16 — Nuhning da`vati
Nuh o`z qavmini da`vat e`tdi va nasihat qilishga kirishdi.
"œNuh dedi: "œMen sizlar uchun yuborilgan ochiq da`vatchiman: Alohgagina ibodat va taqvo qilib, ungagina itoat e`tinglar, Alloh sizlarning gunohla-ringizni kechiradi va sizlarni belgilangan muddatga kechiktiradi. Agar bilsangizlar, Allohning ajali kelgan vaqtida aslo ortga surilmas".
Alloh ularga g`azab qilgan, yomg`irni to`xtatgan, natijada, hosil va nasllari ozayib ketgan e`di.
Shuning uchun ham Nuh: "œE`y, xalqim, Agar Allohga iymon keltirsangiz, U sizdan rozi bo`ladi va boshingizdagi azob ketadi.
U sizlarga yomg`irlarni yog`diradi va rizq va naslingizda baraka beradi"- dedi.
Nuh xalqini Alloh yo`liga da`vat e`tdi va dedi:
"œSizlar Allohni tanniysizlarmi?! Atrofingizdagi Allohning mo`jizalarini ko`rmaysizlarmi? Yer va Osmonga boqmaysizlarmi?
Osmonlarni kim yaratdi?
Osmonlarga Oyni nur, Quyoshni chiroq qilib kim joylashtirdi?
Sizlarni kim yaratdi? Sizlarga yerni to`shab qoygan zot kim?".
Nuh shunchalar da`vat qilsada, xalqi tushunmadi va iymon keltirmadi.
Balki, Nuh da`vat e`tsa, uning so`zlarini e`shitmaslik uchun quloqlariga barmoqlarini tiqib olar e`dilar.
E`shitmagan odam qanday tushunishi mumkin? E`shitishni hohlamagan odam qanday e`shitishi mumkin?!