Qur'on Shifo  ( 58714 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Munavvara  08 Mart 2009, 13:02:32

:bs2:

Alhamdu vat ta'ziymu lillah. Vassolatu vat taslimu 'ala ashrafi xolqillah.
Ammo ba'd:


Islom olamining mashhur ulamosi Imom G'azzoliy shunday deganlar: "Qur'on bir nurdir. Xatoga bormoqdan najot topish, qutilish faqat u bilan mumkindir. Qalblarni buzgan kasalliklarga shifo undadir". Darhaqiqat, Qur'oni karimning mo'jizasini qarangki, 15 asrdan buyon insoniyatga Allohni tanitib, hidoyat yo'lini yoritib kelayotgan bu muqaddas kalom ummatlarning tashna qalblarini, ruhlarini imonning pokiza suvlari ila sug'oribgina qolmay, ulaqrning jasadlari va a'zolaridagi xastaliklarga ham shifo bo'lib kelmoqda, turli shaytoniy vasvasalardan va xabis yomonliklardan panoh topishlariga yordam bermoqda.

Ushbu mo'jazgina risolamiz Qur'oni majidning ana shu kashfiyotini, hayotda duch keladigan xastalik, ofat va xatarlardan insonni asrashlik mo'jizasini ko'rsatishga kamtarona bir urinishdir.

Ma'lumingizkim, keyingi paytlarda kitob rastalarida "Bibi mushkulkushod", "Bibi seshanba", Ming dardga - ming shifo"... kabi ishonchli dalillarga suyanmagan, manbaining tayini yo'q, "bozorgar" kitobchalar ko'payib ketdi. Ilohiy chashmalardan suv ichmoqqa tashna xalqimizga bu kitoblarning qay darajada manfaati bo'lyabti bilmadigu, ammo ularni o'qigan farosatli dindorlarimizda chuqur taassuf uyg'otayotgani, Islom haqiqatlari bilan endigina oshno bo'layotganbiro9darlarimizning dunyoqarashidaesa, sof dinimizni hurofot va uydirmalar bilan qorishtirib yuborishdek nohush hissiyot tug'dirayotgani aniq.

Qur'onning ta'sirchan va shifo ekanini aytib, Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:
"Biz mo'minlar uchun shifo va rahmat bo'lgan Qur'on oyatlarini nozil qilurmiz". (Isro, 82-oyat);
"Ayting: "(Ushbu Qur'on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir" (Fussilat, 44-oyat)

Bu borada Ibn Moja Ibn Mas'uddan (r.a.) rivoyat qilgan hadisi sharifada sevimli payg'ambarimiz Muhammad  :sw: bunday tavsiya qiladilar: "O'zingizga 2 shifo - asal va Qur'onni lozim tuting".
Hazrati Alidan rivoyat qilingan hadisi sharifda esa: "Davolarning yaxshisi - Qur'on", deydilar.

Qur'oni karim bilan dam solish va panoh haqida salasi solih ulamolarimizning so'zlarini ham bu o'rinda zikr qilib o'tamiz.

Imom Ibn Tiyn aytadilar: "Falaq va Nos suralari va Alloh taoloning ismlari bilan dam solish tibbi ruhoniydir. Agar u abrorlar tili orqali bo'lsa, Allohning izni bilan shifo hosil bo'ladi".

Bunga Payg'ambarning  :sw:: "Agar kishi uni ishongan holda toqqa o'qisa, u o'rnidan siljiydi", degan so'zlari ham dalildir.

Imom Qurtubiy aytadilar: "Alloh taoloning kalomi va ismlari bilan dam solish joiz".

Imom Shofe'iy: "Allohning kitobi va mashhur zikrlar bilan dam solishning zarari yo'q", deydilar.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:04:18

Imom Nasafiy aytadilar: "Allohning kitobi va Rasulullohning  :sw: hadislarida mavjud so'zlar bilan panoh tilash mumkin. Ammo suryoniy, ibroniy va hindiy duolar bilan panoh so'ralmaydi. Ularga e'tiqod qilish va suyanish halol emasdir".

Bu bo'limni tasnif etishda sayyidul-mursalin  :sw: sunnatlari va salafi solihinnig boy tajribalariga suyanilgan. Hadisi shariflarni ishonchli manbalardan tanlangan.
Shoyadki, ushbu kitobcha birodarlarimizga Qur'oni karim yordamida ruh va jasad xastaliklaridan panoh topishda biroz ko'mak bersa!

Alloh taol bu ojizona harakatlarimizni O'z dargohida xolis niyat savobi ila qabul aylasin, sahvu xatolarimizni kechirsin! Omiyn!
 Ahmad Muhammad

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:09:02

 
QUR'ON SHIFO
 
                                                               
"Albatta, u asralgan Kitobdagi Ulug' Qur'ondir. Uni faqat tahoratli - pok kishilargina ushlarlar. (U) barcha olamlar Parvardigori tomonidan nozil qilingandir" (Voqe'a, 77-80-oyatlar).

Qur'on va asal bilan davolanish

Ibn Moja va boshqalar Ibn Mas'uddan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  :sw: shunday marhamat qiladilar:
"O'zingizga ikki shifo - asal va Qur'onni lozim tuting".
Izoh: Ibn Qoyyim al-Javziya "At-tibb an-nabaviy" (Payg'ambar tabobati) kitoblarida ushbu hadisga shunday izoh beradilar: "Rosululloh  :sw: bashariy tib bilan ilohiy tabobatni, jasadlar tibbiyoti bilan ruhlar tabobatini, zamin davosi bilan samoviy davoni jamladilar".

Alloh taolo asal haqida: "Unda odamlar uchun shifo (bor)" (Nahl, 69-oyat), deydi, Qur'on xususida esa, bunday xabar beradi: "(U) hidoyat va shifodir"


Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:11:27

Davolarning yaxshisi

Yana Ibn Moja Alidan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi:
"Davolarning yaxshisi Qur'ondir".

Hasta huzurida Qur'on o'qish

Abu Ubayda ibn Talha Masraf rivoyat qilishicha:
"Agar Qur'on hasta xuzurida o'qilsa, u bundan yengil tortadi", deyilgan.

Tomoq og'rig'ini Qur'on o'qish bilan davolash

Imom Bayhaqiy "Shu'abul-iymon" kitoblarida Vosila ibn Asqa'dan rivoyat qilishlaricha, bir odam Rasulullohga  :sw: tomoq og'rig'idan shikoyat qildi. Shunda Rasulullohga  :sw: unga: "Qur'on o'qishing lozim", dedilar.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким касал кўргани борса, агар ажали етмаган бўлса, унинг ҳузурида «Асъалуллоҳал ъазийм роббал ъаршил ъазийм ан йашфийака» дуосини етти марта ўқиса, Аллоҳ таоло уни касалидан халос қилиб шифо беради», дедилар. Маъноси: «Улуғ Аллоҳдан, буюк арш Раббидан сенга шифо беришини сўрайман».
Алидан (р.а.) ривоят қилинишича, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам агар касал кўргани кирсалар, «Азҳибил баъса ишфи анта шафий, ла шафия илла анта», деб дуо ўқирдилар. Маъноси: «Сен инсонларнинг Раббисан, қийинчиликларни кетказ, шифо бер, Сен шифо берувчисан, Сенинг шифоингдан бошқа шифо йўқ».

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:14:31

Qalb og'rig'i

Ibn Mardavayh Abu Said al-Hudriydan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, bir kishi Payg'ambar  :sw: oldilariga keldi va: "Men qalb og'rig'idan shikoyat qilaman", dedi. Shunda Rasululloh  :sw: unga : "Qur'on o'qi, Alloh taolo uni: "Qalb (dil)lardagi xastaliklarga shifo" (Yunus surasi, 57-oyat), deb aytgan" dedilar.

Fotiha surasining hususiyatlaridan

:bs2:
Alhamdulillahi robbil 'alamiyn. Arrohmanir rohiym. Maliki yavmiddiyn. Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'iyn. Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotollazina an'amta 'alayhim, g'oyril mag'zubi 'alayhim valazzoliyn.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamdu sano butun olamlar hojasi, mehribon va rahmli, jazo (qiyomat) kuninig egasi - podshohi bo'lmish Alloh uchundir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so'raymiz. Bizlarni g'azabga duchor bo'lmagan va haq yo'ldan toymagan zotlarga in'om qilgan yo'ling bo'lmish - To'g'ri yo'lga yo'llagaysan.

Imom Bayhaqiy va boshqalar Abdulloh ibn Jobirdan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg'ambar  :sw:: "Fotihatul-kitobda dardga shifo bordir", deganlar.
Ba'zi bir rivoyatlarda u o'limdan boshqa hamma narsaga kifoya qilishi aytilgan.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:16:55

Zaharlangan kishiga davo

Said ibn Mansur, Bayhaqiy va boshqalar Abu Said al-Xudriydan (r.a) rivoyat qilishgan hadisda shunday deyiladi: "Fotihatul-kitob zaharga shifodir".

Ilon chaqqan kishini davolash

Imom Buxoriy Abu Said al-Xudriydan (r.a.) quyidagi rivoyatni naql qiladilar: "Safarda edik. Bir qiz kelib: "Ovulning ulug'ini ilon chaqqan, sizlarning ichingizda qaytariq qila oladigan kishi bormi?" deb so'radi. Shunda bir odam qiz bilan bordi va bemorga "Fotihatul-kitob"ni o'qib dam soldi. U odam tuzaldi. Bu hodisani Payg'ambarimizga  :sw: aytishganda: "Uning qaytariq ekanini sizlarga kim o'rgatdi?" dedilar".

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:23:48

Dam solish

Imom Tabaroniy "Al-Avsat" kitoblarida Soib ibn Yazidning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "Rosululloh  :sw: menga "Fotihatul-kitob" bilan suflab dam soldilar".

O’limdan boshqa har narsadan omonlik

Imom Bazzor Anasdan (r.a.) Rosulullohning  :sw: ushbu hadislarini rivoyat qilganlar: "œYonboshing yostiqqa tekkanida "œFotihatul-kitob" va Ixlosni o’qisang, o’limdan boshqa hamma narsadan omon bo’lasan".

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:26:30

Uyni Shaytondan himoya qilish

Imom Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg'ambar  :sw: aytadilarki: "Baqara surasi o'qilgan uyga shayton kirmaydi."

Og'riqning iloji

Abdulloh ibn Ahmad Ubay ibn Ka'bdan (r.a.) quyidagicha rivoyat qiladilar: "Men Payg'ambar  :sw: huzurlarida edim. Shunda bir a'robiy kelib dedi: "Ey Allohning payg'ambari, mening bir birodarim og'rib qoldi..." Payg'ambar  :sw:: "Dardi nima?" deb so'radilar. U : "Lamam (ruhiy hastalikning bir ko'rinishi)", deb javob qildi. Rasululloh  :sw: unga: "Birodaringni bu yerga olib kel", dedilar. Uni olib kelib, oldilariga o'tkazishdi. Payg'ambar  :sw: quyidagi oyatlar bilan dam soldilar:
 "Fotihatul-kitob" bilan

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:28:18

Baqara surasining avvalidagi 4 oyat bilan:

Alif. Lom. Miym. Zalikal kitabu la royba fiyh, hudal lil muttaqiyn. Allazina yu'minuna bil g'oybi va yuqimunas solata va mimma rozaqnahum yunfiquun. Vallazina yu'minuna bima unzila ilayka va ma unzila min qoblika va bil axirotihum yuqinun.

Alif, lom, mim. (Haq ekanligiga) hech qanday shak-shubha ushbu Kitob g'oyibga ishonadigan, namozni to'kis ado etadigan va biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan taqvoli kishilar uchun rahbar-yo'lboshchidir. Ular sizga nozil qilingan va sizdan ilgari tushurilgan narsalarga iymon keltiradilar va oxirat kuniga aniq ishonadilar;

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 13:29:10

"Oyatal-kursiy" bilan:

Allohu la ilaha illa huval qoyyum, la ta 'huzuhu sinatuv vala navm, lahu ma fissamavati va ma fil arz, man zallazi yashfa'u 'indahu illa biiznih, ya'lamu ma bayna va ma xolfahum, va la yuhituna bishay'im min 'ilmihi illa bima shaa, vasi'a kursiyyuhus samavati val arz, va la yauduhu hifzuhuma va huval a'liyul a'ziym.

Allohdan o'zga hech qanday tangri yo'q. Faqat uning o'zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmaydi. Samovot va yerdagi bor narsalar Uningdir. Uning huzurida hech kim (birovni) Uning iznisiz oqlay olmaydi. U ularning (barcha odamlarning) oldilaridagi va orqalaridagi bor narsani biladi. Va ular U Zotning ilmidan faqat O'zi istagan narsalarnigina biladilar. Uning arshi-kursisi osmonlar va yerni hifzu himoyatda saqlab turish qiynamaydi. U eng yuksak va buyukdir;

Qayd etilgan