Muallif Mavzu: OMONAT  ( 5989 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: OMONAT
« Javob #15 : 03 Noyabr 2009, 22:42:16 »
Huzayfa ibn Yamondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ikkita gap aytdilar. Ularning birini ko‘rdim. Ikkinchisini (qachon bo‘lar ekan, deb) kutib turibman. Avvalgisi - imon kishilar qalbining tubiga tushadi. Keyin Qur’on tushadi. Ular Qur’on va sunnatni o‘rganadilar. Ikkinchisi - kishilardan imon ko‘tariladi. Odam biroz uxlaganida, uning qalbidan imon ko‘tarilib, ozgina izi qoladi, xolos. So‘ngra yana biroz uxlasa, uning qalbidan imon ko‘tarilib, uning izi qavarib ketganga o‘xshaydi. Buning misoli xuddi oyog‘ingni cho‘qqa solsang, u shishib ko‘tarilganini ko‘rasan-u, lekin unda biror narsa bo‘lmaganga o‘xshaydi. Keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oyoqlariga toshlarni misol uchun tashladilar-da, so‘ngra quyidagilarni aytdilar: «Odamlar subhda turib, bir-birlari bilan oldi-sotti qilishadi. Va omonatni ado qiladigan biror kishi topisha olmaydi. Hattoki, ishonchli kishi qolmaganidan ahvol shu darajaga yetadiki, falon mahallada ishonchli kishi bor yoki falon kishi aqlli, o‘tkir fikrli, subutli, deyiladi. Uning qalbida esa xantal urug‘i misqolicha ham imon yo‘qdir». Huzayfa: Mening ustimga shunday zamon keldiki, men kim bilan oldi-sotti qilsam, parvo qilmas edim. Agar musulmon bo‘lsa, menga xiyonat etishidan uning dini to‘sardi. Agar nasroniy yoki yahudiy bo‘lsa, menga xiyonat qilishidan uning boshlig‘i to‘sardi. Ammo bugungi kunda falonchi va falonchidan tashqari boshqa hech kim bilan oldi-sotti qila olmayman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: OMONAT
« Javob #16 : 03 Noyabr 2009, 22:42:42 »
Huzayfa va Abu Hurayralardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo mahshargohda kishilarni jamlaydi. Mo‘minlar tik turishganida jannat ularga yaqinlashtiriladi. Bular Odam alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey otajon, siz bizlarga jannatni ochdirib bering», deyishadi. Odam alayhissalom: «Axir jannatdan otalaringizni xatosi chiqarib yubordi-ku! Men bu martabaning ahli emasman. Sizlar o‘g‘lim Ibrohim xalilulloh huzuriga boringlar», deb aytadilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borib (yuqoridagi taklifni aytishganida) bu zot: «Men sizlar aytgan narsaning ahli emasman. Mening Allohga xalil (do‘st) bo‘lishim vositachi (Jabroil) orqalidir. Sizlar Muso alayhissalom huzuriga boringlar. Chunki u zot Alloh bilan so‘zlashgandirlar», deydilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga borib, (yuqoridagi taklifni aytishganida) bu zot ham: «Men sizlar aytgan narsaning ahli emasman. Sizlar Allohning kalimasi va ruhi Iso alayhissalom huzuriga boringlar», deydilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borishsa, bu zot ham: «U narsaning ahli emasman», deganlaridan keyin ular Mening huzurimga borishadi. Menga izn berilganida o‘rnimdan turaman. Imon va qarindoshlik yuboriladi. Bu ikkovi Sirot ko‘prigining ikki tomonida - o‘ng va chapida turg‘iziladi. Keyin avvalgi jamoatlaringiz chaqmoq kabi Sirotdan o‘tishadi», deganlarida, men: «Ota-onam fido bo‘lsin, qaysi narsa chaqmoq kabi o‘tadi?» desam, u zot: «Ko‘rmaysizlarmi, qanchalik tez o‘tib, ko‘z ochib-yumgunicha qaytib keladi», dedilar, so‘ngra: «Shamol kabi o‘tadi. So‘ngra qusollalohu alayhi vasallam kabi o‘tadi. Ko‘p kishilarni ko‘prikdan amallari olib o‘tadi. Nabiylaringiz esa Sirot ko‘prigi ustida turib: «Ey Rabbim, omonda qil, omonda qil», deb turadilar. Hatto, bandalarni amallari ko‘prikdan olib o‘tishga ojiz bo‘lib qoladigan darajaga yetadi. Kishi yurib o‘tishga qurbi yetmay, sudralib o‘tadi. Ko‘prikning ikki tomonida tikonli ilgich osilgan bo‘lib, buyurilgan kishini ilib olishga amr qilingandir. Tirnalangan kishi omonda qolur. Ilinib qolgan kishi esa do‘zaxga ravona bo‘lur», dedilar. Abu Hurayraning joni Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, jahannamning chuqurligi yetmish yillik yo‘ldir». Imom Muslim rivoyatlari.
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: OMONAT
« Javob #17 : 03 Noyabr 2009, 22:43:08 »
Abu Xubayb Abdulloh ibn Zubayrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Otam Zubayr ibn Avvom Jamal (voqeasi) kuni to‘xtab meni chaqirdilar. Men yonlariga borib turdim. «Ey o‘g‘ilcham, bugun zolim yoki mazlumlargina o‘ldirilur. Men esa bugun mazlum holdagina o‘ldirilmog‘imni afzal ko‘raman. Mening eng katta g‘amim qarzim ustidadir. Sen qanday qaraysan? Qarzimizdan molimiz ortadimi?» deb, so‘ngra yana: «Ey o‘g‘ilcham, molimizni sotib, qarzimizni uzgin», dedilar. Va uchdan bir qismini vasiyat qildilar. Ya’ni, (bosollalohu alayhi vasallam o‘g‘illari) Abdullohning bolalariga uchdan birini vasiyat qildilar. «Agar qarzni uzganingdan keyin ortsa, ana shunday qilgin», dedilar». Hishomning aytishlaricha, Abdullohning farzandlari, otalari Zubayrning bolalari Hubayb, Abbodlar bilan tengqur edi. Ana shu paytda Zubayrning to‘qqiz o‘g‘il va to‘qqiz qizlari bor edi. Abdulloh aytdilar: «Otam menga qarzlarini vasiyat qilaturib: «Ey o‘g‘ilcham, agar qarzni uzishda ojiz bo‘lib qolsang, mavloimdan yordam so‘ragin», dedilar. Allohga qasamki, otam mavloim, deyisollalohu alayhi vasallam bilan nimani iroda qilganlarini bilmasdan: «Ey otajon! Mavloingiz kim?» desam, otam: «U Allohdir», dedilar. Men, qachonki, qarzni uzishda qiyinchilikka yo‘liqsam: «Ey Zubayrning mavlosi, uning qarzidan najot bergil», desam, bas, U zot unga najot berar edi. Otam Zubayr o‘sha urushda o‘ldirildilar. Va Madinada bir daraxtzor hamda o‘n bir hovli, Basrada ikki hovli, Ko‘fada bir hovli, Misrda ham bir hovlidan tashqari biror dinor ham va dirham ham qoldirmadilar. Bu zotning qarzdor bo‘lib qolishlariga sabab kishilar biror omonatni huzurlariga olib kelishsa, uni qarz shaklida qabul qilib olardilar. «Agar omonat deb qabul qilsam, uning (vaqt o‘tishi bilan) o‘z qiymatini yo‘qotishidan qo‘rqaman», deb aytardilar. Zubayr roziyallohu anhu biror yerga voliy bo‘lishga yoki soliq yig‘uvchi bo‘lishga intilmadilar. Faqatgina Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Umar, Usmonlar roziyallohu anhu bilan birga g‘azot qilishga oshiqar edilar. Men otamning barcha qarzlarini hisoblasam, ikki million ikki yuz ming bo‘ldi. (O’sha kunlarda) Hakim ibn Hizom yo‘liqib: «Ey jiyanim, akamning qarzi qancha ekan?» dedi. Men uni yashirib (kamaytirgan holda) «Yuz ming», dedim. Shunda Hakim: «Allohga qasamki, mollaringiz bu miqdordagi qarzni qoplay olmaydi», dedi. Men: «Ikki million ikki yuz ming bo‘lsa-chi?» desam, Hakim: «Bunday miqdordagi qarzni to‘lay olmaysizlar. Agar to‘lashda ojiz bo‘lib qolsangiz, mendan yordam so‘ranglar», dedi».

Zubayr (yuqorida aytilgan) daraxtzorni ikki yuz yetmisollalohu alayhi vasallam mingga sotib olgan edilar. Abdulloh esa uni bir million olti yuz mingga sotib yubordi. So‘ngra Abdulloh o‘rinlaridan turib, «Kimning otam Zubayrda haqqi bo‘lsa, bizni daraxtzordan topsin», deb e’lon qildi. (Birinchi bo‘lib) Abdulloh ibn Ja’far keldi. Zubayr undan to‘rt yuz ming qarz edi. Abdulloh ibn Ja’far Abdulloh ibn Zubayrga: «Agar xohlasang, qarzimdan kechaman», degandi, Abdulloh ibn Zubayr: «Yo‘q», dedi. U: «Agar istasangizlar, muhlatini o‘zlaringiz xohlaganingizcha uzaytiraman», deganida, Abdulloh ibn Zubayr yana: «Yo‘q», dedilar. Shunda u: «Unday bo‘lsa, daraxtzordan bir bo‘lak yer ajratib beringlar», dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Manavi yerdan anavi yergacha sizniki», dedi. (Shu alfozda) Abdulloh ibn Zubayr o‘sha daraxtzordan sotib-sotib, otalarining qarzlarini uza boshladilar. Nihoyat, to‘rt yarim ulusollalohu alayhi vasallam qoldi. So‘ngra Abdulloh ibn Zubayr Muoviyaning huzuriga bordilar. U zotning huzurida Amr ibn Usmon, Munzir ibn Zubayr va Ibn Zam’alar bor edi. Muoviya Abdulloh ibn Zubayrga: «Daraxtzorni qanchaga narxlading?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Har bir ulushini yuz mingdan», dedi. Muoviya: «Necha ulusollalohu alayhi vasallam qoldi?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «To‘rt yarim ulush», dedi. Shunda Munzir ibn Zubayr: «Uning bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Amr ibn Usmon: «Men ham bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Ibn Zam’a: «Men ham bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Muoviya: «Qanchasi qoldi?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Bir yarim ulush», dedi. Muoviya: «O’sha bir yarim ulushni bir yuz ellik mingga men oldim», dedi. (Shu bilan daraxtzor bir million olti yuz mingga sotildi. Lekin Zubayrning qarzlarini to‘la to‘kis uzisollalohu alayhi vasallam uchun yana olti yuz ming yetmas edi. Shu boisdan) Abdulloh ibn Ja’far ham o‘z hissalarini Muoviyaga olti yuz mingga sotdilar. Abdulloh ibn Zubayr otalarining qarzlarini uzib bo‘lganlaridan keyin Zubayrning avlodlari kelib: «Endi bizlarning merosimizni taqsim qilib bering», deyishdi. Abdulloh ibn Zubayr: «Allohga qasamki, men to‘rt yilgacha (haj mavsumida) «Kimning Zubayrda qarzi bo‘lsa, kelsin, biz uni beramiz», deb jarchi qo‘ymagunimcha, sizlarga meroslaringizni taqsim qilib bermayman», dedilar. Keyin Abdulloh ibn Zubayr har yili xaloyiqqa ovoza qildilar. (Hech kim kelmaganidan keyin) to‘rt yil o‘tgach, meroslarni taqsimlab berdilar. Lekin uchdan birini olib qo‘ydilar. Zubayrning roziyallohu anhu to‘rtta xotini bor edi. Har bir xotinga bir million ikki yuz mingdan ulush tegdi. Zubayrning barcha mol-mulki ellik million ikki yuz ming edi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: OMONAT
« Javob #18 : 17 Noyabr 2009, 20:11:01 »
                                                   ÐžÐ¼Ð¾Ð½Ð°Ñ‚


Абдуллох ибн Абдуррахмон ал-Жибрин


Аллох субханаху ва таъолога хамду санолар айтамиз, ундан бизни магфират килишини сўраймиз. Гувохлик бераманки Аллохдан ўзга илох йўк, У ёлгиз ва шериксиз зотдир. Мухаммад саллаллоху алайхи ва саллам унинг кули ва элчисидир. У кишига, ахли ва асхобларига Аллохнинг рахмати ва саломи бўлсин.

Аммо баъд:

Албатта омонат хакида сўзлашлик  ÐºÐ°Ñ‚та ахамиятга эга. Чунки у бир томондан Аллох ва банда ўртасидаги нарсага, иккинчи томондан банда билан банда ўртасидаги нарсага алокадор. Мазкур омонатни адо этишда бандага мадад берадиган сабабларни баён этамиз. Аллохдан амалларимизни холис ўзининг юзи учун килишини сўраймиз.

О М О Н А Т деганда нимани тушунилади.

Умуман омонат дейилганда ибодат кўзда тутилади. Буни Аллох субханаху ва таъоло куйидаги ояти каримада мархамат килган;

«ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та Биз бу омонатни (яъни шариати исломиядаги тоат-ибодатларни) осмонларга, ерга ва тогу-тошларга кўндаланг килган эдик, улар уни кўтаришдан бош тортдилар ва ундан кўркдилар. Инсон эса уни ўз зиммасига олди. Дархакикат у (ўзига) зулм килувчи ва нодон эди.» (Ахзоб:72.)

Аллох ушбу омонатни ўзининг энг улкан махлукотларига; кенг осмонларга, улкан Ерга ва улугвор азамат тогларга кўндаланг килди. Улар бу омонатни зиммаларига олмадилар. Вахоланки бу махлукотлар Аллох амри каршисида бўйин эгадилар, ўзларига юкланган нарсадан бўйин товламайдилар. Аллох субханаху ва таъоло бу махлукотларнинг ўз парвардигорларига мутеъ ва буюрилган ишларида итоаткор мусаххар эканларини айтган;

«Ð¡ÑžÐ½Ð³Ñ€Ð° тутун холидаги осмонга юзланиб, унга ва Ерга «(Менинг амри-фармонимга) ихтиёран ёки мажбуран келинглар!» деган эди, улар : «ÑžÐ· ихтиёримиз билан келдик» дедилар.» (Фуссилат:11.)

Демак, еру-осмонлар ўз парвардигорига тўлик таслим бўлган ва улар нимага буюрилсалар, жомид (хаётсиз, жонсиз) махлукот бўлсалар-да умуман итоатдан ташкари чикмайдилар. Аллох амрини Унинг хохиш-иродасига мувофик равишда барча нарсада адо килишади. Агар Аллох  ÑƒÐ»Ð°Ñ€Ð³Ð° харакатни ёки харакатсизликни буюрадиган бўлса хеч тўхталмасдан итоат этадилар. Улар Аллох амрига хамиша бўйсинувчидирлар.

«Ð‘ирон нарсани (яратишни) ирода килган вактида Унинг иши факатгина «Ð‘ўл» демоклигидир.» (Ёсин:82.)

Аллох еру-осмонларни ва бошка бутун мавжудотга идрок ва маърифат билиш кувватини берди. Улар нимага буюрилганларини хис киладилар. Агар амр этилса, саждага бош кўядилар, Аллох субханаху ва таъолога тасбех айтадилар.

«Ð•Ñ‚ти осмон, ер ва улардаги бор мавжудот  (Аллохни) поклар.» (Ал-Исро:44.)

«(Эй Мухаммад), сиз  осмонлардаги ва ердаги бор мавжудот, куёш, ой,  юлдузлар, тоглар, дов-дарахтлар ва (барча) жониворлар хамда кўпдан-кўп инсонлар (Ёлгиз) Аллохга сажда килишини кўрмадингизми.» (Хаж:18.)

Еру-осмонлардаги барча нарсалар; тоглар, дарахтлар, юлдузлар, жонзотлар ва бошка жамодот (жонсиз нарса) лар Аллохга сажда килади. Аллох уларга ўзларига муносиб хис-туйгу ва идрокни яратган. Улар хам сажда киладилар, кўркадилар.

«... Зеро шундай тошлар борки, улардан дарёлар отилиб чикади, яна шундайлари борки, ёрилиб, ичидан сув чикади, яна шундайлари борки Аллохдан кўркканидан пастга кулайди. ...» (Бакара:74.)

Тоглар хам Аллох таъолодан кўркиб туради. Ояти каримада;

«ÐÐ³Ð°Ñ€ Биз ушбу Куръонни бирон тогга  нозил килганимизда, албатта сиз у (тог)ни Аллохнинг кўркувидан эгилиб ёрилиб кетган холида кўрган бўлур эдингиз.» (Хашр:21.)

Тоглар ва бошка мавжудотлар Аллохдан шунчалик кўркишларига, унга шунчалар итоаткор бўлишларига карамасдан мазкур омонатни ўз зиммасидан сокит килдилар. Уни ўзларига огир деб билдилар ва кўтаришдан бош тортдилар. Инсон ўзининг заифлигига карамасдан уни ўз зиммасига олди!

Энди бу омонатни адо этмоги шарт. Агарда инсон бу омонатга хиёнат килса ва бепарво бўлса Аллох хузурида жавоб беради. Омонатни ташлаб кўйгани ва унга хиёнат килгани учун азобга (мустахик) дучор бўлади. Хўш, энди биз бир-биримизга савол бериб кўрайликчи; Инсон зиммасига олган бу омонат нима ўзи.!

О Ðœ О Н А  Т – мўминларнинг йўкотган нарсаси.

Аллох бандаларини мўминлар деб номлади. Мўмин  Ð¼Ð°Ð½Ð° шу омонатга хиёнат килмайдиган, унга амал киладиган ва уни махкам ушлайдиган кишидир. Омонат "амнун" яъни омонлик, бехавотирлик ёки иймон деган сўздан олинган. Омонатга хиёнат килмайдиган киши ёки мў'таман-омонатдор дейилади. У омонатни хакикий адо этгани учун омонат ва иймон ахлидан деб сифатланади. Аллох субханаху ва таъоло айтади; «Ð£Ð»Ð°Ñ€ ўзларига ишонилган омонатларга ва (ўзларига) берган ахду-паймонларига риоя килувчи кишилардир.» (Мўминлар:8.)

Бу ерда омонат, банданинг зиммасидаги Аллохнинг хакларини ва бандаларнинг хакларини хам  ÑžÐ· ичига олади. Аллох мўминларни "риоя килувчилар" яъни омонатни хакикий адо этувчилар деб сифатлади. Агар улар мана шу сифатга эга бўлсалар, Аллох ўзининг куйидаги оятида зикр килган нажот топувчи бандалардан бўладилар.

«Ð”архакикат мўминлар нажот топдилар.» (Мўминлар:1.)

Инсон хар кандай холатда хам бу омонатни адо килиши керак. Чунки, у Аллох буюрган хаклардандир. Омонат куйидаги оятда зикр этилган ахд-паймондир;

«Ð£Ð»Ð°Ñ€ ўзларига ишонилган омонатларга ва (ўзгаларга) берган ахду-паймонларига риоя килувчи кишилардир.» (Мўминлар:8.)

Бу ахду-паймонларга инсоннинг Роббиси билан килган ахди хам, ўзга инсонлар билан килган ахд-паймонлари хам кириб кетади. Аллох таоъоло ахдни куйидаги сўзи билан янада таъкидлирок килган;

«ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та, ахд-паймон (киёмат куни) у хакда сўрокка тутиладиган  ишдир.»

Яъни унинг вафоси хакида сўралади. Лекин, ахдларнинг энг мухими Аллохга берилган ахддир.

«ÐÑ…д-паймон берган вактларингизда, Аллохга берган ахдингизга вафо килингиз!» (Нахл:91.)

Инсонларнинг зиммасига юклатилган энг улуг омонат бу Аллохга берилган ахддир. Хакикий мўмин барча холатда ушбу омонатга риоя килади. Аммо иймони заиф кишиларни бу омонатга енгил-елпи караётганини, уни тўла адо килмаётганини кўрасиз. Бу аслида банданинг иймонидаги нуксон-камчиликдир. Аллохнинг хам, инсонларнинг хам хакларига омонатдор бўлган, унга хакикатан ич-ичидан богланган ва кандай лозим бўлса худди шундай бу омонатни адо килган ишончли, муслим киши бўлгани учун Аллох бандасини мўмин деб атади. Мана шу  Ð¾Ð´Ð°Ð¼ мўмин ва аминдир.

« So'nggi tahrir: 17 Noyabr 2009, 20:17:37 muallifi ziyoda86 »
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: OMONAT
« Javob #19 : 17 Noyabr 2009, 20:12:30 »

Инсоннинг ўзи ва ўзгалар ўртасидаги  нарсалардаги омонат
 

Бу  Ð¾Ð¼Ð¾Ð½Ð°Ñ‚ хох мол хох бошка нарса бўлсин инсонларнинг сизга топширган   нарсаларини ва уларнинг хакларига риоя килишни ўз ичига олади. Машхур хадисда айтилганидек хиёнат мунофикликнинг энг катта  Ð±ÐµÐ»Ð³Ð¸Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð´Ð°Ð½Ð´Ð¸Ñ€. «ÐœÑƒÐ½Ð¾Ñ„икнинг аломати учта бўлади; сўзласа ёлгон сўзлайди, ваъда берса вафо килмайди, унга омонат кўйилса хиёнат килади.» (Бухорий ва Муслим ривояти)

Омонатга хиёнат этишлик мунофиклик аломатларидандир. Яъни агар унга биров омонат кўйса  Ð¾Ð¼Ð¾Ð½Ð°Ñ‚дорлик килмайди. Балки, унга омонат кўйилган хакларга  Ñ…иёнат килади.

( فَإِنْ أَمِنَ بَعْضُكُمْ بَعْضاً فَلْيُؤَدِّ الَّذِي اؤْتُمِنَ أَمَانَتَهُ وَلْيَتَّقِ اللَّهَ رَبَّهُ) (البقرة:283)

«ÐÐ³Ð°Ñ€ бир-бирларингизга омонат кўйсангиз омонат кўйилган киши омонатни адо килсин ва Парвардигори   Аллохдан кўрксин!» (Бакара: 283)
Баъзилар сизга ишонгани ва сиз хакингизда яхши ўйда  Ð±ÑžÐ»Ð³Ð°Ð½Ð¸ учун ўз хакини бериб кўяётганида гувох чакирмайди, сиздан васика-ишонч когози олмайди. Бу кишининг хаккига риоя этишингиз ва унга хиёнат килиб кўйишдан жуда-жуда эхтиёт бўлишингиз лозим.

Агар бир киши сизга карз берса  Ð²Ð° у сизга ишонса, гувох чакирмаса, карзни ёзмаса бу омонатни мазкур оятдаги омонат деб билинг; «ÐÐ³Ð°Ñ€ бир-бирларингизга омонат кўйсангиз» яъни агар унга молини карз ёки шунга ўхшаш бирон нарсани омонат кўядиган бўлса, омонатдор бу омонатни ўз эгасига саломат етказсин. У куйидаги оятда хам зикр килинган;

 (إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تُؤَدُّوا الأَمَانَاتِ إِلَى أَهْلِهَا) (النساء:58)

«ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та Аллох сизларни омонатларни ўз эгаларига топширишга буюради.» (Нисо: 58)

Бу оятнинг  Ð½Ð¾Ð·Ð¸Ð» бўлиш сабаби хакида шундай ривоят килинади: Пайгамбар саллоллоху алайхи ва саллам Каъба калитини  Ð£ÑÐ¼Ð¾Ð½ ибн Талхадан олганларида нозил этилган. Каъбанинг хижобати (каъба пўшини янгилаб туриш) Бани Абдуд-дор кўлида эди. Усмон ибн Талха мана шу кабиладан эди. Макка фатх этилганида пайгамбаримиз саллоллоху алайхи ва саллам Усмондан калитни талаб килдилар. Усмон «Ð¾Ð¼Ð¾Ð½Ð°Ñ‚гами»  Ð´ÐµÐ³Ð°Ð½Ð¸Ð´Ð° расулуллох саллоллоху алайхи ва саллам «Ñ…а» деб жавоб бердилар. Калит расулуллох кўлига ўтгач Аббос уни пайгамбаримиздан ўзига беришларини сўради; «Ð£Ð½Ð¸ менга беринг. Токи сикоят хам садонат (хожиларга сув-овкат бериш) хам менда бўлсин.» шунда  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… юкоридаги ояти каримани нозил килди. Чунки, расулуллох саллоллоху алайхи ва саллам калитни Бани Абдуд-дордан омонатга олган эдилар. Аллох таъоло бу омонатни эгасига кайтариб беришни буюрди. Чунки, Бани Абдуддор Каъба садонати ва хижобатига бошкалардан кўра хаклирок эди.

Расулуллох саллоллоху алайхи ва саллам уларга омонатни кайтардилар, оят гарчи мана шу ходисага хос тушган бўлсада у барча омонатларга умумийдир. Чунки,  Ñ…усусий сабаб эмас, лафзнинг умумий эканлиги эътиборга олинади. Хар холда инсонлар ўртасидаги нарсаларда омонатлар кўп. Бунга сир-асрорлар, молу давлат хам киради. Агар биров ичидаги сирни ёки ўзи билан ахли орасидаги гапни сизга омонат килиб айтса ва уни ёйишдан сизни кайтарса, сиз бу сирни умуман ташкарига чикарманг. Чунки, бу омонат. Халиги киши сизга ишонди, бу сирни хеч качон очмаслигингиздан хоритжам бўлди ва шунинг учун уни сизга омонат килди, унга хиёнат килиб кўйманг. Сизнинг омонат кўйган сирингизни очиб юборган кишига сиз хам хиёнат билан жавоб берманг. Бу мумкин эмас. Расулуллохдан куйидаги мазмундаги хадис ривоят этилган: «Ð¡ÐµÐ½Ð³Ð° омонат кўйганнинг омонатини адо эт, сенга хиёнат килганга хиёнат килма». (Абу Довуд ва Термизий ривоятлари)

Биров сизга молини кўйиб кетади ёки карз беради-да гувохларни чакирмайди, васика тилхат олмайди. Ёки ўзининг хакларидан маълум бир хакини сизга бериб уни саклаб туришингизни сўрайди. Сиз юкоридаги барча ишларда омонатни ўз эгаларига топширишга буюрилгансиз. Бу сиз ва биродарингиз ўртасидаги омонат. Уни адо этмогингиз вожибдир.

Мол, карз, обрў ёки шунга ўхшаш нарсаларда сизга хиёнат килиб кетган кишини сиз хам унга хиёнат килиш билан жазоламанг. Балки, кечириб юборинг  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… сизни гўзал мукофотлар билан такдирлайди. Сизни афв этади. Хиёнатни эса агар касддан-атайлаб килган бўлса хиёнати учун жазолайди.  Ð£ сизнинг бу муомалангизни кўриб надомат чекиши мумкин. Ахир у сизга хиёнат килганди-ку! Сизнинг бу муомалангиз унинг афсус-надоматлар килиб  ÐºÐµÐ»Ð³ÑƒÑÐ¸Ð´Ð° омонатни адо этишдек гўзал хулк билан хулкланишига сабаб бўлиб колади.

« So'nggi tahrir: 17 Noyabr 2009, 20:20:50 muallifi ziyoda86 »
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: OMONAT
« Javob #20 : 17 Noyabr 2009, 20:12:59 »
Инсонларнинг хаклари

Инсонларнинг хаклари; моллари, сирлари, обрў-эътиборлари ва шунга ўхшаш нарсалари учун албатта жавоб берилади.  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… хузурида шак-шубхасиз бу нарсалар хакида савол – жавоб бўлади. Шунинг учун хам пайгамбаримиз саллоллоху алайхи ва саллам инсонларнинг хаклари хакида шундай дедилар: «ÐšÐ¸Ñ‘мат куни хаклар албатта ўз эагаларига топширилади. Хатто шохли кўчкордан шохсиз кўчкорга касос олиб берилади.» (Имом Муслим ривояти)

Бу инсонлариннг бир-бирлари ўртасидаги хакларини хам ўз ичига олиши шубхасиздир. Ким бирон нарса олган ёки бировга зулм килган бўлса бу хаклар учун албатта касос олинур. Шунинг учун хам пайгамбаримиз саллоллоху алайхи ва саллам асхобларидан «ÐœÑƒÑ„лис (ифлос) кимлигини биласизларми?» - деб сўрадилар. Муфлис на дирхами ва на бирор нарсаси бор бўлмаган кишига айтилади –дедилар. Расулуллох саллоллоху алайхи ва саллам дедилар: «ÐœÐµÐ½Ð¸Ð½Ð³ умматимдаги муфлис киёмат куни намози, рўзаси ва зокоти билан келади. Лекин у бу одамни сўккан, унисига тухмат килган, бировнинг молини еган, бошкасининг конини тўккан яна кимнидир урган бўлади. Халиги кишининг яхшиликларидан уларга олиб берилади. Агар яхшиликлари тўлашга етмай колса уларнинг хатоларидан олиб бунга юкланади. Сўнг уни дўзахга ташланади.» (Имом Муслим ривояти)

Бу бировларнинг хакларига хиёнат килган кишининг холидир. Киёмат кунида унинг амаллари тоглардек бўлса хам, бутунлай хеч нарсасиз бўлиб колади. Кимки хиёнат килган бўлса  ÑƒÐ½Ð¸Ð½Ð³ яхши амаллари хак эгаларига бўлиб берилади. Ўзига берилган хаклар ва омонатларга хиёнат килган киши киёмат куни уларни шу тарзда тўлайди. Бу омонатлар кийим-кечак, идиш-товок каби нарсаларда бўлиши ёки муомалот турлари хисобланган; карзлар, гаровга кўйилган нарсалар ва ёки бошка ишониб топширилган омонатлар бўлиши мумкин. Агар омонатларга хиёнат киладиган бўлса  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… хузурида туриб хиёнатига жавоб беради.

« So'nggi tahrir: 17 Noyabr 2009, 20:21:44 muallifi ziyoda86 »
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: OMONAT
« Javob #21 : 17 Noyabr 2009, 20:13:25 »
Омонатга хиёнат килишнинг бир канча кўринишлари бор:

1.   Эгаси ишлатишга рухсат бермаган нарсани ишлатиш. Масалан: кийими ёки пояфзалини кийиш, уловни, машинасини мишин. Шунингдек эгаси сизга яшашга рухсат бермаган омонат кўйилган уйда яшаш.

2.  ÐžÐ¼Ð¾Ð½Ð°Ñ‚дан тониш.

Бу  Ñ‚ўланадиган куни белгиланган омонатларга хиёнат килиш. Ибн Касир Ахзоб сурасининг 72-оятини тафсирида куйидаги машхур хадисни Ибн Жарирдан, Абдуллох ибн Масъуддан накл килади; расулуллох саллоллоху алайхи ва саллам дедилар: « Аллох йўлидаги ўлим омонатдан бошка барча гунохларни-ёки «Ð±Ð°Ñ€Ñ‡Ð° нарсаларни»- каффорот килади яъни ювиб юборади. Киёмат куни омонат кўйилган киши олиб келинади «Ð¾Ð¼Ð¾Ð½Ð°Ñ‚ингни бер-адо кил,  Ð´ÐµÐ¹Ð¸Ð»Ð°Ð´Ð¸. У – эй роббим, ахир кандай килиб бераман дунё тугади-ку.» - дейди. Унга яна «Ð¾Ð¼Ð¾Ð½Ð°Ñ‚ингни адо кил» - дейилади. У яна – эй роббим, ахир кандай килиб бераман дунё тугади-ку.» - дейди. Унга яна «Ð¾Ð¼Ð¾Ð½Ð°Ñ‚ингни адо кил» - дейилади. У яна – эй роббим, ахир кандай килиб бераман дунё тугади-ку.» - дейди. Сўнгра айтади: «Ð£Ð½Ð¸ онаси Ха-а-вия (Дўзах)га олиб боринглар. У онаси Ховияга  Ð¾Ð»Ð¸Ð± борилади ва унга ташланади. Хатто дўзахнинг каъригача тушади. У ерда берилган омонатни ўз холича турганлигини топади. Уни олиб елкасига кўйяди ва жаханнам лабигача кўтарилиб келади. У энди чикдим деганида кадами тойилиб кетади ва омонат ортидан абадул-абад тушиб кетади.» айтиб ўтганимиздек инсонларнинг хаклари устида албатта хисоб-китоб ва касос бўлади. мусулмон киши Киёмат кунида касос таъйин бўлган мана шу хукуклардан жуда – жуда эхтиёт бўлмоги лозим.

3.  Ð‘адандаги ёки мол-мулкдаги хиёнатлар.

 Ð°) Бадандаги хиёнат.

Бировни кимсасиз жойда уриб, бошини ёриб ёки ўлдириб яна хеч нарса кўрмагандек юриш хам баданга килинган хиёнатлардан. Бу йўл ходисаларида кўп учрайди. Йўлда хеч ким бўлмаганида ёки кишилар назаридан чет жойда ўз айбини яшириб кетишга уринади. Жарохатланган ёки ўлдирилган киши хаётдги хаккидан фойдалана олмайди. Аммо  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… таъоло барча нарсани билиб туради ва хиёнат килган кишини киёматда хисоб-китобга рўпара килади. Жабр кўрган биродарига унинг яхшиликларидан олиб беради. Агар яхшиликлари бўлмаса жабрланган кишининг гунохлари унга кўйилади ва дўзахга ташланади.

б) Хак ва мулклардаги хиёнат:

Шундай кишилар борки, бировдан нарса сотиб олади ёки карз кўтаради ва буни расмий  Ð²Ð°ÑÐ¸ÐºÐ°Ð»Ð°Ñ€Ð³Ð° ёзишади. Мабодо мол эгаси ёки карз берувчи бошига бирон иш тушса; дейлик васикалари ёниб кетса ёки йўколиб колса, бу хам инкор ва тониб кетишга тайёр бўлиш учун ўзидаги мол олганлиги хакидаги васикаларни йўкотишга шошилади. Шу билан хакикатни бутунлай яшираман деб ўйлайди. Лекин  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… уни кўриб турибди. Киёматда ундан биродарининг хакини тўлик килиб олиб беради.

Агар инсон  Ð±Ñƒ хакни унутиб кўйган бўлса,  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… уни афв этади. Хак эгаси агар хаккидан воз кечса кечиб юборгани учун мукофотлар берар эди. Киши ўзига хиёнат килган муслимга нисбатан хам яхши фикрда бўлмоги унинг хиёнатига хиёнат билан жавоб бермаслиги лозим. Мусулмон киши одамлар билан чиройли муомалада бўлсин. Унга огир килганлар юкини у енгил килсин, афв этсин, кечиб юборсин ёки ундан баъзи нарсаларини енгиллаштирсин. Шояд  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… ундан кечиб юборса.

 

« So'nggi tahrir: 17 Noyabr 2009, 20:22:34 muallifi ziyoda86 »
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: OMONAT
« Javob #22 : 17 Noyabr 2009, 20:13:48 »
Омонатдор бўлишга ёрдам берадиган сабаблар

Инсонни омонатни адо этишга олиб борадиган бир канча сабаблар бор. Уларнинг энг мухим ва катталарини куйида санаб ўтамиз.

1.          Ð˜Ð½ÑÐ¾Ð½ ўзини Аллох яратган эканлигини билмоклиги. Яралмиш Яратувчининг кули бўлади. У ўзи ва Парвардигори ўртасидаги алока  Ñ…акларини адо килмоги лозим.

2.        Ð˜Ð½ÑÐ¾Ð½ Аллох таъолонинг унга  Ð½ÐµÑŠÐ¼Ð°Ñ‚ ва фазлу мархаматлар килувчи зоотлигини ва ўзининг  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… неъматларига бурканганини билиши-англаб етиши. Кул Парвардигори томонидан омонат кўйилган хакни адо килишдан бош тортиши мумкин эмас.

3.          ÐœÐ°Ð·ÐºÑƒÑ€ омонатлар  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… тарафидан унга фарз килинганини ва бу фарзларни адо килиш шартлигини хис килиши.

4.          Ð˜Ð½ÑÐ¾Ð½Ð½Ð½Ð¸Ð½Ð³ Парвардигори барча нарсани кўриб-билиб турувчи зотлигини, Ундан хеч нарса махфий бўлмаслигини ва инсон елкасидаги мазкур омонатлар хам шулар жумласидан бўлиб уларни адо этиш шартлигини хис этиши.

5.         Инсон качон-ки мана шу хакни бажарса ва бу омонатларни хох махфий бўлсин, хох ошкора бўлсин, хакикий адо этса дунё ва охиратда улкан ажру-савобга эга бўлишини тушуниб етиши. Дунёда бериладиган яхшилик; калбининг очилиши  Ñ…отиржамлиги ва  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… унинг ризкини кенг –мўл килиб кўйиши. Охиратда бериладиган яхшилик; Ухровий ажр бўлган улкан савоб.
Бундан бошка сабаблар хам бор. Лекин биз уларнинг энг мухимларини санаб ўтдик. Аммо сиз кўриб турган баъзи бир кишилар зиммаларидаги хакларини адо килмасликлари ёки уни чала адо килишлари,  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… харом этган чегараларни бузишлари калбларида  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ…ни яхши танимаганликлари ёки  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ… неъматларини тўлик хис этмаганлари, Аллохнинг Холик ва Молик зотлигини  Ð±Ð¸Ð»Ð¼Ð°Ð³Ð°Ð½Ð»Ð¸ÐºÐ»Ð°Ñ€Ð¸ ёки жазо ва мукофот бераман деган ваъдасини тасдик этмасликларидир. Ёки шунга ўхшаш бошка бир сабаблардир.

Диний омонатларга хиёнат килаётган кимсалар ёки уларнинг адо килмаётганлар калбларида иймонлари заиф бўлган кишилардир.

Биз  ÐÐ»Ð»Ð¾Ñ…дан калбларимизни ўзининг тоатида жамлашлигини сўраймиз. Аллох таъоло Мусулмонларнинг калбларини ва калималарини бир килсин! Уларни хак йўлга чиройли суратда кайтарсин. Уларга хакни хаклигини кўрсатиб унга эргашишни, ботилни ботиллигини кўрсатиб, ундан узоклашишни насиб этсин!


Manba IslomNuri.com dan olingan!
« So'nggi tahrir: 17 Noyabr 2009, 20:25:40 muallifi ziyoda86 »
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.