Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari  ( 123708 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 B


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:49:02

7. "IXLOS" SURASINING SIRLARI
"Ixlos" surasi Ollohning o‘zini bandalariga tanitish farmonidir.
Agar Olloh degan tushunchaga "Ixlos" surasining unsurlari yo‘nalishida yondasha olsak, ilmning asos g‘oyalarini o‘zlashtirgan bo‘lamiz.
"Ixlos" surasi, ayni chog‘da, jamiki borliqlarning chegara chiziqlaridir. Olloh tushunchasiga xos xususiyatga ega bo‘lmagan har narsa yaratiqlardir.
Har holda "Ixlos" surasi koinotdagi yaratiqlarning fizik hususiyatlarini farqlab ayirib ko‘rsatgandir.
Bu jihatdan olinganda "Ixlos" surasi butun ilmning tugal bayonidir.
Oldin "Ixlos" surasini Ollohning ta’rifi tarzida tadqiq qilamiz, so‘ngra teskari tarzda barcha yaratiqlarning asos xususiyatlarini yana "Ixlos" surasidan o‘rganamiz:
"Aytingki: U Olloh Ahaddir.
U Olloh Somaddir. U tug‘madi va tug‘ilmadi. Va faqat unga hech bir kufur bo‘lmadi" (kufur - sherik, teng, esh, o‘xshash, misl va hokazo).
"Ixlos" surasini bundan boshqacha qilib, o‘rinsiz kalimalar bilan tarjima qilish, menimcha, mumkin emas.
Chunonchi, "U Olloh birdir", deyolmaymiz. Chunki "bir"ni "vohid" kalimasi ifodalaydi, "ahad" ta’biri esa "vohid"dan farqlidir.
Ko‘rinadiki, Olloh o‘zini bandalariga ta’riflarkan, to‘rt unsurini:
a) Olloh Ahaddir,
b) Olloh Somaddir,
v) U birovni tug‘madi va birovdan tug‘ilmagan,
g) uning tersi va o‘xshashi yo‘q, deb uqtiradi.
Bu to‘rt unsurni izohlashdan oldin illoh kalimasining ma’nosi ustida to‘xtalgim keladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:49:18

"Olloh" kalimasi faqatgina Qur’onda uchraydigan maxsus bir so‘zdir. Hech bir tilda uning tengi yo‘q. 'Tangri", "dizu", "god" kalimalari "iloh" kalimasining tengidir. Inglizcha va frantsuzcha Qur’on tarjimalarida ham bu holga e’tibor berilgan va "Olloh" kalimasi aynan o‘z holida saqlab qolingan.
Yurakning so‘l aortasida (eng katta tomirida) kaftlarimizdagi sobit chiziqlar singari xatlar bilan "Olloh" deb yozilgandir. (Bu haqda bizning 'Toq nur" nomli kitobimizda batafsil to‘xtalingan, 32-bet).
Olloh, olamning eng tanlangan mavjudoti bo‘lmish insonning yuragiga o‘z imzosini biologik bir muhrday urib qo‘ygan. "Olloh" kalimasi Ollohning bilinmas zotiyatining ismidir. Shuning uchun uni "Ixlos" surasining 4 asosiy vositasi ichidagina qamray olamiz.
Mana, ayniqsa, Ahadiyat va Somadiyat siri yaxshi bilib olinsa, ilmda juda muhim va qimmatli haqiqatlar ham qamrab olingan bo‘ladi.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, "Ixlos" surasiga oid bu sharhimiz faqat asos ilmlar nuqtai nazaridandir.
"Ixlos" surasining to‘la-to‘kis tafsiri, barcha tafsilotlari bilan "Namoz suralari yo‘rimi" nomli kitobimizda mavjuddir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:49:27

 Ahad siri:
Ollohning zotiga oid o‘ta o‘ziga xoslik, ya’ni toqlik hikmatini tushunib yetmoq uchun vahdoniyat va ahadiyat ma’nolarini tushunib olmoq kerak. Chunki ilmiy jihatdan ham bu ma’nolar favqulodda ahamiyatlidir.
Vahdoniyat biz bilgan toqlik (birlik) unsuri demakdir. Bu toqlik ma’lum sifatlar jihatidan bo‘lishi mumkin. Masalan, barcha nafslar toqdir. "Kullu nafsin vohida", ya’ni nafslar ehtiros, zulm, manfaatparastlik nuqtai nazaridan bir xil xususiyatlarga egadirlar, demakdir.
Butun elektronlar vahdoniyat siriga ega. Chunki o‘z xususiyatlari bilan ular aynan bir-birlarini takrorlaydilar. Ko‘plik atom mag‘zidagi proton miqdoridan vujudga keladi. Lekin aslida protonlar ham, mustaqil holda ekan, vahdoniyat, ya’ni toqlik siriga sohibdir.
Demak, fizik unsurlarga ko‘ra juda ko‘p unsurlar o‘zida toqlik sirini tashiydi. Toqlikning ziddi bo‘lgan ko‘plik umuman bir-biriga zid juftlar tarzidagi sajiyadan tug‘iladi. Bu jihatdan fizika ham toqlik siriga ega, Ko‘z o‘ngimizdagi har bir element o‘zining zid jufti tufayli ko‘plikni tamsil etadi.
Elementlardagi toqlik ko‘rinishi ilohiy qudratning vahdoniyat siridan tug‘iladi.
Lekin, unutmaslik kerakki, Qudrat-i Ilohiy bir sifatning aks etishidir va Ollohning zotiga oid bo‘lgan Ahadiyatdan farqlanuvchi toqlikdir. Yanada ochiqrog‘i bu birlik ashyoda, zid juftlar nizomiga ko‘ra, istagancha ko‘plik shaklida ko‘rina oladi, bu - vahdoniyatdan tug‘ilgan toqlikning siridir.
Ahadiyatga kelinsa, u, fizik va matematik xususiyatlardan tashqaridagi birlikdir va ashyoda, ya’ni yaratilgan narsada bor bo‘lolmaydigan birlikdir. Ahadiyat shaxsan bir sifat jilvasi bo‘lgan vahdoniyat shakliga ham kirolmaydi.
U holda ahadiyat toqligi qanday toqlikdir? Bu savolning javobini yana "Ixlos" surasining o‘zi so‘nggi oyatida bildiradi: "O’xshashi va ziddi bo‘lmagan toqlik"dir. Shunday bo‘lgach, gal-gali bilan bilgan ma’nolarimizni tadqiq qilaylik: qaysi mezondagi toqlik bu? Ajabo, qudrati cheksiz bo‘lgan quvvatni Ahadiyat desa bo‘larmikan? Yo‘q, uning ziddi (tengi) bor: kuchsizlik.
O’lchovlar, vaqt, kvant, atomlar, galaktikalar, yangi yulduzlar - bularning hammasi ziddi yo o‘xshashi bor bo‘lgan borliqlardir. Bular qaysidir bir jihatdan vahdoniyat sirini tashiydilar, ammo ahadiyat sirini tashimaydilar (joziba va magnitik taranglik).
Shu tufayli bularning hech biri Olloh bo‘lolmaydi. "Ixlos" surasi Olloh ma’nosini tushuntirarkan, ilk oyatidayoq bilganlarimizning hech biri Olloh bo‘lolmasligini ta’kidlaydi va bularning barchasining narigi yog‘ida mutlaq bir toqlik borligini, bu toqlikning o‘xshashi va ziddi bo‘lolmasligini uqtiradi.
Matematik jihatdan 1 soni ham ahadiyat siriga ega emas, chunki-1 bor.
Kvant ham fizik jihatdan ahadiyat siriga ega emas, chunki handasa (geometriya) amaliyotida undan ham kichik Hilbert makoni bor.
Koordinatlar, ya’ni nuqtaning joyi ham geometrik jihatdan doimo zid o‘xshashlik farqni ko‘rsatgani tufayli ahadiyat sirini tashiyolmaydi.
Ammo har uchalasida ham vahdoniyat siri bor.
Shunday bo‘lgach, Ahadiyat, bu - yolg‘iz Ollohga, uning zotiga xos bir mutlaq toqlikdir. Zehnlarda paydo bo‘lgan har bir o‘rnak, ilm bilan o‘zini izohlab, ma’no chegarasini cheksizlashtiradi. Bir-biridan farqlanuvchi har xil toqlar, Ollohni bilib bo‘lmasligining muhtasham bir ko‘rgazmasidir.
Hammasini ko‘rib, bilib bo‘lgach Olloh bundaylardan emas, deysiz. "Ixlos" surasi ko‘rsatgan ilk ilmiy mo‘jiza mana shudir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:49:41

Somad siri:
Somad - shonli, ulug‘, barcha g‘oyalar manbai, nuqsonsiz, har narsadan to‘q (hech narsaga muhtoj emas) ma’nolarini bildiradi. Lekin eng asosiy ma’nosi: har qanday borliq unga muhtoj, undan madad olmay turolmaydi, u oliy qudrat demakdir.
Koinotda har borliq, koinotning har nuqtasi somad siriga muhtojdir. Somad sirini, kitobimizning tafsir tarzi nuqtai nazaridan, ya’ni fizik tomonidan sharhlagim keladi:
Ajabo, inson Somad siriga qanchalik muhtoj ekan?
Ma’lumki inson o‘z navbatida atomlardan molekulalarga, molekulalardan hujayralarga, hujayralardan to‘qimalarga va undan a’zolar tizimiga o‘tuvchi bir jismoniyat sohibidir.
Bir atom mag‘zi, inter aktsion jozibasi sababli, bir soniyada o‘n milliard marta muvozanat titrog‘i beradi. Bu muvozanatni saqlash uchun bir soniyada o‘n milliard marta somad siriga muhtoj bo‘ladi.
Bir inson vujudida 7x1028 atom mag‘zi, taxminan 14x1(R elektron bor. Demak, inson o‘zidagi atom va elektronlar tufayli bir soniyada atom mag‘zi jihatidan 7x1028 va elektronlar jihatidan 14x1028 marta somad siriga muhtojdir.
Bu degani - biz bir soniyada milliard karra milliard karra milliard karra milliard bora somad siriga muhtoj bo‘lamiz. Somad bizga lutf etmasa, biz bir bombaday portlaymiz. Atomdan molekulagacha, u yerdagi roppa-rosa 2000 bioximiya fabrikasi hujayrasigacha somad siriga muhtojligi shu qadar kattaki, har bir insonning vujudi, butun borlig‘i, hech shubhasiz, bir soniyada cheksizga yaqin miqdorda somad siriga sig‘inishga majburdir.
Shunday qilib, "Ixlos" surasi ahad siri orqali Ollohni bilib bo‘lmasligini ta’kidlar ekan, ayni chog‘da somad siri orqali har hodisa, har qurilma naqadar Ollohga bog‘liqligini tushuntiradi.
Olloh ma’nosiga ilmiy yondoshuvni shu tariqa aniq ifoda qila olish yana faqat Ollohga xos san’atdir.
"Ixlos" surasining ilk ikki oyati ham Qur’onning ilohiy kalom ekanligini isbotlash uchun yetarlidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:50:21

"Ixlos" surasining bundan keyingi bo‘limi, ya’ni qolgan 3 oyati - insonning hatto ilmda ham yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolari haqida hukm yuritgandir:
"U tug‘madi va tug‘ilmadi"
Ma’lumki, barcha insonlarda tug‘ish va tug‘ilishning ikki ma’nosi bor.
1. Biz bilgan tug‘ish va tug‘ilish.
2. Vujudga kelish va vujudga keltirish. Ilmiy jihatdan:
Ollohning bir narsani o‘zidan biron ulush qo‘shib vujudga keltirmasligi amri juda ham muhimdir.
Na kvantu, na yulduzlar, na-da, galaktikalar Olohning ulushi, bir parchasi emas. Ular va barcha yaratilgan mavjudotlar Ollohning zotiga tegishli biron xususiyatga ega emaslar. Uning sifatlaridan biri yo bir nechasini akslantiradilar.
Ollohning ilmiy qudratlari uning sifatlari, bu ko‘rinishlar, jilvalanishlar, koinotlarga aks tushirib, bir bichim bergandir.
Har borliq, Ollohning somadoniyat va ahadoniyat siri tashqarisidagi bir ko‘plik sistemasidir. Yana islom metofizikasi ta’biri bilan aytsak: Olloh jamiki olamlarni yaratgan, o‘zidan biron narsa kamayib qolmagandir.
"Tug‘madi" hukmi ham ilmiy tomondan juda muhimdir. Olloh biron narsadan vujudga kelmadi, zero bor bo‘lgan, borligi xayol qilinishi mumkin bo‘lgan har narsani u yaratdi. Ilmni, aqllardagi tushunchani va tasavvurni u yaratdi. Bu chegarasiz haqiqat avtomatik tarzda ahadiyat siriga borib taqaladi. Va "Ixlos" surasi so‘nggi oyati bilan, oldingi uch oyatning sirini anglashda qiynalgan zehnlarga yangi chiroq kiritgan: "Va faqat unga hech bir kufuv bo‘lmadi".
"Kufuvan ahad" jumlasidagi "kufuv ning ikki tarafli bir ma’nosi bor. Bu bir ma’no ichida: a) teng bir o‘xshashi, b) teng ziddi degan tushunchalar yashiringan. Buni, yaxshisi elektr misolida ko‘raylik.
+5 potentsial bilan -5 potentsial kufuvdir. Bir joydan o‘tgan 5 amperlik oqimda yana -5 amperli oqim kufuv bo‘la oladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:50:43

"Ixlos" surasida, shu tariqa ta’rifi va ma’nosi tushunilishi qiyin bo‘lgan Ahad kalimasining izohi, bu so‘nggi oyatda o‘zini topgandir. Yaratilgan har narsaning bir kufuvi, ya’ni ziddi va yo o‘xshashi bo‘lgan holda, Ollohning na ziddiyu, na o‘xshashi bor. Teparoqdagi bahslardan ba’zi birlarini yodga olish orqali parite nazariyasi, koinotdagi har narsa juft yaratilganini, ziddi va o‘xshashi borligini to‘la-to‘kis bir shaklda ochib beradi. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar blak holes ("qora tuynuklar") kabi izohi qiyin borliqlarning ham ziddi borligini, ya’ni kvazarlar mavjudligini tasdiqlagandir. Buyuk galaktikalarning ham aynan o‘xshashlari va yo zidlari, hech shubhasiz bordir.
Mana, Haq-Taolo, "Ixlos" surasida ham uchinchi oyat yordami bilan, ham to‘rtinchi oyat ichida ahadiyat haqiqatini ko‘rsatgan katta ma’nolari shulardir:
a) yaratilganlarning hech biri Ollohdan parcha emasdir;
b) yaratilganlardan hech biri Haq-taologa na zidlik jihatidan, na-da eshlik jihatdan o‘xshash bo‘lolmaydi.
Shubhasiz, "Ixlos" surasining hadsiz ma’noviy sirlari bor. Lekin kitobimizning maqsadi "Ixlos" surasining ilmiy jihati bo‘lganligi uchun boshqa tafsilotlarga to‘xtalmadik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:52:45

YETTINCHI BO’LIM

QUR’ONNING KALOM SIRI


Men shu yergacha aqlchi (ratsionalistik) ilmlar yo‘li bilan Qur’onning qanday muhtasham mo‘jizalar manbai ekanligini ochishga urindim. Endi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qur’onning o‘ziga yaqinlashib, uning aql bovar qilmas siri-Qur’on haqiqatiga e’tiboringizni tortmoqchiman.
Har kuni sizni o‘rab olgan ba’zi hikmatlarni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Qur’ondan oyatlar o‘qib, balolardan qutulganingizni, o‘qigan fotihangiz bilan o‘liklarga huzur va rahmat yetkazganingiz va yo Qur’onni anglamasangiz ham uni eshitganda ko‘nglingiz yayraganini, ko‘zlaringiz nurga to‘lganini, qanchadan-qancha kitoblar, so‘zlarning ta’siri tez o‘tib ketgani holda, Qur’onning ta’sirchanligi o‘n besh asrdan beri hech o‘zgarmay yashab kelayotganini xayolingizdan o‘tkazganmisiz?
Butun bu haqiqatlarni quruq moddiy qoliplar asosida sezib bo‘ladimi?
Qur’onning mana shu moddiy dunyodan tashqaridagi hikmatlari kalom siri deyiladi. Payg‘ambarimiz Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamdan: "Ey, Ollohning Rasuli, har payg‘ambarning bir mo‘jizasi bor: Musoning hassasi, Iso nafasining hayotbaxshligi (o‘liklarni ham tiriltira olishi)ni bilamiz. Sizning mo‘jizangiz nima?" - deb so‘raganlarida, "Mening mo‘jizam kalomdir", - deb buyurganlar.
Kalomdagi so‘zlar so‘z emas, so‘zlar yig‘indisi oddiy gap emas, ilohiy hikmatlar xazinasidir. Kalomdan tashqaridagi barcha so‘zlar va bilimlar moddaning tashqi xususiyatlarini bildiradi. Kalom esa har narsaning mohiyatini ochib beradi. Bu mohiyatda Tangrining ilg‘or san’atini ko‘ramiz va go‘zalligini his qilamiz, Qur’on oyatlari har bir kalimasida, har bir iborasida bizni bir sirdan ogoh etadi, har narsaning, har xodisaning zamiridagi haqiqatni anglatadi.
Qur’on, har kalimasi bilan ashyoning mohiyatini eng tashqaridan eng ichigacha - qalbigacha, o‘zagigacha - birma-bir ochib beradi, har o‘qilganda yangi bir hikmatni his qildiradi.
Zero, Kalom siri - bu, ma’nodir. Shu vajdan bu sir zako va idrok bilan emas, qalb bilan seziladi.
Qur’onning eng asosiy jihati bo‘lgan ifodalar va qamrovlarning tagiga yetish juda qiyin. Men Qur’ondagi ana shu hikmatni to‘rt bo‘lim orqali sizlarga yetkazishga urinib ko‘raman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:53:35

A) Qur’onning hay siri
Hay - tirik va jonli ma’nosida keladi. Lekin haqiqatda Ilohning bir Sifatidir. O’lmaslikni, mangu tiriklikni bildiradi. Shu tufayli hay - jonlilarga oid foniy hayot emas, jamiki tirik mavjudodlarga oid mushtarak tushunchadir. Borliqlarning genetik shifrlar orqali avloddan avlodga o‘tkazib qoldirgan hayot hikoyasi - hay siridan bir parchadir.
Qur’ondagi hay siriga kelinsa, bu oyatlar ma’nosidagi o‘lmaslikni ifoda etadi.
Qur’on kalomi abadiy tirikdir: yashayveradi, kun o‘tgan sayin yosharib boraveradi, eskirmaydi hamda oyatlarning ma’no va g‘oyalari g‘aroyib bir jonli mavjudodday oramizda aylanib yuraveradi. Butun hayotga toshining og‘irligini sezdiradi.
Biz bu hay sirini qanday his etamiz? Hay siri chindan ham qalb ko‘zi bilan seziladi. Faqat u bizga, ilmda aks etgan jihatlari ila ko‘riladi. Chunonchi:
1. Uning amrlari insonga baxtiyorlik ato etishi necha bor isbotlangandir. Uning taqiqlariga amal qilmagan insonlar va jamoalar ne-ne falokatlarga duchor bo‘layotganlari, umrlari besamar o‘tayotgani ham ko‘rinib turibdi. Chunonchi sadaqa haqidagi amrlari insonlar orasida hal qilish qiyin bo‘lgan umumiy birlikni vujudga keltirishi shak-shubhasizdir. Bu amrlarga rioya qilmaganlarning "insonparvar" doktrinayu rejalari g‘avg‘o chiqarishdan boshqa narsaga yaramayotir, dunyo sahnasida umidsizlik vujudga keltirayotir.
2. Uni yurakdan tinglanganda, jamiki alamlardan, mushkullardan forig‘ bo‘linadi, siz o‘zingizni ma’nolar jannatida ko‘rasiz. G’am-g‘ussalaringiz, dardlaringiz ham tinadi. Bu Qur’onning hay mo‘jizasi ichidagi shifo siridir. Uning aql bovar qilmas bu hikmati, hatto inonmaganlarga ham seziladi.
3. Uning duosifat oyatlarini o‘qiganda ne-ne balo-qazolarning moddiy sharpalari kelib yoningizda to‘xtab qolganini ko‘rasiz. U oyat kuchi, cheksiz energiya pardasi bo‘lib, sizni o‘rab olib, balo-qazodan himoya qiladi.
4. Olamdan ko‘z yumgan qadrdonlaringizga uni o‘qiganingizda bamisoli ulardagi baxtiyorlik, mamnunlik, rozilikni birga yashaganday bo‘lasiz. U oyatlar boshqa bir olamga yetib borganini va qanday aks-sado berganini tuyasiz. Uning hay siri go‘yo sizga u olamdan allaqanday bir daraklar keltirganday bo‘ladi.
Shunday lahzalarda o‘lik bilan sizning orangizda butun bo‘y-basti bilan turgan achchiq bir musibat alami, bosma qog‘oz bilan shimilganday shimiladi, go‘yo yaqiningiz o‘lmaganday, yashashda davom etayotgandek ko‘rinadi.
Lekin bular hay sirining shuuringizga va ahvolingizga o‘tkazgan ta’sirlaridir. Uning asl hikmati - siz bilan birga ich-ichingizning eng yashirin joylarida hukm surishidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:54:34

"Qur’on bilan iymonli inson egizak aka-ukalardir", - Hadis hukmi bu sirning eng tiniq ta’rifidir.
Oyatlarning tashqi ma’nosi insonning moddiy hayotini tamsil etadi, hay siri esa, insonning ko‘nglini tamsil etadi. Insonning asl mohiyatini uning ko‘ngli ko‘rsatganiday oyatlarning hay mo‘jizasi ham ich-ichdadir. Qur’on oyatlari inson uchun jamiki olamlarga o‘tish vizasi bo‘lib xizmat qiladi va insonning qiymatini belgilaydi, bu ham oyatlarning hay siridir.
Bu bo‘limning so‘nggi ikki qismida bu hikmatlarni maxsus maydalab sharhlayman.
Inson, Qur’on axloqini butun borlig‘iga singdirgandagina unga egiz bo‘lish hikmatiga erishadi. Buyuk avliyolar singari haqiqiy tiriklikni, hay sirini topadi. Qur’onning eng buyuk mo‘jizasi mana shundan iboratdir.
Oyatlarning hukmi asosida o‘z imoni va amalini bir butun qilib olgan inson haqiqiy tiriklikka (o‘lmaslikka) erishadi.
Tushunish va idrok qilish bir oz qiyin bo‘lgan bu holatni yanada kengroq sharhlashga urinib ko‘ray:
Qur’on oyatlarini bir bora o‘z shaxsiyatida aks ettirgan inson, olamlarning jamiki makonlarida bir holdan ikkinchi holga o‘tadiki, bu ayni chog‘da, xom ashyoning ichki haqiqatini izlab topmoq, hamda Payg‘ambarimiz Rasuli Akramning boshidan kechirgan holatlarini tatib ko‘rmoqdir.
Tasavvufda bu hol haqiqiy tirilish yoki o‘lishdan oldin o‘lish deyiladi.
Bu mo‘jizaviy jarayon davomida alast , jannat har on his etiladi. Bu kimsa jannatga oid bir oyatni o‘qisa, ul makonni aynan his etadi, o‘tmishdagi bir qavm hikoyasini bayon etuvchi oyatni o‘qisa, o‘sha zamonning o‘sha qatlamiga nur bo‘lib kirib boradi va o‘sha voqealarni aynan tomosha qiladi. Shu vajdan hay siriga erishganlar, jamiki insonlarga, shaxsan o‘zi boshdan kechirayotganday, achinadilar. Buyuk avliyolarning so‘ngsiz insoniy muhabbati shu hikmat orqali tug‘iladi.
Hech shubha yo‘qki, Qur’on oyatlari asosida yashash, ularga moslashish - Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga taqlid qilish va ul Muborak Zot kabi harakatda bo‘lish san’atidir. Aks holda, har kim o‘zicha Qur’on asosida yashayapman deb hisoblayversa, albatta, ul kishi hay sirining farqiga borolmaydi. Holbuki, Qur’on oyatlari asosida yashashning asosiy sharti yana hay sirida namoyondir. Zero, Qur’on oyatlariga uyg‘unlashishning har bosqichida ko‘ngilda butun olam sarvari Payg‘ambarimizning ko‘nglidagi jarayonlar yuz berib o‘tadi. Bu holdan -holga o‘tish jarayonida inson bir lahzada so‘ngsizlikka qadar bora oladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2009, 00:54:44

Odamlarimizdagi har chizgi (alomat) Payg‘ambarimizning sirini tashisa, bu - hay siri tug‘iladi, deganidir.
Hayotiy va asl (original) bo‘lgan bu oliy hikmat yonida, albatta, bosqichma-bosqich hay sirini tatish lazzatlari bor. Qur’onning bir dona oyatiga rioya qilish ham mustaqil bir hay siridir. Masalan, faqat nafaqa (hadya) ulashmoq, Olloh o‘ziga bergan har ne’matdan boshqalarga bermoq hikmatiga yetishgan kishi, o‘z-o‘zidan bir insonlik mehrini qozonadiki, bu tiriklik uni yana bir o‘lmaydigan hikmatga yetishtiradi.
Qur’ondagi hay hikmatining juda muhim jihati shundaki, u insonga g‘ayrat beradi. Boshqacha aytganda o‘lik qalblarni tiriltiradi. Yana aniqrog‘i qalblar ma’naviy jihatdan faqat Qur’on bilan jonlandi, ya’ni qalb uning oyatlaridan kelgan hay siri bilan ko‘zini ochgan uyqudagi go‘zal kabidir. Uni bir tarafdan alast xitobi (chorlovi) bilan, ikkinchi tarafdan haqiqiy yurti bo‘lgan jannat hidi bilan faqat Qur’on tiriltiradi.
Haq oshiqlari chuqur uyquga ketsalar ham ba’zan darhol uyg‘onadilar, ba’zan bir turli ko‘zalarini ocholmaydilar. Shu vajdan Qur’onni idrok etolmagan qalbga o‘lik ko‘z deb qaraladi.
Qalbning jonlanishi vijdonning tug‘ilishi va imon olovining yonishi bilan ko‘zga tashlanadi. Undan keyin bu tirilish gul g‘unchasining ochilishiday qavat-qavat bo‘lib davom etadi va to‘xtaydi.
Namoz va namozda Fotihaning kunda 40 marta o‘qilishi naq abadiyatgacha davom etadigan bu jonlanishga xush ohang qo‘shadi.
So‘ngsiz go‘zalliklarda odam hech to‘ymaydigan zavq olamida, har kun yangi bir makonning tomoshasi va har kun yangi bir lazzatning siri tajalli etadi. Qur’on mana shunday: insonni har kuni yangi bir olamning tirikligiga eltadigan Ilohiy mo‘jiza. Va buni boshidan o‘tkazganlar: "HAYF Qur’onni faqat kitob deb bilganlarga!" - deya xitob qiladilar.

Qayd etilgan