Salomatlik taqvimida choy haqida yozilgan ekan, shuni hammaga yetkazmoqchi edim. Qanday bo`lsa shundayligicha qoldirdim.
Choy ichishni bilasizmi?Biz o`zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug`i-yu, yozning jaziramisida eng ko`p ichiladigan ichimlik ham choy hisoblanadi. Ha, choy bizga har doim kerak. Lekin unutmang, choy- shifobaxsh ichimlik, u suv emas.
Endi o`ylab ko`ring, o`sha ichimlikni chanqaganimizda ham, ovqat maghalida ham, yotishdan oldin ham ichaversak zarar qilmaydimi? nega endi shifobaxsh ichiliklardan biri bo`lgan choyni bot-bot ichaveramiz?
Bu savol hammaga erish tuyulsa kerak. Ammo choy to`g`ri ichilgandagina foydali bo`lishini unutmasligimiz zarur.
Ovqatga qoshib deyarli hamma choy ichadi. Choyning tarkibidagi tanin moddasi esa oziq moddalarida mavjud bo`lgan foydali moddalarni parchalab yuboradi, natijada organizmda vitaminlarning yetishmasligi yuzaga keladi. Choy bilan birga iste`mol qilinganda go`sha 40 foizdan 100 foizgacha qonga so`rilmasligi mumkin. mevalarning esa 5 foizdan ko`pi so`rilmaydi. Umumiy ovqatlardan ko`radigan bo`lsak, choy bilan iste`mol qilingan mahsulot tarkibidagi vitamin va temir moddasining kamida 70 foizi so`rilmay qoladi. bu esa inson salomatligi uchun salbiy ta`sirdir. Hozir dunyoda ko`pchilik insonlar kamqonlik bilan kasallangan.
Yurtimizda ko`p sonli aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar temir tanqisligidan kelib chiqadigan kasalliklarga chalinayotgani tufayli kundalik iste`mol qiladigan nonimizga temir moddasini qo`shish, ya`ni unni boyitish yo`lga qo`yilgan. bu kamqonlikka qarshi kurashlardan biridir. Siz nonni nima bilan yeysz? Albatta, choy bilan. Bu esa yuqorida ta`kidlaganimizdek, temir moddasi mavjud bo`lmagan nonni yeyish bilan barobardir.
Yana ko`pchilik yosh bolaga choy berib xatolikka yo`l qo`yadi. Uch yoshgacha bolalarga choy ichirish tibbiyot nuqtai nazaridan ma`n etilgan. Bolakayning choyiga yoki sutiga shakar qo`shib berish ham noto`g`ridir. Bolalarni yoshligidan ovqatlanish tartibiga e`tibor berish lozim. Agar uning organizmida temir yetishmovchiligi yuz bersa, bu keyinchalik aqliy rivojlanishdan orqada qolish xavfini ham tug`diradi.
Salomatlik uchun kurashish yo`lida choy ichish an`analarini o`zgartirishimizga to`g`ri keladi. Ovqat mahali yoki ovqatdan so`ng choy ichmang. Choy o`rnida boshqa ichimliklar, masalan, aynagan yoki ma`danli suv va sharbatlar ichishingiz mumkin. Bu maslahatlardan so`ng, choy sog`ligimiz kushandasi ekan, degan fikr tug`ilmasin. Choyning organizmdagi ahamiyati katta. U ko`plab kasalliklar uchun davo bo`la oladi. Choyga shifobaxsh ichimlik sifatida qarab, me`yorga va vaqtiga ko`ra ichsak, salomatligimiz uchun foydali.
Ovqatlangandan 30 daqiqa keyingina ichilgan choy yoki qahva bezarardir. Keling hozirgi daqiqadan e`tiboran har kungi choyimizga nisbatan yangicha munosabatni shakllantiraylik. Tibbiy saytlar asosida ja`far tayyorladi