So'rovnoma

Qaysi choyni xush ko'rasiz?


Qora choy
  15 (29.4%)
Ko'k choy
  26 (51%)
Choy ichmayman
  4 (7.8%)
Farqi yo'q
  6 (11.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 47



Ko'k choymi yoki qora?  ( 72160 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


BelleQizcha  28 Mart 2010, 23:45:06

   Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
   Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!
Kenayishkalarizdan so'rap ko'rinde oldin, mani sog'lig'immi o'ylap yengilavoslami yo'ki yengilashka boshqa narsa yo'mi.
Zor jovob. bobtii

Qayd etilgan


Nurilla  29 Mart 2010, 05:58:54

Uydagilarni ko'pi achchiq choy ichisholmaydi, shunga yangilashadi. Sizningcha yana nimani yangilash mumkin-a. Gapizga tushunmadim. Tepadagi savolim qoldi, iltimos savolga javobini bilganlar yozsin.

Qayd etilgan


munisaxon  29 Mart 2010, 06:58:17

Uydagilarni ko'pi achchiq choy ichisholmaydi, shunga yangilashadi. Sizningcha yana nimani yangilash mumkin-a. Gapizga tushunmadim. Tepadagi savolim qoldi, iltimos savolga javobini bilganlar yozsin.
Choy damlanib  so`ng ichiladi ana shu vaqtda uning foydali xususiyatlari yuzaga chiqadi. Choy agar uzqroq muddatda qoldiriladigan bo`lsa endi uning foydali moddalari zararlisiga aylanadi, shuning uchun ham choyni sovugandan so`ng almashtirishadi. bunday choyda ya`ni shamasi bor choyda vaqt o`tib zararli moddalar to`planadi, bunday choy bizga zarari ko`rinmasada, bolalarda kasalliklar keltirib chiqaradi. Buni menga dadam aytgandilar.

Qayd etilgan


Nurilla  29 Mart 2010, 09:39:47

Katta rahmat munisaxon

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  29 Mart 2010, 10:12:56

Uydagilarni ko'pi achchiq choy ichisholmaydi, shunga yangilashadi. Sizningcha yana nimani yangilash mumkin-a. Gapizga tushunmadim. Tepadagi savolim qoldi, iltimos savolga javobini bilganlar yozsin.
Dasturhonda yengiliydigan narsala kop'u, misol uchun dasturhonni o'ziniyam yengilap kelish mumkin kenayilariz.
Uzur tepadigi gapim og'ir botgan bo'sa. Savolizga manam bilganimcha javop beradigan bo'sam: oddiy qilip tushuntirganda qora choy tarkibida kofein va shunga o'xshash modda bo'lgani uchun qoni quyuq, bosimi yuqori odamla ichmagani maqul, agar usha achchiq choyga yana shakar qo'ship ichsez quvvati yana oshadi adashmasam, lekin aksincha bosimi past odamla bulardan energiya sifatida foydalansa bo'sa kere, tepadayam forumdoshla etip ketishgan malumotlada. Umuman choy ichimligini ovqatlanishdan so'ng ichmagan maqul dip eshitganiydim, chunki choy yegan ovqatdagi kereli moddalani parchalap tashlash hususiyatiga egekan, choyyi ovqatlanishdan 15 minut oldin, yo' 1 soatdan keyin ichish maqul ish bo'larkan.

Qayd etilgan


Jamila  29 Mart 2010, 10:52:11

Zubairaka o'ziz qaysi birini yaxshi ko'rasiz??? )))

Qayd etilgan


Habib  29 Mart 2010, 11:22:51

  Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
   Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!
Sizni qilayotgan ishingiz yuragingizga zarar keltirishi mumkin. Inson o'z salomatligiga zarar beradigan narsalardan tiyilishi kerak.
P.S. Forumda sheva,lahjalardan oqilona foydalanib, so'zlarni buzmasdan ishlatsak. Kenayishka so'zi  qo'pol fikrimcha. Forum nomiga mos bo'lsin gap-so'zlarimiz, iltimos.

Qayd etilgan


Nurilla  29 Mart 2010, 13:39:24

Habib, katta rahmat sizga. Abdumuhayminga ham rahmat foydali ma'lumotlar uchun.

Qayd etilgan


Habib  29 Mart 2010, 18:10:34

Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichimliklar ichida hammadan mahbubrog‘i o‘zi shirin va sovuq bo‘lgan narsa edi.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom haqida nihyatda betakalluf bo‘lsalar ham ichimlik xaqida sovuq va shirin suvni yaxshi ko‘rar edilar. Shuning uchun Madinadan necha mil uzoq saqyodan u zot uchun xos suv keltirilar edi. Bu yerdagi sovuq shirin sharobdan murod, ivitib qo‘yilgan xurmo yo mayiz bo‘lsa ham bo‘lar, yo asal sharbati bo‘lsa ham bo‘lar, yo to‘g‘ri shirin muzdek suv bo‘lsa ham bo‘lar. Ichiladigan suvda sovuqlik va shirinlik sifati jam bo‘lsa, sixatni muxofaza qiladi. Dil va jigarga nihoyatda foyda qiladi.

Qayd etilgan


Hadija  29 Mart 2010, 20:58:42

   Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
   Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!

Albatta zarar. chunki, choynak tagida choyning qoldiqlari ya'ni, choy changi, har hil zararli bo'yoqlar, zararli tuzlar cho'kmaga tushadi. Bular esa buyrakda tuz hosil bo'lishiga, jigarning himoya funksyasini pasayishiga olib keladi. Organizm uchun esa bu katta yo'qotishdir. Vrach maslahati bunday qilmang, (agarda jigar va buyrak kerak bo'lsa) :))

Qayd etilgan