Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari  ( 123724 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 12 B


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:24:23

V) Koinotdagi qora tuynuklar (Moddiy olamning eng katta sirlari)
"Voqea" surasi (56-sura) 75-oyati:
Falo uhsimu bi mavohi’ un—nujum,- deb boshlanadi.Yuqorida ko‘rganimizdek, bu yerda ham Olloh katta koinot sirlarini ko‘rsatayotir, ya’ni:
Botgan yulduzlarning joylariga qasamki...
So‘ng oyat juda qiziq jumla bilan davom ettiriladi:
Va innahhu lo qasamu lav ta’lamuna a’zim (76-oyat)
Ya’ni:
Va bu, naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar...
Bu oyat keltirilgan sura "voqea"ning ma’nosi "mudhish hodisa"dir. Endi yer yuzining man-man degan fiziklaridan: "Koinotda eng mudhish hodisa nima?" - deb so‘rang, oladigan javobingiz bitta «bu -qora tuynuklar» bo‘ladi. Qora tuynuklar - bu, qazosi yetib, botib ketgan, g‘oyib bo‘lgan, yo‘qolgan yulduzlarning joylari, mavqe’laridir. Qur’on mo‘jizasini, bu aql bovar qilmas mo‘jizani ko‘rmayotirsizmi?
Endi avval bir yulduzning qazosi yetib qaylargadir botib ketishi, g‘oyib bo‘lishi voqeasini fizika ilmining eng yangi kashfiyotlari asosida tadqiq qilaylik.
Xo‘sh, yulduz qanday o‘ladi? Fizika va astro-fizikaning kosmik tadqiqotlari masalani bugun katta miqyoslarda izohlab berdi. U yoki bu yulduzning energiyasi tamom bo‘lgan paytda, avvalo, uning molekulalari harakatdan qoladi va usti-ustiga yiqiladi. Shuning orqasida (shu tufayli) yulduz buzilib, kichraya boshlaydi, ma’lum bir vaqtdan keyin esa, elektronlar atom mag‘izlarining markaziga yiqiladi. Shu tariqa yulduz atom mag‘izlari uyumi holiga keladi. Bu asno yulduz million-million bora kichraygan bo‘lsa-da, uning jozibasi va tiqinligi o‘zgarmagan bo‘ladi. Elektronlarning mag‘iziga yiqilishi, ya’ni mag‘zga tushganligi boisidan mag‘izdan kvantlar, nur to‘lqinlari taraladi, bu taralish ritmik holdadir va bir tomirga o‘xshab uradi. Bu, o‘layotgan yulduzlarning qalbidagi so‘nggi zarbalardirki, har 0,01-0,02 soniya sayin to‘lqin-to‘lqin chiqayotgan bu nurlar tomir urishi manzarasini eslatgani uchun, ular pulsar ("puls" so‘zidan) deb ataladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:25:07

Quyoshimiz kabi benihoya kichik hisoblanuvchi bir yulduzning o‘limi shunday oqibat bilan tugaydi.
Agar yulduz quyoshdan kattaroq bo‘lsa, u buzilgan vaqtida maydonga kelgan neytron uyumidagi gravitatsiya shu qadar kuchli bo‘ladiki, boshqa barcha neytronlar unga tob berolmay eriydi, shiddatli bir joziba uyumi tashkil topadi. Bu asno moddiy ko‘rinim, kvant sifatida ham, moddaning atom mag‘zi sifatida ham yo‘q bo‘lgan, koinotda ko‘p joylarda qora tuynuklar qolgan bo‘ladi. Voqea ro‘y bergan nuqtani rus olimlari "yulduz joylari", amerikaliklar "qora tuynuk" deb ataydilar. Xo‘sh, bu tuynukni qanday ko‘rish mumkin, u boshqa joylardan qanday farqlanadi? Biz dastavval bu tunukni uning yaqinidan o‘tgan har jismni yutib yuborishidan, har narsani so‘rib olishidan bildik.
Boston universitetining professori Reymo Rovini buni payqadi, doktor Jon Uiller esa uni "qora tuynuk" deb atadi.
Bu voqea fizik ma’noda bir gravitatsion shok (joziba tufayli o‘pirilish)dir. Ayni chog‘da Eynshteyning talabalaridan Auben Xelmer va Shneyder koinotdagi muvozanatni o‘zaro bir-biriga bog‘liq ikki hodisaga bog‘laydilar:
1. Termoyadroviy kengayish. 2. Qora tuynuklar.
Bu tuynuklar atrofidan (yaqinidan) o‘tgan har qanday moddiy borliq - yulduz, nur - yo‘q bo‘lmoqda, aql bovar qilmas joziba tomonidan yutilmoqda. Hatto vaqt ham bu nuqta yaqinida tezlashadi, unda sur’atlanish yuz beradi, so‘ngra u ham yutilib, yo‘q bo‘ladi.
Xullas, "Voqea" surasida Olloh bir necha oyati karimada bu haqiqatni namunaga keltirib, dalil qilib (qasam) mahsharni ta’riflaydi:
Botgan yulduzlarning mavqe’lariga kasamki,
Va bu, nakadar ulug kasamligini bilsaydinglar

Qur’onning bu qadar aniq mo‘jizasi oldida har qanday odam ham jamiki shubha-gumonlardan poklanib, unga qo‘shilishi muqarrardir, chunki bu ilm amrdir. "Yulduz joylari" ("bi mavoqi’ un-nujum"), ya’ni "qora tuynuklar" borasida mashhur fiziklarning (yuqorida nomlari keltirilgan ilm ahllarining) g‘oyat qiziqarli taxminlari bor. Ba’zilari: "bu tuynuklar moddiy borliqlarni shiddat bilan so‘rib olib, olamning(koinotning) juda uzoq—uzoqlariga zarb bilan irgitadi, - deydilar. Ba’zilari: "Bu tuynuklar sathiga kelib qolgan moddiy borliqlar boshqa o‘lchovlarning, boshqa makonlarning ichida g‘ayrimoddiy sifatga o‘tadilar", - deyishadi. Bu so‘nggi nuqtai nazar Qur’onda amr etilgan ba’zi olamlar haqiqatiga yaqinroqdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:25:28

Oyati karimaning boshqa hikmatlariga kelinsa:
a) qiyomat kuni, xuddi "yulduz joylari"ning aql bovar qilmas sirlari kabi, sizlarni boshqa makonga o‘tkazaman, deyilgan;
b) o‘lim, biz aytganimizdek, yo'q bo‘lish emas: qarang, yo‘q bo‘lgandek ko‘ringan bir yulduzning joyida ham qanchadan - qancha hikmat to‘la boshqa bir hayot sirlari bor. Siz ham o‘ldik deganingizda yanada quvvatliroq bir hayotga yuzma—yuz kelajaksiz;
v) xilqatning, yaratilishning muhim bir siri voqealarning boshlangan yo‘nalishidan orqaga qaytish hikmatidir.
Magnitik tortilish bahsida ko‘rajagimiz kabi, koinotdagi aql bovar qilmas kuch modda makonida kvantni ishga solib, milliard karra milliard atomni vujudga keltiradi. Ayni zamonda bu qudrat "yulduz joylari"da bo‘lgani kabi, yangidan gravitatsiyaning bir boshqa siri bo‘lgan magnitik tortilishlarga aylanadi. Bor bo‘lib, ayni yo‘nalishda tekis-notekis istiqomatlarga o‘ta boshlaydi.
Haq-taolo bu oyatda: "Bu naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar , — der ekan, shunday qilib, xilqatning buyuk qonuniga ishora qilgandir. Ha, bu oyat haqiqatan koinotning eng tushunarsiz sirlaridan birini ochiq mo‘jiza siri doirasida bayon etgandir. Mahsharda makonlardan-makonlarga o‘tayotganda bu oyatning sirini shaxsan o‘z boshimizdan kechirajakmiz, ko‘rajakmiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:27:15

G) Tasuoplar va zamon tushunchasi
Eynshteyn fizikaga ko‘p ajoyib yangiliklar kiritdi, zamon haqiqatini o‘lchov sifatida tanitdi. So‘ngsiz o‘lchovlar bilan koinotga ilm ahllarining haqqoniyroq yondasha olishlariga zamin yaratdi. Faqat qandaydir bir darajada moddiyunchilarning yovuzliklarini davom ettirishdan o‘zini tiyolmadi. Tezlik va moddaning chegarasini aniqlashtirish uchun tajriba o‘tkazib, bir xatoga yo‘l qo‘ydi. Agar Dirak va Xeyzenberg kabi buyuk fiziklar bo‘lmasaydi, u bu xatosini oxiriga yetkazardi.
Eynshteyn aytgan "Lorentizm — tezlik chegarasi voqeasi" nima? Massa-tezlik va zamon orasida bir bog‘lanish bor. Massa-mexanikaning asosiy kattaliklaridan biri bo‘lib, jismdagi modda miqdorini va uning inertsiyasini belgilaydi. Massa borlig‘i bor bo‘lganda jismning tezligi 300.000 kilometr : sekunddan oshishi mumkin emas. Bir qancha moddiy voqealarga tatbiq qilsa bo‘ladigan bu nazariy qoida, ko‘p jihatdan to‘g‘ri bo‘lsa-da, ayni chog‘da koinotga tatbiq qilinsa, katta xato bo‘ladi. Shuning uchun ham professor Gerard Faynberg (Kolumbiyaning katta fizik olimi) va Srinkoff (Cherenkov) koinotdagi namunalarni dalil qilib ko‘rsatadilar. Ular bu tezlikdan bemalol bir necha pog‘ona yuqoriga chiqish imkonini fizikaga olib kirdilar.
Kosmik tadqiqotlar energiyasi (quvvati) bitgan massalarni va massasi bitgan quvvatlarni aniqladi, shunday qilib, har ikkala hodisa asnosida ham Srinkoff shu’lasi va Tasuop nomli tezligi 2-Yu.S bo‘lgan (S-nur tezligi) shu’laning borligi qabul etildi.
Massaning birlamchiligi, energiyaning ikkilamchiligi, boshqacha aytganda, energiyaning massaga qaramligi shart bo‘lgan bir holda g‘oyat sur’atli jismlar tezliklarini 2-Yu.S ga yetkazarkan, bu vaqtda mazkur shu’lalar ila kengaygan bo‘ladi. Va 1.000-50.000.T bo‘ladi (T-dunyomizdagi zamon-vaqt oqish miqdori). Ayniqsa, ba’zi kosmik jismlarning umrlari tadqiqidan shuni anglaymizki, koinotning turli-turli joylarida vaqtning oqish tezligi turlichadir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:27:43

Bu harakatlardan chiqadigan xulosa shundaydir:
a) koinotning turli joylarida vaqtning oqish tezligi farqlidir;
b) tezligi 1.S ustida bo‘lgan shu’la(tasuop)lar mutlaqo ko‘rinmaydi va ularning qayerda ekanligini aniqlab bo‘lmaydi;
v) bir tasuop bir massaga erishsa, sur’ati 1.Sdan pastga tushishi bilan ko‘rinadigan holga keladi;
g) tasuoplar doirasidagi vaqt ko‘p kengaygan, ta’siri sustlashgan bo‘ladi;
d) tasuoplar ko‘rinadigan holga kelsa, ya’ni sur’ati tushganda ko‘p kattalashadi: kichik bir nuqtadan ulkan bir makonga keladi;
e) tasuoplar va ularga o‘xshash borliqlar koinotning bir makoniga intiqol bo‘lganda o‘rganish imkonini beradi, aksar hollarda vaqtdan ta’sirlanadi (vaqti-vaqti bilan kengayadi, sur’atlari minglarcha nur tezligiga o‘tgan bo‘ladi).
Ajabo, tasuoplar to‘g‘risida Qur’on bizga qanday ma’lumotlar beradi? 32-suraning 5-oyatiga qarang:
Yudabbirul amra min as—samoi ilal arzi summa ya’g‘ruju ilayhi fi yavmin kona miqdoruhu alfa sanatin mimmo ta’addun.
Ya’ni:
U, ko‘kdan yerga qadar har ishni tartibla yo‘naltiradi, so‘ngra (u ishlar) sizningcha ming yilga teng bo‘ladigan bir kunda (mahsharda) uning o‘ziga ko‘tarilur.
Endi 70-suraning 4-oyatiga quloq soling:
Ta’ rujul maloikatu var ruhu ilayhi fi yavmin kona miqdoruhu hamsina alfa sana.
Ya’ni:
Malaklar va ruh (dunyo hisobi bilan) miqdori — ellik ming yilga teng bir kunda uning huzuriga ko‘tariladilar.
Bu oyatlar bizga nimalarni yo‘llayotir?

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:28:08

1. G’ayrimoddiy amaliyalarda (amallarda, ishlarda) zamon kengayadi, ya’ni qandaydir ma’noda zamonning makonimizdagi tarovatli ta’siri zaiflashadi.
2. Ayniqsa, ikkinchi oyatda ruh va malak (farishta)larning qo‘rqinch bir sur’atga ega ekanliklari, bu borliqlarning sur’ati moddaning eng katta sur’ati darajasidan benihoya yuqori, ya’ni: S x S-180000002dir.
3. G’ayrimoddiy borliqlar, bu aql bovar qilmas sur’atlari bilan moddiy koinotga ko‘chganida (Payg‘ambarimizga Jabroilning kelishi) yo juda ulkan jismoniy bir borliq bo‘ladi yoki boshqa makondan bizga bir nurlanish hodisasi holida ko‘rinadi.
4. Gravitatsiya (massa jozibasi) bilan giroskopik harakat, vaqt fe’lli moddiy ko‘rinishlardadir. Olamlarda boshqa makonlar ham borki, u yerda gravitatsiya fe’li vaqt koordinati bilan boshqarilmaydi, sur’at cheksizlikka yaqindir. Modda bilan g‘ayrimodda orasidagi farq bir jihatdan sur’atga bog‘liqdir. Sur’at ma’lum bir chegaragacha bir tezlikka ega bo‘lsa, u hodisa, vaqt fe’liga katta o‘lchovda moslashadi va u moddadir. Sur’at, Tasuoplarda bo‘lgani kabi, ma’lum chegarani o‘tgandan keyin vaqt fe’liga nisbatan sekin-asta tobe’likdan chiqadi. Zotan, oyati karimadagi aql bovar qilmas bir mo‘jiza ham 50 ming yildan bahs etayotgan ekan, "sizning vaqtingiz bilan 50 ming yil" deyish o‘rniga "sizning miqdoringiz bilan 50 ming yil" ochiqchasiga masofalarga nisbatan tezlikning shiddatini bayon etmoqdadirki, bu hozirgi sur’at va makon tushunchalariga butunlay mos keladi.
5. Borliqlar tushunchasi keng bir tizimlar masalasidir. Bizning bilgan-ko‘rgan moddalarimiz esa cheklangan tezliklarning va vaqt fe’lining ta’siridagi xususiy bir makondir.
6. Inson ruhiy tomondan so‘ngsiz sur’at fe’liga ko‘chishi mumkin.
7. Koinotda bir borliq tezligini yo‘qotib, moddiy olamga ko‘cha oladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:28:23

U holda bu ikki oyat, 15 asr avval, zamon va uning fe’llari borasida hech bir ilmiy kashfiyot, xulosalar bo‘lmagan davrda, modern fizikaning modda va g‘ayrimodda mavzuidagi jamiki haqiqatlarini bayon etgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Ayniqsa, modda bilan zamonning kengayishi ta’siriga hamda sur’at masalasiga bog‘lanmoqdaki, modern fizikada modda ta’rifi shudir. Bu masalaga qiziquvchilar modda va g‘ayrimodda mavzuida "Toq nur" nomli kitobimizdan mufassal ma’lumot olishlari mumkin. Bu oyati karima ko‘pchilikning ongida, zehnida bir savol bo‘lgan Azroilning, ayni chog‘da dunyoning turli joylariga ko‘cha olishi masalasini juda yaxshi izohlaydi.
Qora tuynuklarda moddaning yo‘q bo‘lishi ham sur’at o‘zgarishlaridan yuzaga kelmoqda. Modda ma’lum bir energiyaning uch o‘lchovi va vaqt fe’li doirasida juda tor bir kanal tanlashidan tug‘ilmoqda. Bu kvant kanallarida sur’at Lorentsning formulasidagi 300.000 km/sek. limitini ochayotir. Qora tuynuklar yoki boshqa bir shiddatli joziba ularni bu tor kanalga qaramlilikdan qutqarayotir. Shu tariqa modda, boshqa makonlarda boshqa sur’atlar bilan yangi borliqlarga aylanayotir.
Ruh va malaklarning hadsiz sur’ati esa, ularga boshqa olamlarda erkin intiqollar (ko‘chish, o‘tish, o‘lish orqali boshqa borliqqa aylanishlar) saqlaydi. Shunday qilib, Srinkoffning va Faynbergning topganlari qo‘rqinch sur’atli Taspuoplar, ya’ni shu’lalar bir ma’noda malaklar (farishtalar)ning xususiyatidir.
Qur’onning, vaqtning kengayishi bilan aloqador oyatni bera turib, ayni chog‘da, vaqtning fe’lida aql bovar qilmas tezliklarga sohib malaklardan so‘z yuritishi ochiqchasiga, vaqt-tezlik va borliqlarning sistemasi orasidagi fizik aloqani ham bayon qilganidir. Oyatdagi mo‘jizaning ulug‘ligi - vaqt kengayishini ruh va malaklarga qiyos qilganidadir. Ha, fizikaning barcha muhim qoidalari Qur’onda bor.
Albatta, bizdan keyin uning boshqa hikmatlari ham ochilajakdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:29:32

BESHINCHI BO’LIM

QUR’ONNING TIBBIY MO’JIZALARI


A) Tahorat va g‘uslning sirlari
Hech qanday mubolag‘asiz iddao qilamanki, bir kun kelib hamma (bu kun inonmaganlar ham) tahorat ola boshlaydi. G’usl-ku (vujudni boshdan-oyoq yuvmoq) qandaydir ma’noda butun dunyoga yoyildi. Tahorat ham shunday bo‘lajagi shak-shubhasizdir.
Endi tahorat va g‘usl jarayonida tibbiy jihatdan yuz beruvchi hikmatlarni aytib beray, keyin 5-sura, 6-oyatni ko‘ramiz.
Tahorat va g‘usl natijasida tanda 3 muhim tibbiy mo‘jiza yuz beradi:
a) vujudda birikkan elektronlar chiqarib tashlanadi va ular ta’sirida bo‘layotgan jismoniy og‘irlashuv yo‘qoladi;
b) umumiy qon aylanishidagi kamchiliklar tuzaladi, qarish sekinlashadi;
v) sog‘liqni saqlash tizimida asosiy negiz hisoblangan limfa (organizmda qon bilan to‘qimalar o‘rtasida modda almashinuvini ta’minlovchi suyuqlik) aylanishi eng yaxshi saviyada bo‘ladi.
Va bu uch hodisa, asosan, tahorat va g‘usl olinayotganda yuz berishi ochiq-oydin tasdiqlangan. Endi bu hodisalarni izohlab beray:
a) Vujudning statik-elektrik muvozanati masalasi
Normal vujudning qurilishi negizida elektrning katta ahamiyati bor. Tani sog‘liq ko‘p jihatdan uning muvozanatiga bog‘liq. Ahvol esa shundayki, havoda elektr kuchlanishlari buzilib turadi, ta’siri ko‘p bo‘lgan sun’iy tolali kiyimlar kiyamiz, mingan ulovlarimiz, mashinalar ichida o‘tayotgan kunlarimiz statik-elektrik muvozanatni buzadi va biz uchun jiddiy muammolar yaratadi. Avtodan tusha solib xonaga kirganda va yo oromkursidan qo‘zg‘alganda kondensator kabi ashyolar ta’sirida ortiqcha elektronlarga to‘lib ketamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:30:01

Bular, undan tashqari, chekish ham bizni qaritadi, bizga bemavrid ta’sirlar o‘tkazadi, ayni chog‘da, juda ko‘p psixozmatik (ruhiy, asabiy) kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu manfiy (salbiy) natijalarning birdan-bir chorasi tahorat va g‘usldir. Shuning uchun ham tahorat olganlarning yuzlari nurli bo‘ladi. Ajabo, Olloh, tahorat oling, deb buyurganda shu maqsadni ko‘zlaganmidi, deguvchilar bo‘lsa, javobimiz tayyor: faqat bu emas, tayammum ham tahoratdan olinadigan foydani ta’minlay oladi. Agar bunday bo‘lmasa, tayammum amr qilinmagan bo‘lardi. Tahoratdan boxabar bo‘lganlar, vujudning elektr-statik muvozanati buzuqligini daf qilmoq uchun butun dunyoda akapunktur (nina bilan davolanish)ga vaqt sarflab, o‘zlarini ilma-teshik qilib o‘tirmasdilar.
b) Sirkulyatsiya masalalari
Sirkulyatsiya - yurakdan to‘qimalarga, to‘qimalardan yurakka ikki taraflama oqim tizimidir. Ayniqsa, to‘qimalarda bu tizimning ulovi tomirlar qildan ham ingichka naychalar holida ishlab turadi. Mana shu ingichka kapillyar naylar tizimi, ichki doirada ishga tushmay qolgan oziq-ovqat qoldiqlari tufayli va boshqa turli sabablar bilan torayib yoki umuman bekilib, to‘qimalar kerakli moddalar bilan ta’minlanmay qoladi. Mana shu hodisa vujudning bemahal qarishiga asos-sabab bo‘ladi. Bu tarz-qarish tomirlarning yillar bo‘yi davom etgan shunday hayoti bilan bog‘liqdir. Tomirlar rezinka singari egiluvchan va cho‘ziluvchan bo‘lib tursa, ishlar osonlashadi, aksincha, torayib-qattiqlashsa, ishlar orqaga qarab ketadi, yashash og‘irlashib boraveradi.
Bu muammolar amaliy hayotda tahorat va g‘usl orqali hal bo‘ladi. Turli issiqlikdagi suv terimizga tekkanda bir jihatdan tomirlarning ochilib-yopilish ekzersisi (mashqi trenirovkasi) ko‘payadi, ikkinchi jihatdan endigina bo‘g‘ilib tiqilib qolgan tomirlar ochilib ketadi.
Vujud to‘qimalarida birikkan ortiqcha moddalar umumiy tsirkulyatsiyaga o‘tadi. Shu tariqa to‘qimalarda tiriklik g‘irillab ketadi ya’ni jonlanish tetiklanish yuz beradi. Ajabo tahorat shu maqsadda qilinadimi? Bu savolga ham javobimiz tayyor: chiqit birikmalar asosan qo‘l oyoq va yuzning kapillyar naychalarida to‘planadi. Tahorat amallari esa sizga ma’lumki shu joylarimizga taalluqlidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 08:30:16

v) Limfa aylanishi masalasi
Inson vujudining umumiy himoyalanish sistemasi oq qon aylanishi orqali bo‘ladi. Biz bilgan tomirlarga nisbatan benihoya ingichka bo‘lgan kapillyar naychalar "lenfotsit" nomli oq qon hujayralarini to‘qimalarning eng chekka-chekkalarigacha olib boradi. Vujudning qay yerida bir makruh bir begona narsa chunonchi saraton (rak kasali) hujayrasi bor bo‘lsa bu mayda jangchilar o‘zidagi qo‘rqinchli zaharlar bilan uni o‘ldiradilar.
Bir makruhli kasallikka uchrash saratonga duchor bo‘lish bu mudofaaning biron yerda bo‘shashib qolishi demakdir.
Bu tizim ko‘p jihatlarga ega va g‘oyat murakkabdir. Lekin bu nozik tomirchalarning juda yaxshi ishlashini ta’minlash sog‘lig‘ini qadrlaydigan har bir insonning birinchi vazifasidir. Mana shu limfa tomirlarining sog‘lom ishlashi uchun ham tahorat va g‘usl kerak bo‘ladi, chunki bu, ularni hayratomuz ne’matlar bilan ta’minlaydi. Qo‘l, oyoqlarning yuvilishi vujud markazidan uzoq bo‘lgan muchalardagi qildan nozik tomirlarda limfa aylanishi tezligini oshiradi. Undan tashqari, limfa tizimining eng muhim qismi bo‘lgan yuz, bo‘g‘iz va burunning yuvilishi bu sistema uchun bir massaj (uqalash) va kuchlantirish omili bo‘ladi.
Bu kun inson biologiyasi sohasida eng tanilgan, jahonga mashhur bo‘lgan biron olimdan: "Bu limfa sistemamizga (tizimimizga) qanday tiyraklik, jonlilik bera olishimiz mumkin?" - deb so‘rasangiz, sizga tahorat olishni ta’riflab beradi.

Qayd etilgan