Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari  ( 123720 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:46:45

2. Jamiki jonivorlar suv molekulasini 7-14 kunda o‘zgartirishga majbur bo‘lganlari holda, bu ko‘mak tuyaga to‘g‘ri kelmaydi. Tuya 50 kun suv molekulasini ichida tuta oladi. Bunday hayoti va ionlari bilan u jonivorlar orasida favqulodda hikmat sohibidir. Nailojki, bu mavzu ilmga endigina kirib keldi, lekin hali butun tafsilotlari o‘rganilgani yo‘q.
3. Tuya faqat tsellyuloza bilan oziqlanib, vitaminlarni va hayot uchun kerakli barcha kimyoviy moddalarning ko‘pini ishlab chiqaruvchi va shu tariqa hayotini davom ettiruvchi birdan-bir hayvondir! "G’oshiya" surasida butun jannat ta’riflanarkan, 17-oyatga hayot unsurlari jihatidan tuya qanchalar ko‘p sirlar tashishi, bu hikmatlarni bilmagan kishilarning jannat makoni haqidagi tasovurlari yetarsiz bo‘lishi imo bilan bildiriladi.
4. Jamiki hayvonlar ichida faqat insonlarga xizmat qiladigani va hayotlarining hech bir o‘zgacha tomoni bo‘lmagani tuyadir, xolos. Tuyaning odamzotga qilgan minglarcha yillik tashuvchilik xizmati tufayli taraqqiyot (tsivilizatsiya) vujudga kelgan. Hamda tuya faqatgina shu maqsad uchun yaratilgan bir hayvon. Olimlar tuyaning faqatgina shu jihati ustida fikr yuritganda insonning koinotdagi o‘rnini aniq tushunib yetadilar. Hamda tuyani ko‘zdan kechirarkan, buncha haqiqatlarga guvoh bo‘lib, Ollohni inkor etishdan uyaladilar.
5. Tuyaning muhim xususiyatlarini xayoldan o‘tkazish ham katta ahamiyatga ega. Jussasi yirik bo‘lishiga qaramay, hayratlanarli darajada inson irodasiga bo‘ysinuvchandir, hatto sabr-bardosh timsolidir. Odamni seskantiradigan xotirasi bor, musiqadan zavqlanish qobiliyati kuchli. Bu so‘nggi xislatlaridan uning o‘ziga foyda yo‘q. Faqatgina insonga xizmat nuqtai nazaridan ato bo‘lgan xossalaridir.
Shunday qilib, tuya chindan ham juda ko‘p sir-asrorlar timsolidir, hech qachon bitmaydigan yo‘lchilik timsolidir. Uning hayot hikoyasi xuddi odamzotning hayot hikoyasiga o‘xshaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:47:02

4. O’LIK TUPROQNING TIRILISHI
Tuproq yaqin-yaqingacha ilmda jonsiz bir kimyoviy birikma sanalardi. Endi esa tuproqning jonli bir plazma ekanligi ayon bo‘lib qoldi. Hovuchimizga olgan eng quruq tuproq ham o‘tkinchi hayoti to‘xtagan milliard karra milliard jonlining qurgan shahridir. Va biz bugun endigina tagiga yetgan bu haqiqat, o‘n besh asr oldin har sohada, har mavzuda bo‘lganiday Qur’onda jamiki insonlarga bildirilgandir. (36-sura, 33-oyat):
"va oyatun lahumul’arzul maytaxu axyaynaho va axrajno minho habban faminhu yo’kulun".
Ya’ni:
"o‘lik yer (arz) ular uchun bir oyat—alomatdir, biz unga hayot berdik (yomg‘ir bilan), undan don (habban) chiqardik, undan yeydilar".
Oldin oyatning ilk jumlasini anglashga tirishaylik. Yuqorida aytganimizday, ilmiy Qur’on oyatlarida "oyat" kalimasi bir ilmiy qonun demakdir. Shunday bo‘lgach, birinchi jumla:
O’lik tuproqning jonlanishi qonuniy hodisadir, ilmiy alomatdir, degan ma’noni bildiradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:47:12

a) Yerning yashashga tayyor bo‘lgan ilk payti: bungacha tuproq bir kimyoviy birikmalar yig‘indisi edi, so‘ngra tuproqdan kutilgan jon yuzaga keldi.
Oldin o‘simliklar, keyin jonlilar yashay boshlashi uchun tuproqning jonlanishi shart edi. Zero, tuproqdagi bakteriyalarning faoliyatga o‘tib, azotni va fosforni organik kimyodagi birikmalarga qo‘shiladigan ahvolga keltirmasdan burun o‘simliklarga hayot eshigi ochilishi mumkin emasdi.
Shunday qilib, o‘lik tuproqning ilk tirilishi Ollohning shu bakteriyalarni ishga solib, tuproqqa jon berishi hodisasidir.
Olloh, oyatda aniq-tiniq ma’lum qilganidek, avval o‘lik bo‘lgan tuproqqa jon berganini, ya’ni bakterial hayotni ishga solganini (biz buni tiriklik deymiz) sharhlaydi. Har qalay, faqat shundan keyingina don-dunlar chiqqaniga keyingi jumlada ishora qiladi.
b) Tuproq ana shu tiriklik vasfiga erishgandan keyin, tuproqqa yangidan hayot ustiga hayot bergan holati ham ayricha bir hikmatdir. Bu yerda yomg‘irdan so‘z ochilmaganligi-tuproqning o‘zidagi bakterial jonlilikni juda yorqin ifodalash uchundir. Boshqa oyatlarda, bu tirilish yomg‘ir bilan amalga oshiriladi, ma’nosida kelgan amrlar inobatga olinsa bu oyatdan bunday ma’no ham chiqadi: tuproqqa jon berdim. U eng quruq holida ham shu sirga ega, ya’ni tuproq jonlidir. Faqat uning bu jonliligini goh tezlashtiraman, goh sekinlashtiraman.
Oyatning ikkinchi jumlasiga kelsak... Zotan, ilk jumla bilan bu jumlalarning zikr etilish tartibi eng muhim mo‘jiza siridir. Zero, tuproqning jonlanishi, bu - don-dunlar chiqarishi emas Unday bo‘lgan taqdirda tuproqdan don-dun chiqardik, uni jonlantirdik, shaklida amr qilinardi. Holbuki, Olloh, oldin tuproqni jonlantirdik, deb amr etgan. Ana undan keyingina o‘sha jonli tuproqdan don chiqardik, deydi! Bu yerdagi "habba" ta’birida ham o‘ziga xoslik bor. Garchi umuman "habba" - "o‘simlik" tushunchasiday kelsa ham, tanlangan kalima asosan "don-dun" deb tafsirlagandagina oziq-ovqat bo‘ladigan o‘simlik urug‘lari xayolga keladi.
Bu yerdagi nazokat meva va boshqa o‘simlik turlari emas, urug‘ shaklidagi oziq-ovqatlar zikr etilganligidadir. Zero, oyat va jon ato bo‘lish ham donni jonli qilib yaratilganligini, hamda jon ato bo‘lish hodisasi tuproqda yuz berishini ko‘rsatmoqda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:47:22

Ma’lumki, urug‘lar aro namuna o‘laroq bir bug‘doyning yaratilishini olsak, urug‘ning genetik shifrlari yangi aminokislota (oqsil)lar bog‘lasagina bug‘doy yaraladi. Bu hodisa hayvonlarda, ona qornida shaxsan qon proteinidan ta’minlanadi. Holbuki, tuproqda tashqi ko‘rinishi jihatdan na qon, na jon bor. Olloh oyatning ikkinchi jumlasida shu sirga ishora qiladi.
Tuproqda bo‘lgan bakteriyalar bu aminokislotalarning vujudga kelishini qulaylashtiradi. Va tuproq habba (don-dun, urug‘) uchun qandaydir bir ma’noda rahim vazifasini ado etadi, ya’ni tuproq bir ona singari, jonlilik sirini don-dunga beradi.
Oyat so‘nggi kalima bilan ham asosiy oziq bu nabotiy proteinlar bo‘lganini, ham bizga qandaydir bir ma’noda jon berajagini eslatadi - haqiqat shundan iborat. Biz ham habbalarning asosiy moddasi bo‘lmish nuklidlarini olib, jonliligimizni davom ettiramiz.
Masalaning ana shu joyi benihoya katta ahamiyatlidir. Chunki habbalardan olgan ozig‘imiz faqatgina bizga kuch beruvchi yoqilg‘igina emas, hujayralarimizning asosiy moddasi hamdir.
Bu oyati karima, shunday qilib, jamiki moddiy hayotning negizi bo‘lgan DNAning jonlilar orasidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Va aslida ishni tuproqdan boshlaydi, DNA jonlilik sirini ilmiy tarzda o‘rtaga yoyadi.
O’lik tuproqning tirilishiga oid amrda eng so‘nggi va muhim bir hikmat - bu, tuproqdagi onalik vazifasining qiyomatda ko‘rinishidir.
Mavlono Jaloliddin Rumiy:
'Tuproqqa qaysi urug‘ otilib, takror tirilib chiqmas,
Nechun inson urug‘i tuproqda tirilishidan gumonsiraysiz?" - deydilar.
Ma’lumki jonlining genetik kartalari shifr holidan vujud holiga kelishi sahifasi - bu murtak (embrion)ning shakllanishi jarayonidir.
Olloh jonli shifrlarini, ya’ni genetik kartalarning ochilishini (murtak tashakkulini) uch yo‘l bilan bergandir:
a) tuxum;
b) ona rahmi;
v) tuproqda rivojlanish.
Murtak tashakkulida bu uch turli yo‘l ham ishtirok etadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:47:31

Tuxum genetik karta va kerakli aminokislotalari bilan birga yopiq bir laboratoriyadir. Tashqaridan faqat issiqqa muhtoj, goho-goho nurga ham(ba’zi sudraluvchilar tuxumlarini ko‘zlaridan taraluvchi nur bilan rivojlantiradilar). Ona rahmi esa ochiq bir laboratoriyadir, genetik hujayralarning ishlashi uchun kerakli aminokislotalarni qondan oladi.
Tuproqqa kelinsa, u qisman ona rahmiga o‘xshaydi. Tuproqqa tushgan qonda (urug‘da, danakda) rushaymin (embrion, murtak) muhtoj bo‘lgan ba’zi aminokislotalarni quyuqlashgan (qotgan) bir shaklda, ichida saqlab qo‘ygandir. Tuproqning bo‘lguvsi jonliga ona sifatidagi yordami ko‘proq ion jihatidandir. Aslida tuproq bu ion materiallarini yomg‘ir suvining elektrik kuchi yordamida, ko‘proq suvi yordamida ishga soladi. Lekin murtak rivojlanishi uchun aminokislotalarga, ularni asosini tashkil etuvchi benihoya muhim modda - azotni tayyorlab berishga majburdir. Bu azot esa, uch qo‘lli fosfor bazasi yordamida ishga kirisha oladi. Bu borada tuproqdagi mikroblarning bu benihoya muhim azotni tayyorlab berishlarini unutmaslik kerak. Jamiki bu haqiqatlarni ko‘z oldimizga keltirsak, tuproq jonlilar uchun muhtasham bir jon bankidir.
Mana, oyat juda muhim bo‘lgan bu hikmatni ham bizga o‘rgatadi. Bu mavzudagi eng qimmatli sir esa jonlining asosiy qurilmasi DNAga oiddir. Kimyoviy birikmalar qaysi qavatlarda ishlashga kirishmasin, bari bir jonlilik bu matematik bir taqdir dasturidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:48:04

5. BO’G’OZLARNING HIKMATI
Asrimizning eng taniqli tadqiqotchi olimlaridan Jaqus Kusto ikkinchi oti: kapitan Kusto musulmon bo‘ldi. Dengiz osti hayotini tadqiq qilish bo‘yicha eng usta va mohir olim hisoblanuvchi bu inson ummonlar tagida ilohiy ko‘rkamlikni ko‘rib, hayratlarga cho‘mdi va ko‘nglida haqiqat nuri porlay boshladi.
Jaqus uchun, ochig‘i, bir bahona kerak edi. Bir kuni yangi bir tadqiqot qildi. Bo‘g‘ozlar va ularning ikki yonidagi dengizlarning qo‘shilishini, har ikki dengiz ostidagi hayotning farqlarini o‘rganayotgan edi. Darhol aniqlagan narsasi shu bo‘ldiki, bo‘g‘ozlarda, xususan, Adan ko‘rfazi bilan Qizil dengiz tutashadigan Bob ul~Mandap bo‘g‘ozida va Atlas ummoni (Atlantik okeani) bilan Oq dengiz (O’rta dengiz) tutashadigan Jabali Torik (Gibraltar) bo‘g‘ozida ikki yondagi dengiz bir-biri bilan qat’iyan aralashmas ekan.
Jaqus Kusto butun tadqiqotchilik zakosini ishga solib, bu hodisani o‘rgandi: ikki bo‘g‘oz ostida ham 45 daraja qiyalikka duch kelgan yer osti suvlari taralib pishqirar va ikki dengiz taralish jarayoni tufayli bir-biriga aralashmas edi. Shu tariqa oradagi jarayonga qaramay, bo‘g‘ozning ikki yonidagi ayri-ayri dengiz suvi birlashib ketishidan o‘zini saqlar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:48:19

Olim bu hodisani ko‘p qiziqarli deb bildi va matbuotda e’lon qildi. Shunda bo‘ladigani bo‘ldi. Oldinroq musulmon bo‘lgan bir do‘sti Moris Bejard bu haqiqatning o‘n besh asr oldin Qur’onda yozug‘lik ekanligini bildirdi (55-sura, 19-20-oyatlar):
Maraj al bahrayni yaltakiyoni, bayna humo barzahun lo yabg‘iyon
Ya’ni:
(U) ikki dengizni bir—biriga oqizdi, oralarida to‘siq bor, qo‘shilolmaydilar.
Oyatda Kusto aniqlagan to‘siq haqida xabar borligi va bu o‘n besh asr oldin bayon qilinganligini mashhur olimni hayratga soldi va u: "bu oyat ilmiy bir mo‘jizadir va Qur’on mutlaq Olloh kalomidir" deb, islom diniga kirdi.
Bu ikki oyatdan so‘ng "Rahmon" surasida: "yaxruju minhumal lu’lu’u val marjon" (22-oyat), ya’ni "bu ikki dengizdan inju va marjon chiqur" degan oyat keladi. Bu oyatning muhimligi shundaki, Olloh har dengizning boyligi o‘zgachadir, ularda yashovchi jonlilar ham turlicha, go‘zallik darajasi ham har xil, shuning uchun ularning har biri o‘z ilohiy boyligini muhofaza qiladi, bunda ularga bo‘g‘oz yordam beradi, degan fikrni bayon etgandir. Zero, inju dengizning ayricha sharoitlarida va tutashgan yerlarida vujudga keladi. Inju qiluvchi shulluk (ustritsa)ning marjon qoyaliklari, to‘g‘rirog‘i shu qoyaliklarning yonboshidagi bog‘lar ichida istiqomat qilishi hikmatini bizga uqtirib, Olloh surayotir:
Ey Odamzod! Men ilohiy san’atimning muhtasham bir muhrini, qara, dengiz tubiga qanday urib qo‘yganman! Bu manzarani yaratmoq uchun bo‘g‘ozlarning tubidan suvlarni sharqiratib oqizdimu, bir—birlariga qo‘shmay o‘z hikmatimni namoyon qildim. Men va mening son—sanoqsiz hikmatlarimni qanday in’kor qilasiz?!
Ha, muhtaram bir olim bu manzarani tomosha qildi va oyat amriga bo‘ysunib, musulmon bo‘ldi.
Oyati karimada amr qilingan to‘siq haqiqatdan ham ilmiy mo‘jizadir. Yerning yaratilishini "ko‘r-ko‘rona tasodif" deb bilgan ko‘zi ojizlarning ko‘ziga davolovchi nashtarday uriladi, bu oyat...
Suv ostida yuzlarcha oqimlar bir-biriga yuzma-yuz kelib, taralib oqib yotadi va 45 daraja qiyalik bilan qarshilik sistemasi barpo etadi. Va ikki dengiz, ikki davlatday, bir-biriga qo‘shilmaydi. Bu geofizik mo‘jizaning sababi nima? Bu - Ollohning ilohiy san’at ihtishomini (hashamatini) ko‘rsatish uchundir...
Zero, oyati karima Ollohning ilohiy san’at shoh asarlarini bir-bir sanab ko‘rsatuvchi "Rahmon" surasida keltirilgandir. Ha, o‘sha ilohiy ohang mo‘jizasi bo‘lgan surada...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:48:29

6. QUR’ONNING BOShNI AYLANTIRUVChI IChIMLIKNI MAN ETGANLIGI MO’JIZASI
Spirtli ichimlik butun ko‘hna tarix davomida jamiyat boshiga qanchadan-qancha balolar keltirgani yaxshi ma’lum. Ammo, afsuski, na bir tuzum, na bir yasoq va na el aro uyushtirilgan bos-bos buyruqlar - hech qanday kuch spirtli ichimlikka qarshi kurashib, biron natijaga erisholgan emas.
Qur’on har xil tashvishli xodisalar qatorida ilohiy amr bilan spirtli ichimlikni ham taqiqlagandir. Faqat shunisi bilan ham Qur’on mashhur psixoterapevt olim, tibbiyotfanlari doktori, professor Hich aytganiday, asrlar davomida million-million odamlarni tubanlashishdan saqlab qoldi.
Keyingi o‘n yillarda G’arb olamida bo‘lib o‘tgan faqat psixiatriya, psixo-sotsiologiya va rak kongresslarida kun tartibiga chiqqan asosiy masalalardan biri-algogolizmdir. Ayniqsa, sotsial-ruhiy sohalarda olib borilgan tadqiqiotlar taraqqiyotning eng katta dushmani-algololizm borgan sari kengayayotganini ko‘rsatmoqda.
Mayxo‘rlik balosi bir shaxs masalasi bo‘lmay qoldi, taraqqiyotga, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishga xalaqit berayotgani, jamiyatlarga ochiqdan-ochiq tahdid solayotgani olimlarni tashvishga ko‘mmoqda. So‘nggi o‘n yillar ichida alkogolizmga qarshi yana jang boshlandi. Agar bu jang kerakli saviyada olib borilmasa, G’arb dunyosi yo‘qlik qa’riga cho‘ka boshlashi ma’lum qilinmoqda.
Spirtli ichimlik tarafdorlari necha-necha yillar davomida uning zararlarini xaspo‘shlab keldilar, endilikda na mayxo‘rligu, na nashavandlikning biron-bir yoqlanadigan joyi qolmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:48:39

Biz o‘zimiz yashab, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rgan shu so‘nggi yillarda alkogolizmdan ko‘rilgan zararlar, uning og‘ir asoratlari tasdiqlandi va e’lon qilindi:
1. Spirtli ichimlik jigar xujayralarini tinimsiz ishlatadi va vujudda qoidali kimyoviy harakat bo‘lishini ta’minlovchi markaz, ya’ni jigarda har turli kor-hollarni yuzaga chiqaradi;
a) ayniqsa, qonda va xujayrada yog‘ kimyosi kerakli darajada tartibga solinmaganligi uchun lipid va hollestrol chiqishi majburiy bo‘lib qoladi, bular turli tomir xastaliklari va qon bosimining oshishiga asos, sabab bo‘lmoqda;
b) uzluksiz ravishda suyak iligiga asosiy jitobiologik moddalar tayyorlovchi jigarning bu vazifasi ham oqsab qolmoqda. Shu sababli qonsizlik muammosi alkogolning favqulodda oqibati holiga kelayotir;
v) vujud o‘zini ushlab turish qobiliyatini yo‘qotmoqda va turli qo‘shimcha kasalliklar (yiqilib, lat yeb yaralanish, suyak sinishi va h.k.) vujudga kelmoqda.
2. Spirtli ichimlik limfa sistemasi uchun juda jiddiy zahar bo‘lishi allaqachon tasdiqlangan. Ayniqsa, keyingi yillarda yanada batafsil isbotlangan bu haqiqat - limfa suyuqligi va limfa bezlarining tarkibida yog‘ning muhim ahamiyat kasb etishidir. Alkogol esa, yog‘ erituvchilik xususiyati bilan limfa sistemasini yo‘qotishga xizmat qiladi. Limfa rakining ilk alomatlaridan biri - spirtli ichimlik qabul qilinganda qattiq og‘riq berishidir, bu hol xozirgacha isbotlanmagan xodisa edi, endi bu ham isbotlandi. Mana shu boisga ko‘ra, spirtli ichimlik rak kasalining haqiqiy sababchilaridan biri deb topildi.
Tomoq, qizilo‘ngach, jigar va meda raklaridan ham alkogolik ichimliklarining ta’siri kattaligi qat’iyan isbotlangandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:48:51

3. Alkogolning asab sistemasiga ta’siri.
Asab to‘qimasi, qurilmasi va pardasida ko‘pgina yog‘ birikmalari bor. Shu vajdan alkogolning yomon ta’siri, o‘sha yog‘ erituvchilik xususiyati tufayli asab sistemasini ham buzadi:
a) to‘g‘ridan-to‘g‘ri asab sistemasiga ta’sirining oqibati:
polinevrit (chakka tomirlarining umumiy shamollashi), Korsakov sindromi (ayrim kasalliklarga xos xususiyatlarning jamlanishi), delirium tremans (tutqanoqli alahsirash) hamda alkogolik koma (hushdan ketish) kabi og‘ir kasalliklarga duchor qiladi;
b) ruhiy-asabiy ta’siri ham yomon:
gumonsirash, ta’sirchanlikdan boshlab, og‘ir psixozlarga olib boradi;
v) ruhiy-sotsial ta’sirlari: loqaydlik-befarqlik, tanballik, oilaga bog‘liqlikning uzilishi singari mudxish xodisalar yuz beradi.
4. Ichkilikning eng ko‘ngilsiz tomoni, zotga o‘tkazgan ta’siridir.
Genetik xujayralar ko‘p jihatdan yog‘li moddalar tomonidan qo‘riqlanadi. Shu sabali alkogol ko‘pincha, ona orqali farzandda aks etadi. Esi past bolalarning 89 foizi mayparast oila farzandidir. Undan tashqari, yoshlar orasidagi ruhiy kasalliklarning 80 foizi mayxo‘r oila zotlarida bo‘lishi ham ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilgandir.
Qur’onning boshni aylantiruvchi ichimliklarni man qilish borasidagi amrlari tufayli islom jamoalarida bunday kasalliklar nisbatan ozligi va G’arbning islomiy millatlarga qarshi ayovsiz mustamlakachilik siyosati olib borganiga qaramay, islom-millatlarning omon qolishini ta’minlagani ko‘rinib turgan faktdir.
Tag‘in buni ko‘ringki, mustamlakachi uluslar islom o‘lkalariga ichkilik yog‘dirib, ularning sog‘lom hayot tarzlarini buzib, ketidan "muncha orqada qolib ketdinglar?" deya mazah ham qilishadi.

Qayd etilgan