So'rovnoma

Qaysi choyni xush ko'rasiz?


Qora choy
  15 (29.4%)
Ko'k choy
  26 (51%)
Choy ichmayman
  4 (7.8%)
Farqi yo'q
  6 (11.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 47



Ko'k choymi yoki qora?  ( 72135 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


Fatima  18 Mart 2009, 13:54:59

 :as:
Salomatlik taqvimida choy haqida yozilgan ekan, shuni hammaga yetkazmoqchi edim. Qanday bo`lsa shundayligicha qoldirdim.

              Choy ichishni bilasizmi?
Biz o`zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug`i-yu, yozning jaziramisida eng ko`p ichiladigan ichimlik ham choy hisoblanadi. Ha, choy bizga har doim kerak. Lekin unutmang, choy- shifobaxsh ichimlik, u suv emas.
   Endi o`ylab ko`ring, o`sha ichimlikni chanqaganimizda ham, ovqat maghalida ham, yotishdan oldin ham ichaversak zarar qilmaydimi? nega endi shifobaxsh ichiliklardan biri bo`lgan choyni bot-bot ichaveramiz?
  Bu savol hammaga erish tuyulsa kerak. Ammo choy to`g`ri ichilgandagina foydali bo`lishini unutmasligimiz zarur.
  Ovqatga qoshib deyarli hamma choy ichadi. Choyning tarkibidagi tanin moddasi esa oziq moddalarida mavjud bo`lgan foydali moddalarni parchalab yuboradi, natijada organizmda vitaminlarning yetishmasligi yuzaga keladi. Choy bilan birga iste`mol qilinganda go`sha 40 foizdan 100 foizgacha qonga so`rilmasligi mumkin. mevalarning esa 5 foizdan ko`pi so`rilmaydi. Umumiy ovqatlardan ko`radigan bo`lsak, choy bilan iste`mol qilingan mahsulot tarkibidagi vitamin va temir moddasining kamida 70 foizi so`rilmay qoladi. bu esa inson salomatligi uchun salbiy ta`sirdir. Hozir dunyoda ko`pchilik insonlar kamqonlik bilan kasallangan.
  Yurtimizda ko`p sonli aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar temir tanqisligidan kelib chiqadigan kasalliklarga chalinayotgani tufayli kundalik iste`mol qiladigan nonimizga temir moddasini qo`shish, ya`ni unni boyitish yo`lga qo`yilgan. bu kamqonlikka qarshi kurashlardan biridir. Siz nonni nima bilan yeysz? Albatta, choy bilan. Bu esa yuqorida ta`kidlaganimizdek, temir moddasi mavjud bo`lmagan nonni yeyish bilan barobardir.
  Yana ko`pchilik yosh bolaga choy berib xatolikka yo`l qo`yadi. Uch yoshgacha bolalarga choy ichirish tibbiyot nuqtai nazaridan ma`n etilgan. Bolakayning choyiga yoki sutiga shakar qo`shib berish ham noto`g`ridir. Bolalarni yoshligidan ovqatlanish tartibiga e`tibor berish lozim. Agar uning organizmida temir yetishmovchiligi yuz bersa, bu keyinchalik aqliy rivojlanishdan orqada qolish xavfini ham tug`diradi.
  Salomatlik uchun kurashish yo`lida choy ichish an`analarini o`zgartirishimizga to`g`ri keladi. Ovqat mahali yoki ovqatdan so`ng choy ichmang. Choy o`rnida boshqa ichimliklar, masalan, aynagan yoki ma`danli suv va sharbatlar ichishingiz mumkin. Bu maslahatlardan so`ng, choy sog`ligimiz kushandasi ekan, degan fikr tug`ilmasin. Choyning organizmdagi ahamiyati katta. U ko`plab kasalliklar uchun davo bo`la oladi. Choyga shifobaxsh ichimlik sifatida qarab, me`yorga va vaqtiga ko`ra ichsak, salomatligimiz uchun foydali.
  Ovqatlangandan 30 daqiqa keyingina ichilgan choy yoki qahva bezarardir. Keling hozirgi daqiqadan e`tiboran har kungi choyimizga nisbatan yangicha munosabatni shakllantiraylik.
                                               Tibbiy saytlar asosida ja`far tayyorladi

Qayd etilgan


shoir  18 Mart 2009, 14:12:32

:as:
Salomatlik taqvimida choy haqida yozilgan ekan, shuni hammaga yetkazmoqchi edim. Qanday bo`lsa shundayligicha qoldirdim.

              Choy ichishni bilasizmi?
  Tibbiy saytlar asosida ja`far tayyorladi

Asosan ushbu maqoladan ko'chirilibdi:
Choy ichishni bilasizmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Mart 2009, 09:31:20

Assalamu alaykum.
Choyni juda kam ichaman,ichganimda esa faqat ko'k choy ichaman.
YAngi damlangan qora choy bo'lsa ham iliq choyga o'xshaydi... 
Ko'k choyni salomatlikka juda katta foydasi bor,InshaAlloh...

Qayd etilgan


Moxim bonu  19 Mart 2009, 17:37:44

Manga negadir qora choy yoqmaydi, uncha chiqisha olmayman, koproq kok choy ichaman, uyimdagilar esa qora choy ichishadi

Qayd etilgan


Munavvara  21 Mart 2009, 13:39:48

 :as: Man aslida uyda judayam ko'p choy ichaman ertalab nonushtada ko'k choysiz boshlamiman, kechki payt ovqat yeganimdayam rosa ko'k choy ichaman bir qoshiq ovqat yesam bir piyola choy ichib yuboraman  :D adamla ko'rib yegan ovqatin endi nima bo'ladi oshqozoninda dib rosa kuladila. Qora choyni umuman yomon ko'raman ichsam ko'nglim ayniydi...
suvni esa uncha icha olmiman sovuq suv ichsam tomog'im og'rishni boshlidi qaynatib sovutilganini ichsam mazam bo'miy qoladi shunaqa qilib mani eng sevimli ichimligim ko'k choy :) .

PS: Zubair mavzuga gap yo'q qoyil forumdoshlariz nima ichishlariga qiziqibsizmi deyman  ;)

Qayd etilgan


Afruza  21 Mart 2009, 19:01:52

Albatta har narsa kabi choyni ham me'yorda iste'mol qilgan yaxshi. Masalan uhlashdan oldin ichilgan ko'k choy uyquni o'chirib yuboradi. O'zbekni kuni chosiz o'tmiydi, lekin Greklar faqat kasal bo'lib qolishsa dori sifatida choy ichishar ekan :10

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  11 Aprel 2009, 12:34:12

Kim yegan taomini foydasini ko'pro olishni istasa choy va boshqa suv maxsulotini ovqat bilan yoki ketida ichmasin. chunki olimlarni aniqlashi bo'yicha suv va choy maxsulotlari oshqozonda 10 minut ichida xazim bo'lip ketarkan. xazim bo'lip ketvotkan suv yoki choy ovqatdagi oqsil vaboshqa foydali elementlani  o'zi bilan olip tuship ketadi. shu sabap choy yoki suvni ovqatlanishdan oldin(10 minut) istemol qilinsa bu maslahatga muvofiq bo'ladi. ovqatlangandan keyin yegan ovqati xazim bolishiga qarap suyuqlini istemol qilinvuradi. bu narsa semirishi hohlaganla uchun yaxshi as qotadi. lekin alloh asrasinu tiqilip qoganilada bu maslahatga amal qip o'tirmela.

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2009, 13:19:29

A.alaykum. Men O'zbekistonda ham ko'k choy icholmasdim, darrov qon bosimim tushib ketardi. Turkiyada esa umuman ichmadim, boshim aylanishga tushaveradi.
Doimo qora choy ichaman. 

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2009, 13:24:33

Natijalarni ko'rib hayron qoldim, nahotki choy ichmaganlar ham bor. Choyni shuncha ko'p foydasi borki. Qon tomirini kengaytirib, asablarni yumushatadi. Tabiiki hamma yerda choy ichilmaydi. O'zingiz uyda damlashingiz kerak. Keyin afsus bizda ko'p joyda choy ochiq sotilardi. Choy eng tez hid va turli uchuvchi gazlarni o'ziga tortib oladigan modda. Masalan Ukrainada atom bombasi portlaganda Turkiyaning Qora Dengiz sohilida yashovchi Trabzon, Riza viloyatida mingal insonlar choydan zaharlangan ekan. Choy yetishtiradigan bir odam aytgandi, bu zaharlanish aniq bo'lgandan keyin, shunaqangi ko'p choyni yo'q qildik qo'yaverasiz. Ochiq choy olmaslikka harakat qilinglar azizlar.

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2009, 15:55:13

ChehMik tushmagur, Hojiboy Tojiboyev o'rinlariga sizni tashlab ketganlarmi deyman:)
Rostanam Turkiyada qora choy ichiladi asosan. Ko'k choyga "yashil choy" deyishadi. Keyingi paytlarda juda moda bo'lib ketdi, ko'k choy. Narhi osmonda. Asosan entellegent hisoblanadigan insonlar ichishadi, ozish uchun. Turmush o'rtog'imga ko'k choy ichaylik, yahshi hazm qiladi, desam, nima men entellegentmani, degandi:)
O'zbeklar entellegent ekanku, shuncha asrdan beri farqiga bormabmiz:)

Qayd etilgan