Abu Xubayb Abdulloh ibn Zubayrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Otam Zubayr ibn Avvom Jamal (voqeasi) kuni to‘xtab meni chaqirdilar. Men yonlariga borib turdim. «Ey o‘g‘ilcham, bugun zolim yoki mazlumlargina o‘ldirilur. Men esa bugun mazlum holdagina o‘ldirilmog‘imni afzal ko‘raman. Mening eng katta g‘amim qarzim ustidadir. Sen qanday qaraysan? Qarzimizdan molimiz ortadimi?» deb, so‘ngra yana: «Ey o‘g‘ilcham, molimizni sotib, qarzimizni uzgin», dedilar. Va uchdan bir qismini vasiyat qildilar. Ya’ni, (bosollalohu alayhi vasallam o‘g‘illari) Abdullohning bolalariga uchdan birini vasiyat qildilar. «Agar qarzni uzganingdan keyin ortsa, ana shunday qilgin», dedilar». Hishomning aytishlaricha, Abdullohning farzandlari, otalari Zubayrning bolalari Hubayb, Abbodlar bilan tengqur edi. Ana shu paytda Zubayrning to‘qqiz o‘g‘il va to‘qqiz qizlari bor edi. Abdulloh aytdilar: «Otam menga qarzlarini vasiyat qilaturib: «Ey o‘g‘ilcham, agar qarzni uzishda ojiz bo‘lib qolsang, mavloimdan yordam so‘ragin», dedilar. Allohga qasamki, otam mavloim, deyisollalohu alayhi vasallam bilan nimani iroda qilganlarini bilmasdan: «Ey otajon! Mavloingiz kim?» desam, otam: «U Allohdir», dedilar. Men, qachonki, qarzni uzishda qiyinchilikka yo‘liqsam: «Ey Zubayrning mavlosi, uning qarzidan najot bergil», desam, bas, U zot unga najot berar edi. Otam Zubayr o‘sha urushda o‘ldirildilar. Va Madinada bir daraxtzor hamda o‘n bir hovli, Basrada ikki hovli, Ko‘fada bir hovli, Misrda ham bir hovlidan tashqari biror dinor ham va dirham ham qoldirmadilar. Bu zotning qarzdor bo‘lib qolishlariga sabab kishilar biror omonatni huzurlariga olib kelishsa, uni qarz shaklida qabul qilib olardilar. «Agar omonat deb qabul qilsam, uning (vaqt o‘tishi bilan) o‘z qiymatini yo‘qotishidan qo‘rqaman», deb aytardilar. Zubayr roziyallohu anhu biror yerga voliy bo‘lishga yoki soliq yig‘uvchi bo‘lishga intilmadilar. Faqatgina Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Umar, Usmonlar roziyallohu anhu bilan birga g‘azot qilishga oshiqar edilar. Men otamning barcha qarzlarini hisoblasam, ikki million ikki yuz ming bo‘ldi. (O’sha kunlarda) Hakim ibn Hizom yo‘liqib: «Ey jiyanim, akamning qarzi qancha ekan?» dedi. Men uni yashirib (kamaytirgan holda) «Yuz ming», dedim. Shunda Hakim: «Allohga qasamki, mollaringiz bu miqdordagi qarzni qoplay olmaydi», dedi. Men: «Ikki million ikki yuz ming bo‘lsa-chi?» desam, Hakim: «Bunday miqdordagi qarzni to‘lay olmaysizlar. Agar to‘lashda ojiz bo‘lib qolsangiz, mendan yordam so‘ranglar», dedi».
Zubayr (yuqorida aytilgan) daraxtzorni ikki yuz yetmisollalohu alayhi vasallam mingga sotib olgan edilar. Abdulloh esa uni bir million olti yuz mingga sotib yubordi. So‘ngra Abdulloh o‘rinlaridan turib, «Kimning otam Zubayrda haqqi bo‘lsa, bizni daraxtzordan topsin», deb e’lon qildi. (Birinchi bo‘lib) Abdulloh ibn Ja’far keldi. Zubayr undan to‘rt yuz ming qarz edi. Abdulloh ibn Ja’far Abdulloh ibn Zubayrga: «Agar xohlasang, qarzimdan kechaman», degandi, Abdulloh ibn Zubayr: «Yo‘q», dedi. U: «Agar istasangizlar, muhlatini o‘zlaringiz xohlaganingizcha uzaytiraman», deganida, Abdulloh ibn Zubayr yana: «Yo‘q», dedilar. Shunda u: «Unday bo‘lsa, daraxtzordan bir bo‘lak yer ajratib beringlar», dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Manavi yerdan anavi yergacha sizniki», dedi. (Shu alfozda) Abdulloh ibn Zubayr o‘sha daraxtzordan sotib-sotib, otalarining qarzlarini uza boshladilar. Nihoyat, to‘rt yarim ulusollalohu alayhi vasallam qoldi. So‘ngra Abdulloh ibn Zubayr Muoviyaning huzuriga bordilar. U zotning huzurida Amr ibn Usmon, Munzir ibn Zubayr va Ibn Zam’alar bor edi. Muoviya Abdulloh ibn Zubayrga: «Daraxtzorni qanchaga narxlading?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Har bir ulushini yuz mingdan», dedi. Muoviya: «Necha ulusollalohu alayhi vasallam qoldi?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «To‘rt yarim ulush», dedi. Shunda Munzir ibn Zubayr: «Uning bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Amr ibn Usmon: «Men ham bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Ibn Zam’a: «Men ham bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Muoviya: «Qanchasi qoldi?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Bir yarim ulush», dedi. Muoviya: «O’sha bir yarim ulushni bir yuz ellik mingga men oldim», dedi. (Shu bilan daraxtzor bir million olti yuz mingga sotildi. Lekin Zubayrning qarzlarini to‘la to‘kis uzisollalohu alayhi vasallam uchun yana olti yuz ming yetmas edi. Shu boisdan) Abdulloh ibn Ja’far ham o‘z hissalarini Muoviyaga olti yuz mingga sotdilar. Abdulloh ibn Zubayr otalarining qarzlarini uzib bo‘lganlaridan keyin Zubayrning avlodlari kelib: «Endi bizlarning merosimizni taqsim qilib bering», deyishdi. Abdulloh ibn Zubayr: «Allohga qasamki, men to‘rt yilgacha (haj mavsumida) «Kimning Zubayrda qarzi bo‘lsa, kelsin, biz uni beramiz», deb jarchi qo‘ymagunimcha, sizlarga meroslaringizni taqsim qilib bermayman», dedilar. Keyin Abdulloh ibn Zubayr har yili xaloyiqqa ovoza qildilar. (Hech kim kelmaganidan keyin) to‘rt yil o‘tgach, meroslarni taqsimlab berdilar. Lekin uchdan birini olib qo‘ydilar. Zubayrning roziyallohu anhu to‘rtta xotini bor edi. Har bir xotinga bir million ikki yuz mingdan ulush tegdi. Zubayrning barcha mol-mulki ellik million ikki yuz ming edi. Imom Buxoriy rivoyatlari.