Afsungarlik mo'jizalari (hikoya). Agukatava Ryunoske  ( 5386 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 19:15:33


Kuzning yomg‘irli oqshomi edi. Meni olib ketayotgan riksha Onori qishlog‘i tepaliklaridan goh ko‘tarilib, goh tushib borardi. Nihoyat u bambuk daraxtlari panasiga yashiringan yevropacha uslubdagi kichkinagina uy ro‘parasida to‘xtadi. Eshik tepasida yapon yozuvida bitilgan «hind Matiram Misra» degan yozuvga ko‘zim tushdi.
Misra-kun asli kalkuttalik bo‘lib, Hindiston mustaqilligining ashaddiy kurashchilaridan edi. Shu bilan birga u taniqli brahman Xasan-xon qo‘l ostida afsungarlik sirlarini o‘rgangan mohir afsungar ham edi.

davomi >>>

Qayd etilgan