA (GUMON), G’URUR, ZULM, ShAHVAT, EHTIROS, JAHOLAT, ZAIFLIK, SUYuQLIK.
Shunday qilib, Bismillo insondagi bu xususiyatlarga har bir harfi bilan hukm (ta’sir) o‘tkazuvchi ilohiy bir kafolatdir. Chunonchi, Be harfi badanga, Sin harfi nafsga, Mim - qalbga, keyingi Alif - ruhga biror kafolat sug‘urtasi (straxovanie)dir. Bu yerda biz tilga olmagan ayrim tafsilotlarni "Ommajuz’i yorumi (tafsiri)" degan kitobimizdan topishingiz mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:21:25

V) Ramzlarda 19 ning nazokati va boshqa hikmatlar
Qur’onda 7 surada "Alif-Lom-Mim" shifri bor. Bu yetti surada uchragan "Alif", "Lom", "Mim" harflarining yig‘indisi 26676 = 1404x19 dir.
Qur’onda 7 "Ho-Mim" shifri bor. Bu shifrlar uchragan suralardagi "Ho" va "Mim" harflarining yig‘indisi 2147=113x19dir.
"Sho‘ro" surasida 5 muqatta’a bor va ular ikki oyat holidadir:
a) "HO-MIM": b) "AYN-SIN-QOF".
Surada bu besh harfning yig‘indisi: 570=30x19, shu jumladan, "Ayn", "Sin", "Qof" yig‘indisi: 209=11x19, "Qof" yig‘indisi: 57=3x79dir. 7-sura "Alif—Lom— Mim—Sod" bilan boshlanadi, bu harflar yig‘indisi: 5358=282x19dir. 19-surada muqatta’a harflar: "Qof", "Ho", "Yo", "Ayn-Sod". Bu harflar yig‘indisi 798=42x19dir. «Sod» shifriga ega bo‘lgan 7~, 19-, 38-suralarda uchragan "Sod" yig‘indisi: 152=8x19dir.
Bunaqanggi keskin bir matematik nazokatni ko‘rmaslikka olish, bularni aql bovar qilmas mo‘jiza sifatida ilg‘amaslik, haqiqatan "Fotiha" surasida amr etilganday, faqat benasiblikdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:21:42

TO’RTINCHI BO’LIM

QUR’ONNING FIZIKAGA OID MO’JIZALARI


Qur’onning ilmiy mo‘jizalarini sanagan bilan ado bo‘lmaydi. Shubhasiz, ularni payqamoq uchun insonda fizikaga oid bir qator bilimlar bo‘lmog‘i lozim. Zotan, u - koinot xaqidagi shoh asar, bir tomondan ohangiga ko‘ra komil san’at, ikkinchi tomondan matematika va fizikaga daxldor buyuk kashfiyot ekanligi ko‘rinib turadi.
Haqiqat nuqtai nazaridan qaralsa, fizika Ollohning taqdirga oid ta’limotidir. Ba’zi bir qashshoq tushunchali odamlar o‘ylaganidek, fizika - bu jism ilmi emas, balki koinot nizomidir. Turli kitoblarimizda bir qancha oyatlarni sharhlash paytida fizikaviy tahlillarga to‘xtalingan. Bu yerda esa, faqat kitob mavzui doirasida asosiy fizik qonunlarni bayon etgan 4 oyatni sharhlamoqchiman, xolos.
Hozirgi davrda modern fizikaning eng mashhur olimlaridan:
- Koinotdagi eng muhim fizik qonunlar qaysi qonunlar? - deb so‘rasangiz, oladigan javobingiz:
1. Parite (zid juftlar) haqiqati;
2. Gravitatsiya (joziba) va giroskopik harakat;
3. Blak xoles (qora tuynuklar) hodisasi;
4. Vaqt tushunchasi va tasoplar, - bo‘ladi. Shunday bo‘lgach, biz ham bu 4 muhim hodisani sharhlovchi 4 oyat tafsirini beramiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:22:11

A) Parite haqiqati va Qur’on
Modern fizikaning tamal haqiqatlaridan biri "Parite" (frantsuzcha) yoki "Pariti" (inglizcha)dir. Jamiki borliqlar zid juftlar holida yaxlit yaratilishini ifoda etgan bu qonun barcha fizik qonunlarning negizida yotgan bir haqiqatdir.
Kundalik hayotimizda "Parite"ni qo‘pol ravishda elektrning musbat-manfiysida, magnitning shimol-janub qutblarida deb tushunamiz.
Hozirgi fizika olimlari KarlDavid Andersonning pozitron (musbat elektron)ni kashf etganini fizika taraqqiyotining eng yuksak nuqtasi deb hisoblaydilar. Zero, shu kashfiyot tufayli davrimizning eng buyuk besh fizik olimidan biri Dirak parite haqiqatini topgan. U deydiki: Bir kvant quvvat ma’lum bir yo‘nalishda makon bilan aloqaga kirishadi, bir spin harakati, ya’ni yo‘ldosh harakat yuz bersa, zid yo‘nalishda xuddi shu sifatga ega bo‘lgan boshqa bir kvant tug‘iladi.
Ya’ni har borliq zid egizi bilan birga tug‘iladi. Bu juft bo‘lishning eng taniqli namunalari:
Elektronning zid egizi - pozitron,
Protonning zid egizi - antiproton,
Neytronning zid egizi - antineytron,
Neytronchaning zid egizi - antineytroncha.
Modda va antimodda tushunchalariga yo‘l ochgan har haqiqatning buzilgan, mubolag‘a qilingan xayoliy tomonlari fizikaga va demak, bizning mavzumizga daxldor emas.
Endi shu tamal bilimga asoslanib, "Yosin" surasining bir oyatini o‘qiylik(36-sura, 36-oyat):
Subhonalazziy xalaqal azvoja kullaho mimmo tinbitul arzu va min anfusihim va mimmo lo ya’lamun.
Ya’ni!
Yerdan chiqqan narsalardan, o‘z avlodlaridan va ular bilmaydigan narsalardan juftlarni yaratgan Olloh pok zotdir.
E’tibor beraylik:
Alloh har qanday ayb—u nuqsondan pok zotdir. Barcha borliqlarni juft yaratgandir. Oyat, bu juft yaratilish hodisasini uch nuqtada yakunlagandir:
a) arzdan (yerdan) chiqqan narsalardan;
b) odamlarning o‘zlaridan;
v) va ular bilmaydigan narsalardan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:22:22

"Juft" ("azvoj") ta’birining lotinchasi "parite" bo‘ladi. Oyatning ikkinchi moddasi juft tushunchasiga insonning o‘zi namuna qilinishi bilan zid juftlar nazarda tutilayotganligini (erkak va ayol) uqtiradi.
Oyat agar faqat birinchi va ikkinchini qamrasa edi (tabiiyki, aql buni qoidaga uyg‘un deb qabul qiladi), u holda parite haqiqatiga bog‘lanolmagan bo‘lar edik. Holbuki, oyat "har narsalardan juftlar yaratdik" deb boshlanadi va oxirida: "ular (odamlar) bilmaydigan narsalardan juftlar yaratilgani'ga ham e’tibor tortiladi.
Xususan, yerdan (arzdan) chiqarganlaridan boshqa ham bir qancha juftlar yaratdik" deb buyurilishi va bularning "ular bilmaydigan narsalar" degan atama bilan ta’kidlanishi ochiq va yaqqol ko‘rinib turgan parite haqiqatining bayonidir.
Ikkinchi moddada yerdan chiqqan narsalar, yerdagi juftlar tashqarisida siz bilmaydigan qancha juftlar yaratdik deb buyurilishi, parite haqiqatining koinot ichida ham hukm surishini bildiradi. Bu esa hozirgi zamon fizikasidagi paritedan boshqa narsa emas.
Yerdan chiqqan narsalar deyilganda faqat o‘simliklar nazarda tutilmaganligi ham oshkoradir. Agar o‘simliklar nazarda tutilgan bo‘lsa, "o‘simlik" deyilar yoki boshqa bir aniq ta’bir qo‘llanilar edi. Demak, oyat parite haqiqatiga chinakam ilmiy bir ta’rif olib kirgan. Bu ta’rifga ko‘ra, zid juftlarni uch guruhga bo‘lib nazardan o‘tkazamiz:
a) nafslarga oid zid juftlar (erkak-ayol, erkak-urg‘ochi). Bu - barcha jonlilarga taalluqli paritelardir;
b) yerdagi biz fahmlagan zid juftlar: ionlar, elektrik munosabatlar, magnit qutblashmalari: ya’ni moddaning spetsifik qurilmasidagi jamiki juftlik (zid eshlik) hodisalari;
v) biz bilmaydigan va yerga xos bo‘lmagan parite munosabatlari.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:22:34

Bular orasida bugungacha biz bilganlarimiz quyidagilaridir:
1) kvantning magnitik o‘q (mehvar)larga nisbatan juft yonda spin aloqalari;
2) energiyaning so‘rilish va quyilish hodisalari. Bu holni biz hali laboratoriyalarga keltira olgan emasmiz:
faqat fazoda kvazar (yulduzsimon ob’yekt) va blak xoleslarda ko‘ra olamiz;
3) joziba (tortishuv kuchi) bilan unga qarshi kelgan giroskopik aylanma kuchi;
4) o‘lchovlar aro juftlashishlar; ayniqsa vaqt o‘lchovi ila boshqa o‘lchovlardagi zid juftliklar (Kozirev va Eynshteyn nazariyalari) va yana necha-necha biz bilmaydigan juftlarning siri.
Oyati karimaning hikmatlari faqat shulardan iborat emas. Bu fikrni isbotlash uchun bir-ikki namuna keltiray. Mavzumizdan tashqari bo‘lishiga qaramay, Qur’ondagi bir oyatning qanchalik keng qamrovli ekanligini ko‘rsatishi jihatdan bu qo‘shimcha izoh ortiqchalik qilmaydi, deb o’ylayman.
Yerdan chiqqan juftlar, ya’ni zid eshlarning qamrovida bir-biriga o‘xshagan zid o‘zakli unsurlar juda muhimdir. Bu juft bo‘lish siri bir qator xususiyatlarga ega. Masalan, tamoman zid xarakterli metall va anmetallardan so‘z yuritaylik.
Ko‘rinishda juda bir-biriga o‘xshasa ham, aslida fizik xarakterlari tamoman bir-birining tersidir; temir bilan vismut kabi. Biri magnitik kuchlarni yaqinlashtiradi, boshqasi uzoqlashtiradi.
Yana nafslarimizdagi juft yaratilish ham ko‘p jihatdan bir-biriga zid sheriklar sifatiga egadir. Masalan, bir-biriga tamoman ters yo‘nalishdagi xarakterlar: jasorat va qo‘rquv, zolimlik va rahmdillik...
Ba’zi xarakterlar esa bir-biriga juda o‘xshash ko‘rinishga ega. Faqat tarzlari bir-biriga zid, xolos. Riyo va mudaro (bir sabr-chidam tarzi), vahshat va jasorat kabi.
Bu oyat boshlanishida buyurgani kabi, o‘xshashsiz bo‘lishni, ziddi va sherigi yo‘qlikni faqat Ollohga xos bir hikmat deb hisoblamoqda (Subhonallaziy). Yaratilganlar esa ko‘p jihatdan juft: ya’ni o‘xshash zidlarning namoyandalaridirlar. Ajabo, yaratilmalaridagi bu juft bo‘lish sirining hikmati nimaykin?
"Ixlos" surasi bahsida quyiroqda bu masalaga keng izoh beraman, ammo hozircha aytishim kerakki, xufuvi bo‘lmaslik (teng bir o‘xshashi yo teng bir ziddi bo‘lmagan, degan ma’noda) va abadiyat faqat Ollohga xos xususiyatdir. Bu xususiyatning tersi barcha yaratiqlarning tamal xarakteridir. Ya’ni:
a) ko‘p bo‘lmoq,
b) ziddi va esh tengi bo‘lmoq.
Shunday qilib, juft yaratilishning tamal hikmati shudir. Parite nazariyasidagi fizik hodisaning sababi ham bir yerda shu hikmatdan tug‘ilmoqda.
Blak holesning olamdagi ahvolni anglatishicha, har Blak holesga qarshi bir boshqa makonda bir kvazar bor, bu esa yaratilishning zid eshlar printsipini yana bir bor to‘g‘ri deb tasdiqlaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:23:02

B) Gravitatsiya va giroskopik harakat
Koinotdagi jamiki moddiy borliqlar o‘zlarida mavjud joziba kuchi (o‘zaro tortishuv kuchi) bilan oyoqda turadi. Ahvol shundayki, agar bir boshqa ta’sir bo‘lmasa edi, jamiki moddalar bir zumda bir-biriga yopishib, koinot toq bir jism holiga kelar edi. Moddalardan tashkil topgan koinotning tarqoq holdagi muvozanati giroskopik harakatning siltanish (itarish) kuchi bilan saqlanadi. Bu jihatdan barcha moddiy borliqlar tinimsiz aylanma harakatini davom ettirib turadi.
Elektron - atom mag‘zi (yadrosi) atrofida, quyosh - somon yo‘li o‘qi atrofida betanaffus aylanmoqda, shu tariqa gravitatsiya jozibaga qarshilik qilib, hayotini davom ettirmoqla. Agar joziba bo‘lmasaydi, harakatdagi bir jism koinot so‘ngsizligiga uchib tushib, g‘oyib bo‘lardi. Giroskopik itarish kuchi bo‘lmasaydi, bir jism boshqa jismga yopishib, yo‘q bo‘lardi.
Moddiy koitnotning yaratilishidagi bo‘lakchalar nazariyasi (buni keyingi bahslarda ko‘ramiz) bu yashirin ikki kuchni moddiy koinotning yashash sharti deb qabul etmoqda.
Hozirgacha gravitatsiyaga (jozibaga) qoniqarli ta’rif berilgani yo‘q. Buning iloji bo‘lmayotir.
Qur’onda joziba itarish kuchining ziddidir (gravitatsiya- giroskopik itarishning ziddidir), degan ma’noda bir ta’rif keltirilgan. Bundan ham go‘zalroq fizik tushuncha berishning iloji yo‘q.
"Takvir" surasi (81), 15-oyat.
Falo uqsimu bi’l xunnas...
Ya’ni:
U holda xunnasga qasamki...
Arabchada "xunnas"ning ikki ma’nosi bor: biri "xunnas" - "bir burchakka tortilgan"dir. Lekin izohli lug‘atda aytilishicha, "xunnas" kalimasi harakatga qiyosan qo‘llanilsa, ters harakat qilib ichiga tor o‘tilish ma’nosida keladi.
Buni qarangki, bu oyatdan keyingi oyat, ochiqdan-ochiq oqib turgan orbital harakatdan bahs etayotir (81-sura, 16-oyat):
Al—javoril kunnas...
Arabchada "kunnas" - bir harakatning maqsadi, o‘tish yo‘li, orbitasi, yo‘nalishi, makon chizgisi ma’nolarini bildiradi. Oyatning ma’nosi "orbitada harakat qilayotganga..." demakdir: ya’ni tom ma’nosi bilan giroskopik harakat kuchini ta’riflayotir.
Demak, ikki oyat birgalikda "o‘ziga qaytib yashiringan kuchga (jozibaga) va orbitasida oqib kelayotganga qasamki..." tarzida tarjima qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:23:14

Bu yerda va Qur’onning boshqa suralarida tez-tez "qasam" ta’biri ishlatiladi. Boshqa tillarda aynan o‘xshashi bo‘lmagan "qasam"ni sharhlab o‘tmasa bo‘lmaydi, menimcha.
Qur’onda va umuman arabchada qasam - ont ichishni bildiradi. "Qasam kalimasi yo bir o‘zi va yo "va" bog‘lovchisi bilan birga - ikki xil tarzda keladi. Lekin arabchadagi bu qasam lar bizning tilimizdagi ont ichishlardan bir oz farq qiladi.
Arab adabiyotida qasam asosan shohid va dalil ma’nosida qo‘llaniladi. "Valloxi" demak ham Ollohga ont ichaman emas, Olloh shohid bo‘lsin deganidir.
Yana arab adabiyotida bir qator muhim mavzularning anglatilishida ilmiy asoslashlar "qasam" bilan boshlanadi. Qur’onda qasam umuman ilmiy haqiqatlarga namuna ma’nosidadir. Olloh bir amrni berarkan, yulduzlarning, quyoshning nizomini dalil ko‘rsatish, bu haqiqatlarni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun qasam so‘zini qo‘llaydi. Shunday qilib, bu oyatda ham Olloh sura ichida qiyomat hodisasini anglatarkan, koinotdagi eng muhim fizik qonunni namuna ma’nosida shohid qilib ko‘rsatadi. Ya’ni mashhar qanday bo‘lishi mumkin, savoliga avtomatik bir javob sifatida moddiy olamning eng buyuk fizik qonunini namuna qilib ko‘rsatadi. Jozibaga va giroskopik harakatning itarish kuchi haqiqatiga qasamki" deb buyuradi.
"Falo uqsimu" so‘zlari bilan bog‘langan qasam ta’biri juda katta haqiqatlar uchun qo‘llaniladi. Oyatning bunday boshlanishi keltirilgan namunaning koinotdagi eng muhim hodisalaridan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi. Va mana endi, fizika ilmi bu sirlarni bugun aynan qabul qilayotir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:23:33

Ikki oyati karimada besh kalima ichida bildirilgan bu muhim fizika qonunining o‘tkirligini yana shu kalimalar ichida ko‘rish mumkin:
a) koinot muvozanatini ko‘rsatuvchi bu ikki muhim voqeadan, ya’ni gravitatsiya va giroskopik harakatdan muhimrog‘i va aslrog‘i joziba (gravitatsiya)dir. Shu sababli oyat avval "xunnas "ni zikr etadi.
b) Joziba haqiqatini to‘la tushunib yetish mumkin emas. Faqat uning, harakat energiyasining siltanish (itarish) sirlari -qarshisida bir tushuncha ichida sezilishi kerak bo‘layotir. Oyat avval tamoman bilinmas bo‘lgan xunnasni zikr etib, so‘ng (moxrak)dagi bu harakatning, ya’ni giroskopik harakatning ters tushunchasi bo‘lgan gravitatsiyaga yaqinlashib borishimizni ta’minlaydi.
v) Bugun yer yuzining barcha fizik laboratoriyalari gravitatsiyaning sirlarini yechishni istaydi. Holbuki, Qur’on bu savolning javobini 15 asr avval bergandir.
Xunnas o‘z burjiga yashiringan, o‘z ichida bir harakat faoliyati bilan aylanayotgan quvvatdir.
Shunday qilib, qimmatli o‘quvchilarim, Qur’onning eng muhim mo‘‘jizaviy hikmatlaridan biri, jild-jild kitoblar aytolmagan haqiqatlarni o‘z sistemasi ichida bir necha kalima bilan anglata olganligidir. Qur’onning ilohiy bo‘lishidagi hikmat shunday aniqdir.
Qur’on oyatlari orasida shunday hukmlar borki, ularni hayotga tatbiq qilish qiyin deb o‘ylaymiz. Holbuki, shunday kunlar keladiki, bu hukmlar bashariyatni boshi berk ko‘chalardan olib chiqajakdir. Bu oyat bilan arabcha iboralar orasidagi bog‘lanishga yana diqqatingizni tortayin.
16-oyatdagi "al—javoril" kalimasi ham muhim tafsir moddasidir: zero, "al—javoril" mutlaqo tayinli bir o‘tish yo‘lida (trassada, yo‘nalishda) takrorlanadigan harakatni bildiradi. «Kunnas» - bu, harakatni ishga soladigan muallifdir. Uzil-kesil giroskopik harakatni bildiradi.15-oyatdagi "xunnas" kalimasi "al-javoril kalimasiga imoli harakatning tersi, o‘z ichida yashirin, ters harakat demakdir. Bu esa to‘la-to‘kis ma’noda gravitatsiyani bildiradi.
Falo uqsimu bi’l xunnas.
Al-javoril kunnas.

Shunday qilib, bu hayratli fizik qonunlar majmuasi shu ikkigina "xunnas" va "kunnas" kalimasi zamirida yashiringandir.

Qayd etilgan