V) Homila va tug‘ilish sirlari
Bu mavzuni izohlashdan oldin bir oyatdagi mo‘jizaviy amrni e’tiboringizga havola qilmoqchiman; 41-sura 47-oyat
... mo tahruju min samarotin min akmomiho va mo tahmilu min unso..
Uning ilmi aralashmasa, murtaklardan mevalar chiqmaydi, va ayol homila olmaydi va tug‘maydi...
Ilm tamomila ilohiy amr timsolidir. Shunday bo‘lgach, homila hodisasiga aloqador biologik mahsulotlar to‘g‘risida nima uchun bu alohida amr berilgan? Imonlilar uchun bu, bir hikmat ekanligi ma’lum. Demak, bu oyat, asosan imonsizlarga xitob qiladi. Ajabo, homila hodisasida ilohiy ilmning o‘ziga xos hissasi nimadan iborat? Yaqin yillargacha homila hodisasi ayol va erkak mayllarining birlashuvidan iborat deb hisoblanardi. 1950 yildan keyin DNAning kashfi, 1965 yilda xromosomalar dagi DNA helezon larining o‘rnashib qolishi kabi muammolar bu hodisa biz o‘ylagandan murakkabroq ekanini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bir insonda 46-47 xromosoma bo‘lar ekan. Bu xromosomalar deyarli 60000 genetik mayl uchun yotoqlik (krovat) qiluvchi skeletlardir. Qandaydir ma’noda ularni genetik shifrlarning bir bog‘lam lentalari deyish mumkin.
Bir ayolning tuxum hujayrasi menoz degan maxsus bir bo‘linish yo‘li bilan o‘zidagi genetik mayllarning eng yaxshilaridan yarmisini, ya’ni 30000 donasini bu xromosomalarning 23 donasiga baxsh etadi.
60000 asos genetik shifrning har birini bir songa o‘xshataylik: tuxum hujayrasida navbat nomeri tartibsiz 30000 raqam bor. Bu 30000 raqam, 1dan 60000gacha bo‘lgan sonlarning navbatsiz bir olomonidir. Masalan, 1,17, 24, 25, 26, 105, 787, 6434, 14401, 23007, 54507, 57414 kabi qay biri chiqishi noma’lum bo‘lgan mayllar tuxum hujayralaridadir. Bir inson shaklini vujudga keltira oladigan 30000 karta tuxum hujayralarida naqd bo‘lmagan holda yashirinib yotadilar. Bu aytganlarimizni kundalik hayotimizning tili bilan ifodalasak, bunday deyish mumkin: onaning tuxum hujayrasi tug‘ilajak bolaning qulog‘ining solinchagiga oid, qoshiga yo burnining uchiga oid mayllarga ega, xolos. Lekin quloq hajmi, kipriklar va burun teshiklari onaning genetik kartasida mavjud emas. Bularni butun vujudga nisbatan olib ko‘rilsa, ona chaqaloqning yarim mayllarini tashiydi, degan xulosaga kelamiz. Ammo bular muntazam yarimni bildirmaydi. Bir qancha a’zolarning, tomirlarning ba’zi jihatlariga oid mayllar bor.