Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari  ( 123865 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:39:29

3. SUV VA HAYOT
Men bu yerda hayot va biologiya nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan to‘rt oyatni sharhlamoqchiman. Ularning har biri faqat bizning davrimizda tushunilgan ilmiy hikmatlarni o‘rtaga qo‘ygandir. Yana bu yerda men suvga aloqador juda muhim masalalarning yechimini ham ko‘rsatishga harakat qilaman. Suvga tegishli hikmatlar ikki oyatda bildirilganligini, undan tashqari Haq-Taolo hamma moddiy narsalar qatori oddiy birikma hisoblanishi kerak bo‘lgan suvga nechog‘li mo‘jizalar ato etganini xotirangizda qoldirishni istayman. Bir kimyoviy birikmaning va fizikaviy bir hodisaning o‘z xususiyatiga egaligi va ayni chog‘da ilohiy bir lutfga muyassar bo‘lganligi ma’naviy qiymatga ega bo‘lgan sirdir.
Suv shundaydir, azizdir. Bu bahs so‘nggida bo‘g‘izlar (tomoqlar) bilan bog‘liq yana bir oyatni keltirishimiz ham suv hikmati bilan aloqadordir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:39:53

A) Suv va hayot
21 -sura, 30-oyatning oxiri:
Va ja’alna minalmoi kulla shay’in xayy, afalo yu’minun.
Ya’ni:
Hamma tirik narsani suvdan vujudga keltirdik, hamon inonmaydilarmi? (u inkorchilar).
Tiriklik ta’rifi ilmda tez—tez o‘zgarib turibdi. DNA tugal o‘rganilgandan keyin mukammal bir ta’rif yaratilishi mumkindir. Tiriklik, jonlilik - DNA molekulasini tashuvchilik va molekulaga biror aminokislota (oqsil) qo‘sha oluvchilik tabiatidir (xarakteridir).
Xususan, ayrim bakteriyalarda tiriklik ba’zan turg‘unlik davriga o‘tadi. Hayot alomatlari birdan butunlay yo‘q bo‘lib qoladi, lekin bakteriya o‘lmagan bo‘ladi. Tiriklikning bu tarzdagi turg‘un shaklini bilib qo‘yish odamga asqotadi. Oyatdagi "hamma tirik narsani" iborasi ham kishida qiziqish uyg‘otadi.
O’n besh asr oldin odamlarning aksariyati tirik mavjudot deganda faqat hayvonlarni tushunardi. Ba’zi bir taniqli olimlar va ularning davralarda o‘simliklarda ham jon bor, deb hisoblanar va himoya qilinar edi. Oyatda esa juda keng umumlashma bor. "Hamma tirik narsani suvdan vujudga keltirdik amrida yaratdik demasdan, "suvdan chiqardik", ya’ni "jonli bo‘lgan har narsani suvdan chiqardik" ma’nosi yetakchilik qiladi. Oyatning aslida "va ja’alna kalomi ishlatilgan, "halak" emas. "Va ja’alna" — "chiqardik", "ijod qildik", "vujudga keltirdik" kabi tushunchalarni beradiki, bu jitobiologiya (hayot biologiyasi)ga to‘la-to‘kis muvofiq keladi. Oyatni to‘g‘ri tarjima qilishni mo‘l, sizga tavsiya etgan bu qisqacha sharhimizda uch muhim ilmiy nuqtani tasdiqlaymiz:
1. "Hamma tirik narsa" ta’biri ostida virusdan e’tiboran jamiki jonlilar nazarda tutilgandir.
2. Jonlilik suvdan yuz bergan hodisadir, lekin jonlilik suvdan yaratilgan emas, ya’ni faqatgina suvdan iborat emas.
3. Inkorchilarga bir tanbeh bor, ayniqsa, bizning davrimizdagi inkorchilarga.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:40:19

Jonlilik bilan suv orasidagi haqiqatlar shu qadar yaqindan o‘rganilgan bu davrimizda hamon inonmaydimi odamzot?
Modomiki, oyat "hamma jonli narsalarni suvdan yuzaga chiqardik" der ekan, demak, u juda aniq—tiniq yaratilish mo‘jizasini aytib berayotir va inkorchilarning hollarini namuna bilan ochib ko‘rsatayotir. Xo‘sh, suv bilan tiriklik orasidagi bu ilmiy munosabat nimadan iborat?
Ilmning eng so‘nggi xulosalariga ko‘ra, jonlining asos unsuri - DNA, ya’ni "dioksiribo nyukleik atsit"dir. Bu -kimyoviy molekulardan tarkib topgan "kayan gidrogen" degan gidrogen - DNAlarni birlashtiruvchi bir ko‘prik vazifasini o‘taydi deb hisoblanmoqda. Bu gidrogen - suv ionidan olinmoqda (ion - zaryadlangan zarra, atom yoki atomlar guruhi). Jonlining shifri bo‘lmish DNAdan qurilgan helezonlardir. Bular qurilish tarzini va umrni ion uyumlari yordamida davom ettiradilar. Ion uyumlari esa suv ionlari vositachiligi bilan tayyorlanadi. Suvning N+ va ON - ionlaridan N+ ioni, bu tiriklik molekulalariga fosfordan tuzilgan ba’zi achitqi (xamirturush)lar tayyorlab beradi (ATR).
Bu hayot ioni (N+)ning nechun faqat suvdan olinishini jitobiologiya ilmi hali aytib berolgani yo‘q. DNA — "Homila va tugilish sirlari" bo‘limiga qarang.
Radioaktiv xidrogen (Ne) bilan olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, jonli molekulalar siZAM (kayan) hidrogen deb aytganimiz bu ko‘prik hidrogenini 7-14 kun orasida, albatta, o‘zgartiradi. Ko‘rinadiki, jonlining suvga ehtiyoji shu sababga asoslanadi. Lekin suvning jonlini vujudga keltirishdagi vazifasi faqatgina shu hidrogendan iborat emas. Hujayra kimyosida suv ionlari jamiki energiya ionlarining tamal toshidir. Har ne bo‘lganda ham jonlilik bilan suv orasidagi asosiy aloqa shu ionik hidrogenga tayanadi!

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:40:57

Oyati kalimada: "Biz hamma tirik narsani suvdan ijod qildik, maydonga chiqardik", - deyilar ekan, juda qiziqarli bir shaklda suvning tamal rolini ko‘rsatdi. Lekin noziklarning nozigi bu hikmat bilan suvdan yaratdik demagan.
Odamning yaratilishida esa, Haq-Taolo bu hikmatni ochiqroq bir shaklda bildirgan: "Odamni (uni moddasini), balchiq loyidan yaratdik" ("xolikun basharan min tiyn -38-sura, 71-oyat) degan, bu yerda bunday bo‘lsa, ikkinchi yerda: "biz insonni quruq loydan, shakllangan balchiqdan yaratdik" ("lakad xalaqnal insona min solsalin min homain masnun" (15-sura, 26-oyat), deyilgan. Bu yerda ham boshqa
joyda ham tuproq deyilmagan, loy yoki balchiq deyilgan. Ya’ni tuproq DNAni, loydagi suv hidrogenni tamsil etadi. Yana bu yerda "ja’alna" emas, "xalakna" ta’biri qo‘llangan, ya’ni "odamni balchiqdan chiqardik" emas, "balchiqdan yaratdik"dir. Zero, tuproq orqali DNA molekulasining qurilmasi ham masalaga qo‘shilgan. Mana, ko‘ryapsizmi, Qur’on uchun kalimalar tanlashda Olloh shunday ilmiy haqiqatlarga talabchanlik va injiqlik bilan urg‘u bergandir.
Suv va hayot mavzuida oyat shunday haqiqatlarni qamrab olganini bir hadis sharhidan yanada yaxshiroq anglab olamiz. Tashna va xasta jonlilarga suv berilishini amr etgan Payg‘ambarimiz: "Nechog‘li holsiz va kasal bo‘lsa ham berilishi kerakmi?" deb so‘ralganda: "Ha. Jigarlarida suv bitgunga qadar yashaydi deb biling va suv bering , - deb buyurganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:44:51

Tibbiyotda mutlaq o‘lim ta’rifida uch holat qayd etilishi shart:
a) yurakning to‘xtagani;
b) miya elektrik tarmog‘ining ishlamayotganligi;
v) jigarda funktsiyalarning bitishi esa suv ionlarining bitishi ma’nosida keladi.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam o‘n besh asr oldin bu oyati karimaning suv ila hayot orasidagi bir-biriga bog‘liqlikni bildiruvchi ilmiy tomonini juda yaxshi bilganliklari uchun shunday modern o‘lim ta’rifini o‘n besh asr oldin berganlar!
Suv ionlarining tiriklikdagi ahamiyati hujayra ichida va tashqarisida suv muvozanati masalasidir. Bir hujayra yashashda davom etayotgan bo‘lsa, bu muvozanatni keragi darajasida saqlaydi. Bemor esa nisbatan tuzalish sari ketayotgan bo‘ladi. O’ladigan bo‘lsa bu muvozanat butunlay buziladi va hujayra suv ionlarini teridan tashqariga chiqarib yuboradi.
Suv ila tiriklikning aloqasi elektronik aloqa ekanligi aniqdir. Hayot energiya olish-berishini bajararkan, xuddi qurilishda suvga muhtojlik bo‘lgani kabi, ion energiyasiga muhtojdir. Hujayraning olgan oziqlarni kuydirib tashlab, energiya bilan ta’minlanishi ham yangi bir molekulyar olish-berishdir (Kreps nafasi). Oziqlarning kuydirilishi ichki redoks (reduktsiya-kichrayib yo‘qolish yoki tiklanish) hodisalariga tayanadiki, yana tamal vosita hidrogen ionidir, u tufayli suvdir. Hujayra muhitida hidrogen ioni bo‘lmasa, bu keng va tartibsiz bioximiya hodisalari qat’iyan yuz bermaydi.
Mana, suv ila tiriklik orasidagi munosabat bu nuqtai nazardan ham muqarrar bir hayot hikoyasidir. Tiriklikning suvdan tug‘ilishini amr etgan oyat bu hikmatni ham qamrab olgandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:45:08

B) Inson va uch qorong‘i mintaqa
Endi sizga Qur’ondagi yana bir biologik mo‘jizasini aytib beray. Insonning ona qornida qanday marhala (manzil, bekat, etap) lardan o‘tishini ayon qiluvchi bu oyat, inson biologiyasi haqida hali hech narsa ma’lum bo‘lmagan o‘n besh asr avvalgi zamon uchun emas, bu kun uchun ham mo‘jiza xarakterini saqlab qolgan:
39-sura, 6-oyatdan:
"...yoxlukukum fi butuni ummahotikum xolkan min ba’di xolkin fi zulumotin salos..."
"...sizni onalaringizning qornida uch turli qorong‘ilik ichida bir yaratilishdan boshqa yaratilishga o‘tkazib yaratgandir...''

(Abdulloh Oydin tarjimasi).
Insonning ona qornidagi hayoti shunday jarayonlardan o‘tadi:
Onaning tuxum hujayrasi urug‘lanib, yetilgan zahoti qorin bo‘shlig‘iga sakraydi. "Fallop nayi" deb atalgan, bir uchi rahimga (jinsiy a’zoga), ikkinchi uchi qorin bo‘shlig‘iga ochilib turgan naychaning qorin bo‘shlig‘iga qaragan uchi bir meduzaning qo‘llari kabi uzun uzatkichlarga egadir va u tuxumni qorin bo‘shlig‘ida bir vakuum singari tutib, ichiga qamab oladi. Mana shu tuxum, sperma (maniy) hujayralari bilan shu naycha ichida urug‘lanadi. Urug‘langan tuxum shu naychada bir muxlat dam oladi, so‘ngra rahimga o‘tadi. Bu o‘tish tarzi tamomila o‘rganilgan. Keyin bu tuxum hujayrasi qavat-qavat hujayralardan qurilgan rahim ichiga qulay bir joyga o‘rnashadi. Urug‘langan tuxum uchun rahimning ichki sathi boy va muhtasham bir muhitdir.
So‘ngra platsenta  yuzaga keladi va shu kez ulg‘aya boshlagan embrion suyuqlik ichiga olinadi. Albatta, bu hayot hikoyasi qorung‘ulik dunyosida davom etadi.
Ishning eng qiziqarli tomoni - bizning davrimizda endigina o‘rganilgan, homila shakllanishiga qulaylik yaratadigan sirlar bundan o‘n besh asr oldin qanday bilindi ekan?
Uch qorong‘i mintaqa - embrionning, ya’ni urug‘langan tuxumning uch turli makonidir:
a) Fallop naycha sidagi qorong‘i mintaqa;
b) rahimda oldin tanlangan rahim epiteli ichidagi qorong‘i mintaqa;
v) platsenta shakllangandan keyin Amnion suvi  nomli to‘rvachadagi qorong‘i mintaqa.
Qur’onning savlati va ulug‘vorligini tomosha qiling: bu, aql bovar qilmas Ilohiy So‘z mo‘jizasidir.
Oyati karimadagi uch bosqichli xilqat (yaratilish)ga kelsak:
a) Fallop naychasida vujudga kelgan ilk xilqat - ona va otadan kelgan ginetik shifrlarning birlashishi;
b) rahmdagi ilk o‘rnashuv chog‘ida xilqatning ikkinchi bosqichi yuz beradi. Bu bosqichda urug‘langan hujayra dastlabki qiyin va sirli bo‘linishlarini ado etib bo‘lgach, embrionning jitobiologiya skeleti (sinchi, shotilari)ni hozirlash;
v) amnion suvi ichidagi embrionning hayot bosqichi esa, xuddi fotografga o‘xshab, vujudga keladigan jonlining bichimini (me’moriy shaklini) ishlaydi.
Embrionning ikkinchi hayot bosqichi uchun Qur’on "alaq" ta’birini qo‘llagan.
Qorong‘i mintaqalarning ta’kidlanishi hikmati - bir yondan inson vujudi va rahim ichidagi tabiiy qorong‘ilikni ko‘rsatishidadir; bir yondan ona rahmidagi hayotning tashqi dunyo ila aloqasi uzoqligini bildirishidadir. Bulardan tashqari, bu yerda Ollohning turli hayot bosqichlariga, dunyo va oxiratga ishoralari ham bor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:45:32

V) Yomg‘irning sirlari
Endi Qur’on tili bilan yomg‘ir sirlarini sharxlashga o‘tamiz:
43-sura, 11 -oyat:
Vallaziy nazzala min as—samoi mo an bi kodar, faan sharno bihi baldatan mayto kazalika tuhrajun.
Ya’ni:
Samodan bir kodar o‘lchoviga ko‘ra suvni indirgan U (Olloh)dir; biz uning bilan o‘lik baldaga (shaharga) hayot beramiz, siz ham shunday chiqarilasiz.
Bu oyatning butun nazokatini ko‘rsatib berish juda qiyin. Lekin oyatni va uning eng qiziqarli nuqtasini ilmiy tahlil qilaylik. Olloh yomg‘irni "samodan bir kodar o‘lchoviga ko‘ra indirilgan suv" ta’biri, Qur’onda, xech shubhasiz fizikaviy formulani nazarda tutgan. Eng oz ma’lumotli odam ham yomg‘ir yog‘ilishining fizikaviy sabablarini bilaman, deb o‘ylaydi. Keyin kap-katta astrofizika olimi ham yomg‘ir fizikasini bilolmaganini aytadi.
Yomg‘ir nima o‘zi? Suvning oldin bug‘ga anlanishi, keyin atmosferaning yuqori qavatlarida sovuq ta’sirida qaytadan suvga aylanib yerga tushishi, shundaymi? U xolda quyidagi savollarga javob berilishi kerak bo‘ladi:
1. Issiq o‘lkalarda, atmosferaning ust qavatlarida issiqning darajasi 40-60 gradusdan pastga tushmaydi. U yerlarda yomg‘ir qanday paydo bo‘ladi-yu, qanday yog‘adi. (Yomg‘ir yog‘ishi uchun kristallashmog‘i, ya’ni noldan pastga tushmog‘i kerak).
2. Sibirning minus 60 gradusli iqlimida bulut nega kezib yuradi, u muz parchalari xolida yerga qolipday taraqlab tushishi kerak emasmi?
3. Umuman, atmosferadagi issiq nol daraja atrofidadir. Bulutlar ko‘k yuzida kezib to‘xtagani holda ko’pincha yomg‘ir yuzaga kelmaydi. Bamisoli kunini va soatini kutayotgandek bir xolda bo‘ladi.
Bu savollarning javobi oyatda bor: Biz samodan suvni kodar o‘lchovi (taqdir o‘lchovi) bilan tushirdik" deyiladi. Kechaga qadar "yomg‘irni oddiy suv bug‘i xodisasi" deb bilgan va oyatga labini burgan munkir (inkorchi)larning lablarini endi ilm uzib olsa ham xaqqi bor...
Xo‘sh, eng modern ilm yomg‘irni nima deb ta’riflaydi? Astrofizika biz o‘rtaga qo‘ygan savollarimizning javobini tadqiq qilayotir.
Astrofizika o‘z qarashlarini shunday yakunlamoqda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:45:41

Bu xodisa - mag‘iz (yadro) nazariyasi masalasidir:
a) yo kosmik mag‘iz fazodagi noma’lum chang zarralarini;
b) yo suv bug‘i parvoz etarkan, dengizdan tuz kristallarini ham ketida sudrab olib yuradi.
1. Ko‘rinadiki, yomg‘ir vujudga kelishi uchun bor xisoblangan bu kristall mag‘izlar nazariyasi yana ilmiy majburlashdir. Chunki tuz molekulasining bug‘ bilan birga uchib yurishi qiyin masala, undan tashqari uchib yuradi deb faraz qilingan bu molekula bug‘ uchun standart bir miqdorda mag‘iz ajratib berolmaydi. Kosmik changlar ham shunday. Undan tashqari, kosmik changlarning mavjudligi aniq bo‘lgan taqdirda ham hech bo‘lmasa radioaktiv aloqa nuqtai nazaridan ham yuksak miqdorda bo‘lmog‘i kerakdir. Yana bular yomg‘irning vujudga kelishiga oid astrofizika ilmining bu kungi eng asosiy ma’lumotlari hisoblanadi.
2. Suv zarrachalar juda sof bo‘lgan taqdirda (bulutlar shundaydir) minus 40 darajagacha qotmaydi (muzlamaydi). Bu - Amerikaning astrofizika laboratoriyalarida qat’iyan isbotlangan haqiqatdir. Demak, suvning qotishi hodisasi boshqa, sof suv zarrachalarining qotishi hodisasi boshqadir. Shu sababga ko‘ra, o‘ta sovuq mintaqalar - Sibir va Alyaska osmonlarida bulutlar bemalol suzib yuraveradi.
3. Suv bug‘i bulut ichidaligida bulut oldin tomchi mag‘izlari atrofida tomchilarni vujudga keltiradi. Bir kub millimetrda bir million tomchi mag‘izi bo‘ladi. Bulutning jinsiga ko‘ra bir kub santimetrda 50 dan to 500 gacha bulut tomchichasi va donachasi bordir. Bu nazariya, ya’ni Bergeron Findeysen nazariyasi yomg‘irdan oldin qotish (muzlash) hodisasi bo‘ladi, degan fikrni o‘tkazmoqda.
4. Lekin yomg‘ir tomchilarining ideal bir tekislikda yerga tushishi chin ma’nodagi muhim xodisadir. Agar o‘rtacha kattalikdagi yomg‘ir tomchisi bulutlar kezib yurgan 1500-3000 metr yuksaklikdan tushsa bormi, yerga favqulodda qattiq zarb bilan urilgan bo‘lardi. Xolbuki, yomg‘ir tomchisi bulutdan mayda zarrachalar xolida tusha boshlab, yerga yaqinlashgan sari bir-biriga qo‘shilib, kattalasha boradi. Tamomila yerga yaqin kelganda parashyut ochganday havoning ko‘tarish kuchiga yaqin tezlikda inadi. Zotan, agar yomg‘irga bunday bir taqdir o‘lchovi ato etilmagan bo‘lsaydi, bulutdan kamida yong‘oqday-yong‘oqdai do‘l yog‘gan bo‘lar edi. Normal sharoitlarda na yomg‘irning jonni yayratib silashlari, na qorning ming bir naqsh bilan inishlari mumkin emas.
5. Yomg‘irning tashkil topishida ham, yog‘ish shiddatida ham muhim bir masala elektrik kuchlanish hodisalaridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:45:49

Biologiyadan xabarsiz kishilar bulutlardagi kuchli elektr energiyasini suv va tuz molekulalarining ionlashuviga bog‘liq energiyalar deb hisoblaydilar.
Holbuki, oyatda bu elektrik kuchlanishga oid bir kalavaning uchi, ya’ni dalil bor. Ko‘kdan tushgan o‘lchovli, taqdir etilgan bu suv o‘lik shaharga jon ato etadi. Biz yuqorida hayot negizida yotgan narsa suv ionlari ekanligini aytgan edik. Jamiki jonlilarda suv molekulasining tez-tez o‘zgarib turishga majburligi, ionlarning, ayniqsa, hidrogen ionlarining kuchlanishi bilan yaqindan aloqadordir. Bulutdan yuzaga keluvchi yomg‘ir, xususan, bu devday elektrik kuchlanishlar bilan shunaqanggi kuchli bir ion xususiyatini qo‘lga kiritadiki, haqiqatdan tuproqqa tushgach, jamiki bioximiya xodisalari darhol avj olib ketadi va o‘lik shaharga jon ato bo‘ladi.
Mana, oyat yomg‘irning tashkil topishini ham hikmatdan bir qodar o‘lchovi, deb ta’riflaydi va hali qancha biofizika sirlari borligiga e’tiborni tortadi. U qandil donalariday yog‘ishi lozim bo‘la turib, naqadar muloyim bir kattalikka keltirib o‘lchab qo‘yilganligi xayratlanarlidir. Endi yomg‘irning "O’lik shaharga jon berganligi" siriga yaqinlashaylik: Oyat quruq tuproqni o‘lik shaharga qiyoslaydi. Ya’ni quruq tuproqning o‘zi jonli emas, o‘lik bir shahardir, ko‘chalari, muassasalari, tashkilotlari, binolari bo‘lgan, ammo jonsiz bir shahardir. Yomg‘ir u kentga yog‘dimi, tamom, u yerda hayot boshlanadi. QURUQ tuproqda turg‘un (statik) bir holga kelgan qandaydir bir ma’noda qotirib (muzlatib) qo‘yilgan milliardlarcha genetik shifr bor. Bu shifrlar yuksak potentsial bilan yangilangan suv ionlarini topgan zahoti hayot hikoyasini boshlaydilar.
Oyatning so‘nggi jumlasida esa, Haq-Taolo bizning mahsharda tirilishimizni xotirlayotir. Biz bundan keyingi bahsda buning butun tavsilotlarini berishga harakat qilamiz. Bu yerda Olloh sizning genetik shifrlaringizni ham xoxlagan kunimiz, xoxlagan onimizda faoliyatga o‘tkazamiz, amri bilan katta ilmiy haqiqatga urg‘u berayottanini aytish bilan kifoyalanamiz. Bamisoli QURUQ tuproqda genetik shifrlar bir o‘lik shahar ko‘rinishida bo‘lsa, sizning ham un-urvoq bo‘lib yotgan jasadlaringizdan qolib ketgan qanchadan-qancha shifrlar bor.
Olloh xohlasa, ularni bir lahzada ishga qo‘yadi, yangidan hayotni boshlatadi. "Yosin" surasining oxirida Alloh bergan genetik shifr misoli ham, shunday qilib, ilohiy mo‘jiza hikmatini cheksiz ufqlarga yoyadi (Qur’onning "Yosin" surasidan 78-82- oyatlarni o‘qing).

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:46:25

G) Tuyaning biologik xususiyatlari
Afalo vanzuruna ilal’ibili kayfa xulikot? (88-sura, 17-oyat).
Ya’ni:
Ular tuyaning qanday yaratilganiga hanuz qaramaydilarmi?
Bu oyatni o‘z ichiga olgan "G’oshiya" surasi (88-sura) Qur’onning mahsharni e’lon etishiga ramziy ishora bo‘lib, g‘oshiya - insonlarda katta notinchlik uyg‘otgan dard, demakdir. Bir yoqdan mahshar qo‘rquvi, ikkinchi yoqdan gunohkorlik xavotirini bildiradi va eng muhimi bu oyat bugungi insonlarga bo‘lakcha bir xitob eta olish siriga ham ega.
Endi tuyaning sirlarini birma-bir ko‘rib chiqaylik:
1. Tuya hamma hayvonlarday oddiy bir jonivor bo‘lib ko‘rinadi-yu, ammo unda qanchadan-qancha sirlar yashiringan. Tuya ayniqsa, Darvinning hayvonot olamida evolyutsiya nazariyasini butun hayoti bilan inkor etadi. Oqillar va olimlarga nozli-nozli o‘girilib, ma’yus-ma’yus qarab, bunday evolyutsiya mumkin emas, deyayotganday ko‘rinadi.
a) Tuya evolyutsiyachilarning tabiiy tanlanma qonuniga to‘g‘ri kelmaydigan hayvon turidir. Birinchidan, u yirik jussali. Himoya sistemasi ham yo‘q. O’simlik bilan ovqatlanishiga qaramay, yashaydigan joyi sertahlika cho‘l bag‘ridadir. Evolyutsiyachilarning nazariyasiga ko‘ra, tuya ham dinozavrlar bilan birga yo‘q bo‘lib ketishi kerak edi.
Holbuki, tuya hayvonlar tarixi jihatidan eng eski bir hayvon turidir, lekin hech bir tabiat hodisasi uni yo‘q qilib yuborolmagandir.
b) Tuya, hayvonlar tasnifida evolyutsiya zanjiri deb to‘qilgan qatorni buzuvchi to‘rt hayvondan biridir (Ornitornik, Avstraliya tipratikani, Lav g‘ori chuvalchangi, tuya).
v) Evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, hayvonlar ma’lum bir hayot jangini boshdan kechiradilar. Holbuki, tuyaning hech bir hayot jangi yo‘q. Ozuqasi esa o‘simlikning qurigani, o‘simlikning naq tsellyuzaga aylangan jinsini yeydi.
g) Evolyutsiyachilar ba’zi jonlilarda ortiqcha a’zo borligidan bahs yuritadilar va tsellyulozani hazm qilmoq uchun maxsus ichak kerak, deydilar. Holbuki, tuya oddiy bir hazm sistemasi ichida tsellyulozani eng yaxshi hazm qila oladigan hayvondir. O’zgacha bir ichak sistemasi bunday bir hazm uchun kerak emas. Bu funktsiya masalasidir. Shu tarzda faqat tuyaga qarashning o‘zi kifoya: evolyutsiya ertagi ertaroq tugaydi.

Qayd etilgan