So'rovnoma

Qaysi choyni xush ko'rasiz?


Qora choy
  15 (29.4%)
Ko'k choy
  26 (51%)
Choy ichmayman
  4 (7.8%)
Farqi yo'q
  6 (11.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 47



Ko'k choymi yoki qora?  ( 72123 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


ikbaljohn  28 Avgust 2009, 00:10:59

O'zbekistondaligimda ko'k choymi qora choymi,tanlamasdan ichaverardim.Turkiyaga kelib faqat qora choy,yana qanaqa qora choy deng,zavarkasi alohida qaynatilgan qooop qora choy ichiashga majbur bo'ldim.Bir kuni taqdirni taqozosi bilan Gaziantepga borishga to'g'ri keldi,Istanbuldagi ishxona uchun ofis jihozlarini opkelishga yordam berish uchun.Kechki payt mashinaga balo-battarlarni yukladik,1 soatcha bo'sh vaqtimiz bor edi,qorovulni yoniga choy ichgani o'tdik.Sanoat rayoni bo'lgani uchun u yerda qorovullar ko'p bo'ladi,4 kishi endi ovqatlanib o'tirishgan ekan.Ovqatdan keyin bitta yoshi kottaroq odam idish-tovoqlarni yig'ishtirib,choy opkegani xonasiga kirib ketdi.Ozginadan keyin termosda qaynagan suv va paketda choy opkeldi.O'tirgan odamlardan bittasi "yana yashil choymi" dedi.Choy opkelgan odam ha dedi.U odamni ismi Muhammadjon aka ekan.Man bilan billa kelgan odam buyam o'zbek deb qolsa bo'ladimi? Yashil choy deganlari o'zimizni ko'k choy ekan.Muhammadjon aka asli Afg'onistondan ekan,afg'onistonlik o'zbeklardan.Ko'k choyni ichib,ancha suhbatrlashib o'tirdik o'zbekcha.Iloji boricha adabiy tilda gaplashishga harakat qildik.Muhammadjon akani o'zbekchasi shunaqa sof,boshqa tillar aralashmagan o'zbekcha ekanki,eshitgan sariz eshitgiz keladi.1987-yilda Afg'onistondan ko'chib kelishgan ekan.Gaziantepda alohida afg'on mahalla bor ekan.Marg'ilonlik ekanligimni bilib,qo'shnim ham marg'ilonlik deb qoldi,afg'on urushida qop ketganlardan ekan.Keyingi safar kelishimda albatta uchrashamiz deb yo'lga tushdik.Xullas,shunaqa xotiralar qoldi ko'k-yashil choydan :)

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2009, 01:38:13

Turklarda:
Gönül Ne Kahve İster Ne Kahvehane
Gönül Sohbet İster Kahve Bahane, degan gap bor.
Choyni mavzusi ham suhbat qilishimizga sabab bo'ldi qarang:)
Ha hikoyangiz ta'sirli ekan, ko'p o'qigan eman, ko'p kezgan biladi, deyishadiku.
 

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  28 Avgust 2009, 02:00:21

Албатта, айниқса мусаффо қалбли инсонлар билан суҳбатлашиш инсонга завқ бағишлайди. Мен аксар иштирокчиларимизни қалби соф иштирокчилар деб биламан. Ва иншаАллоҳ кечаётган англашма ва суҳбатлар ҳар бирларимизда гсзал таасуротлар қолдиради. Аллоҳ Ҳақ Таоло ҳар бирларимизни фасоҳатлик каломларни манфаат келтирадиган тарзда ссзлагувчи бандалардан қилиб қсйсин!

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2009, 02:28:21

To'g'ri aytasiz, Muhammad Sohib, men ham bu forumdagi barchani qalbi toza, ko'nglida shafqat to'la insonlar, deb o'ylayman. Unday bo'lmagan insonlar ham ko'p vaqt o'tmasdan sekingina oradan yo'q bo'lib ketaveradi. Aslida tilimizdan to'kilgan har bir so'z va har bir soniyaning qadrini bilishimiz kerak. Bu yo'lda dinimizga bog'liq bo'lib yashayotgan sizday aka-uka, opa-singillarimiz bizlarni ogohlantirsalar yana ham yaxshi bo'ladi. Tabiki hamma narsaning ham odobi, uslubi bo'lganiday ogohlantirishlarning ham o'ziha yarasha uslubi bo'lgani ma'qul. Men avval ham aytib o'tganimday O'zbek tilida yo'q deguday kam gaplasha boshlaganim uchun bu yerga a'zo bo'ldim. Qolaversa, mening niyatim faqatgina gaplashish bo'lsa edi, boshqa saytlarga ham kirib, to'htamay suhbat etishim mumkin edi. Ziyouzni anchadan beri bilaman, Alloh rozi bo'lsin kerakli ma'lumotlarni sayt yordamida doim topganman. Bu materyallarni bu yerga joylanishiga sabab bo'lgan barcha qardoshlarimizni Olloh o'zi qo'llasin.
Choy bahona, yana boshqa mavzular ochildi. Menga "offtobchi" deyishmasa bo'lgani:)

Qayd etilgan


siddiqa  02 Sentyabr 2009, 16:37:57

hozirgi kunda ......
bir hil paytlar va ko'pincha menga choyni farqi bo'lmay qoladi ko'kmi ,qorami ayniqsa o'qishga kechikib shoshayotganda ,issiqqina damlangan bo'lsa bo'ldi ichib ketaveraman . ;)

Qayd etilgan


Ansora  02 Sentyabr 2009, 16:44:06

Qanqay yaxshi choy ajratmaslik. Lekin suv ham juda muhim choyni yaxshi bo'lishi uchun. Bazan suvdagi xlorni juda oshirib yuborishadi. Choyning en a'losi bo'lsa ham hech maza qolmaydi.

Qayd etilgan


saltanat  17 Sentyabr 2009, 09:43:08

choy ichmayman degan gaplarga hayron bo'lmanglar, bu musofirlarning, ayniqsa yo'lg'iz o'zi yashaydigan ishchi yoki talaba musofirlarning gaplaridir.Uyda bo'lsakku oila a'zolarimiz uchun uch mahal ovqat tayyorlab ko'k choyu qora choylarni damlashga erinmaymiz, biroq musofir yurtda ishdan charchab kelganingda (ishlari biznikidan ancha qiyin ekan,har holda man bunaqa zavodda 12-14 soat ishlayman deb hayolimgayam kelmagandi) choy damlash yoqmas ekan,bo'lsa mevalar coki,bo'lmasa quruq suv ham ichib ketaverar ekansan,man ham deyarli uch yil bo'lyapti choyni axyon-axyonda damlayman, undayam xo'jayinim  bugun choy damlagin desalar,bo'lmasa ikkalamiz ham sovuq ichimliklarga o'rganib bo'ldik.

Qayd etilgan


siddiqa  17 Sentyabr 2009, 10:11:12

Turklarda:
Gönül Ne Kahve İster Ne Kahvehane
Gönül Sohbet İster Kahve Bahane, degan gap bor.
Choyni mavzusi ham suhbat qilishimizga sabab bo'ldi qarang:)
Ha hikoyangiz ta'sirli ekan, ko'p o'qigan eman, ko'p kezgan biladi, deyishadiku.
 

lekin turklarni choy ichishini ko'rib ichim achib ketadi ,hay bularni issiq choyda qo'li kuymasmikin deb bardaklarida ,bir kuni bardakda bir quyib berishdi ,bir ichib ko'riychi disam ,o'zbekmanda ........piyolani sog'inib qoldim ,
keyin anu kino esimga tushib ketdi,
ona yurtim bag'riiiiiiiiiiiiiida ,
bir narsa birnarsa .(esimdan chiqdi )
Toshkent piyolasiiiiii.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  17 Sentyabr 2009, 10:32:55

kecha iftorda uyda choy qolmabdi,  anu boru beta choydi diydimi ipi bor choy boru hullas shunaqa choy borakan damlab shu choydan endi birinchi marta ichishim, shunaqa sassiq choyakan hidi bormiyi, hech kim ichmadi. Majbur bo'ldim baribir oq choy olib chiqishimga, qo'qonda ko'k choydi oq choy deyishadi, qora choydi esa pamil choy.

Bir kun ayam birlan toshkentga borgandi, Sobir rahimovda bir stolovoyga kirdi qornimiz och endi nima bo'lsa ham tomoqdan indami o'tadigan obed vaqti edi. bitta ofisiant keldi yonimizga ayam ham o'rganib qolishmaganmi oq choy, pamil choy deb, Oq choy olib keling deyishdi, ofisiant hayron bo'lib borib qora choy ko'tarib kelibdi, ayam bilan rosa kulgandi, atrofimizda o'tirganlar ham kulib yuborishgan, afisiant o'ylabdiki adashib oq choy deb yuborgan bo'lsa kere qora oboriri debdida qora olib kelibdi. Ushandan keyin toshkentga borsi ko'k choy qora choy deyidigan bo'lganmiz

Qayd etilgan


JaviK  25 Mart 2010, 12:56:09

Qorami yoki pamil nega 2 xxil ataladi :D

Qayd etilgan