Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari  ( 123861 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:30:04

V) Giroskopik harakatning siltanish kuchi
Aylanuvchi jismlar qo‘rqinchli siltanish kuchiga ega ekanligini va shu sababli gravitatsiyadan (jozibadan) o‘z borliqlarini saqlab qolishlarini bilamiz. Xo‘sh, aylanuvchi jism bu siltanish kuchining manbaini qaerdan oladi? Bu - ayondan ham ayon: koinotdagi magnitik taranglikdan oladi. Shuning uchun ham oyatning oxirgi jumlasida "bilingki" deb jamiki olimlarga tanbeh berilgandir.
Zamonamiz olimlari tushuntirib berolmagan jozibaning ham sababi shu ochiq - ravshan oyat orqali bildirilgandir: borliqlar ichlarida shu magnitik taranglikni saqlashlari sababli joziba kuchiga egadir.
Jamiki bu tafsirlardan chiqadigan xulosa:
Fiziklar amaliyotidagi tushunchalardan farqlanuvchi formulalarda ko‘rganimiz inter aktsiya, joziba, giroskopik ta’sirlanish va nihoyat, kvantning o‘ziga kanal va spin (harakatlanish uchun qulay muhlat) tanlashi hodislarining asos sababi, koinotdagi magnit tarangligidir. Sharofatli oyat bizga bu magnitik taranglik fazoning istalgan nuqtasida mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Fazoda jamiki gravitatsiya ta’sirlaridan uzoq bir nuqta belgilasak, o‘sha joyda bir kvant ta’sir kanaliga kirsa, yana bir raqsga o‘xshash titroq va magnitik ta’sir kuzatiladi. Fazoning ba’zi bir nuqtalaridan ta’sirlangan jamlanish yerlarida ko‘rilgan shiddatli magnitik taranglik bir natija, xolos (qora tuynuk), yo‘qsa fazoning har nuqtasi magnitik taranglikning keskin va davomli ta’sir maydonidir. Zotan, bo‘lunuvchi zarralar nazariyasi ham bu haqiqatni abadiy o‘zgarmas hol deb hisoblashga majburdir.
Bu magnitik taranglik boshqa bir tomondan moddiy borliqlarga majburiy bir qodar (qismat), bir dastur hozirlaydi.
Xoh gravitatsiya, xoh giroskopik harakat bo‘lsin, o‘z nizomini, fizik xususiyatini koinotning har nuqtasiga hokim bo‘lgan shu taranglikdan oladi. Bir daqiqaga ham bu taranglikning yo‘q qilish mumkin bo‘lsa edi, har joziba, har aylanma harakat moddiy borliqlarni bir nuqtaga biriktirib qo‘ygan bo‘lar edi. So‘nggi yillarda bu bo‘linuvchi zarralar nazariyasiga qattiq yopishib olgan ba’zi olimlar moddiy olamlarning plazma (qattiq urilish natijasida ionlangan, ya’ni zaryadlangan zarra) dinamikasidan (o‘sish sur’atidan) so‘z ochmoqdalar. Aslida bu qarash magnit tarangligining boshqacha ta’rifi, xolos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:31:18

V) Bo‘linuvchi zarralar (Big Bang)
So‘zimizni 21-sura, 30-oyat bilan boshlamoqchimiz.
Avalam yarallazina kafaru annassamovoti val arza konato ratkon fafa takno humo...
Ya’ni:
U kofir bo‘lganlar ko‘rmadilarmiki, osmonlar va yer birikkan holda edi, biz ularni bir—biridan uzib yubordik...
Endi koinotning yaratilishi borasida eng zamonaviy astrofizikaning asos nazariyalariga e’tibor bering.
Osmon fiziklarining koinot mavzuidagi rag‘bat ko‘rsatgan nazariyalari bo‘linuvchi zarralarga oiddir. Bu nazariya asosida cheksiz bir quvvat (energiya) manbaining atrofga ta’sir ko‘rsatishi va buning natijasida cheksiz masofada moddiy olam vujudga kelishi to‘g‘risidagi fikr yotadi, ya’ni XIX asr fiziklari uqtirganidek, olam (koinot) ulkan yangi yulduzlarning sovigan mag‘izlari emas.
Mana endi yuqorida sharhi keltirilgan oyatni nazardan qochirmay o‘ylasak, olam tushunchasiga katta o‘lchovlar asosida yaqinlashgan bo‘lamiz.
Moddiy olam oldin masofa uzra o‘ram-o‘ram samolar, kitob varaqlari kabi, yopiq bir sistema holida bo‘lganligini tasavvur qilish mumkin. Keyin ilohiy kuch katta bir magnit tarangligi bilan cheksiz o‘lchovlarga behisob shakllar berganini ham sezamiz. Oyatning ta’biri juda maroqlidir: "Osmonlar va yer birikkan holda edi, biz ularni bir—biridan uzib yubordik", - deb buyuradi. Bu asnoda yer, bu bo‘linuvchi zarralar (parchalar) nazariyasining markazi bo‘ldimikin yoki u makonlardan boshqa biridami? Qanday yaratildi? Biz bilmaymiz.
Oyati karima, xususan, samolarning, masofalarning magnitik taranglik bilan (oldingi bo‘limda bu oyatning sharhlagandim) cheksiz ufqlarda ochilganini izohlab berayotir.
Yuqorida aytganimizday, avval bir kitobni varaqlari singari yopiq turgan moddiy olam bunyod bo‘lgan, so‘ngra varaqlar magnitik taranglik bilan bir-biridan ayirilgan, "Osmonlar va yerning bir—biridan uzilishi", - degan ibora fizikadagi parchalangan zarralar hodisasi qanday tashkil qilinishini ifoda etayotir. Ilm-fan yulduzlarning vujudga kelishlariga oid tadqiqlardan so‘ng koinotda magnitik taranglikning ikkiyoqlama ta’siri hukm surishini aniqlagan. Magnitik taranglik moddiy shakllanish sahifalarini ochadi, ya’ni neytrondan mag‘izga, atom va molekulalarga qarab yo‘nalgan kuch ta’sirida sur’at bilan ko‘plab zarralar shakllanadi. Shu tariqa masofalar, cheksiz uzoqlikda makonlar tashkil topadi. Bir yangi yulduz bu parchalangan (bo‘lingan) zarralardan bir zarra hisoblanadi. So‘ngra undagi ulkan quvvat moddiy tashakkullarni tabaqa-tabaqa fazoning keng makonlariga sochib yuboradi. Ko‘pincha uning ustidagi samolar uzib-yorib yuboriladi, qavat-qavat ochilib turgan bir g‘uncha singari makon sahifalari ochiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:32:57

Makondagi bir modda uyumi kuch ta’sirida magnitik sistema ichida o‘rnini topadi. Albatta, bungacha u samolarning yorilish hodisasini, uning issiqligi ketmasdan burun quvvat yig‘ish jarayonlarini boshidan kechiradi. Zarralar doirasida bu kuchli energiya yig‘ish bosqichidagi magnitik tarangliklar ham, uning ustida makonlarning, samolarning yorilishi (bir-biridan uzilishi) ham tom ma’noda fizik haqiqatlardir, shu ondan e’tiboran yerning sovishi va bugungi holga kelishi bahs mavzui bo‘ldi. Zarralar nazariyasiga ko‘ra koinot hamda samolarning undan uzila boshlagan nuqtasi, albatta, majhuldir. Bu nuqta qaysidir bir sayyora yoki bizning yerimiz bo‘lishi mumkin. Oyat har bir masalaga keng to‘xtala bermaydi yoki undagi biror ishorani biz fahmlamayotgan bo‘lishimiz ham ehtimoldan uzoq emas. Faqat bir sayyoraning tuproq tutmas sathiga boqib, unga oid biror vaqt o‘lchovini ham aytolmaymiz. Zero, yangi zarralar nazariyasiga ko‘ra, yulduzlarning sovishi juda ko‘p shart-sharoitlarga tobe’dir.
Ba’zi islom olimlari, moddiy olamning yaratilish nuqtasi deb yer yoki uning atrofini qabul qiladilar. Lekin gap bunda emas. Gap Qur’onning bo‘linuvchi zarralar sirini magnit tarangligi unsurlari doirasida naqadar aniq ifodalaganidadir.
Modda va modda tashqarisidagi ta’birlarni anglamoq uchun ko‘plik va birlik ta’birlarni yaxshi farqlab olmoq zarurdir.
Qur’on ta’riflari ichida ko‘plik tushunchasiga umuman Ollohning yaratuvchilik asnosini (sifatini) ko‘rsatishi kiradi.
Ko‘plik, birlik (vahdat)ning markazidan uzoqlashganda:
a) bir-biridan farq qiluvchi borliqlar tashkil topadi. Zero, birlikdagi bir xilliklar ko‘plik yo‘nalishida makondan sachraganda yangi ko‘rinishlar kasb etadi;
b) ko‘plik va farqlar vujudga kelganda zaiflik va foniylik (o‘tkinchilik) qonunlari ham vujudga keladi. Shu sababli bir qancha borliqlar o‘zlarini saqlash uchun beixtiyor birlik sirlariga yaqinlashish bilan ta’minlanadilar. O’simliklarning bir-biriga aynan o‘xshashligi, atom mag‘izlaridagi kvant xususiyatlari kabi;
v) ko‘plik markazdan tashqariga, doira yuziga yaqinlashganda miqdordagi ortish va shu nisbatdagi farqlanishlar cheksiz masofalarni qamraydi. Lekin markaz ta’siri doimo ularni bir kuch doirasida harakat qildiradi.
Mana shu uch asosiy unsur - osmonlarning yorilishi markazdan tashqariga qarab sochilishlar sirida ham qo‘l keladi. Zotan, moddiy olamdagi bo‘linuvchi zarralar nazariyasi ham bu uch moddaning hukmini haq deb hisoblamoqda.
Lekin Qur’onning koinot fizikasiga oid to‘rt asosiy hukmi: o‘lchovlar, magnit tarangligi, koinot sahifalari va bo‘linish - parchalanish qonunlari birga tadqiq qilinganda bo‘linuvchi zarralar nazariyasi noma’lumlik (mavhumlik)dan qutilib tushunarli holga kelib qoladi.
Boshqa koinotlar uchun bir nuqtadan yoyilish (taralish) to‘g‘risidagi gap bahs mavzui bo‘lolmaydi, chunki bu koinotlarning makoni uch o‘lchovli emaski, bu markaziy nuqta qat’iy bo‘lsa.
Shuning uchun ham Qur’on magnit tarangligi bilan koinot sahifalarini anglatib boshqalarining ko‘plik unsurlarini sahifa namunasi bilan izohlaganlar. Bu bo‘limda biz uchun muhim nuqta: moddiy olam yaratilishini nuqsonli andozada izohlashga uringan bo‘linuvchi zarralar nazariyaning ham komil bir shaklda XV asr muqaddam Qur’onda bildirilganligidir.
Qur’on moddiy olamdagi bu ko‘plik in’ikosini tamalda magnitik taranglik formulasi holida izohlab bergandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:34:20

G) Koinot sahifalari
Ajabo, bir-biridan farqlanuvchi makonni, olamlarni, cheksiz o‘lchovlarni biz o‘z ilmimiz doirasida qanday idrok qila olamiz? Bu savolning javobini na bugungi ilm-fan, na kelajakning ilmi bera olgay. Holbuki, Qur’on anglash qiyin bo‘lgan bu savolga juda ochiq-oydin javob bergandir.
21-sura, 104-oyat:
Yavma nat’viys—samoa kat’oyyis sijilli lil kutubi, kamo bada’no avvala holkin nu’iydux, va’dan a’layno inno kunno foi’liyn.
Ya’ni:
U kunda biz samoni kitob sahifalariday o‘raymiz, avval qanday yaratgan bo‘lsak, o‘sha holga qaytaramiz, bu bizning va’damizdir, albatta, shunday qilajakmiz.
Cheksiz o‘lchovlarni va bir-biridan farqlanuvchi makonlar fizikasining bir oz bo‘lsa-da bilganlar uchun bunchalik shohona fizik ta’rif lol qoldirarli bo‘lmasligi mumkin emas.
Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, olamlar Lavhi Maxfuz kitobining sahifalariga o‘xshaydi. U kitobning har sahifasi bir turli makonning ifodasidir. Masalan, moddiy olam u kitobda bir yoki bir necha sahifadir. Yetti qavat osmonlar u kitobda yetti sahifali bir juz’dir.
Jannat makonlari ham kitobda bir boshqa juz’dir. Qavat-qavat makonlarning qavat-qavat sirlari ichida Olloh qiyomat kunini, mahsharni yodimizga muhrlar ekan, bir boshqa olamga ko‘chib o‘tishimizni kitobning ma’lum bir sahifasining o‘ralishiga o‘xshatadi va chinakam hayratlanarli ta’rifni shundan keyin beradi. Turli makonlarning yaratilishini ham bamisoli bir kitobning sahifalariga o‘xshatgandir.
Endi idrok kuchmizni qiynab bu makonlarga yaqinlashishga urinib ko‘raylik. Cheksiz olamlar kitobining dastlabki juz’i moddiy olamlardir. Ma’lumki, to‘rtinchi o‘lchov vaqtning oldingi uch o‘lchov bilan sheriklikda qurgan makonlari moddiy olamlardir. Bularning ichida bir sahifa esa bizning moddiy makonimizdir, to‘rtinchi o‘lchov vaqtning kuchli ta’siriga uchragan boshqa bir makondir. Bu makon butun galaktikamizni qoplaydimi yoki quyosh tizimimizni tashakkul etadimi - hali tuzukroq bilingani yo‘q. Zero, vaqt o‘lchovini ta’siri galaktikamizning har nuqtasida bir xilmi, bir xil emasmi - bilmaymiz. Biz tadqiq etgan astrofizika kitoblarida gallatikamizning har nuqtasida vaqtning oqish sur’ati bir xil emas, degan fikr bor; unday bo‘lsa galaktikamizda farqli makonlar ham bo‘lishi mukin, degan fikrni qabul qilishimiz kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:34:37

Qur’onning xilma-xil suralardagi qiyomat ta’rifidan bilamizki, galatikamiz ko‘p jihatdan bir-biridan farqli, lekin hammasi ham moddiy bo‘lgan makonlardan tarkib topgan. Olloh ularni "kitob sahifalariday o‘rayman, avval qanday yaratgan bo‘lsam..." - deb buyuradi.
Vaqt birligi ta’smir qilmaydigan boshqa bir makondan, masalan, jannat sahifalaridan tarkib topgan olamda tajalli berishimiz shu tariqa yana ham qulay ko‘chadi. Jannat makonining xususiyatlari yuzlab oyatda sharhlangan. Ko‘pincha u makon haqidagi tushunchamiz faqat misol shaklida tushunilishi mumkin. Masalan, Erika - haddan tashqari o‘zgacha bir makon mav’qei (koordinati) dir. U yerda paydo bo‘lgan inson uchun masofa tushunchasi bo‘lmaydi. Chunki Erika makonida birinchi o‘lchov yo‘qdir. Bu mavzudagi oyatlardan bilib olamizki, Erika makonida eng uzoq, eng yaqin degan tushunchalar o‘rnida cheksizliklar sayri bor.
Shunday qilib, bu oyat koinotning so‘ngsiz olamlarini va makonlarini bir kitob sahifalariga o‘xshatib, makon va zamon haqidagi tushunchalarimizni kengaytiradi. Koinot o‘lchovlarini va makonlarini ayrim-ayrim sahifalarda ko‘rgandan keyingina eng ilg‘or aspyufizika ilmini egallash mumkin. Zotan, insonga shunday farqli makonlarda paydo bo‘lish xususiyati ato bo‘lgan.
Olamlarning sahifalari misolidagi muhim hikmat yaratilmishlar farqli sahifalarda bor bo‘la olishi siridadir.
Jannatda yerdagi ba’zi mevalarning bor bo‘lishi hikmati shundan kelib chiqqan. Lekin farqli sahifalarda bu borliqlar garchi asosiy xususiyatlarini saqlab qolsa-ayni chog‘da farqli unsurlarini ham namoyon etadi. Chunonchi, gul moddiy olamning ilk sahifasi bo‘lmish bizning dunyoda qisqa vaqt ichida so‘ladi. Olamning yana bir sahifasi bo‘lmish jannatda esa u hech so‘lmaydi. Bu jihatdan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bir qancha yaratilmishlar koinotning boshqa sahifalarida asl mohiyatlarini saqlab qoladilar. Ammo moddiy olamda ularning umri cheklangan va qisqa bo‘ladi. Moddiy olam makonlarida asosiy ta’sir ko‘rsatadigan unsur-zamon va masofadir; bu dunyodagi yanglish xukmlarimizning jami zamon va masofadagi odatlanishlarimizdan paydo bo‘ladi. Shu boisdan Olloh mahshar xodisasini isbotlash uchun zehnlarda unga yaqin holatlarni muhrlash maqsadida olam sahifalari misolini keltiradi. Mahsharda - biz aytmoqchi bo‘lgan hodisa - bu, insonning boshqa bir makonga intiqolidir (ko‘chib o‘tishidir). Bu intiqol esa, olamning ma’lum bir sahifasining ochilishi demakdir. Biz buni, ya’ni moddiy makonimizda o‘lchovlarning qay taxlit o‘ralishini (buralib ochilishini) albatta ko‘ramiz. Zero, Qur’onnning Omma juz’ida bir qator suralardagi ta’riflar bu makon falokatini (qiyomat qoyimini) eslatgandir. Bunday falokatga duchor bo‘lgan makon saxifasining ortidagi ochilgan yangi bir makon sahifasiga intiqol bo‘lamiz. Cheksiz o‘lchovlar olamdagi magnit tarangligi hali ma’lum bo‘lmagan bir zamonda Qur’on bugunning va ertaning fizikasini bayon qilib qo‘ygandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:35:03

2. YER VA MUHIT (ATMOSFERA)
Qur’onda yer va muhit voqealariga oid aql bovar qilmas mo‘jizaviy oyatlar bor. Biz bulardan faqat to‘rttasini namuna qilib keltiramiz. Bizning davrimizda endigina tagiga yetilgan bu hikmatlarning, 15 asr ilgari, atmosferadan xabarsiz, dunyo bir narsaga suyanib turadi, deb hisoblangan zamonda, Qur’onnning muhtasham nuri bilan qanday bayon etib berilganligini o‘ylash inson idrokini lol qiladi.

A) Muhitning sirlari
Oldin sizga Qur’onning eng mo‘jizaviy oyatlaridan birini bayon qilib beray: "Fussilat" surasi (41-sura, 11 -oyat):
Summastavo ilassamoi va hiya duxonun fa’koola ' laho va lil arzi i’tiya tav’on av karho koalato atayno toi’iyn.
Ya’ni:
(Olloh) samoga yuzlandi, u bir tutun edi; unga va yerga: "Ikkingiz ham istasangiz—da, istamasangiz-da birgalikda keling", — dedi. Ular esa: "Istab keldik", — dedilar.
Olloh Qur’onda "Biz bir narsani hohlasak, "Bo‘l!" deymiz va darhol bo‘ladi",- deb buyurgan, madomiki shunday ekan, yerning ostoniga, ya’ni atmosfera va yerga birgalikda keling deb ne sababdan maxsus amr berdi ekan? Nima uchun "yuzlandi" shaklida, maxsus bir yaratilish tarzida amr etgan yer va atmosferaga? Bu savollarga javob olish uchun astrofizika olimlarimizning so‘nggi o‘n yil ichida ilmga olib kirgan nozik yangiliklarni bir ko‘zdan kechiraylik.
Ma’lumki, koinotning milliard karra milliard sayyoralari bor va yer ulardan biridir. Astrofizik jihatdan yerning eng katta xususiyati barqaror bir atmosferaga (muhitga) egaligidir. Zero, bir sayyora uchun fizik jihatdan eng qiyini va imkonsizi - muhit hodisasidir. Buning boisi aniq va ravshan. Bir sayyorani o‘rab turuvchi gazlar ikki natijadan biri bilan barham topadi: yo bu gaz molekularining harakat sur’atlari sayyoraning tortish kuchi tufayli o‘zligidan mahrum bo‘ladi - bu holda gaz sayyoraga so‘rilib ketadi, yo bu molekulalar issiq ta’sirida yanada tez harakat qila boshlaydi - u holda sayyorani tashlab fazoning so‘ngsizliklariga sochilib ketadi. Ba’zi sayyoralarda bu hodisalar asta, juda sekin yuz beradi. Juda qisqa vaqt ichida muvozanatini yo‘qotib, beqaror bir muhit paydo bo‘ladi, so‘ng u ham yo‘qoladi.
Shunday bo‘lgach, o‘rtada muayyan savol tutiladi: xo‘sh, biror sayyoraning muqim bir muhitga ega bo‘lish imkoni bormi? Bor bo‘lsa, nimada yo qaerda?
Atmosfera molekulalarining harakat sur’ati u sayyoraning tortish sur’atiga qaysidir cheklangan bir nuqtada sherik bo‘ladi va muvozanatda qoladi.
Endi Yerga oid shart-sharoitlarni bir ko‘zdan kechiraylik. Yer Quyoshdan shunday bir uzoqlikda turishi kerakki, muhit issiqligi u molekulalarda shunday muvozanatli harakat imkonini bersin. Bu masofa Yerning Quyosh atrofida aylanish sur’ati bilan hamohang bo‘lishi shart. Zero, shunda giroskopik itarish kuchini saqlay olmaydi. Aytaylik, bu masofa hozirlandi. Endi esa Yerning kurra shaklida ekanligi bilan aloqador muammolar bor. Agar Yer o‘z o‘qi atrofida ma’lum bir tezlikda aylanmasa, u vaqt atmosferaning har tarafi bir xil issiqlikda bo‘lolmaydi va muvozanatli atmosfera yuzaga kelmaydi. Boring, ana bu aylanish ham yo‘lga qo‘yildi, deylik, endi qutblarda atmosfera so‘rilib ketadi, ekvatordagi atmosfera jadallik bilan qutblarga hujumga o‘tadiki, Yer yuzidagi shamolga dosh berib bo‘lmaydi. Nima bo‘ladi? Yerning o‘qi (mehvari) tik bo‘lolmaydi, 23,5 daraja egiladi, shu tariqa atmosfera molekulalari barqaror muvozanatga erishadi-yu, lekin sovuq mintaqalarda issiqlik butunlay yo‘qolib, muvozanat yana buziladi: atmosferaning ichiga shunday bir modda qo‘yish kerakki, issiqlikning yo‘qolishiga monelik qilsin, u ham bor: bu -atmosferadagi karbondioksit.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:35:43

Mana shu sharoitlarning bari bir oraga kelgandagina muhit yaratiladi. Endi oyat karimani xotirlaylik: Olloh oldindan Yer va muhit bir-birisiz yasholmasliklariga e’tiborni tortmoqda. Bu esa — biz endigina o‘rgangan ilmlarimizdan chiqargan xulosalarimizdir. O’n besh asr avval bu sir, bu ilmiy mo‘jizaniig aytib qo‘yilganligi bizni titroqqa soladi va hayratlantiradi. Ollohning "yuzlandi" kalomidan, u o‘zgacha bir yaratish jarayoni o‘tkazajagini, biz yuqorida sanab o‘tgan shart-sharoitlarni lutf etajagini anglashimiz mumkin. Yuqorida biz "Yerning osmoni degan ta’birni ishlatgan edik. Suraning 12-oyatida "samo ad—dunyo" ("dunyoning samosi") degan ta’bir borligi uchun biz ham o‘sha ta’birga suyangan holda "Yerning osmoni" ta’birini olishga jur’at etgan edik. Garchi oyatda aynan "arzning samosi" degan ta’bir yo‘q bo‘lsa-da, "samo" degan ta’birning umumiy ma’nosida bir qancha hikmatlar mavjudligini nazardan uzoq tutmaslik kerak. Oyatga shu jihatdan qaralsa, uning shunday hikmatlarini ilg‘ash mumkin: umumiy ma’noda samo-koinotning ma’lum makonlarini ifoda qiladi. "Samoning yetti qavati" iborasini sharhlaganimizda biz bu mavzuga mufassal to‘xtalgan edik. Bu yerda bahs mavzui faqat birinchi va ikkinchi samolar orasidagi bir-biriga uyg‘un muvozanat borasidadir. Ma’lumki, Galaktika ichida Somon Yo‘lini eng mukammal nuqtada deb bilamiz. Bu komillikni yaratish uchun Ollohning maxsus bir amri bo‘lganligini oyatdan tushunib olish mumkin. Undagi istamasangiz ham" amridan maqsad - Galaktikaning bu aktsiyasida muvozanat yaratish markaz koordinatiga nisbatan yanada qiyinroq bo‘lganligiga ishora qilmoqdir.
Yerimiz, Galaktika ichidagi o‘z nuqtasida 230 milliard yil muttasil giroskopik harakatda bo‘ladi (albatta, Quyosh sistemasi bilan birga). Bu nuqta giroskopik harakat uchun nihoyatda qulay, shunday harakatga mos bir joydir. Umumiy tushunchalar nuqtai nazaridan olganda Yer Galaktika markazidan uzoqdir. Ammo, Tangrining bu joyni ustun qo‘yishidan shuni ilg‘ash mumkinki, u kelgusida insonni mehmon qilib yuborajagi dunyoni radioaktiv ta’sirlardan ma’zurli qilib qoldirgandir. Shu sababli samoga, Galaktikamizning makoniga "istamasangiz ham moslashishga harakat qiling", - deb amr etgandir. Oyatdagi "Olloh samoga yuzlandi, u bir tutun edi" jumlasining bizga uqtirayotgan hikmatiga kelsak, "samo" (osmon) atamasini "atmosfera" deb qabul etmog‘imiz kerak, shunda bugungi atmosferadan oldin atmosferaning karbondioksit bo‘lganligini anglab yetamiz. Ilmiy haqiqatlar hozir shu nuqtaga kelgan. Samo (osmon) deganda Galaktikamizning samosi qabul qilingan taqdirda, bu kungi ilmiy xulosalarda uqtirilganiday, Galaktikamiz - energiya buluti ekanligida bir tutun ko‘rinishida edi. Mana shu sahifaga kelganda Haq-Taolo Yerning makonini komillik bilan taqdirlagandir.
Har ikki tarzda va sharhda ham ko‘rilganiday, yerga oid ming bir hikmat xayolimizga kelaveradi. Zotan, "Fussilat" - so‘ngsiz hikmatlar, xususan, moddiy olamga juda ko‘p sirlar izohlangan suradir. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam har kecha bu surani o‘qir, undan katta I zavq olar edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:36:09

B) Yerning aylanishi va dumaloqligi
Qur’onda Yerning aylanishiga diqqatni tortuvchi juda ko‘p oyat bor. Xususan, Omma juz’idagi bir qancha surada kunduz va kecha shunday ta’riflanganki, ulardan yerning I aylanishini osongina bilish mumkin. Lekin 27—sura("Naml"), 88—oyatda Yerning aylanishi juda ochiq-ravshan bayon etilgan:
Va taryaljibola tahsabuho jomidatan va hiya, tamurru marrassahob, sun’ollohillaziy atkona kulla shay’ innahu xobiyrun bimo taf’olun.
Siz tog‘larni ko‘rib tek qotib turibdi, deb o‘ylarsiz. Holbuki, ular bulut yurganday yurarlar. Bu barcha narsani puxta qilgan zot — Ollohning hunaridir. Albatta, u zot sizlar qilayotgan ishlardan ogohdir.

(Alouddin Mansur tarjimasi).
Bu oyat ochiq tarzda tog‘larning bulutday harakatda bo‘lishini amr etgan. Bulutlar fazoda qanday harakat qilsalar, tog‘lar ham fazo makonida shunday harakat holidadirlar.
Bu hodisa faqat Yerning aylanishi nazarda tutilsagina qabul qilinishi mumkin bo‘lgan holdir.
Turgan gapki, o‘n besh asr oldin Yer aylanadi deyilsa, odamlar aqldan ozishardi. "Noziot" surasining 30-oyatida:
Val ‘arza ba’da zoliki dahoho,
Ya’ni:
Samodan so‘ng Yerni tuyaqush tuxumiday qildik, deb buyurilgan.
Tuxumlar orasida eng dumalog‘i tuyaqush tuxumidir. V asrda bu ta’rif shu qadar yovvoyi ko‘ringanki, Qur’on tafsirchilari "DAHO" kalimasini "yoyib qo‘ymoq", "yoyib-tekis qilmoq" ma’nosida sharhlashga majbur bo‘lganlar. Holbuki, "DAHO" kalimasi faqat tuxumsimon, katta oval shakl, kumpol, tuyaqush tuxumi, katta to‘p o‘rnida qo‘llaniladi. (Bizning muhtaram tarjimonimiz Alouddin Mansur xam boshqa ko‘pdan-ko‘p nufuzli mufassirlarning an’anaviy fikrini qabul qilib "daxo" kalimasini "yoyib-tekis qildik" tarzida izoxlaganlar, - Tarjimon). Bu oyat juda ochiq tarzda Yerning dumaloq ekanligini bildirgandir. Xuddi Yer aylanishida bo‘lgani kabi, Olloh Yerning dumaloqligi borasida ham shunday bir kalima yuborganki, ul asr insonlari ham aqllarini qattiq ishlatmay o‘qiyverganlar, oradan asrlar o‘tib bu so‘zning asl siri anglashilgandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:36:32

V)Neft
Vallaziy axrajalmar’o fajaolahu g‘ushoan ahvo.
Ya’ni:
U (Rabbing) o‘t—o‘lan undirdi, so‘ng uni hora g‘ushoga aylantirdi.
("A’lo" 87-sura, 4-5-oyatlar).
"G’usho" deganda arabchada sel ko‘piklariga qorishgan chirik daraxt yaproqlarining quyqasi tushuniladi. Neft va neft nimadan bo‘lganligini bu oyatchalik anglatuvchi bayonga duch kelganmisiz? Qani bugun biron bir tafsirchi bundan o‘n besh asr oldin Qur’onda neft ta’rifi berilganligini inkor eta oladimi? Yana oyatdagi noziklikka qarangki, bir-biriga xech o‘xshamaydigan xabarlarni bir joyning o’zida berib qo‘ya qolgan.
Bu xabarlarning birinchisi: Yer qadimda keng o‘simliklar o‘rami bilan o‘ralganligini bildiradi. Geologiyada bu hikmat necha-necha asrlar o‘tgandan keyingina kashf etilgandir.
Ikkinchi hikmat: o‘simliklar o‘rami mo‘l oksigen chiqarib, muhitni bitkazgandan so‘ng, endi yo‘qotilishi kerakligi tufayli katta zilzilalar qilinganligidadir.
Uchinchi hikmat: o‘sha o‘simliklarni Olloh, qora suvga aylantirdik demasdan, qora sel quyqumiga aylantirdik deydi. Ilm-fan tomonidan naq 25 yil olib borgan tadqiqotlarida ham neft Yerning o‘ziga mos keluvchi qatlamlari orasida bir irmoq kabi oqishi uqtirilgandir. Mana, ko‘rib turibmiz, oyat ilm tilida neft oqimi degan xodisani ham ochiq-ravshan bildirib turibdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:36:56

G) Tog‘lar va zilzila
Qur’onning bir qator oyatlari geologik hikmatlarni bayon etadi. Bularning eng muhimlari tog‘larning magma(er qa’ridagi cho‘g‘simon suyuq modda, lava) ustida harakat qilishlarini hamda Yerning tuproq tarkibi sog‘lom bo‘lishi uchun tog‘lar yaratilganligini bildiruvchi oyatlardir. E’tibor bering:
"An-nahl", 16-sura, 15-oyat:
Va alka’a fil arzi ravosiya an tamiyda bikum...
Ya’ni:
U (Olloh), Yer sizlarni tebratmasin uchun unda sobit tog‘lar barpo qildi. (Alouddin Mansur tarjimasi).
Ma’lumki, Yer qatlamlari markazdan ust tomonga borgan sari o‘zgara boradi. Qoq markazdagi suyuq va issiq qorishma ma’danlar ustida issiqligi turlicha qavatlar bor Tuproq bu qavatlarning eng ustidagi uqalanuvchi qavatdir. Agar dunyo bo‘lmag‘ur bir tasodif asari sifatida yaratilgan bo‘lsaydi, eng ustdagi tuproq qavati bu ma’danlar uzra suzib yurar va tinimsiz zilzilalar yer yuzida bir jonni ham sog‘ qo‘ymasdi.
Olloh tog‘larni yaratib, bu suzish, bu zilzilalarga "to‘xta!" deb buyurgan. Dunyo xaritasida bu Ulug‘ san’atkorning qo‘lidan chiqqan dekoratsiyani ko‘rishingiz mumkin. Mana shu tog‘lar dekoratsiyasi Yer tuprog‘ining bitmas zilzilalarini yo‘q qilgan. Oyat tog‘larning yaratilish sababini sharhlarkan, ayni chog‘da, yerning geologik holatini ham tushuntiradi. Bu esa oyatning navbatdagi bir mo‘jizasidir.

Qayd etilgan